Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy bazasi




Download 2.18 Mb.
bet27/124
Sana27.10.2022
Hajmi2.18 Mb.
#28297
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR
Diskret tuzilmalar 1-M.Ish, MTA Yakuniy nazorat Hammasi, 2 5359587219348652922, ARXEOLOGIYADA ANIQ VA TABIIY FANLAR, Falsafa 1-mustaqil ish, 1-LAB OCHILOV AZIZBEK, 6-amaliy iah Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoy, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, @idum uz tavsifnoma namunasi, TURIZMDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH, TURIZMDA TUROPERATORLIK, Biznesniloyihalash, 1665071471, Axborot xavfsizligi yakuniy testla

Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy bazasi


O‘zbekistonda bu sohaga doir me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan. Rivojlangan mamlakatlarda elektron tijoratga biznes yuritishning ajralmas bo‘lagi sifatida qaralsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda uni muqobil biznes yuritish usuli deb qaraladi. Biroq hali ham elektron tijorat xalqaro miqyosda mamlakatlar iqtisodiyotida sezilarli o‘rin egallamagan. Agar elektron tijoratning kichik va o‘rta biznes vakillari jahon bozoriga chiqishlari uchun juda qulay vosita ekanini, xom-ashyo bozoriga kirishni osonlashtirishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingini xalqaro ko‘lamda olib borish imkoniyatini oshirishi inobatga olinsa, bu ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tadbirkorlar uchun ancha foydali degan xulosaga kelish mumkin. Shunday bo‘lsada, elektron tijoratni rivojlantirish talab va taklif darajasiga bog‘liq va bunda sezilarli natijalarga erishish uchun, albatta, faoliyatni eksportni oshirishga yo‘naltirish zarur. Shu bilan bir qatorda, soha rivojlanishida «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron


hujjat almashinuvi to‘g‘risida»gi va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari ishlab chiqildi,
2016 — 2018 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida electron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha tadbirlar kompleksi doirasida ishlar ham boshlab yuborilgan. Xususan, Konsepsiyada 2018- yilga qadar elektron tijorat sohasida: elektron tijoratning to‘lov operatsiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, elektron tijorat sektorini tavsiflovchi indikatorlarni shakllantirish, axborot vositachilari faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish, elektron tijorat qatnashchilarining mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, elektron tijoratda eksport bitimlarini hisobga olish tizimini ishlab chiqish, elektron tijorat doirasida xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxonada rasmiylashtirishni tartibga solish va boshqa masalalarni hal etish belgilangan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda elektron tijoratning ko‘proq C2C yo‘nalishi keng tarqalgan bo‘lib, ya’ni aholi, jismoniy shaxslar ijtimoiy tarmoqlar va olx.uz, zor.uz, irr.uz kabi axborot portallaridan foydalangan holda, o‘zaro savdo amalga oshirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, raqobat muhitining buzilishiga, tovarlar sifatining pasayishiga, soliqlarning to‘lanmasligiga va kishilarda ishonchsizliklar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Zero, elektron tijorat iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga, tanlov erkinligi va axborotni qidirish, olish, uzatish, tarqatish erkinligiga, yangi ish o‘rinlari va yangi mutaxassislar paydo bo‘lishiga zamin yaratmog‘i kerak edi. Xulosa qilib aytganda, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunning ijrosini ta’minlash, AKT infratuzilmasini yaxshilash, elektron tijorat bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali O‘zbekistonda elektron tijoratni yanada rivojlantirishga erishish mumkin.






      1. O’zbekistonda elektron tijoratning meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda qanday zamin yaratilgan?

      2. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati nimadan iborat?

      3. Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri solishtirma tahlilining natijalari nimadan iborat?

      4. O’zbekistonda Elektron tijoratda axborot almashinuvi qanday yo’lga qo’yilgan?

      5. Elektron tijoratning meyoriy-huquqiy hujjatlarni aniqlab bering.




Download 2.18 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Download 2.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy bazasi

Download 2.18 Mb.