• TOSHKENT - 2021
  • Ishni bajarish va hisobotlarni toʻldirishga qoʻyiladigan
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta




    Download 1.01 Mb.
    bet1/14
    Sana19.03.2022
    Hajmi1.01 Mb.
    #18806
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Qozon qurilmalari (2).docx labarotoriya oxirgi
    scopus 2021, Fure qatori, Hozirgi paytda havodagi changni ushlab qoluvchi turli konstruksiyali ko, ВОЗМОЖНОСТИ ЭФФЕКТ. ИСПОЛ. ВОЛОК. ОТХОДОВ ПРЯДИЛ. ПРОИЗВОДСТВА, 2 (2), Автомобилларда қўлланиладиган ашёлар - 2004 йил, 9b688c1, monografiya 1 ga ichki taqriz, 1 маъруза, Гост Тирик пилла, лаборатория жихозлари.ИНВЕНТАР, 24, бЕТЛИК, 2.2 reja

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA TAʻLIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INISTITUTI
    QOZON QURILMALARI
    FANIDAN LABORATORIYA ISHLARI BOʻYICHA
    USLUBIY KOʻRSATMALAR


    TOSHKENT - 2021


    “Qozon qurilmalari”: Uslubiy qoʻllanma. Tuzuvchilar: TDTU “Issiqlik Energetika” kafedrasi katta o’qituvchisi M.N. Raxmanov
    NamMTI “ENEGETIKA” kafedrasi assistenti M. To’lqinov, B.Bahromov 2021. - 36 b.

    Uslubiy qoʻllanma 5310100 - Energetika (Issiqlik energetikasi) yoʻnalishi boʻyicha ta’lim olayotgan talabalar uchun “Qozon qurilmalari” fani boʻyicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun moʻljallangan.




    Taqrizchilar:

    ToshDTU. «Issiqlik Energetika» t.f.n.,dots Badalov.A.A




    © Toshkent davlat texnika universiteti, 2021

    Kirish


    Uslubiy qoʻllanma “Qozon qurilmalari” fani boʻyicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun moʻljallangan. Unda ToshDTU hududida joylashgan ishlayotgan ENKOM-12 qozonxona qurilmalarida bajariladigan beshta laboratoriya ishi keltirilgan. Shu munosabat bilan energetik qurilmalarning texnik ekspluatatsiyasi umumiy qoidalari, texnika xavfsizligiga, yongʻinga qarshi texnika xavfsizligiga va sanoat sanitariyasi talablari toʻliq ravishda ishlayotgan qurilmalarda laboratoriya ishlarini bajarayotgan talabalarga ham tegishli boʻladi.




    Ishni bajarish va hisobotlarni toʻldirishga qoʻyiladigan


    umumiy talablar



    1. Laboratoriya ishini bajarishga kelgan barcha talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishga majbur va ularni toʻliq bajarishlari zarur.

    2. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun talabalar alohida 9-12 kishilik kichik guruhlarga boʻlinishadi.

    3. Laboratoriya ishini bajarishdan avval talaba uning tarkibi bilan toʻliq tanishib chiqishi kerak. Talabaning ishni bajarishga tayyorligini oʻqituvchi tomonidan tekshiriladi, undan soʻng uni oʻtkazishga ruxsat beriladi. Laboratoriya ishini bajarishga tayyor boʻlmagan talabalar uni oʻtkazishga qoʻyilmaydilar.

    4. Oʻlchovlar vaqtida oʻlchov asboblari boʻyicha koʻrsatkichlarni juda ehtiyotkorlik bilan hisobot olib borish kerak va avvaldan tayyorlangan jadvallarga tezkorlik bilan asboblarni koʻrsatkishlarini yozib qoʻyish kerak.

    5. Laboratoriya ishi tugallangandan soʻng hisobotlarni qoralama variantlari, soʻngra oxirgi laboratoriya ma’lumotlar va hisoblar rahbarga taqdim etiladi.

    6. Qoralama ma’lumotlar hisobotga kiritiladi, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: ishning tarkibi, qurilma tarkibi va uning texnik ma’lumotlari, ishning qisqacha ma’lumoti, qurilma sxemasi, hisobiy formulalari, ishning laboratoriya va hisobiy ma’lumotlari jadvali, ish boʻyicha xulosa.

    7. Nazariy material boʻyicha suhbat asosida ijobiy deb topilgan, toʻgʻri tuzilgan hisobot va qoralama hisoblarini oʻqituvchi tomonidan qoʻl qoʻyilgan holda ish qabul qilingan deb hisoblanadi.

    8. Hisobot navbatdagi mashgʻulotga taqdim qilinishi zarur. Oʻtgan mashgʻulotlar boʻyicha hisobotlarini taqdim qilmagan talabalar keyingi laboratoriya mashgʻulotlariga qoʻyilmaydilar.

    9. Mashgʻulotlarni bajarish oldidan oʻlchash asboblarini xatoliligini va aniqlik sinfini tekshirib qoʻyish kerak.




    Download 1.01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta

    Download 1.01 Mb.