Mobil tarmoqlarni qurishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 2.64 Mb.
bet8/62
Sana31.07.2021
Hajmi2.64 Mb.
#16283
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
2.3. Mobil tarmoqlarni qurishning o’ziga xos xususiyatlari
Real sharoitlarda uyali tizimda mobil stansiyalarning notekis taqsimlanishi yuz beradi. Undan tashqari abonentlar ehtiyoji vaqt va fazo bo’yicha o’zgaradi. Ushbu muammo uyali tarmoq ko’lamini orttirish yo’li bilan hal etiladi. Uyali tarmoq ko’lamini orttirishda kanallarni taqsimlash usullaridan foydalaniladi. 2.7-rasmda kanallarni taqsimlash usullarining tasnifi keltirilgan.

Kanallarni belgilangan (statik) taqsimlash – tizim resurslarini taqsimlashning eng sodda usuli hisoblanadi. Ushbu usulga binoan berilgan uyada yangi ulanishni faqat unda bo’sh kanallar bo’lganida o’rnatish mumkin. Shu sababli, kanallarni belgilangan taqsimlash yuklamaning eng yuqori vaqtlarida blokirovkalash ehtimolligining oshishiga olib keluvchi samarasiz yechim bo’lishi mumkin.


Giperkadr

2048 superkadr



Superkadr

Multikadr
(xizmatchi)

Multikadr
(foydalanuvchi)

Vaqtiy slot

Bitlar soni



Kadr

2.6-rasm. GSM misolida mobil tizimning vaqt strukturasi
Kanallarni oddiy o’zlashtirish usuli belgilangan taqsimlashning asosiy strategiyasini yaxshilangan varianti bo’lib, unga ozgina dinamika qo’shilgan. Agar muayyan uyaga ajratilgan barcha kanallar band bo’lsa, bo’sh kanalni qo’shni uyadan olish mumkin. Berilgan uyaning bo’sh kanaldan foydalanish onidan boshlab, kanallararo va kanallar ichidagi xalallardan qutilish uchun, o’zlashtirilgan kanaldan atrofdagi qator uyalarning foydalanishi man etiladi. Ushbu strategiyani qo’llash tufayli blokirovkalash ehtimolligi, trafik jadalligi orqali aniqlanuvchi ma’lum bo’sag’a darajagacha kamayadi.


2.7-rasm. Kanallarni taqsimlash usullarining tasnifi
Kanallarni gibrid taqsimlash usuli oldingi usulning kamchiliklarini bartaraf etadi. Ushbu usulda har bir uyadagi kanallar ikkita kategoriyaga bo’linadi: birinchi kategoriyaga faqat berilgan uyada ishlatiluvchi kanallar kiradi; ikkinchi kategoriyaga o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan kanallar kiradi. Ikkala kategoriyadagi kanallar nisbati kutiluvchi trafik asosida aniqlanadi.

Tartiblashli o’zlashtirish usulida har bir kategoriyaga kiruvchi kanallar soni trafik hajmiga bog’liq holda dinamik o’zgaradi. O’zlashtirilishi lozim bo’lgan har bir kanalga o’zlashtirish ehtimolligi beriladi. Kanallar ushbu ehtimollikning kamayishi tartibida saralanadi. Ehtimolliklar qiymati o’zlashtirilgan kanallar soni xususidagi ma’lumotga asosan yangilanadi.

Kanallarni dinamik taqsimlash usulida uyalarga doimo biriktirilgan kanallar mavjud emas. Kanallar muayyan ulanishga yoki ketma-ket bir necha ulanishga ajratiladi. Kanalni ajratish xususidagi qaror kommunikatsiya markazi yoki mobil stansiya tomonidan qabul qilinadi. Birinchi holda markaziy boshqarish xususida so’z boradi; ikkinchi holda kanallarni ajratish jarayonini taqsimlangan boshqarish xususida so’z boradi.

Kanallar ulanishida parametrlarni optimallashtirish usuli kanallarni taqsimlash strategiyasini aniqlashga asoslangan. Ushbu strategiya tizimning ba’zi parametrlarini, kanallardan qayta foydalanishni hisobga olgan holda, optimallashtirish lozim.

Kanallarni moslanuvchan taqsimlash usuli o’zida belgilangan va dinamik taqsimlashlarning afzalliklarini mujassamlantiradi. Har bir uya o’z ixtiyorida o’rtacha jadallikka ega trafikga xizmat qilishga yetarli kanallar naboriga ega.

Kanallarni rejalashtirishli moslanuvchan taqsimlash usulida qo’shimcha kanallarni ajratish oldindan, sutka vaqtini va uyaning o’rnashgan joyini hisobga olgan holda, rejalashtiriladi. Kanallarni taqsimlash trafik jadalligining kritik o’sishidan oldingi, barvaqt o’rnatilgan onlarda o’zgaradi.

Kanallarni bashoratli moslanuvchan taqsimlash usulida trafik jadalligi vaqtning real rejimida o’lchanadi va ko’chma aloqani kommutatsiyalash markazi vaqtning ixtiyoriy onida kanallarni qayta taqsimlashi mumkin.

Modellash va tahlillash natijalari shuni ko’rsatadiki, trafikning kichik jadalligida dinamik taqsimlash belgilangan taqsimlashga nisbatan yaxshi natija beradi. Ammo, belgilangan taqsimlash, trafikning katta hajmi va ko’chma stansiyalarning tizimni qamrab oluvchi zona bo’yicha bir tekis taqsimlash sharoitida, o’zining afzalligini ko’rsatdi. Belgilangan taqsimlashda kanallar shunday ajratiladiki, ularni maksimal ko’p marta ishlatilishi ta’minlansin. Bunga dinamik taqsimlash holida erishish mumkin.

Yuqorida keltirilgan kanallarni taqsimlash usullari maxsus adabiyotlarda keltirilgan kanallarni taqsimlash usullarining turli-tumanligi xususidagi umumiy tasavvurni beradi, xolos.


Katalog: assets -> files

Download 2.64 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Download 2.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mobil tarmoqlarni qurishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 2.64 Mb.