bob. Mobil tarmoQ infrastrukturasi




Download 2.64 Mb.
bet6/62
Sana31.07.2021
Hajmi2.64 Mb.
#16283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62

2 bob. Mobil tarmoQ infrastrukturasi



2.1. Mobil tarmoq komponentlari
Mobil tarmoqning asosiy komponentlari - raqamli mobil stansiya, bazaviy stansiya va kommutatsiyalash markazi.

Raqamli mobil stansiyaning, boshqacha aytganda, zamonaviy mobil telefonning soddalashtirilgan blok-sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan.

2.1-rasm. Raqamli mobil stansiyaning blok-sxemasi
Boshqarish bloki tarkibiga mikrofon va dinamik, klaviatura va displey kiradi. Klaviatura chaqiriluvchi abonent telefoni hamda stansiya ishlashi rejimini belgilovchi komandalar nomerini terishga mo’ljallangan. Displey axborotni akslantirish uchun mo’ljallangan.

Qabul qiluvchi va uzatuvchi blok peredatchik, priyomnik, chastotalar sintezatori va mantiqiy blokdan tashkil topgan.

Peredatchik tarkibiga quyidagilar kiradi:

- analog-raqam o’zgartirgichi (ARO’) – mikrofon chiqish yo’lidagi signalni raqamli shaklga o’zgartiradi;

- nutq koderi – nutq signalini kodlashni amalga oshiradi, ya’ni raqamli signalning ortiqchaligini qisqartirish maqsadida uni o’zgartiradi;

- kanal koderi – xatoliklardan himoyalanish maqsadida radiokanal bo’yicha uzatiluvchi signalni kodlaydi, hamda uzatiluvchi signal tarkibiga mantiqiy blokdan keluvchi boshqarish axborot signalini kiritadi;

- modulyator – kodlangan signal axborotini eltuvchi chastotaga o’tkazadi.

Priyomnik tarkibiga quyidagilar kiradi:

- demodulyator – modulyatsiyalangan radiosignaldan axborot eltuvchi kodlangan videosignalni ajratadi;

- ekvalayzer – ko’p nurli tarqalish hisobiga signal buzilishini kompensatsiyalash uchun mo’ljallangan;

- kanal dekoderi – qabul qilingan signaldagi xatoliklarni aniqlaydi va tuzatadi, hamda kirish yo’li oqimidan boshqarish axborotini ajratadi va mantiqiy blokka yuboradi;

- nutq dekoderi – nutq signalini raqamli ko’rinishga tiklaydi;

- raqam-analog o’zgartirgichi (RAO’) – qabul qilingan nutqning raqamli signalini analog shaklga o’zgartiradi va uni dinamik kirish yo’liga uzatadi;

- mantiqiy blok – mobil stansiya ishlashini boshqaruvchi mikrokompyuter.

Antenna bloki – odatda mobil qurilma ichida joylashgan antenna va qabul qiluvchi–uzatuvchi elektron kommutatoridan iborat. Elektron kommutator antennani peredatchik chiqish yo’liga yoki priyomnikning kirish yo’liga ulaydi, chunki raqamli tizimning mobil stansiyasi bir vaqtning o’zida qabulga va uzatishga hech qachon ishlamaydi.

Ba’zi tizimlarda axborotni uzatish konfidensialligini ta’minlash maqsadida shifrlash rejimidan foydalaniladi. Bunda, mos holda, xabarlarni shifrlash va deshifrlash bloklari ko’zda tutiladi.

Mobil stansiyada abonentni identifikatsiyalovchi maxsus olib qo’yiladigan blok (Subsriber Identity Module – SIM) ham ko’zda tutilgan. Mobil stansiyada nutq aktivligi detektori VAD (Voice Activity Detectog) ham mavjud. VAD peredatchikni nurlanishga faqat abonent so’zlagan vaqt intervalida ulaydi. Natijada ta’minot manbai energiyasi tejaladi, ishlab turgan peredatchikda boshqa stansiyalarga tug’diriluvchi xalallar darajasi pasayadi.

Bazaviy stansiyada qabul qilish sifatini oshirish uchun ajratilgan usuli qo’llaniladi. Bu mobil abonentlar bilan bog’lanishni tashkil etish xususiyatlaridan biri hisoblanadi va bazaviy stansiyalarda ikkitadan kam bo’lmagan qabul qiluvchi antennalar o’rnatilishiga sabab bo’ladi. Undan tashqari bazaviy stansiya uzatishga va qabul qilishga alohida antennalarga ega bo’lishi mumkin. Bazaviy stansiyaning yana bir xususiyati – turli chastotali bir necha kanallarda bir vaqtda ishlashni ta’minlash uchun bir necha priyomniklarning va shunday sonli peredatchiklarning mavjudligi. Bazaviy stansiyaning blok-sxemasi 2.2-rasmda keltirilgan.

