O‘zbekiston respublikasi oliy va




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#43845
  1   2
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi
Radioaloqa, kiber xavfsizlik mustaqil ish , 4Ameliy (2), BJD (HEMIS) TEST, 13.2 Mavzu, 4. Мустакил таълим, Artiqbayeva Diana menejment, elektronika, 13-Amaliy Temir yo‘l sisternasidan yuqori qovushqoq neft maxsulotini, Axborot xavfsizligini ta`minlash, Футбо́л Бекзод, 4-Maruza, 2- SINF MATEMATIKA FANIDAN ” Bir nechta sonni ustun ko’rinishda qo’shish, 2-sinf matematika 1 tenglamalar dars ishlanma


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
S. Yuldasheva, I. Masteyeva, B. Maxkamov
BUXGALTERIYA 
HISOBI ASOSLARI
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar
kollejlarining “Axborot-kommunikatsiya tizimlari (3521916)” 
mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT – 2007
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mazkur o‘quv qo‘llanma Germaniya texnikaviy hamkorlik tash-
kiloti (GTZ) hamda Germaniya taraqqiyot banki (KFW) ishtirokidagi
«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta’li-
mini rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida ishlab chi-
qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan axborot-kommu-
nikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya
etilgan.
T a q r i z ch i l a r : 
B. Sh. Omonov — Toshkent Davlat Aviatsiya instituti, «Menejment»
kafedrasi mudiri, iqtusodiyot fanlari nomzodi
O. Xolmurodova — Mirzo Ulug‘bek nomidagi informatika va
hisoblash texnikasi kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi
© "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007
ISBN 978-9943-00-215-9
Yuldasheva S.
Buxgalteriya hisobi asoslari: Axborot-kommunikatsiya texnolo-
giyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlarining «Axborot-kommunikatsiya
tizimlari (3521916)» mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv qo‘l./S. Yul-
dasheva, I. Masteyeva, B. Maxkamov; O‘zbekiston Respublikasi oliy
va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mar-
kazi. — T.: Sharq, 2007. — 144 b.
1. Masteyeva I., 2. Maxkamov B.
BBK 65.052ya722 
Y 31
www.ziyouz.com kutubxonasi


3
1-bob. Buxgalteriya hisobining vazifalari va huquqiy asoslari
1.1. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari.................... 6
1.2. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari............................ 8
1.3. Buxgalteriya hisobining predmeti....................................... 9
1.4. Buxgalteriya hisobi uslublari va uning elementlari............ 12
1.5. Soliqqa tortish asoslari...................................................... 13
2-bob. Buxgalteriya balansi
2.1. Buxgalteriya balansini aniqlash......................................... 15
2.2. Balansning tuzilishi........................................................... 15
2.3. Buxgalteriya balansi qismlarining ta’rifi............................ 18
2.4. Buxgalteriya balansining turlari......................................... 20
2.5. Jihozlarni ro‘yxatga olishning mazmuni 
(inventarizatsiya)............................................................... 21
3-bob. Xo‘jalik yuritish operatsiyalari
3.1. Xo‘jalik yuritishning ta’rifi va uning tasnifi...................... 23
4-bob. Buxgalteriya schyotlari
4.1. Buxgalteriya schyotlarini aniqlash..................................... 26
4.2. Buxgalteriya schyotlarining tuzilishi.................................. 27
4.3. Aktiv va passiv schyotlar................................................... 28
5-bob. Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuvlar tizimi
5.1. Schyotlardagi o‘zgarishlarning buxgalteriya yozuvi........... 30
5.2. Aktiv va passiv schyotlarni saldolash................................ 32
6-bob. Buxgalteriya hisobi schyotlarining tasniflash asoslari
6.1. Buxgalteriya hisobi schyotlarining tizimi. Schyotlarning 
turlari va ularning tayinlanishi...................................... 35
6.2. Schyotlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra tasniflash........... 39
6.3. Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi........................... 41
M U N D A R I J A
www.ziyouz.com kutubxonasi


