• Atrof muhitni muhofaza qilish.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 1.89 Mb.
    bet10/14
    Sana17.10.2022
    Hajmi1.89 Mb.
    #27374
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Ro\'ziboy tayor
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
    Yong‘in xavfsizligi. Yonilg‘i, moy va ish suyuqligi sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik; zahira (zapas) dagi moylash materiallariga yonilg‘ini mashinada saqlamaslik; chiqarish trubasini toza holda saqlash kerak. Mashinaning yonilg‘i baklari va dvigatelning ta’minlash sistemasiga qarov vaqtida elektr yoritish asboblaridan foydalanish kerak.
    Yoz mavsumida mashinalar ishlatiladigan joylardagi vaqtincha saqlash joylari tozalab turilishi hamda yog‘och materiallar saqlanadigan omborlardan, daraxt va butalar o‘tqazilgan joylar va imoratlardan kamida 10 m, neft mahsulotlari saqlanadigan omborlardan kamida 20 m narida bo‘lishi kerak. Mashinalar saqlanadigan joylarda o‘t o‘chirgichlar, qum solingan yashiklar va yong‘inga qarshi inventar bo‘lishi lozim.
    Mabodo neft mahsulotlari alangalanib qolsa, uni o‘t o‘chirgich bilan yoki qum, tuproq sepib, yoxud brezent yopib o‘chirmoq kerak. Alangaga suv sepish qat’iyan taqiqlanadi.
    Mashinalarda ishlaganda, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish ishlarida benzin solingan bochkalarning tiqinini metall buyumlar bilan urib ochish man etiladi; mashinalarni yonilg‘i bilan ta’minlash joyida va baklardagi yonilg‘i sathini tekshirishda ochiq olovdan foydalanish va chekish taqiqlanadi; mashina ta’minlanadigan va to‘xtab turadigan joy yaqinida olov yoqish va chekish mumkin emas; mashinani ishdan keyin yoki yonilg‘i bilan ta’minlagandan so‘ng uni ta’minlash punkta yaqinida qoldirib ketish man etiladi; mashinani ishga tushirishda dvigatelni ochiq alanga bilan isitish mumkin emas; neft mahsulotlari bilan to‘yingan jomakor bilan ochiq alanga oldiga borish mumkin emas.
    Har bir mashinada o‘t o‘chirgich bo‘lishi zarur.
    Atrof muhitni muhofaza qilish. Mashinalarni ishlatishda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga qat’iy rioya qilish kerak. CHunonchi, turli er inshootlarini qurishda tuproqning yuzada joylashgan unumdor qatlamini, keyinchalik undan foydalanish maqsadida, alohida to‘plash kerak. Agar undan bir yo‘la foydalanish mumkin bo‘lmasa, ularni bir joyga uyib qo‘yish lozim.
    Agar qurilish ishlari tufayli qishloq xo‘jalik erlari va o‘rmonzorlar buzilgan bo‘lsa, quruvchilar ularni qurilish bilan bir vaqtda, juda bo‘lmasa, qurilish tugagandan keyin uzog‘i bilan bir yil mobaynida tiklab berishlari lozim.
    Bo‘lajak qurilish o‘rnida o‘sayotgan qimmatbaho daraxtlar yangi joyga ko‘chirib o‘tqazilishi, qurilish bilan yonma-yon joylashganlari esa shikastlanishdan himoya qilinishi kerak.
    Gusenitsali mashinalarni transportirovka qilishda ularni yo‘l chetidan haydash, agar yo‘l kesib o‘tiladigan bo‘lsa, uni vaqtincha yotqizilgan to‘shama ustidan yurgizish kerak.
    Dvigatellari belgilangan me’yordan ortiq darajada tutun chiqarib ishlaydigan mashinalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Dvigatelning yonilg‘i apparaturaspni rostlash orqali tutunning kamayishiga erishish mumkin.
    Yonilg‘isi, moyi, ish suyuqliklari va surkama moylari sizib turadigan mashinalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki YOMM atrof-muhitga salbiy ta’sirko‘rsatadi. Xuddi shu sababga ko‘ra mashinalarni ta’minlashda YOMM ning to‘kilishiga va isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mashinalarga ishlash joyining o‘zida texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish jarayonida moyini almashtirish, ish suyuqligi va surkama moylarini yangilashda ularning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
    Ishlatilgan neft mahsulotlarini erga, suv havzalariga va kanalizatsiya tarmoqlariga to‘kish mann etiladi. Mashinadan yonilg‘i qoldig‘i sifatida to‘kib olinadigan neft mahsulotlari,texnologik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan moylar, kerosin, benzin, dizel yonilg‘isi, eritkichlar va boshqa neft mahsulotlarini yig‘ish va neft ta’minoti tashkilotlari omboriga topshirish yoki Davlat saninspeksiyasi bilan kelishilgan usullar bilan yo‘qotish zarur.




      1. Download 1.89 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 1.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 1.89 Mb.