|
ko'taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, shuningdek, shakl berilmagan
|
bet | 78/143 | Sana | 23.02.2023 | Hajmi | 14.87 Mb. | | #43287 |
Bog'liq Tuzilishi miynetti qorg\'aw, Mavzu Laboratoriya ishi linzaning fokus masofasini aniqlash, 4-sinf Ona tili to\'garak, 7-maktab 7-14 yoshgacha bo\'lgan o\'quvchilar soni, 15.02 53 gako'taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, shuningdek, shakl berilmagan
yo'llarning og'ir sharoitlarida ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq deformatsiya olib
egiladi, unda yoriqlar paydo bo'ladi, parchin-mixli birikmalar bo'shashadi, dvigatel va
transmissiya agregatlarining o'zaro to'g'ri joylashuvi buziladi.
Oldingi ko'prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangligining buzilishi,
ko'prik balkasi va burilish richaglarining egilishi, shkvorenni o'rnatish teshigining,
shkvoren va uning vtulkasining, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o'rnatish teshigining
yeyilishi misol bo'ladi. Oldingi ko'prik detallarining yeyilishi g'ildiraklar o'rnatish
burchaklarining buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va avtomobilni
boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi.
Yurish qismining ko'rsatib o'tilgan nosozliklari avtomobilning to'g'ri chiziqli
harakatdan o'ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda harakatlanishda oldingi
boshqariluvchi g'ildiraklarning ta'siri, avtomobilning bir tomonga qiyshayishi,
harakatlanish paytida osma atrofidagi taqillashlar va tebranishlar oqibatida yuzaga keladi.
Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman KXK paytida
aniqlanadi.
Yurish qismiga TXK. 1-TXK ning ish hajmiga amortizatorlar, oldingi va orqa
osmalarning holati hamda mahkamlanishini tekshirish, g'ildirak gupchagi
podshipniklaridagi va buriluvchi sapfa shkvorenlaridagi lyuftlarni o'lchash, shuningdek,
ramani va oldingi o'q to'sinining holatini baholash kiradi. Moylash xaritasiga mos
ravishda, grafik bo'yicha, buriluvchi sapfa shkvorenlarining sharnirli tayanchlari yoki
podshipniklari moylanadi. Shinalar holati va ulardagi havo bosimi tekshiriladi, zarur
|
| |