Qurilish mashinalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularni joriy ta’mirlash




Download 1.89 Mb.
bet11/14
Sana17.10.2022
Hajmi1.89 Mb.
#27374
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ro\'ziboy tayor
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
Qurilish mashinalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularni joriy ta’mirlash



Qurilish mashinalariga texnikaviy xizmat kursatish va ularni remont qilish rejali-oldini olish tizimi buyicha tashkil qilinadi. Bunga mashinalarga to‘g‘ri nazorat qilish va qarash, ularni to‘g‘ri eksplutatsiya qilish hamda tegishli instruksiyalarga muvofiq oldindan tuzilgan reja bo‘yicha texnikaviy xizmat ko‘rsatish va remont qilish ishlari kiradi.
Barcha remont ishlari oldindan tuzilgan reja bo‘yicha, ammo detal, uzel va agregatlarning haqiqiy holatiga muvofiq o‘tkazilgani uchun bu tizim rejali tizim deb ataladi.
Tizimning asosini detallarning intensiv eyilishi va to‘satdan sinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun texnikaviy xizmat ko‘rsatish hamda remont qilishdan iborat bo‘lgani uchun tizim oldini olish tizimi deyiladi.
Tizim mashinalarning doimo tayyorligi va ekspluatatsion mustahkamligini ta’minlovchi davriy takrorlanuvchi tadbirlar kompleksidan iborat.
Rejali oldini-olish tizimi bo‘yicha mashinaning buzuqligi yoki nuqsoni mashina ishdan chiqmasdan oldinroq bartaraf qilinadi.
Barcha mashinalar va jihozlar gguruhlarga bo‘linadi; ularning har qaysisiga ish davomiyli belgilangan bo‘ladi. Belgilangan muddat tugashi bilan mashinani ko‘zdan kechirish va uzel hamda mexanizmlarning haqiqiy holatini hisobga olib, remont ishlarining hajmini belgilash va belgilangan reja asosida o‘tkazish kerak.
Rejali oldini-olish tizimiga muvofiq mashinalarga texnikaviy xizmat ko‘rsatiladi, ular joriy va kapital remont qilinadi.
Texnikaviy xizmat ko‘rsatishda smena davomida mashinani ishga yaroqli holatda saqlash ko‘zda tutiladi. Smenalararo qarovda buzuqliklar aniqlanadi, zarur joylar rostlanadi, mahkamlash va mayda remont ishlari bajariladi. Texnikaviy xiz­mat ko‘rsatish mashina detallari va uzellarining sinishini va oldindan eyilishini bartaraf qiluvchi profilaktik chora hisoblanadi. Texnikaviy xizmat ko‘rsatish ishdan oldin, tanaffus vaqtlarida va ish tugagandan so‘ng bajariladigan oylik (EO) hamda mashina ma’lum soat ishlagandan so‘ng bajariladigan davriy (TO) xillarga bo‘linadi.
Ishning xarakteri va hajmiga qarab, remont joriy (T) va kapital (K) remontga bo‘linadi.
Joriy remont rejali oldini-olish tizimida asosiy remont turi hisoblanadi. U qurilish maydoichalarida yoki mexanizatsiyalashtiril­gan bazada bajariladi.
Kapital remontda mashinani to‘la qismlarga ajratish, detallarini yaroqli, yaroqsiz va remont talab xillarga ajratish, detallar, uzel va agregatlarni tiklash va almashtirish ishlari mo‘ljallanadi.
Uncha murakkab bo‘lmagan mashinalar (lentali konveyerlar, qorishma aralashtirgichlar) qurilish tashkilotlarining remont ustaxonalarida, murakkab mashinalar (kranlar, ekskavatorlar va h.k.) esa ixtisoslashtirilgan remont zavodlarida kapital remont qilinadi.
Qurilish mashinalarini individual va agregat-uzelli remont qilish kapital remont qilishning asosiy metodlari hisoblanadi. Remont qilishning individual metodida remont qilingan detallar qaysi mashinadan olingan bo‘lsa, o‘sha mashinaga qo‘yiladi. Uzellarni yig‘ishda detallarning remont qilingani ham, yangisi ham individual moslashtiriladi.
