• «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati
  • Mavxu 5. Elektron tijorat va biznesning huquqiy asoslari




    Download 2.18 Mb.
    bet25/124
    Sana27.10.2022
    Hajmi2.18 Mb.
    #28297
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
    Bog'liq
    ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR
    Diskret tuzilmalar 1-M.Ish, MTA Yakuniy nazorat Hammasi, 2 5359587219348652922, ARXEOLOGIYADA ANIQ VA TABIIY FANLAR, Falsafa 1-mustaqil ish, 1-LAB OCHILOV AZIZBEK, 6-amaliy iah Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoy, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, @idum uz tavsifnoma namunasi, TURIZMDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH, TURIZMDA TUROPERATORLIK, Biznesniloyihalash, 1665071471, Axborot xavfsizligi yakuniy testla

    Mavxu 5. Elektron tijorat va biznesning huquqiy asoslari





      1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati

      2. Elektron tijoratda axborot almashinuvi

      3. Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy bazasi



      1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati


    Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ- huquqiy asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat aylanishi elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti.


    Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini taraqqiy toptirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur huquqiy hujjat Prezidentimizning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi
    ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar doirasida tayyorlangan.
    Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida keng jamoatchilik, soha mutaxassislari, siyosiy partiyalarning faol ishtirokida, xalqaro va xorij tajribasi chuqur o‘rganilib, ilg‘or yutuq hamda tajribalar hisobga olingan holda qabul qilingan. Senat tomonidan ushbu hujjatning keng muhokamasi tashkil etildi.
    Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qonun elektron tijoratni rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar yaratadi. U tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, elektron savdoda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga xizmatqiladi.
    Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish uchun sharoit tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilgaaylanadi. Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga qo‘shimcha imkon beradi.
    Umuman, Qonunda ko‘zda tutilayotgan qoidalar umumdavlat va hududlar manfaatlariga uyg‘un bo‘lib, ular mamlakatda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligi, investitsiya faolligini yuksaltirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligi va sifati oshishida ayni muddao bo‘ladi.
    O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi.Qayd
    etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir.Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilishmateriallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya,ishga yollash, turizm so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz www.torg.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin, www.artel.uz esa texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin.
    Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.
    «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonun 2004 yilda qabul qilingan. 11 yil o‘tgach, 2015 yilda uning yangi tahriri tasdiqlangan, u ayni paytgacha amal qilib kelmoqda. 2018−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturida ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xususan, qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
    Amaldagi hujjatga tayangan holda, loyihada boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari jamlangan. Masalan, elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari, Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qo‘llash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni
    saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalterlik hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalarni tilga olish mumkin.
    Natijada qonun bilan tartibga solinadigan mexanizmlar qamrovi kengaygan. Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri solishtirma tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi:
    birinchidan, qonunga juda keng tushunchalar apparati kiritilmoqda. Bazaviy atamalar bilan bir qatorda, unga raqamli mahsulotlar, ularni import va eksport qilish, raqamli distributsiya, transchegaraviy elektron tijorat va hokazo. ta’riflari kiritilgan;
    ikkinchidan, elektron tijoratni amalga oshirishning qo‘shimcha prinsiplari qayd etilgan. Xususan, hujjatlarni, shu jumladan elektron hujjatlarni birxillashtirish, axborot xavfsizligini, tovarlar (ishlar va xizmatlar) sifati lozim darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek tartib-taomillarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligi va tushunarliligi haqida so‘z yuritilgan. Mazkur soha asoslangan har bir prinsipning mazmun-mohiyati alohidaochib berilgan;
    uchinchidan, sohani davlat tomonidan tartibga solish tartibi belgilangan: Vazirlar Mahkamasi, Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (vakolatli organ, tahr.), davlat organlari va mahalliy hokimiyatlarning vakolati cheklangan;
    to‘rtinchidan, elektron tijorat ishtirokchilarining (sotuvchi va xaridorlar, biznes- operatorlar, sh. j. bitimlarni tuzishda ishtirok etuvchi yoki bunda yordam beruvchi savdo platformalarining operatorlari, tahr.) tarkibi, shuningdek ularning o‘zaro munosabatlari xususiyati belgilangan;
    beshinchidan, bitimlarni tuzish tartibi, shu jumladan ularni hujjatlashtirish shakli va tartibi, elektron hujjatlar va xabarlarning yuridik kuchi, ularni saqlash shartlari va muddatlari, shuningdek bitim taraflari to‘g‘risidagi axborot tarkibi va hokazo batafsil qayd etilgan. Hisob-kitob qilish, tovarlarni yetkazib berish, ularni qaytarish va to‘lov summalarini qoplash tartibiga oid masalalar tartibga solingan;
    oltinchidan, raqamli mahsulotlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzish qoidalari tilga olingan. Transchegaraviy elektron tijoratga alohida bob bag‘ishlangan.
    Bu qonun hujjatlar va ularga kiritilayotgan o’zgarishlarning
    barchasi yurtimizda electron tijoratni rivojlantirish va amaldagi electron tijorat faoliyatlarini qonuniyligi vahuquqlarini taminlashdir.



      1. Download 2.18 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




    Download 2.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavxu 5. Elektron tijorat va biznesning huquqiy asoslari

    Download 2.18 Mb.