15
3. Yig‗ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig‗ilgan mahsulotni standart (tavar) holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‗natish.
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash.
Dorivor o‗simliklarni tayyorlashni o‗z vaqtida to‗g‗ri uyushtirish juda katta
ahamiyatga ega. Odatda, bu ish bilan tuman markaziy dorixonasi (TMD)
shug‗ullanadi. Tuman hududida dorivor o‗simliklar
mahsulotini tayyorlash
ishlarini uyushtirish bilan TMD da katta provizor-farmakognost lavozimidagi
mutaxassis, agarda bunday lavozim bo‗lmasa, u holda dorixona mudirining
o‗rinbosari yoki shu vazifani bajarish yuklangan biror boshqa mutaxassis
shug‗ullanadi.
Dorivor o„simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi va
tashkil qilinadi:
- ma‘lum tuman buyicha dorivor o‗simliklarning
tayyorlash rejasini bilish
va uni tumanda yig‗ish mumkin bo‗lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan
holda aniqlash;
- ro‗znoma va radio orqali xalq o‗rtasida qanday dorivor o‗simliklar
qachon, qanday qilib, qaerda yig‗ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda
topshirilishi lozimligi to‗g‗risida to‗liq axborot beradigan tegishli tushuntirish
ishini olib borish;
- xudi shu ko‗rsatilgan masalalarni to‗liq aks ettiradigan varaqalar chop
ettirish va uni aholi ko‗p yig‗iladigan, hammaga yaxshi ko‗rinadigan
erlarga osib
qo‗yish;
- dorixona qoshida dorivor o‗simlik xom-ashyolari tayyorlovchilar uchun
qisqa muddatli o‗qish (tushuntirish) nitashkiletish;
- dorivor mahsulotni yig‗iladigan erni aniqlash;
- dorivor o‗simliklar ko‗p o‗sadigan joyini va zahirasini aniqlash;
-dorivor mahsulot yig‗iladigan joyni tanlaganda iloji boricha transport
vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan erdan joydanolis
bo‗lmasligini hisobga olish kerak. CHunki dorivor mahsulotlarni yig‗ishga ishdan
bo‗sh bo‗lgan shueerli aholi, maktab o‗quvchilari va pensionerlar jalb etiladi;
- dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish;
- yig‗ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quritishni tashkil qilish.
Agarda mahsulotni yig‗ilgan joyida quritishni iloji bo‗lmasa,
u holda uni zudlik
bilan quritiladigan erga transport vositasida etkazish va quritishni tashkil etish.
Dorivor o‗simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, vakolatli tashkilotlar
tasdiqlagan qat‘iy reja bo‗yicha olib boriladi. Bu ishni rejalashda dorivor
o‗simliklarni tabiiy sharoitda yo‗qolib ketmasligini va ularni muhofaza qilishning
boshqa chora-tadbirlari in‘obatga olingan bo‗lishi kerak:
- rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik;
- dorivor o‗simlik mahsulotini faqat ko‗rsatilgan va rejalangan daladan
yig‗ish hamda yig‗iladigan dalani har yili qoidaga binoan almashtirib turish;
16
- dorivor mahsulotni yig‗ish rejasi uni ekspluatatsion
zahirasidan ortiqcha
bo‗lmasligiga rioya qilish;
- ko‗p yillik o‗tli o‗simliklarning dorivor mahsulot sifatida uning er ustki
qismidan foydalaniladigan bo‗lsa, uni ildizi bilan sug‗urib olmaslik, ya‘ni bu
dorivor o‗simlikni tabiiy sharoitda yo‗q bo‗lib ketishining oldini olish va
boshqalar.
Hozirgi vaqtda dorivor o‗simliklar hamma hududlarda tayyorlanadi.
Avvalda bu ishlar Ukraina, Belarus respublikalari, Kavkaz va Rossiyaning Evropa
qismidagi
viloyatlar, avtonom respublikalarida va o‗lkalarida yaxshi yo‗lga
qo‗yilgan.
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o‗stirish bilan
quyidagi idoralar shug‗ullanadi:
O‗zbekiston respublikasi ―Tabiatni muhofaza qilish» qo‗mitasi-
«bionazorat» tashkiloti tabiiy holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mahsulotlarini
tayyorlash ishlarini rejalaydi, dorivor mahsulot miqdorini va yig‗iladigan dalalarni
aniqlaydi hamda rahbarlik qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash
vazirligining respublika
„Farmatsiya― ishlab-chiqarish birlashmasi boshqarmasi va uning viloyatlardagi
idoralari turli dorivor o‗simlik mahsulotlarini katta miqdorda tayyorlaydi. Masalan,
makkajo‗xori onalik ustunchasi (soqoli, popugi), tog‗rayxon, bo‗ymodaron,
achchiq shuvoq, na‘matak va boshqalar.
«Dori-darmon» davlat aksiyanerlik aksiyadorlikjamiyati har yili 21 tur
dorivor o‗simliklardan 60-70t onnaga yaqin miqdorda mahsulotlar tayyorlaydi.
Jumladan, dalachoy, achchiq shuvoq, bo‗ymodaron, zubturum, oqqaldirmoq,
gazanda, dala qirqbo‗g‗imi, mayda gulli tog‗rayxon, makkajo‗hori onalik
ustunchasi, na‘matak mevasi va boshqalar.
Dorivor o‗simliklarni yig‗ish bilan yana Qishloq va suv xo‗jaligi
vazirligi
O‗rmon xo‗jaligi qo‗mitasiga tegishli ―SHifobaxsh‖ ICHB va boshqa tashkilotlar.
Bu idoralar o‗zlariga biriktirilgan xududlarda o‗sadigan dorivor o‗simlik
mahsulotlarini yig‗adi va tegishli korxonalarga topshiradi.