Qabul qiluvchi va uzatuvchilar soni N bazaviy stansiyaning konstruksiyasi va komplektligi orqali aniqlanadi. N priyomniklarni bitta qabul qiluvchi antennaga bir vaqtda ishlashini ta’minlash uchun qabul qiluvchi antenna va priyomniklar orasida N chiqish yo’lli quvvat taqsimlagichi, peredatchiklar va uzatuvchi antenna orasida esa N kirish yo’lli quvvat jamlagichi o’rnatiladi.

Bazaviy stansiya kontrolleri (kompyuteri) (BSK) stansiya ishlashini boshqarishni, hamda uning tarkibidagi bloklar va uzellarning ishga layoqatligini nazoratlashni ta’minlaydi.

Aloqa liniyasi bilan bog’lovchi blok ko’chma aloqani kommutatsiyalash markaziga aloqa liniyasi bo’yicha axborotni uzatadi va qabul qiladi. Bazaviy stansiyani ko’chma aloqani kommutatsiyalash markazi bilan bog’lashda radiorele yoki optik-tola liniyasidan foydalaniladi.



Ishonchlikni ta’minlash uchun bazaviy stansiyaning ko’pgina bloklari va uzellari rezervlanadi (ikkilanadi), stansiya tarkibiga avtonom uzluksiz ta’minot (akkumulyatorlar) kiritiladi.

2.2-rasm. Bazaviy stansiyaning blok-sxemasi



Ko’chma aloqani kommutatsiyalash markazi (KAKM) elektron kommutatsiyaning ixtisoslashtirilgan markazi bo’lib, unga uyali ko’chma aloqa tizimiga xarakterli masalalarni hal etuvchi funksional bloklar (registrlar) qo’shilgan (2.3-rasm).

2.3-rasm. Ko’chma aloqani kommutatsiyalash


markazining blok-sxemasi
O’rnashgan joyning uy registri (O’JUR) – muayyan operator tizimida doimiy ro’yxatga olingan ko’chma stansiyalarning ma’lumotlar bazasi joylashgan registr. Tarkibida har bir operatorga taqdim etiluvchi xizmatlar nabori xususidagi axborot ham mavjud. Ushbu registrda abonentni chaqirishni tashkil etish uchun uning joylashgan joyi qaydlanadi va haqiqatan ko’rsatilgan xizmatlar ro’yxatga olinadi.

Autentifikatsiya markazi (AUM) – ma’lumotlar bazasini autentifikatsiyalash markazi bo’lib, haqiqiylik moduliga - SIM-kartaga (Subscriber Identity Module) ega abonentga tizim xizmatidan foydalanish ruxsat etilganligini aniqlashga imkon beradi.

Uskunani identifikatsiyalash registri (UIR) – tizimda ishlatiluvchi ko’chma stansiyalarning seriya nomerlarining ma’lumotlar bazasini identifikatsiyalovchi registr. O’g’irlangan yoki yo’qotilgan telefonlar nomeri qora ro’yxatga joylashtiriladi. Bu ushbu telefonlarni keyinchalik tizimda ishlatilmaslikka imkon beradi.

O’rnashgan joyning tashrif registri (O’JTR) – tarkibida berilgan operatorga xizmat ko’rsatish hududida (rouming) vaqtincha joylashgan ko’chma stansiyalar xususidagi kerakli axborot bo’lgan registr.

Uskuna ekspluatatsiyasi markazi (UEM) tarmoqning alohida elementlari ishlashini ta’minlaydi.

Tarmoqdagi barcha aloqani kommutatsiyalash markazlari bir-biri bilan bog’langan. Har bir ko’chma aloqani kommutatsiyalash markazi bitta yoki bir necha bazaviy stansiya qismtizimlarini (BSQT) nazoratlaydi. Ko’chma aloqani kommutatsiyalash markazining asosiy vazifasi tizimning ikkita mobil abonentlari orasida yoki bitta tizimdan foydalanuvchi va tashqi tarmoq abonenti orasida ulanish o’rnatilishini muvofiqlashtirishdan iborat.



Katalog: assets -> files

Download 2.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 2.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. Mobil tarmoQ infrastrukturasi

Download 2.64 Mb.