4
7-bob. Hisob registrlari va tizimlar
7.1. Boshlang‘ich hujjatlar....................................................... 46
7.2. Hisob registrlari................................................................ 46
7.3. Buxgalteriya hisobi shakllari............................................ 49
7.4. Buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish.......................... 55
7.5. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash....................................... 57
8-bob. Foydalarning mohiyati
8.1. Buxgalteriya hisobida foyda va zarar ............................... 58
8.2. Boshqa daromad va xarajatlar........................................... 61
9-bob. Xarajatlar hisobi
9.1. Daromad olishga xarajatlarning ta’siri.............................. 64
9.2. Qo‘shimcha xarajatlarni taqsimlash usullari...................... 65
9.3. Mahsulot birligiga xarajatlarni taqsimlash tizimlari ......... 66
9.4 Buxgalteriya hisobi schyotlarida tannarxni aks 
ettirish.............................................................................. 71
10-bob. Tovar-moddiy zaxiralar
10.1. Zaxiralar tannarxini o‘lchash usullari............................. 76
10.2. Davr oxiriga TMZ zaxiralari qiymatlarining 
o‘zgarishi........................................................................ 79
11-bob. Asosiy vositalar
11.1. Asosiy vositalar haqida tushuncha.................................. 83
11.2. Asosiy vositalar amortizatsiyasi....................................... 85
11.3. Keyingi davrdagi xarajatlar............................................. 89
11.4. Asosiy vositalarni qayta baholash.................................... 89
11.5. Nomoddiy aktivlar.......................................................... 90
11.6. Asosiy vositalarni hisobga olish....................................... 93
12-bob. Måhnàt hàqi bo‘yicha hisîb-kitoblàr
12.1. Måhnàt và ish hàqi hisîbîtini tuzish........................... 104
12.2. Ish haqi shakllari.......................................................... 105
12.3. Ish haqining hisobini tuzish.......................................... 105
12.4. Brutto ish haqini aniqlash............................................ 108
12.5. Ish haqidan ushlab qolishlarni aniqlash........................ 109
12.6. Netto ish haqini hisoblash............................................ 114
12.7. Korxonada ish haqini hisoblash buxgalterlik 
provodkalari.................................................................. 115
www.ziyouz.com kutubxonasi


5
13-bob. Kîrxînàdà sîliqlàrning buxgalterlik prîvîdkàlàri
13.1. Soliqlarning turlari va ularning mohiyati..................... 117
13.2. Egri soliqlar va to‘g‘ri soliqlar...................................... 118
13.3. Aylanmadan soliqlarning buxgalterlik 
provodkalari.................................................................. 121
13.4. Joriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan 
soliqlarning buxgalterlik provodkalari............................ 123
13.5. Foyda solig‘ining buxgalterlik provodkalari................... 128
14-bob. Kîrxînàdà yakuniy yillik hisîbîtni tuzish
14.1. Moliyaviy natijalarning hisoboti.................................... 131
14.2. Yakuniy yillik hisobot va boshqa hisobotlar.................. 133
14.3. Xo‘jalik yili uchun xarajat va daromadlarni ajratish...... 135
14.4. Asosiy va aylanma mablag‘larni, xususiy kapital,
zayom kapitallarni baholash......................................... 136
14.5. Yakuniy yillik hisobotni turli huquqiy shakllarga 
bo‘lish........................................................................... 139
Adabiyotlar ro‘yxati.......................................................................... 143
www.ziyouz.com kutubxonasi


1-B O B. BUXGALTERIYA HISOBINING VAZIFALARI VA
HUQUQIY ASOSLARI
1.1. BUXGALTERIYA HISOBINING MAQSADI VA VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritil-
gandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga mu-
vofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimi
tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy
elementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgal-
teriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribgina
qolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabul
qila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyati
haqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohaga
aylanadi.
Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muoma-
lada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchi-
lik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘lib
talab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv for-
masidir. Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tar-
kibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javob-
garlik kabi qator elementlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlari
uchun «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun asosiy huquqiy baza
hisoblanadi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari soha
bo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari bux-
galteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamo-
yillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlari
va hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaro
amaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarish
tizimini ko‘zda tutadi. 
Birinchi daraja – qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriya
hisobi haqida»gi qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgal-
teriya standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq
shaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


