• LABORATORIYA MASHG‘ULOT Soat 3- S E M E S T R
  • Jami: 12 5. Kurs loyihasi (ishi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
  • 6. Mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 233.5 Kb.
    bet5/8
    Sana14.10.2022
    Hajmi233.5 Kb.
    #27220
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Komplekslarni boshqarish
    БЛИЦ АСЛИ, ko\'chirma -5, билеты по возрастной психологии, qishloq xojaligi mashinalari, [@pdfbooksyouneed] The Best Preparation - Reading, Smart texnologiya o’zi nima. Smart texnologiyalar zamonaviy tend, чиқариш учун, Чуст ижара массиви
    Jami:

    24

    4. Laboratoriya mashg‘ulot turiga ajratilgan soatlarning taqsimoti





    LABORATORIYA MASHG‘ULOT

    Soat

    3- S E M E S T R

    1

    Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorli avtomatik boshqarish sxemasini o’rganish.

    2

    2

    Uch xil tezlikka ega bo’lgan 3 fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasini o’rganish.

    2

    3

    Mustaqil cho’lg’amli o’zgarmas tok motorining sxemasini o’rganish va sozlash.

    2

    4

    Sinxron motorni ishga tushirib yuborishni avtomatik boshqarish sxemasini o’rganish.

    2

    5

    “Magnit kuchaytirgich-dvigatel’’ tizimida tezlik bo’yich yopiq tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish.

    2

    6

    “Tristorli kuchkanish rostlagichi-asinxron motor” tizimining static va rostlash tavsiflarini tadqiq qilish.

    2

    Jami:

    12



    5. Kurs loyihasi (ishi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

    Mazkur fan bo‘yicha kurs ishi (loyihasi) nazarda tutilmagan.




    6. Mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

    Mustaqil ta'lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:



    • mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

    • mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;

    • seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

    • ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;

    • fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;

    • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

    • amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;

    • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotasiya yozish va boshqalar.

    Ta'lim jarayonida innovasion texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish tizimli tarzda, ya'ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
    Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:

    • mavzular bo’yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o’zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o’quv materialiga diqqatni ko’proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;

    • o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini o’zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o’z-o’zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b;

    • fan bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o’rganish uchun berilgan mavzular bo’yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha o’quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi;

    • INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzularini o’zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo’yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo’shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi;

    • mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o’quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;

    • amaliyot turlariga asosan material yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish, hisobotlar tayyorlash;

    • ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;

    • mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distantsion) ta’lim asosida mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha metodik ko’rsatmalar tayyorlash va h.k.

    Yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirishni ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
    Mustaqil ishni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo’yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.






    Download 233.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 233.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 233.5 Kb.