Hozirgi kunda dorivor o„simlikshunoslik sohasi
Tayanch iboralar: o‗simlik dunyosi, savdo-sotiq, kanakunjut o‗simligi,
Buqrot,Arastu,Teofrast,Dioskorid,Galen va Pliniy,Galen preparatlari, farmatsiya
sohasi,Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tabobati va b.q.
Dorivor o„simliklardan foydalanish tarixi. O‗tmishdan insoniyat
o‗simlik dunyosidan oziq-ovqat va shifobaxsh vosita sifatida foydalanib kelingan.
SHu davrda dorivor o‗simliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar qabiladan-qabilaga va
avloddan-avlodga faqat og‗zaki ravishda o‗tib kelgan va tarqalgan.
Keyinchalik, davlatlar o‗rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar
o‗rnatilgandan so‗ng, ana shu davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor
o‗simliklar hisobiga dorivor o‗simliklar mahsulotining turlari ko‗paya bordi.
YOzuv paydo bo‗lganidan keyin dorivor o‗simliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
yozma ravishda tarqala boshladi. Demak, dorivor o‗simliklardan foydalanish
bo‗yicha boshlang‗ich tarix ma‘lumotlarini yozuv va ilm-fan taraqqiy topgan
davrdan boshlangan deb hisoblash mumkin.
Qazilmalarda Suriya shoxi Assurbanipal (Sardanapal, eramizdan avvalgi
668 yil) kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan
bo‗lib, shundan 33 ta jadval dorivor o‗simlik mahsulotlariga doir ma‘lumotlar
kayd kilingan. Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, o‗sha davrda Suriya davlatida
dorivor o‗simliklar ekiladigan maydonlar ham bo‗lgan. Misrda esa dorivor
o‗simliklar bundan ham ilgari ekila boshlangan. Masalan, eramizdan 2000 yil
avval Misrda kanakunjut o‗simligi ekilganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Dorivor o‗simliklar haqida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan qadimiy
ma‘lumotlarni yunon adabiyotlarida uchratish mumkin. YUnonlar (Greklar)
o‗zlarida etishtiriladigan dorivor o‗simliklardan foydalanish bilan bir qatorda,
Misr, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan dorivor mahsulotlardan
ham foydalanishgan.
Mashhur qadimgi xakimlar (vrachlar) Buqrot (Gippokrat), Arastu
(Aristotelь) va ularning shogirdi Teofrast, farmakognoziya «asoschisi» Dioskorid
kabi olimlarning nomlari dunyo bo‗ylab tarqalgan.
Buqrot (eramizdan avvalgi 460-377 yillar) bemorlarni parhez ovqatlar bilan
davolagan. U yozgan kitoblarida dorivor o‗simliklarning 236 turi ta‘riflangan.
Arastu va uning shogirdi Teofrast (eramizdan to‗rt asr oldin) ko‗pgina
dorivor o‗simlik turlarini ta‘riflash bilan birga ularning shifobaxsh (foydali)
xususiyatlarini ham ko‗rsatib o‗tishgan.
8
O‗z davrining atoqli olimi vrachi Dioskorid (eramizning I asrida yashagan),
«Materia medica» nomli mashhur kitobida juda ko‗p dorivor o‗simliklarni rasmlari
bilan keltirgan va tavsif bergan. Lotin tiliga tarjima qilingan bu kitobdan Evropalik
vrachlar XVI asrgacha qo‗llanma sifatida foydalanib kelganlar.
Ko‗xna Rimda Galen va Pliniy (akasi) dorivor o‗simliklar bo‗yicha darslik
tayyorlash bilan uzoq vaqt shug‗ullanganlar. Vrach Galen (eramizning 130-
yillarida tug‗ilgan) farmatsiya va tibbiyot sohasiga doir bir qancha kitoblar yozgan.
Olimlar o‗z kitoblarida 304 ta dorivor o‗simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral
moddadan olinadigan dorilarni ta‘riflagan.