tushunchalari va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo
amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilangan.
Uchinchi daraja – mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi
har xil tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab
chiqilgan turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar.
To‘rtinchi daraja – hisob ishlarini olib boradigan korxo-
nalarda nashr etiladigan ichki ish hujjatlari va qo‘llaniladigan
hujjatlarni yuritish.
Birinchi darajaga Respublikamizda 1996-yil 30-yanvarda
qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun mansub
bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchi darajaga hozircha ishlab chiqilayotgan buxgalteriya
standartlarini kiritishimiz mumkin. Hozirgi paytda buxgalteriya
hisobi milliy standarti (BHMS) tasdiqlangan. 
Uchinchi darajaga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
va tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq hisob standart-
larini aniqlashtiruvchi boshqa idoralarining uslubiy tavsiyalari
(ko‘rsatmalari) instruktsiyalar sharhlarini kiritsa bo‘ladi.
To‘rtinchi daraja har bitta korxonada mavjud. Korxonaning
o‘z ishchi hujjatlari buxgalteriya hisobini tashkil qilish xusu-
siyatlarini va uni yuritishni belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi yig‘im (tushum) tizimini tartibga solish
mumkin; ro‘yxatdan o‘tkazish va pul shaklidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish xo‘jaliklar operatsiyalarida tashkilotlarning
majburiyatlarini va ularning yaxlit, uzluksiz, hujjatli hisob olib
borishlarini aks ettiradi.
Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitida buxgalteriya hisobining
roli o‘zgardi. Agar avvallari hisobning maqsadi nazorat qilish
vazifasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xalqaro milliy stan-
dartlarga ko‘ra, buxgalteriya hisobi va uning asosida tuzilgan
moliyaviy hisobotning maqsadi undan foydalanuvchilarga to‘liq
va ishonchli ma’lumot taqdim etishdir.
Buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni uchta
guruhga bo‘lish mumkin.
1. Tashkilot ma’muriyati – direktorlar kengashi, yuqori
boshqarmalar xodimlari, menejerlar, bo‘linmalarning rahbarlari
va mutaxassislari.
2. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardan
egri foydalanuvchilar, bugungi va potensial investorlar, bank-
lar, asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’min-
lovchilar, boshqa kreditorlar.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egri
foydalanuvchilar: soliq idoralari moliya muassasalari, O‘zbe-
kiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish boshqar-
masi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, mahalliy
hokimiyat idoralari va boshqa foydalanuvchilar.
1.2. BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY VAZIFALARI
Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat:
·
buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli va
harakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liq
va ishonchli ma’lumotlarni tuzish;
·
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagi
ma’lumotlarni umumlashtirish;
·
moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish.
Hozirgi zamon hisob adabiyotlarida buxgalteriya hisobining
vazifasi quyidagicha bo‘linadi:
·
rejali;
·
nazoratli;
·
ma’lumotli;
·
tahliliy (baho);
·
hisobli.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakl-
dan qat’i nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqar-
malari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylash-
gan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalari
buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi.
Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv,
majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat
(chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalik
operatsiyalari bo‘ladi.
Hisob siyosati deganda xo‘jalik subyektlari rahbarlarining
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish
uchun qo‘llagan usullarning yig‘indisi tushuniladi.
Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobining quyidagi
asosiy tamoyillariga mos kelishi lozim:
·
uzluksiz;
·
xo‘jalik operatsiyalari, aktiv va passivlarning pullik bahosi;
·
ishonchlilik;
·
qo‘shib yozish usullari;
8
www.ziyouz.com kutubxonasi


