O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1.89 Mb.
bet9/14
Sana17.10.2022
Hajmi1.89 Mb.
#27374
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ro\'ziboy tayor
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
Elektr xavfsizligi. Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uzatish liniyalari ostida, elektr kabellari yaqinida gruntlarga ishlov berish uchun mashina-lardan foydalanish taqiqlanadi. Elektr kabellari joylashgan sohada ishlash uchun kabellardan foydalanish uchun javobgar tashkilotning yozma ravishda ruxsati bo‘lishi shart. Kechasi yoki qorong‘iroq joylarda texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish ishlarini bajarish uchun ishlatiladigan ko‘chma lampalardagi kuchlanish 36 V dan oshib ketmasligi lozim.
Dastaki elektr asboblaridan foydalanishdan oldin viklyuchatelning benuqsonligini, erga ulovchi va kuchla­nish keluvchi simlarning but va puxtaligini tekshirish kerak. Elektr asbobni rezina qo‘lqop kiyib olib, re­zina to‘shama ustida turib ishga tushirish lozim. Qayd qilingan himoya vositalarida yirtilgan va teshilgan joylar bo‘lmasligi kerak; ularni berkitiladigan shkaflarda asbob-anjomlardan ayrim holda saqlash lozim. Ularni moy, benzin kabi rezinaga emiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar ta’siridan saqlash zarur. Foydalanishdan oldin ular yaxshilab ko‘zdan kechirilishi, changdan tozalanishi, nam tekkan bo‘lsa, quritilishi kerak.
Elektr asbobdan foydalanishdan oldin uni salt holda ishlatib tekshirib ko‘rish kerak. Ish vaqtida tok keladigan simlar tasodifan shikastlanishdan himoyalanganligini kuzatib turish lozim. Simlarning issiq, nam va moyli sirtlarga yoki buyumlarga tegib turishiga ruxsat etilmaydi. Parma va boshqa ish qismlarini almashtirishda elektr asbobni tokdan uzib qo‘yish lozim. Elektr asbob qizib ketmasligi uchun vaqt-vaqti bilan uni salt ishlashga o‘tkazish zarur. Elektr energiyasi kelishi to‘satdan to‘xtab qolganda hamda ishda tanaffus vaqtida elektr asbobni tarmoqdan uzib qo‘yish kerak.
Elektr asbob bilan ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi:
- elektr asbobdan u mo‘ljallanmagan ishlarda foydalanish; dvigateli ishlab turgan holda hamda tarmoqqa ulangan holda nazoratsiz qoldirish;
- asbob kabelini cho‘zib tortish va bukish, shuningdek, mashinaning po‘lat sim arqonlarini, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr kabellarni, elektr payvandlash simlarini, kislorod, atsetilen va boshqa gazlar keladigan shlanglarni elektr asbobi simlari kesib o‘tishi;
- elektr asbobni undan foydalanishga ruxsati bo‘lmagan ishchilarga berib turish; shtepsel birikmasi, kabel yoki cho‘tka tutkichning qalpog‘i shikastlanganda va viklyuchatel yaxshi ishlamaganda elektr asbobdan foydalanish;
- asbobni qismlarga ajratish va remont qilish, simlarni, shtepsel birikmalarini remont kilish; simni ushlash, aylanayotgan detallarga yoki ish organiga tegish;
- asbobning ish organi to‘la to‘xtagunga qadar qirindi yoki qipiqlarni qo‘l bilan olib tashlash;
- elektr asbob kollektoridagi cho‘tkalar uchqun chiqarib, kollektor bo‘ylab olov halqasi paydo bo‘lsa, reduktor yoki shamollatish kanallaridan moy oqib chiqsa, izolyasiya yonayotganligini bildiruvchi tutun yoki hid chiqsa, me’yoridan ortiq shovqin, taqillash va titrash bo‘lsa, elektr asbob korpusi yoki dastasida darz va singan joy bo‘lsa, ishlash.

Download 1.89 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1.89 Mb.