Agregat-uzelli remont qilishda mashinaning uzel va agregatlari egasizlaitiriladi. Oldindan remont qilingan, yangi agregat va uzellari mavjud bo‘lgan oborot fondi buzuq agregat va uzellarni tez almashtirishga imkon beradi. Mashinadan olingan buzuq uzel va agregatlar remontga jo‘natiladi, so‘ngra boshqa mashinalarga o‘rnatiladi. Bunday metod mashinaning remontda turib qolishini ancha qisqartiradi, shuningdek, remont ishlarining tannarxi kamayadi.
Rejali oldini-olish (PPR) tizimini malga oshirish uchun qurilish tashkilotlarida bir necha xil remont-mexanika korxonalari (bir necha xo‘jaliklardagi qurilish tashkilotlariga xizmat ko‘rsatadigan uchastka va tuman remont-mexanika ustaxonalari hamda remont zavodlari) bor. Bir-biridan uzoqda joylashgan va qurilish ko‘lami uncha katta bo‘lmagan uchastkalarga xizmat ko‘rsatish uchun, ba’zan, avtomobillar va maxsus tirkama vagonchalarga o‘rnatilgan ko‘chma ustaxonalardan foydalaniladi. SHuningdek, ko‘chma ustaxonalar, temir yo‘l vagonlariga ham joylashtirilishi mumkin.
Qurilish mashinalarini joriy remont qilish, uncha murakkab bo‘lmagan mashinalarni kapital remont qilish, kurilish inventarlari va moslamalariii tayyorlash uchun uchastka remont-mexanika ustaxonalari xizmat qiladi. Bunday ustaxonalarda turli xil mashinalar joriy remont qilinadi, uncha murakkab bo‘lmagan mashinalar kapital remont qilinadi va nostandart jihozlar tayyorlanadi. Bunday ustaxonalar mexa­nizatsiyalashtirish trestlari, boshqarmalari va bazalarida hamda kurilish trestlarida tuziladi. Tuman remont-mexanika ustaxonalarida slesarlik-yig‘ish, mexanika, temirchilik, qozon-payvandlash, mis-tunukachilik va elektr remont sexlari bor.
Remont-mexanika zavodlari murakkab suv xo‘jaligi industriya mashinalarini kapital remont qiladi va bitta yoki bir necha xo‘jaliklardagi qurilish tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi. Ular umumiy ishlarga mo‘ljallangan va ixtisoslashti­rilgan zavodlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan zavodlarda keng nomenklaturadagi suv xo‘jaligi industriya mashinalari remont qilinadi. Ixtisoslashtirilgan remont zavodlarida faqat ma’lum turdagi mashinalar: o‘ziyurar va minorali kranlar, va h.k. lar remont qilinadi. Ixtisoslashtirilgan remont zavodlari doimiy dastur bo‘yicha ishlaydi; bu esa mashinalarni oldindan tayyorlangan uzel va agregatlar asosida remont qilishga imkon beradi.
Har qaysi mashinaga doimo texnikaviy xizmat ko‘rsatish jurnali olib boriladi. Bu jurnalga mashina ekspluatatsiya qilina boshlagandan yoki kapital remontdan so‘ng har qaysi oy boshidagi ishlangan soatlar soni, har qaysi oyda ishlangan soatlar soni, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va remont turi, shuningdek, ayrim uzel hamda agregatlarning almashinishi to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi.
Hisobga olish tizimi ishning borishini, mashinalardan foydalanishni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar rejasining bajarilishini, mashinalarning ishlab chiqarish hajmini, mashinalarning turib qolishini, ish kuchidan foydalanilishini, ekspluatatsion materiallar sarfini, ishlarning tannarxini tek-shirishni ko‘zda tutadi.
Hisobga olish tizimi operativ-texnikaviy, statistik va buxgalter hisoblarni o‘z ichiga oladi.
Operativ-texnikaviy hisobning asosiy hujjatlari-mashinistning smenalik raporti, yo‘l varaqasi, mashina ishini hisobga oluvchi jurnallardir.
Mashinalarning ishi hakidagi statistik hisob va hisobot har kaysi kvartal oxirida tegishli forma bo‘yicha tuziladi.




  1. Download 1.89 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish mashinalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularni joriy ta’mirlash

Download 1.89 Mb.