Qurilish mashinalaridan foydalanishda mehnat xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari




Download 1.89 Mb.
bet8/14
Sana17.10.2022
Hajmi1.89 Mb.
#27374
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Ro\'ziboy tayor
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
Qurilish mashinalaridan foydalanishda mehnat xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari

Mehnat xavfsizligiga oid umumiy talablar. Qurilishda mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar QMvaQ SH-4-80 da belgilangan, qurilish mashinalarini ishlatishdagi xavfsizlikka oid umumiy talablar esa GOST 12.3.033-84 da belgilangan.
Mashinalarni boshqarish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish ishlarini bajarish ma’lum o‘qishni o‘tgan va ma’lum malaka talab qiladigan ishlarni bajarishga huquq beruvchi hujjati bo‘lgan kishiga ruxsat etiladi. O‘ziyurar suv xo‘jaligi industriya mashinalarining xaydovchilari Davlat avtoinspeksiyasi tomonidan beriladigan avtomobil haydovchisi hujjatiga ham ega bo‘lishlari kerak.
Mashinalarni qat’iy o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatish, loyihada ko‘rsatilgan ishlarni bajarish hamda eksplu­atatsiya va remont qilish hujjatlari talablariga ko‘ra ularning ishga yaroqliligini yuqori darajada ta’minlash mashinalarni xavfsiz ishlatishning asosi hisoblanadi.
Ish boshlangunga qadar haydovchi mashinaning texnik holatini tekshirishi, aniqlangan buzuqliklarni tuzatishi hamda mashinaga texnik va texnologik xizmat ko‘rsatishi lozim. Ishga yaroqli mashinalardangina foydalanishga ruxsat etiladi. Foydalanishga ruxsat etilgan mashinaning texnik ko‘rsatkichlari texnologik jarayon va ish sharoitiga mos kelishi lozim.
Dvigatelni ishga tushirishdan oldin mashinaning ish organlari uzib qo‘yilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Ishga tushirish dvigatelini ishga tushirishda chilvirning uchini qo‘lga o‘rab olish yoki ishga tushirish dastasini changallab ushlash taqiqlanadi.
Tirkama qurilish mashinalari tortkichga tirkash past uzatmada va dvigatelning kichik aylanishlarida bajariladi. Tirkash vaqtida uni amalga oshiruvchi shaxslar tortkich bilan mashina orasida bo‘lmasliklari kerak. Mashina va tortkichning tirkash tuzilmalari bikr va benuqson bo‘lishi lozim. Mashinani yurgizishdan oldin haydovchi bu haqda mashina yaqinida turgan odamlarni ogohlantiruvchi signal berishi zarur.
Mashina harakati vaqtida ishga aloqasi bo‘lmagan kishilarning mashinaning ramasida, qanotida yoki tir­kash tuzilmasida tik turishi yoki o‘tirishi, tortkich bilan mashina orasidan chopib o‘tishi, mashinadan tortkichga yoki, aksincha, tortkichdan mashinaga o‘tishi, ularga sakrab chiqishi yoki tushishi taqiqlanadi.
Kechasi ishlaganda yoki harakatlanganda ish joyi va harakatlanish yo‘li yoritilishi lozim. YOritish jihozlari buzuq mashinalardan kechasi foydalanishga ruhsat etilmaydi. Mashinada signal bo‘lmasa xam, undan foydalanish taqiqlanadi.
Mashinani qiyalikdan pastga tushirish past uzatmada va dvigatel tirsakli valining eng kichik aylanishlarida amalga oshirilishi kerak. Qiyalikdan pastga tushishda ilashish muftasini uzib qo‘yish va bir uzatmadan ikkinchisiga o‘tish taqiqlanadi. SHuni esda tutish lozimki, tik qiyaliklardan pastga tushishida T-74, T-130M turdagi gusenitsali tortkichni o‘ngga burish chap burish muftasini uzib, chapga burish esa o‘ng muftani uzish bilan amalga oshiriladi.
O‘ta qizib ketgan dvigatelni ishga tushirish, dvigatel ishlab turganda mashina ostida bo‘lish va gidrotsilindr yoki kanat bilan ko‘tarib qo‘yilgan ish organi (ag‘dargich, cho‘mich, to‘siq) ostida bo‘lish taqiqlanadi. Ish organi ostida biron ishni bajarishga to‘g‘ri kelsa, dvigatelni o‘chirib, ish organi ostiga ishonchli tirak qo‘yish lozim.
O‘zga shaxslarning mashinani boshqarishi taqiqlanadi.
Kerakli qurol va inventar mashinada belgilangan joyda saqlanishi keraq Mashinada (kabinada, kapot ostida, ish organida va h.q) begona predmetlar, ehtiyot qismlari bo‘lishga ruxsat etilmaydi, ular halokatga sababchi bo‘lishi mumkin.
Qurilish maydonida mashina bilan ish bajarayotganda u erdagi GOST 12.4.026-76 tomonidan belgilangai xavfsizlik belgilariga amal qilish kerak.
Mashinalar bilan ish bajarishda mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar. Ish boshlanishidan oldin haydovchi gruntga ishlov beriladigan uchastka bilan tanishib chiqishi va uni mehnat xavfsizligi nuqtai nazaridan baholashi lozim. Uchastkadan yirik toshlar, to‘nkalar va shu kabi boshqa predmetlar chiqarib tashlanishi, er osti inshootlari ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilab qo‘yilishi kerak.
Gruntni to‘plash va uni surish vaqtida ish organi gruntga botirilgan holda burilish taqiqlanadi.
Mashina qiyalikdan surilib tushib ketmasligi uchun yangi ko‘tarilgan ko‘tarma bo‘ylab yurganda ko‘tarmaning qirrasidan kamida 1 m naridan harakatlanish lozim.
Tik tog‘ yonbag‘irlarida mashinani keskin burishlarga ruxsat etilmaydi, chunki bu mashinaning sirpanib pastga tushib yoki ag‘darilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘ndalang qiyaligi 30° dan ortiq bo‘lgan joylarda mashinada ishlashga ruxsat etilmaydi
Gruntga ishlov berish jarayonida kutilmagan er osti inshootlariga duch kelinsa, darhol ishni to‘xtatib, bu hakda ish boshqaruvchiga xabar berish kerak.
Sim arqon-blokli mashinalarda sim arqon tolalari titilgan bo‘lsa, ishlashga ruxsat etilmaydi. Sim arqonlarning sifatini tekshirish ‘YUk ko‘tarish kranlarini joylashtirish va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari’ talablariga muvofiq bajariladi. Sim arqonni almashtirishda haydovchi qo‘lqop kiyib olishi zarur.
Ishlayotgan mashinaga nisbatan 10 m radiusli masofada odamlar bo‘lishi, daraxt ag‘darayotgan mashinaga nisbatan 50 m radiusda odamlar bo‘lishi man qilinadi.
Ishda tanaffus vaqtida mashina tekis maydonda tormozlab qo‘yilishi, ish organi gruntga tushirilgan, boshqarish mexanizmlari neytral holatga qo‘yilgan, kabina esa berkitilgan bo‘lishi lozim.

Download 1.89 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 1.89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish mashinalaridan foydalanishda mehnat xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari

Download 1.89 Mb.