·
ko‘rsatkichlarni solishtirish (taqqoslash);
·
moliyaviy hisobotning xolisligi;
·
hisobot davri tushum va chiqimlarining mos kelishi;
·
mulkiy ajratilganlik;
·
aktiv va majburiyatlarning aniq bahosi;
·
formadan mazmunning ustunligi;
·
ratsionallik (muvofiqlik);
·
qarama-qarshilikning yo‘qligi;
·
aniqlik;
·
ma’nodorlik;
·
jiddiylik;
·
haqqoniylik va moliyaviy hisobotni xolis (beg‘araz) ko‘rsa-
tish;
·
tugallanganlik;
·
izchillik;
·
o‘z vaqtida;
·
obyektivlik.
1.3. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI
Buxgalteriya hisobining predmeti umumlashgan holdagi aniq
buxgalteriya obyektlaridan tashkil topgan (yig‘ilgan) tashkilot
faoliyatidir. Unga:
·
korxonaning mulki (asosiy mablag‘lar va nomoddiy
aktivlar, natural va pul ko‘rinishidagi KTB (kam baholi va tez
eskiruvchan buyumlar va pul mablag‘lari);
·
bu mulkning paydo bo‘lish omillari;
·
korxonaning xo‘jalik operatsiyalarida aks etadigan faoliyat-
lari jarayoni kiradi.
Mulk deganda moddiy va pul boyliklarining qo‘shilishi shu-
ningdek, boshqa tashkilot va shaxslar bilan yuridik aloqalar
tushuniladi (majburiyat).
Xo‘jalik operatsiyalari alohida xo‘jalik harakatlari bilan tas-
niflanadi va tarkibda o‘zgarish keltirib chiqaradi, mulk va uni
paydo qiluvchi omillarning joylashuvi. Shu bilan birga xo‘jalik
operatsiyalari quyidagilarga ta’sir qilishi mumkin:
·
faqat tashkilotning mulkiga;
·
faqat uning paydo bo‘lish omillariga;
·
bir vaqtning o‘zida mulk va uning omiliga.
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hamma mulklar ikki guruhga bo‘linadi:
·
aylanmadan tashqari aktivlar;
·
aylanmadagi aktivlar.
Quyidagi 1.1-sxemada mulklarning mufassalroq tasnifi kelti-
rilgan.
10
Asosiy mablag‘,
nomoddiy aktiv,
jamg‘arilgan 
kapital, uzoq mud-
datli moliyaviy 
jamg‘arma
Ishlab chiqarish
zaxiralari,
pul mablag‘lari, 
hisob-kitobdagi
mablag‘lar, 
qisqa muddatli
moliyaviy jamg‘arma
mablag‘lari 
Asosiy
fondlar
Aylanma
aktivlar
Korxonaning
mulklari
1.1-sxema. Korxona mulklarining tasnifi
Asosiy fondlar quiyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
·
uzoq muddat davomida xizmat qiladi (bir yildan ortiq);
·
bir necha yil davomida asta-sekin ishdan chiqib boradi va
o‘zining balans qiymatini amortizatsiya orqali ishlab chiqariladi-
gan qiymatga o‘tkazadi;
Asosiy fondlardan farqli ravishda aylanma aktivlar doimiy
aylanmada bo‘ladilar. Qoida bo‘yicha ular:
·
faqat bir ishlab chiqarish aylanmada xizmat qiladilar;
·
o‘zlarining natural formalarini yo‘qotadilar;
·
tayyor mahsulotga o‘z qiymatlarini birinchi ishlab chiqarish
davridayoq o‘tkazadilar. Birinchi bosqichda korxona mulklari-
ning paydo bo‘lish omili Nizom kapitalining (fondining) shakl-
lanishi yoki:
·
ustav kapitalga muassislik pul badallari;
·
korxona tashkil etishda davlat tomonidan qo‘yilgan
mablag‘;
www.ziyouz.com kutubxonasi


·
mulklar, qimmatbaho qog‘ozlar, nomoddiy aktivlar kabi
ko‘rinishdagi muassislik badallari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Keyingi bosqichlarda korxona mulkining mablag‘lari paydo
bo‘lishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kengayishi mumkin:
·
turlicha shakllangan fondlar hisobiga (zaxira kapital,
qo‘shilgan kapital, korxonaning rivojlanish fondi) soliqlar to‘lan-
gandan keyin korxona ixtiyorida qolgan, hosil bo‘lgan tushumlar
hisobiga;
·
zayomlar va kredit pul resurslari hisobiga;
·
ustav fondini ko‘paytirish uchun aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishida dividendlar hisobidan ajratilgan pul;
·
maqsadli moliyalashtirish;
·
boshqa majburiyatlar.
Shunday qilib, korxona mulkining shakllanish omillari o‘zi-
ning xususiy mablag‘lari hamda kreditorlar tomonidan olingan
majburiyatlar bo‘ladi (1.2-sxemaga qarang).
11
1. Ustav kapitali.
2. Rezerv kapital.
3. Qo‘shilgan kapital.
4. Emission kirim.
5. Fondlar, taqsim-
lanmagan foydalar va
dividendlar.
6. Maqsadli moliya-
lashtirish.
Kreditorlar va 
qarzlar, boshqa
majburiyatlar va
kreditorlik 
qarzdorligi
Xususiy
mablag‘
Olingan
majburiyatlar
Mablag‘
paydo bo‘lish
omillari
1.2-sxema. Korxona mulkining shakllanish omillari
www.ziyouz.com kutubxonasi


