|
Kalkulyator dasturining menyu satri bilan tanishish
|
bet | 4/9 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #343 |
Kalkulyator dasturining menyu satri bilan tanishish.
Kalkulyator dasturining ko`plab Windows tizimida ishlovchi dasturlar kabi menyu satri ham bor bo`lib, bu satrda uchta menyu bo`limlari joylashgan. Bular: Pravka, Vid va Spravka menyularidir.
Pravka menyusida bor yo`g`I ikkita buyruq joylashgan. Bular Kopirovat va Vstavit buyruqlaridir. Bu buyruqlarning vazifasi barcha Windows tizimi dasturlari uchun bir xil bo`lib, birinchisi – biror qismni ma`lumotlarni saqlash buferiga nusxalashni bildirsa, ikkinchisi esa bu buferdagi ma`lumotni yana joriy joyga joylashtirish ma`nolarini anglatadi. (Windows tizimiuchun global kombinatsiyala rtarkibida bu amallar uchun Kopirovat – Ctrl+C, Ctrl+Insert kombinatsiyalari hamda Vstavit–Ctrl+V, Shift+Insert kombinatsiyalari mos qo`yilgan hamda bukombinatsiyalar Kalkulyator dasturi uchun ham amal qiladi.)
|
| |