|
Bob 11. Elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash
|
bet | 58/124 | Sana | 27.10.2022 | Hajmi | 2.18 Mb. | | #28297 |
Bog'liq ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR Diskret tuzilmalar 1-M.Ish, MTA Yakuniy nazorat Hammasi, 2 5359587219348652922, ARXEOLOGIYADA ANIQ VA TABIIY FANLAR, Falsafa 1-mustaqil ish, 1-LAB OCHILOV AZIZBEK, 6-amaliy iah Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoyBob 11. Elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash
11.1.Elektron tijoratdagi Internetning ahamiyati 11.2.Elektron tijoratning iqtisodiy xavfsizligi
11.3. Elektron biznesning axborot xavfsizligining xorijiy tajribasi
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab Internet foydalanuvchilarining soni to‘rt milliarddan ortgan bir paytda yangi turdagi sifat «virtual iqtisodiyot» iborasi ostida namoyon bo‘lib, o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda. Unda, xaridlar biznes yuritishning yangi usullaridan foydalangan va o‘zining marketing strategiyasiga ega bo‘lgan hamda boshqa ko‘plab imkoniyatlarni qo‘llagan holda savdo saytlari orqali amalga oshiriladi.
Elektron tijorat(ET) – bu mahsulotlarni Internet orqali sotishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. Odatda ETning ikki shakli ajratiladi:
korxonalar orasidagi savdo (business to business, B2B);
korxonalar va jismoniy shaxslar, ya’ni iste’molchilar orasidagi savdo (business to consumer, B2C).
ET sohasidagi Internet juda katta foyda keltiradi:
yirik xususiy kompaniyalar tomonidan xom-ashyo va butlovchi qismlarning sotibolinishi Internet birjalar orqali amalga oshirilayotganligi evaziga iqtisod qilish miqdori 25-30% ga etadi;
auksionda butun dunyodan raqobat qiluvchi etkazuvchilarning ishtirok etishi vaqtning real miqyosida ular tomonidan taqdim
qilinadigan mahsulot va xizmatlar narxlarining pasayishiga olib keladi;
butun dunyodan sotib oluvchilarning raqobati natijasida sotiladigan mahsulot yoki xizmatlarning narxini oshishi;
zarur xodimlar sonining qisqarishi va qog‘oz hujjatlar bilan ishlar hajmining kamayishi hisobiga iqtisod qilish.
G‘arb mamlakatlarida ETda etakchi pog‘onani B2B sektori egalladi. Dastlab o‘z biznesini Internetga o‘tkazgan kompaniyalardan apparat-dasturiy vositalarni sotuvchi va kompyuter hamda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchilari afzalliklarga ega bo‘ldilar.
Har bir internet-magazin ikkita asosiy qismdan iborat bo‘ladi: elektron vitrina va savdo tizimi.
Elektron vitrina Web-saytda sotilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlaydi, magazin ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlaydi, xaridorlarni ro‘yxatga oladi, sotib oluvchining elektron “savatchasi” bilan ishlaydi, buyurtmalarni rasmiylashtiradi, marketing ma’lumotlarini to‘playdi, ma’lumotlarni savdo tizimiga taqdim etadi.
Savdo tizimi mahsulotni etkazib beradi va uning to‘lovi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi. Savdo tizimi – alohida kompaniyaga tegishli bo‘lgan Web-serverda o‘z joyini ijaraga oluvchi turli firmalarning magazinlari majmuasi.
Internet-magazinning ishlash texnologiyasi quyidagi ko‘rinishga
ega:
Xaridor elektron vitrinadagi mahsulotlar va narxlar katalogidan
kerakli mahsulotni tanlab oladi va shaxsiy ma’lumotlari kiritiladigan shakl (ismi-sharifi, otasiningismi, pochta va elektron manzil, etkazib berish va to‘lovning Afzal usuli)ni to‘ldiradi. Agar to‘lov Internet orqali amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda uning axborot xavfsizligiga alohida e’tiborberiladi.
Rasmiylashtirilgan mahsulot internet-magazinning savdo tizimiga topshiriladi va bu erda buyurtma komplektatsiya qilinadi. Savdo tizimi qo‘lda bajariladigan yoki avtomatlashtirilgan usulda faoliyat yuritadi. Qo‘lda bajariladigan tizim avtomatlashtirilgan tizimni sotib olib, yo‘lga qo‘yishning imkoni mavjud bo‘lmagan holda, oddiy pochta jo‘natmalari prinsipi bo‘yicha ishlaydi, odatda mahsulot hajmi katta bo‘lmaganda.
|
| |