1.4. BUXGALTERIYA HISOBI USLUBLARI VA 
UNING ELEMENTLARI
Buxgalteriya hisobi uslublari o‘z ichiga qator elementlarini
olgan buxgalteriya hisobini o‘rganish usullaridir. Ular quyi-
dagicha:
·
hujjatlashtirish;
·
inventarizatsiya;
·
baholash;
·
mahsulot, ish, xizmatni hisoblab chiqish (kalkulyatsiya);
·
schyotlar tizimi;
·
ikkiyoqlama yozuv;
·
balans;
·
moliyaviy hisobot;
·
offsetting (moddalarning o‘zaro sinovlari).
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik
kuch beruvchi amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalaridir.
Dastlabki hujjatlashtirish buxgalteriya hisobini korxonaning
xo‘jalik faoliyatini yaxlit va uzluksiz aks ettirishini ta’minlaydi.
Hisobga faqat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, aynan texnik
standartlarda qo‘llanishi ko‘zda tutilishi belgilab qo‘yilgan
hamma rekvizitlar qabul qilinadi.
Inventarizatsiya – natura holida mavjud bo‘lgan moddiy
boyliklarni, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni korxo-
nadagi haqiqiy ahvolini tekshirish imkonini beruvchi buxgalteriya
hisobi elementlaridan biri. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini tasdiqlash yoki hisobga olinmagan boyliklarni,
yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar, talon-tarojliklar va kamomadlarni
tasdiqlaydi.
Baholash – xo‘jalik tannarxini pul shaklida aniqlash usuli.
Kalkulyatsiyalash – yagona mahsulot ishlab chiqarish uchun
ketgan ish va xizmat, mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish
uchun sarflangan xarajatlarning jamlanma hisob-kitob obyekti
tannarxini hisoblash usuli.
Schyotlar tizimi – guruhlashtirilgan obyektlarni iqtisodiy
belgilari (21-sonli BHMS) bo‘yicha buxgalteriya hisobiga asos-
lanadi.
Hisobni ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha yuritish (17-sonli
BHMS) deganda xo‘jalikni yuritayotgan subyekt buxgalteriya
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


operatsiyalari qayd qilishini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida
olib borish tushuniladi.
Buxgalteriya provodkasi – amalga oshirilgan xo‘jalik opera-
tsiyalarini buxgalteriya hisobi bo‘yicha rasmiylashtirish usuli.
Buxgalteriya balansi – korxonaning aniq sana bo‘yicha
moliyaviy ahvolini, mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning joy-
lashtirish omillarini tasniflovchi moliyaviy hisobotning asosiy
shakllaridan biri.
Offsetting (moddalarning o‘zaro sinovi) (1-sonli BHMS) –
boshqa BHMS larda ko‘zda tutilgan istisno qilgan holda aktiv va
passivlar o‘rtasida o‘zaro sinovning bo‘lmasligi.
Moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi ma’lumotlar asosi-
da tuziladi. Uning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy
ahvolini, faoliyatini va undagi o‘zgarishlarni ko‘rsatishdir. 
Ko‘rsatib o‘tilgan buxgalteriya hisobining har bir elemen-
ti qonunchilik tartibida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ko‘rsat-
malariga mosdir.
1.5. SOLIQQA TORTISH ASOSLARI
Soliqlarning eng oddiy ta’rifi quyidagicha: Soliqlar aholi-
dan, korxonalar va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlardan
davlat (markaziy va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan
undirib olinadigan majburiy to‘lovlardir. Soliq o‘z mohiyat e’ti-
boriga ko‘ra ijtimoiy mahsulotning (yalpi ichki mahsulotning —
YIM) bir qismi bo‘lib, soliq to‘lovchi bundan biror-bir foyda
ko‘ra olmasligidan qat’i nazar, o‘z mablag‘laridan davlat hisobi-
ga majburiy ajratmalar ko‘rinishida aks etadi. Soliqlarning mo-
hiyatini tushunishga yordam båruvchi uchta tavsifni kåltirib
o‘taylik:
1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga
to‘lar ekan, buning evaziga båvosita biron-bir tovar yoxud xizmat
olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan
soliq miqdori bilan u istå’mol qiladigan ijtimoiy nå’matlar
o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi
ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq narxdan (tovar yoki xizmatlarni
ixtiyoriy istå’mol qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida)
ruxsatnoma (litsånziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qila-
di, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada,
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


