I-nosozlik: Tormozlanish samaradorligi yetarli emas
1.1.Oldingi yoki orqa tormoz mexanizmlarining g‘ildirak silindrlaridan suyuqlik oqish.
|
1.1.G‘ildirak silindrlarining yaroqsiz detallarini almashtirish, baraban va kolodkalarni yuvish va quritish, tormoz yuritmasidan havo chiqarib yuborilsin.
|
1.2. Tormoz tizimining gidroyuritmasida havo mavjud.
|
1.2. Gidroyuritmadan havo chiqariladi.
|
1.3. Bosh silindrdagi rezina zichlagichlar (manjetalar) shikastlangan.
|
1.3. Manjetalarni almashtirilib, va gidroyuritmadan havo chiqariladi.
|
II-nosozlik: Avtomobil harakat vaqtida o‘z-o‘zidan tormozlanadi
|
2.1. Vakuum kuchaytirgichning himoyalovchi g‘ilofi atrofidan havoning so‘riladi.
|
2.1. Vakuum kuchaytirgichni almashtirib himoyalovchi g‘ilofni yechib, zichlagichga SIATIM-221 moyi suriladi.
|
2.2. Kuchaytirgich qopqog‘ining zichlagichi yeyilgan yoki zichlagich noto‘g‘ri o‘rnatilgan va qaydlash halqasi bo‘shab ketgan.
|
2.2. Vakuum kuchaytirgich almashtiriladi.
|
III-nosozlik: Hamma g‘ildiraklar tormozlanishdan to‘liq bo‘shamaydi
|
3.1. Tormoz pedalining erkin yo‘li yo‘q. Vakuum kuchaytirgichning rostlash bolti bosh silindr tomoniga chiqib turadi.
|
Tormoz pedalining erkin yo‘lini rostlash, rostlash boltining chiqib turishi 1,25 . . . 2,0 mm ga yetkaziladi.
|
3.2. Diafragma qisilib qolganligidan klapan korpusi siljimaydi.
|
3.2. Vakuum kuchaytirgich almashtiriladi. Teshikchani tozalab, gidravlik yuritmadan havoni chiqarib yuborish kerak.
|
3.3. Bosh silindrdagi suyuqlik o‘tkazish teshikchasi ifloslangan.
|
3.3. Vakuum kuchaytirgichni almashtirish.
|
3.4. Bosh silindr manjetlari qisilib qolgan.
|
3.4. Gidravlik tormoz yuritmasini tormoz suyuqligi bilan yuvish, manjetlarni almashtirish, yuritmadan havoni chiqarib yuborish lozim.
|
3.5. Bosh silindr porsheni silindrda tiqilib qolgan.
|
3.5. Bosh silindrni tekshirib, lozim bo‘lsa, almashtirish kerak.
|
|