Galen o‗simlik va hayvon organlaridan tayyorlangan (tarkibida ta‘sir
etuvchi modda bo‗lgan) dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo‗lib
taklif etadi. Bu dorilar hozirgi kunda ham «Galen preparatlari» nomi bilan
yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida yozgan asarlari XIX asrgacha
tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega bo‗lib keldi.
Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda (Xitoy, Tibet,
Xindiston) qadimdan bemorlarni asosan dorivor o‗simliklar bilan davolab
kelingan. SHu sababli Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tabobatida (tibbiyotlarida)
ishlatiladigan dorivor o‗simliklar bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini
yo‗qotmagan.
Hindiston florasi o‗simliklarga juda boy bo‗lib, unda ko‗plab dorivor
o‗simliklar uchraydi. SHuning uchun bu erda xalq tabobati boy tajribaga ega
bo‗lib, bemorlarni asosan mahalliy flora dorivor o‗simliklari bilan davolanganlar.
«YAyur-veda» («Hayot hakidagi fan») dorivor o‗simliklar haqida yozilgan
ko‗xna hind kitobidir. Bu kitob qayta-qayta ishlanib bir necha bor chop etilgan.
Hind olimi Vrach Sushruta qayta yozgan bu kitobda 700 xil dorivor o‗simlik bayon
etilgan. Bu kitob hozirda ham o‗z qimmatini yo‗qotmagan.
Hind tibbiyoti dastlab Tibet, Xitoy, YAponiya, keyinchalik esa
Mo‗g‗uliston va Rossiyaga (Buryatiyaga) yoyila boshlaydi. Bu davlatlardagi
mahalliy dorivor o‗simliklar soni Hindistondan keltirilgan o‗simliklar hisobiga orta
bordi.
Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan dorivor o‗simliklar,
hayvon mahsulotlari va mineral moddalarni ma‘lum bir tizimga solishda Arab
tibbiyot olimlarining xizmati katta bo‗ldi. Ular tibbiyot sohasida yozilgan
kitoblarni nafaqat arab tiliga tarjima qilish, balki qayta nashrdan chiqarishga xam
erishdilar. Hindistondagi dorivor mahsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida
qo‗llay boshladilar.
O‗z davrining mashhur tabiblari yurtdoshimiz buxorolik Abu Ali Ibn Sino,
xorazmlik Abu Abdallah Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakir
Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy, Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-
Beruniy,
eronlik
Abu
Mansur
Muvafaq,
arab
Muhammadxon
o‗g‗li
Abdulg‗ozixon, Ibn Baytar va boshkalar butun dunyoga mashxur.
Abu Mansur Muvafak Hindistonga sayohat qilib, hind tibbiyoti hamda u
erda ishlatiladigan dorivor moddalar bilan tanishadi va bu haqda kitob yozadi.
Muallif o‗z asarlarida 466 ta o‗simlik va 44 xil hayvondan olinadigan dorivor
9
mahsulotlarning qo‗llanishini ta‘riflaydi. Ozarbayjonlik farmatsiya magistri Abdul
Axundov 1893 yilda bu kitobni chuqur o‗rganib, arab tilidagi dorivor
mahsulotlarni aniqladi.
Ibn Baytar o‗z kitobida 1400 xil dorivor mahsulotlarni ta‘riflagan.
Mashhur hakim Abu Ali Ibn Sino-1020 yilda 5 jildlik «Al- qonun» («Tib
qonunlari») kitobini yozadi. Bu kitobning II-jildi oddiy va V- jildi esa murakkab
dorilarga bag‗ishlangan bo‗lib, kitobning II-jildida o‗sha zamonda tibbiyotda
ishlatiladigan 811 ta dorivor o‗simliklar, ulardan va hayvonlardan olingan
mahsulotlar hamda mineral dorivor vositalariga tavsif berilgan. Kitobda keltirilgan
dorivor o‗simliklar soni 500 tadan, o‗simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40
tadan ortiqni tashkil etadi.
«Tib qonunlari» («Al-qonun») asari ko‗pgina Evropa tillariga tarjima
qilingan bo‗lib, fakat lotin tilining o‗zida 16 marta chop etilgan. XVI asrgacha
Evropa vrachlari undan qo‗llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida,
ayniksa tabobatda va an‘anaviy tibbiyotda hozirda ham «Al-konun»dan keng
foydalanilmokda.