biroq hamma vaqt hukumat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan
muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan bog‘liqdir.
2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘la
va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zim-
masiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravish-
da to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq
jazolaydi.
3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avval-
dan bålgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda
tutilgan qismi undirib olinadi.
Nazorat savollari:
1. Buxgalteriya hisobining huquqiy asoslarini ayting.
2. Buxgalteriya hisobining maqsadi nima?
3. Buxgalteriya hisobi vazifalarini sanang va izohlang.
4. Buxgalteriya hisobining predmeti nima?
5. Korxona mulkini tarkibi bo‘yicha tasniflang.
6. Korxona mulkinining paydo bo‘lish omillari nimalardan iborat?
7. Buxgalteriya hisobi uslubi nima va uning elementlari qanday bo‘-
ladi?
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 - B O B. BUXGALTERIYA BALANSI
2.1. BUXGALTERIYA BALANSINI ANIQLASH
Moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri korxonaning
buxgalteriya balansi hisoblanadi.
Balans (balance – fransuzchadan tenglashish, muvozanat) –
korxona moliyaviy resurslarini paydo bo‘lish omillarining (balans
passivi) ularni joylashtirish omillariga (balans aktivi) tengligidir.
BHMS ga muvofiq buxgalteriya balansi aniq vaqt va sanada
xo‘jalik mablag‘lari va ularning omillarini, shuningdek, xo‘jalik
operatsiyalarining natijalarini umumlashtirish hamda guruhlash
usulidir. Balansni korxonaning moliyaviy ahvoli bir lahzada
sur’atga olish bilan tenglashtirish mumkin.
Buxgalteriya balansi korxonaning hisobot davridagi
moliyaviy ahvoli bo‘yicha muhim ma’lumot manbayidir. Uning
yordami bilan mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning daro-
madliligi, muomaladagi mablag‘larning aylanishi, debetor va
kreditor qarzdorlikning ahvoli va o‘sib borishi aniqlanadi.
Manfaatdor foydalanuvchilar buxgalteriya balansi ma’lumotlari-
ni o‘rganib, korxonaning nimalarga egaligi, uning potensiali
(imkoniyatlari) qandayligi, mulkdan qanday foydalanishi,
to‘lovlarga qurbi yetish-yetmasligini aniq bila oladi.
2.2. BALANSNING TUZILISHI
Buxgalteriya balansining tuzilishi buxgalteriya ikkiyoqlama
guruhlanishi: tarkibi va funksional roli, paydo bo‘lish manbalari
va maqsadli qiymati asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi tuzilishi bo‘yicha ikkiyoqlama jadval
ko‘rinishda bo‘ladi. Uning chap tomoni – xo‘jalik mablag‘larining
tarkibi va joylashuvini aks ettiruvchi aktiv, o‘ng tomoni mablag‘lar
paydo bo‘lishi va ularning maqsadli vazifalarni aks ettiruvchi
passiv. Binobarin, balansning chap va o‘ng tomonlarida ayni bir
xil narsalar, ya’ni korxonaning mulklari faqat turlicha guruhlar-
da aks etadi. Har bir turdagi mulk korxonaga biron-bir manba
hisobidan kelib tushadi. Shuning uchun aktivning umumiy miq-
dori passivning umumiy miqdori bilan teng bo‘lishi kerak (valu-
ta balansi).
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


