|
Bilimlarni faollashtirish uchun savollar
|
bet | 55/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanmaBilimlarni faollashtirish uchun savollar.
«Tovar» tushunchasi deganda nimani tushunasiz? Qaysi tovar turlarini bilasiz?
Maqsadli vazifasi bo‘yicha tovar tasnifini tavsiflang. Tovarning iste‘mol qimmati nimangi anglatadi?
Tovar raqobatbardoshligi tushunchasini ifodalang. Tovar raqobatbardoshligini baholash nima uchun kerak?
Muammoli topshiriq 1-vaziyat
Siz qo‘l soatlari marketingi bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi. Bunda hal etilishi lozim bo‘lgan birinchi muammo bu – aynan qaysi soatlarga va qaysi xaridorlar toifasida talab yuqori bo‘ladi?
Soatsozlik sanoatinig har bir mahsuloti o‘ziga xos tavsiflar to‘plamiga ega bo‘lib, ularni xaridor (iste‘molchi) bu turdagi mahsulotlarga bo‘lgan o‘z talabidan, shuningdek, bunday mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha shaxsiy tajribasidan kelib chiqib baholaydi.
Qo‘l soatlarining eng muhim tavsiflari quyidagilar:
soatni aniq ko‘rsatishi;
zarbaga chidamlilik;
chang va suv o‘tkazmaslik;
avtomatik quvvat olish;
signal qurilmasi;
boshqa qo‘shimcha qo‘rilma va funktsiyalar;
dizayn;
bezak elementlari va xususiyatlari;
korpus shakli va hajmi;
vazni;
nufuzlilik.
Qator tavsiflar bir nechta variantda bajarilishi mumkin: turli darajada batafsil axborot beruvchi kalendar mavjudligi; korpus shakli va hajmi; tsiferblat rangi va yorqinligi; raqamlar yoki ularning o‘rnidagi belgilar; qimmatbaho metall va toshlar borligi va vazni va h.k. Hattoki soatni ko‘rsatish aniqligi ham turlicha talab qilinishi mumkin.
Iste‘molchi uchun har bir tavsifning muhimligi quyidagi toifa va belgilar bilan baholanadi: «zarur» - 2; «maqsadga muvofiq» - 1; «farqi yo‘q» — 0.
Topshiriqlar:
Qo‘l soatining 6-8 ta asosiy tavsifini tanlang va zarur hollarda ularni amalga oshirishning turli variantlarini bering.
Ajratilgan tavsiflar muhimligini baholash bo‘yicha savollar sxemasi va ularga javob berish jarayoni yo‘riqomasini ishlab chiqing.
Tengdoshlar o‘rtasida anketa so‘rovi o‘tkazing, materialni qayta ishlang va natijalarni ayollar va erkaklar uchun alohida, so‘ralganlarning necha foizi ushbu tavsifni zarur deb, necha foizi esa maqsadga muvofiq deb aytganini ko‘rsatgan holda taqdim eting.
Anketa so‘rovida olingan ma‘lumotlardan foydalanib, tanlab olingan 2-3 mahsulotning qaysi biri ushbu maqsadli guruhga (bozor segmentiga) tegishli bo‘lgan iste‘molchilar uchun ko‘proq mos kelishini aniqlang.
Ayollar va erkaklar qo‘l soatlari uchun siz ko‘rsatgan tavsiflardan har birining ahamiyatini aniqlang.
|
| |