Buyuk muttafakir olim Abu Rayhon Beruniy umrining so‗ngi yillarida
«Kitob as-saydana fi-t-tibb», ya‘ni «Tibbiyotda dorivor»asarini yaratadi. Bu asarda
o‗sha davrning sharq tabobatida qo‗llaniladigan 674 ta dorivor o‗simlik va 90 ta
o‗simlik mahsulotlari to‗g‗risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, «Saydana»da
yana 104 ta hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda bu vaqtgacha to‗g‗ri
aniqlanmagan 113 ta dorivor o‗simliklar haqidama‘lumotlar mavjud.
Ibn Sino va Al-Beruniy asarlarida dorivor o‗simliklarni saqlash va qayta
ishlash texnologiyasiga doir qator ma‘lumotlar (dorivor o‗simlik maxsulotlarini
yig‗ish, quritish, saqlash muddati, ulardan turlari tayyorlash masalalari va
boshqalar) o‗z ifodasini topgan.
Amerika qit‘asining XV asrda ochilishi munosabati bilan Evropa
medsinasida ishlatiladigan dorivor o‗simlik turlari Amerika florasi o‗simliklari
(masalan, koka, tamaki, kakao, xin daraxti va boshkalar) hisobiga ko‗paya
boshladi.
Arab tibbiyoti XII asrdan boshlab asta-sekin Evropaga tarkala boshladi.
SHu davrda Evropada ham arab dorixonalarshga o‗xshash dorixonalar ochiladi.
Evropada sharq dorilaridan tashkari, mahalliy dorivor o‗simliklardan foydalana
boshladilar, dorivor o‗simliklar haqida o‗nlab kitoblar yozildi.
Evropaliklar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Afrika va Avstraliya
tropik mamlakatlarining dorivor o‗simliklarini o‗rganishgakirishdilar. Afrikada
o‗sadigan kola yong‗ogi, strofant, kalabar dukkagi hamda Avstraliyada o‗sadigan
evkalipt daraxti Evropa farmakopeyasidan o‗rin oldi.
Demak, XVII-XX asrlarda g‗arbiy Evropa davlatlari dorixonlarida
mahalliy dorivor o‗simliklar bilan bir qatorda, Xindiston, Afrika, Amerika,
Avstraliya va boshqa qit‘alardan keltirilgan mahsulotlar ham bo‗lar edi.
G‗arbiy Evropa ilmiy tibbiyoti XVII asrdan boshlab o‗zinish turli xil dori
mahsulotlari bilan Rossiyaga ta‘sir ko‗rsata boshladi. Slavyan xalqlari ham
qadimdan bemorlarni davolashda dorivor o‗simliklarni ko‗p ishlatganlar.
10
Rossiyada dorivor o‗simliklar bilan shug‗ullanadigan kishilarni «travniklar» deb
atashgan.
IX asrdan boshlab xorijny mamlakatlarda, xususan Vizantiyada dorivor
o‗simliklar haqida turli xil ma‘lumotlar tarqala boshlaydi. Ba‘zi shaharlarda
dorivor o‗simliklar sotadigan do‗konchalar ochiladi, do‗kondorlar dori sotish bilan
birga, dorivor o‗simliklarni yig‗ish va ulardan dori tayyorlash bilan mashg‗ul
bo‗ladilar. O‗sha vaqtdagi dorivor o‗simliklar ichida hozirda keng qo‗llanadigan
xren, na‘matak va boshqalarni uchratish mumkin.
Rossiya bilan G‗arbiy Evropa davlatlari o‗rtasida aloqa o‗rnatilgandan
so‗ng XVI asrda Moskvada birinchi dorixona ochiladi. Dorixonadagi dorilarning
deyarli hammasi G‗arbiy Evropadan keltirilgan bo‗lib, u erda chet eldan kelgan
kishilar xizmat qilardi.