Korxona balansi
01.01.200_ y
16
Aktiv
(Xo‘jalik
mablag‘lari) 
Pul mablag‘lari
Asosiy mablag‘lar
Nomoddiy aktivlar
Balans
Jami
Mln. so‘m
3 500
12 000
500
16 000
Passiv
(Xo‘jalik
mablag‘lari 
manbalari) 
Ustav kapitali
Bank kreditlari
Balans
Jami
Mln. so’m
10 000
6 000
16 000
Balans aktivlari
— korxona ixtiyoridagi foydalanish oqi-
batida kelajakda foyda kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy
resurslar.
Aktivlar – xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy pul
mablag‘lari hamda debitorlik qarzlari va moddiy bo‘lmagan,
lekin qiymat narxiga ega mulklarining qo‘shilgani.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivi avval amalga oshi-
rilgan bitim yoki boshqalarning natijasi bo‘ladi. Xo‘jalik yurituv-
chi subyektlar odatda aktivlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish
yo‘li bilan oladilar biroq boshqa bitimlar yoki voqealar aktivlarni
yuzaga kelishiga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi sub-
yektning hukumatdan olgan ko‘chmas mulki. Kelgusida ko‘zda
tutilgan bitimlar yoki boshqa hodisalar o‘z-o‘zidan aktiv paydo
bo‘lishiga olib kelmaydi. Aktivda mujassam bo‘lgan bo‘lg‘usi
iqtisodiy foydalar xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan turli
yo‘llar bilan sotilishi mumkin. Masalan, aktiv:
·
boshqa aktivlarga almashtirilishi;
·
majburiyatlarni bajarish uchun ishlatilishi;
·
xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulk egalari orasida taqsim-
lanishi mumkin. 
Bino, inshoot, jihoz kabi aktivlar jismoniy shaklga ega
bo‘ladi. Biroq jismoniy shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun
zarur emas. Masalan, agar ishlatilganda iqtisodiy foyda keltirsa,
patentlar va mualliflik huquqi aktiv hisoblanadi. 
Aktivning mavjudligini belgilashda unga egalik qilinishi
asosiysi bo‘la olmaydi. Masalan, ijaraga olingan xususiy mulk,
agar undan foyda olinsa aktiv hisoblanadi. Sarf-xarajatlarni
amalga oshirish va aktiv paydo qilish o‘rtasida mustahkam alo-
qadorlik mavjud, biroq bu jarayon vaqt bo‘yicha hamisha ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


mos kelavermaydi. Sarf-xarajatlar bo‘lajak iqtisodiy foyda qidiril-
ganligiga sabab bo‘lishi mumkin, biroq u aktiv olishning uzil-
kesil isboti bo‘la olmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt-
ga tekinga berilgan obyektlar ma’lum aktivga mos keladi. 
Balans passivi – korxonada xususiy mablag‘lar va majburi-
yatlardan iborat manbalardan tashkil topgan mablag‘lar paydo
bo‘lish omillari.
Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotda balanslarni
umumlashtirish sohasidagi nazariy tadqiqotlarda boshqaruvning
ikkita asosiy sxemasi yoritib berilgan. Bular:
·
balansli boshqaruv;
·
balanslarni kapital boshqaruvidir.
Balansli tenglamalarning umumiy ko‘rinishi quyidagi sxema
tarzida bo‘ladi: 
Aktiv = Xususiy kapital + Majburiyat = Passiv
Bunda:
Aktiv — joylashuv omili;
Passiv — paydo bo‘lish omili;
Mantiqiy nuqtayi nazardan Aktiv-Passivning o‘zaro aloqasi:
·
ikki tomon solishtirilganda hamisha tenglik holatida, ya’ni
balans bo‘lishini;
·
balansdagi passiv har qanday o‘zgarish uning asosiy qism-
larini (kapital yoki majburyat) ko‘payishi yoki kamayishi-
dan kelib chiqishi zarurligini;
·
mulk va boshqa qiymatga ega narsalarni ichki almashtirish-
lar amalga oshirilganda passivda hech qanaqa o‘zgarish
bo‘lmasligi shart;
·
mulkning har bir alohida qismining qiymat o‘zgarishini
passivning ko‘payish yoki kamayishini keltirib chiqarishi
zarur.
Balansning kapital tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Aktiv— Majburiyat = Xususiy kapital (yoki sof aktivlar)
Kapital tenglamalar korxonaning xususiy kapitalining ahvoli
va harakatini baholash hamda shakllantirish uchun zarur. 
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


