5
XK, ―O‗zfarmsanoat‖ DAK, ―Brand Investment Group‖ MCHJ ta‘sischiligida,
za‘faron (shafran) o‗simligi bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, uni
ko‗paytirish va etishtirish hamda boshlang‗ich
jarayonda eksport qilishga
ixtisoslashtirilgan
“SHafran ilmiy tadqiqot markazi” MCHJ tashkil etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2018 yildagi ―Respublikada
Kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash
xajmlarini ko‗paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-
3617-son qarori kabi boshqa qaror va qonunlar shular jumlasidandir. Buning
natijasida hozirgi kungacha dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‗ining o‗simliklar
xom-ashyosiga bo‗lgan talabi imkon darajasida qondirilmoqda.
2.
Fanning maqsad va vazifalari
Farmatsevtika sanoati uchun dorivor o‗simliklar xom ashyo mahsulotlarini
tayyorlash saqlash va dastlabki qayda ishlash bevosita etishtiruvchi (tayyorlovchi)
mutaxassislarga bog‗lik bo‗lib, ko‗yiladigan farmatsevtik talablarga javob berishi
kerak. YA‘ni, xom ashyo mahsulotlarni tovar (belgilangan tartibda)
holatida
tayyorlash, o‗simliklarni belgilangan tartibda
quritish, xom ashyo mahsulotlarini
imkoniyati boricha isrof qilmasdan hamda sifatli saqlash;
mahsulotlarni saqlash
davrida tegishli texnologik jarayon va usullarni qo‗llab ularning sifatini yanada
oshirish, oz mehnat sarf-harajat qilib, mahsulotlarni rentabelь holda saqlashni
taqozo etadi.
Ma‘lumki, dorivor o‗simlik xom ashyolari xalq xo‗jaligi iste‘mol
mollari
sirasiga kiradi. Etishtirilgan xar bir xom ashyoning sifati qator omillarga bog‗liq
bo‗lib, farmatsevtika mahsulotlarining (xom-ashyo) texnologik qiymati to‗g‗ridan-
to‗g‗ri agrotexnik tadbir, ob-havo, etishtirish sharoiti, hosilni yig‗ib olish usuli va
muddati, xom ashyo mahsulotining turi va kimyoviy tarkibi, tashish va saqlash
sharoitiga, umuman olganda tovar sifatiga uzviy bog‗liqdir. SHu bois,
Respublikamizda farmatsetika sanoatining dorivor o‗simliklar
xom ashyosiga
bo‗lgan talabini qondirish, ularni belgilangan tartib va talab darajasida tayyorlash,
quritish va saqlashni taqozo etadi.
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash, quritish va saqlash texnologiyasi fani
xom-ashyo turlarini sifatli tayyorlash va saqlash jarayonlari,
shuningdek ularni
dastlabki qayta ishlash jarayonlari bilan tanishtiradi va atroflicha o‗rgatadi. Soha
mutaxassislari etishtirgan xom ashyo mahsulotni qanday maqsadda ishlatilishini
bilishi muhim. Bu fanni to‗liq o‗rganish mutaxassislarda dorivor o‗simliklar xom-
ashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash bo‗yicha malakali bilim va
ko‗nikmalarni shakllantiradi.
Dorivor o‗simliklarini tayyorlash, quritish, saqlash va dastlabki qayta
ishlash fanining
maqsadi shartli ravishda quyidagicha izohlanadi;
1.Dorivor o‗simliklar xom ashyo turlari va ularni tayyorlash mavsumlarini
nazariy va amaliy asoslarini o‗rgatish.
2.Dorivor o‗simliklar xom-ashyolarini tayyorlash, quritish, saqlash va
dastlabki qayta ishlash usullari o‗rgatish.
3.Xom-ashyoni ishlab chiqarish uchun tayyor tovar va sertifikat asosida
standart holiga keltirish usullarini o‗rgatish.
6
4.Farmatsevtika sanoatiga toza va ekologik sof dorivor xom-ashyo
mahsulotlarini etkazib berish.