Keyinchalik shark davlatlari, xususan Xitoy va Hindiston savdogarlari
Moskvaga dorivor mahsulotlar keltirib sota boshlaydilar. SHu asnoda Rossiyada
mahalliy dorivor o‗simliklarni yig‗ish ishi ham avj olib ketdi.
SHu davrda Moskvada ruslardan vrach va dorixona xodimlari
tayyorlaydigan meditsina maktabi ochildi. 1654 yilda birinchi marta unga 30
o‗quvchi qabul qilindi.
XVII asrning oxirlariga kelib rus tilida yozilgan kitoblar ham nashr qilina
boshlandi. Moskva va uning atrofida dorivor o‗simliklar o‗stiriladigan maxsus
dorixona maydonlari tashkil etiladi.
Dorivor o‗simliklarni ekish va yig‗ish ishlariga Petr I juda katta ahamiyat
beradi. 1701 yilda Moskvada 8 ta dorixona ochish hakida buyruk chikadi. Ana shu
dorixonalarni dorilar bilan ta‘minlash uchun Rossiyaning turli tumanlaridan dori
mahsulotlari keltirila boshlandi. 1702 yilda Petr I Sibirdan dorivor o‗simliklar
keltirish haqida buyruq chikaradi. Keyinchalik Qozon, Novgorod, Lubni va boshqa
shaharlarda ham dorixonlar ochiladi. Lubni dorixonasi asosan harbiy qismlarni
dori bilan ta‘minla- gan. Petr I buyrug‗i bilan g‗arbiy gospitallar qoshida ham
dorixona maydonlari barpo kilindi.
Astraxanь, Lubna va Peterburg shaharlarida dorivor o‗simliklarning katta
plantatsiyalari tashkil etildi. Plantatsiyalar qoshida Galen laboratoriyasi va
mahsulot saqlaydigan ombor bo‗lgan. Kyoyinchalik dorivor o‗simliklar
o‗stiriladigan issik xonalar qurildi. '
Petr I yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklarni yig‗ish masalasiga
ham jiddiy e‘tibor beradi. U dehqonlarga dorivor o‗simliklarni majburiy ravishda
yigdirgan.
Petr I 1724 yilda Rossiya Fanlar akademiyasini ochish to‗g‗risida farmon
chiqaradi. SHu davrda Rossiya florasini ilmiy asosda o‗rganish maqsadida Fanlar
akademiyasi tomonidan bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar uyushtiriladi.
1754 yilda tibbiyot meditsina kanselyariyasi (Aptekarskiy prikaz o‗rniga
tashkil etilgan) chet davlatlardan dorivor o‗simliklar olmaslik to‗g‗risida ko‗rsatma
berdi.
XVII asr oxirlariga kelib matbuotda dorivor o‗simliklar to‗g‗risida bir
qancha yangi ma‘lumotlar e‘lon kilindi va kitob bo‗lib bosilib chiqadi. A. T.
11
Bolotovning makolalari va meditsina fanlari doktori, professor N. M.
Maksimovich-Ambodikning ko‗p jildli kitobi shular jumlasidandir.
XIX asrning birinchi yarmida bosilib chikkan dorivor o‗simliklarga oid
muhim kitoblardan professor I. A. Dvigubskiy asari hamda professor A. P.
Nelyubinning ikki jildli «Farmakografiya» kitobi ayniqsa dikkatga sazovor.
XVII XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida davlatlar o‗rtasida
savdo-sotiq ishlari keng yo‗lga ko‗yilganligi tufayli butun qit‘alardan Evropa
bozoriga dorivor o‗simliklar keltirila boshlandi. Ular ko‗pincha qirqilgan holda
bo‗lib, bu mahsu- lotlarning tozaligini, tarkibida aralashma bor-yo‗qligini aniq-
lash kerak bo‗lardi. SHu sababli farmakognoziya boshqa farmatsiya fanlaridan
mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va bu ishlar bilan shug‗ullana boshladi. Oradan
ko‗p o‗tmay turli tillarda farmakognoziyadan ko‗llanmalar bosilib chiqdi.
