Menejer va uning funksiyalari




Download 252 Kb.
bet4/24
Sana24.03.2017
Hajmi252 Kb.
#1981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

Menejer va uning funksiyalari.


Menejer deb, xozirgi zamon tushunchasida, bozor sharoitida, firmaning faoliyati bo’yicha aniq qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan, doimiy mansabni egallab turgan rahbar yoki boshqaruvchi aytiladi. Menejer tomonidan qabul qilinadigan qarorlar asosli bo’lishi kerak va boshqarishning yangi usullari, ya’ni kompyuter texnikasi yordamida ko’p variantli hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilishi kerak.

«Menejer» tushunchasi keng ma’noga ega bo’lib, quyidagilarga taaluqlidir:



- alohidagi bo’lim va guruhlarning bajarishi kerak bo’lgan aniq ish turlarining tashkilotchisiga;

- korxonaning rahbariga va shu korxonaning bo’lim, qism yoki guruhlarning rahbarlariga;

- hozirgi zamon usullari asosida ishlarni tashkil qiladigan ixtiyoriy darajadagi boshqarmaning administratoriga (ma’muriga);

- buysunadiganlarga nisbatan mavjud bo’lgan barcha rahbarlarga;

Bozorda mavjud bo’lgan tavakkalchilik va noaniqlik holat menejerdan qabul qilinadigan qarorlarda mustaqil harakat va javobgarlikni talab qiladi.

Har bir menejerga yuqori darajali quyidagi talablar qo’yiladi:

- korxonaning boshqarish doirasida umumiy bilimlarga ega bo’lish;

- firmaning faoliyati taaluqli bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish

texnologiyasi muammolarini yecha bilish;

- ishbilarmonlik, bozor holatini tushuna bilish va tahlil qila olish, tashabbuskorlik va firma resurslarini qo’prok foyda keltiradigan tomonlarga yo’naltira olish;

- asoslangan qarorlar qabul qilish;

- quyi pog’onadagi rahbarlar va hodimlar bilan chambarchas ishlay

olish;

- asosiy bozorning iqtisodiy holatini tahlil qila bilish;

- raqib firmalarning faoliyati va hatti–harakatlarini tahlil qila bilish.

Lekin, ixtiyoriy darajadagi menejerga qo’yiladigan asosiy talab - odamlarni boshqara olishdir. Bunga quyidagilar kiradi:



- qo’l ostida ishlayotganlarni yaxshi bila olish kerak, ularni aniq

berilgan vazifani bajara olish qobiliyati va sharoiti borligini bilish;

- tashkilotni va ishchilarni birlashtiradigan sharoitni bilish va

ularning manfaatlarini himoya qila bilish;

- firma faoliyatining to’g’riligini va hodimlarning birdamliligini

ta’minlash.

Menejer ishlayotgan firmaning kapitaliga mulkdorlikdan erkin, demak, u firmaning aksiyasiga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi mumkin.





Download 252 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 252 Kb.