2.6.7-chizma. Skype oynasini sozlash.
Xuddi shunday videoni sozlash bo’limida veb-kamerangizni o’rnatasiz, veb-kamerani qanday ishlashini tekshirib ko’rasiz va “xotiraga olish” tugmasini bosasiz.
2.6.8-chizma.
Do’stlaringizni topish uchun “Kontaktlar” menyu bo’limiga kirib, Поиск ga “Skype abonentlarini qidirish” ni tanlaysiz, ismni kiritasiz elektron pochta va nikni ko’rsatasiz va qidirasiz.
Bunda siz qidirgan odamingizni topasiz va endi oynani yopmay turib, unga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin. Buning uchun shu odamning niki ustida sichqonchaning o’ng tugmasini bosing “qo’ng’iroq qilish” tugmasini bosib javobni kuting.
Yoki shu odamning nikini tanlash va “Skype kontakga qo’shish” tugmasini bosing va bu odam sizning kontaktlar ro’yxatingizda bo’ladi. Hamda siz qo’l tugmasini bosish orqali qo’ng’iroq qilishingiz yoki chatda yozishmani boshlashingiz mumkin.
Agar siz uyali telefonga yoki stastionar telefoniga qo’ng’iroq qilmoqchi bo’lsangiz “Raqam terish” tugmasiga bosasiz, bu erda siz kerakli davlatni ajratasiz va raqamni (davlatning kodini termasdan) terasiz. Keyin yashil tugmachasini bosasiz va ularnishni kutasiz-albatta ulanasiz. SMS yuborish uchun “Kontaktlar” ro’yxatidan kerakligisini ajratib sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, “SMS uzatish” satrini ajratib bosasiz.
|