Dorivor o‗simlik mahsulotlarining anatomik tuzilishini rus olimlari
mikroskop yordamida o‗rgana boshladilar. Moskva universitetining farmatsiya
professori A. V. Tixomirov 1900 yilda bosilib chikkan kitobida ko‗pgina dorivor
o‗simlik mahsulotlari- ning anatomik tuzilishini birinchi bo‗lib tasvirlab berdi.
1899 yilda professor Varlix Rossiyada o‗sadigan dorivor o‗simliklar
atlasini va shu davrda rus olimi N. I. Annenkov botanika lug‗atini tuzadi. Bu
kitoblar hozir ham o‗z kimmatini yo‗qotmagan.
SHveysariyalik farmatsiya professori CHirx G‗arbiy Evropada o‗sadigan
o‗simliklar ustida uzoq vaqt ish olib boradi. Uning shu sohada yozgan uch jildli
kitobi olamga mashhur.
Birinchi jahon urushi boshlangandan so‗ng chet mamlakatlardan Rossiyaga
dori mahsulotlari olib kelish imkoni bo‗lmay qoldi. SHundan keyin Rossiya
florasini, ayniqsa dorivor o‗simliklarni o‗rganish va ularni ko‗p miqdorda yig‗ish
ishlari boshlanib ketdi. Ba‘zi dorivor o‗simliklar (ko‗knori, angishvonagul,
kanakunjut) plantatsiyalari tashkil etildi. Belladonna o‗simligi o‗sadigan joylar
aniklandi.
Rossiya dorivor mahsulotlarga muhtoj bo‗lsada, lekin ularni yig‗ish ishlari
fakat Rossiyaning Evropa qismidagina uyushtirilgan bo‗lib, floraga boy Kavkaz,
Sibir, O‗rta Osiyo va boshqa erlar e‘tibordan chetda koldirilgan edi.
Sobiq Ittifoq Xalq Komissarligi Respublikada 1921 yilda dorivor
o‗simliklarni yig‗ish va ekish to‗g‗risidagi maxsus Dekret chiqaradi. Bu Dekret
farmatsevtika sanoatining rivojlanishida, dorixonalarni dori mahsulotlari bilan
ta‘minlash hamda dorivor o‗simliklarni yig‗ishda katta ahamiyatga ega bo‗ladi.
Dori mahsulotlarini yig‗ish ishi bilan fakat davlat mahkamalari shug‗ullana
boshlaydi va bu ish ma‘lum reja asosida olib boriladi. Dekret asosida yangi ilmiy-
tekshirish muassasalarini ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab beruvchi
qo‗llanma va standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar
yaratish zarur edi. SHu maksadda 1931 yilda Butunittifok, dorivor va hushbo‗y
o‗simliklar ilmiy-tekshirish instituti (VILAR) ochiladi.
Bundan tashqari shu davrda Butunittifoq o‗simlikshunoslik instituti (VIR)
ochiladi. Bu institutning asosiy vazifasi chet eldan keltirilgan dorivor va boshqa
12
foydali o‗simliklarni ekish usullarini hamda ularning agrotexnika qoidalarini
o‗rganishdan iborat edi.
Dorivor o‗simliklarni ekish va agrotexnika usullarini o‗rganish bilan ularga
bo‗lgan ehtiyojni qondirish qiyin bo‗lib, shu sababli dorivor o‗simliklarni qidirib
topish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyalar Kavkaz, Urta Osiyo, Sibir, Uzoq
SHark va boshka tumanlar florasini o‗rgana boshladi. Bunday ekspeditsiyalar
Butunittifok dorivor o‗simliklar instituti (VILR), Respublikamiz va respublikalar
fanlar akademiyasiga qarashli botanika institutlari, botanika bog‗lari, farmatsevtika
institutlari va boshqa oliy o‗kuv yurtlari hamda ilmiy-tekshirish institutlarining
ayrim laboratoriyalari tamonidan uyushtirilib kelindi. Ayniqsa bu sohada VILR va
Rossiya Fanlar Akademiyasining Botanika bog‗lari tomonidan o‗tkazilgan
ekspeditsiyalar diqqatga sazovordir. Ekspeditsiyalar natijasida yangi, ayniksa chet
eldan keltirilgan dorivor o‗simliklar o‗rnini bosadigan juda ko‗p dorivor
o‗simliklar topildi. SHu bilan birga qator dorivor o‗simliklarning ko‗p o‗sadigan
joylari, ularning zaxiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga belgilandi. Kamayib
ketayotgan muhim dorivor o‗simliklarni ma‘lum mikdorda tayyorlash va ularni
saqlab qolish tadbirlari ishlab chiqildi.
