43
ishlov berish lozim. Bunda, o‗simlik xom ashyosiga infra qizil nurlar yordamida
dastlabki ishlov beriladi. Bu jarayonda oqsil molekulalari hamda ferment tizimlari
denaturatsiyaga uchraydi. Bu hol dorivor o‗simlik xom ashyosi to‗qimalarida
o‗tayotgan turli-xil fiziologik-biologik jarayonlarni tez to‗xtalishiga olib keladi va
biologik faol moddalarning parchalanishining oldi olinadi. Bu bilan yuqori sifatli
quritilgan mahsulot olishga erishish mumkin.
Qayta ishlanadigan o‗simlik xom ashyosiga
quritgichning elektron
boshqarish bloki yordamida optimal quritish rejimini berish lozim. Buning uchun
uning termorostlagich boshqarish bloki kengaytirilgan rostlash diapozoniga ega
bo‗lishi kerak. Quritishga kesib maydalanib tayyorlangan
xom ashyo universal
quritgichlarda quritilganda undagi quritish jarayoni o‗zgaruvchan quyidagi
haroartda 50-60
0
S dan oshirilmaydi. Bu vaziyatda xom ashyo o‗zining birlamchi
yashil rangini saqlab, undagi biologik fa‘ol moddalarning minimal yo‗qotilishi
kuzatilishi mumkin. Kuritishning bu usulida atrof
muhitga hech qanday zarar
etkazilmaydi, ekologik toza mahsulot ishlab chiqariladi va yuqori iqtisodiy
samaraga erishiladi.
45
esa issiqlik almashinish jarayonining tezkorligini oshiradi.
Bunday qurilmalar
an‘anaviy energiya manbalarining 40 % gacha miqdorini tejash imkonini beradi.
SHundan so‗ng USK-2E quritgich moslamasining kamera eshiklari yopilib
markazdan qochma ventilyator va kalorifer ishga tushurilib issiq havo oqimi
kameraga o‗zatiladi. Jarayonning qanday kechayotgani to‗g‗risida aniq tasavvur
va ma‘lumotlarga ega bo‗lish uchun har bir
soatda xom-ashyo mahsuloti
joylashtirilgan to‗rtta patnisning har biri tarozi vositasida o‗lchab boriladi.