Dorivor o‗simliklarni izlab topish va o‗rganish ishi hozir ham keng
ko‗lamda olib borilmokda. YAngi dorivor o‗simliklarni topishda xalq tabobatida
ishlatiladigan
dorivor
mahsulotlarni
o‗rganish, o‗simliklarni filogenetik
qardoshligidan foydalanish bilan bir qatorda ma‘lum tuman florasini yalpi
kimyoviy analiz qilish katta ahamiyatga ega.
Tibbiyotda ma‘lum
kasallikni davolash va shu kasalliklarni oldini olish uchun qo‗llaniladigan
o‗simliklarni dorivor o„simliklar deb yuritiladi.
Kasallikni davolash va uning oldini olish maqsadida dorivor o‗simliklardan
dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sof holdagi dorivor
moddalar olinadi. Buning uchun shu o‗simliklarning kasalliklarni davolash
xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo‗lgan qismlaridan-ya‘ni, ba‘zi
o‗simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz),
ba‘zilarining esa ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug, po‗stloq yoki o‗t
o‗simliklarning butunlay er ustki qismi o‗ti) foydalaniladi. Ba‘zi dori turlari,
dorivor preparat va toza moddalar o‗simlik hamda hayvonlarning birlamchi ishlash
yo‗li bilan olingan efir moylari, smolalar, moy va yog‗lar, daraxt elimlari, zaharlar
(ilon va asalari zaharlari), lanolin,prapolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va
olinadi.
Dorivor o‗simliklarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasida dori turlari
tayyorlash hamda dorivor preparatlar va toza moddalar olish uchun ishlatiladigan
dorivor o‗simliklar va hayvon organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yo‗li bilan
olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi.
Davlat farmakopeyasiga (DF) kiritilgan dorivor mahsulotlar ofitsinalь
mahsulot, farmakopeyaga kiritilmaganlari esa noofitsinalь mahsulot hisoblanadi.
Noofitsinalь dorivor mahsulotlar Respublika davlat standartlari: yoki boshqa
normativ-texnik hujjatlarda (NTH) bayon etiladi.
13
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
fanining asosiy negizi «farmakognoziya» fani bo‗lib, uning tibbiyotda ahamiyati
katta. CHunki, kimyo fanining, ayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada
taraqkiy qilishiga va ko‗plab kuchli ta‘sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo‗li
bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo‗llaniladigan dorivor preparatlarning 10 ga
yaqin o‗simliklardan olinadi. Bu ko‗rsatkich ayrim kasalliklarni-masalan,
yurakqon tomirlari kasalliklarini davolash sohasida ishlatiladigan dorivor
preparatlarda 80 % ni tashkil qiladi. Kelajak tibbiyotida o‗simliklardan olinadigan
dorivor preparatlar va dorivor o‗simliklarni yanada ko‗proq ishlatish
rejalashtirilmokda.
Dorivor o‗simliklar va ulardan olinadigan tabiiy preparatlarga tibbiyot
sohasida bo‗lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bu hol asosan sintez yo‗li bilan
olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste‘mol
qilish inson va hayvon organizmida turli noxush o‗zgarishlarni yuzaga keltirishi
bilan izohlanadi. SHunga ko‗ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o‗simlik dorivor
preparatlariga- fitopreparatlarga va dorivor o‗simliklarga ehtiyoj ortmoqda. Bu esa
o‗z navbatida dorivor o‗simliklarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fani
ahamiyatining yanada oshishiga va uni yanada chuqur o‗rganishga olib keladi.
|