2.3. BUXGALTERIYA BALANSI QISMLARINING TA’RIFI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-
yanvardagi 5-son buyrug‘iga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganlar
xususiy mulk shaklidan qat’i nazar, yagona shakl bo‘yicha balans
tuzadilar.
Aktiv va balanslar qismlarga, qismlar alohida guruhlarga,
guruhlar esa balanslar tarmoqlariga bo‘linadi. Buxgalteriya ba-
lanslari tarmoqlari deb mulkning alohida turlarini uning shakl-
lanish manbalarini, korxonaning majburiyatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlarga aytiladi.
Korxonaning balans aktivi ikki qismdan iborat:
1. Uzoq muddatli aktivlar.
2. Joriy aktivlar. 
«Uzoq muddatli aktivlar» qismida asosiy mablag‘larning va
nomoddiy aktivlarning qiymati uzoq muddatli investitsiyalar
yig‘indisi, qurilmalar jihozlari, kapital jamg‘armalar, uzoq mud-
datli debitor qarzlar va uzoq muddatga kechiktirilgan xarajatlar
ochib berilishi kerak.
Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar boshlang‘ich
(tiklovchi) qiymat, ishlatib bo‘lmagan (amortizasiyalar) yig‘indi-
larida, qoldiq qiymatda ochib berilishi kerak.
Uzoq muddatli investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar qiy-
mati, tarmoq xo‘jalik jamiyatidagi investitsiyalar yig‘indisi, kor-
xonadagi chet el kapitali investitsiyasi va boshqa uzoq investi-
tsiyalar bo‘yicha ochilishi kerak.
«Joriy aktivlar» qismida Tovar moddiy zaxiralar yig‘indisi
kelgusida qilinadigan xarajatlar, kechiktirilgan xarajatlarning,
joriy qismi debitor qarzdorlik, pul mablag‘lari, qisqa muddatli
moliyaviy jamg‘armalar va boshqa joriy aktivlar ochilishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralariga quyidagilar kiradi va ular alohi-
da ta’riflanishi kerak:
a) ishlab chiqarish zaxiralari; 
b) tugallanmagan ishlab chiqarish;
d) tayyor mahsulot;
e) tovarlar.
Debitorlik qarzlarida iste’molchilar va byurtmachilarning
qarzlari, alohida ajratilgan bo‘linmalarning qarzlari, tarmoq va
xo‘jalik jamiyatlariga qaram bo‘lganlarning qarzlarining miqdori
18
www.ziyouz.com kutubxonasi


ochilishi lozim. Shuningdek, xodimlarga, Mol yetkazib beruv-
chilarlarga, pudratchilarga berilgan bo‘naklar, soliq to‘lovlari
bo‘yicha bo‘naklar davlatning maqsadli jamg‘armalari, sug‘urta
ustav kapitalidagi qarzlari, xodimlarning boshqa operatsiyalari va
boshqa debitorlik qarzlari bo‘yicha qarz miqdorlari ochilishi
kerak.
Pul mablag‘lari bo‘yicha g‘aznada qolgan hisob raqamidagi
valuta hisobidagi va boshqa pul mablag‘lari (bankdagi maxsus
hisoblar, yo‘ldagi pul mablag‘lari) ochilishi zarur.
Balans passivi ikki qismdan iborat:
1. Xususiy mablag‘lar manbayi;
2. Majburiyatlar.
«Xususiy mablag‘lar manbayi» qismini ustav kapitali
bo‘yicha ma’lumotlar, kapitalga qo‘shimchalar, zaxira kapital,
sotib olingan xususiy aksiyalar, taqsimlanmagan foydalar,
maqsadli tushum va ko‘zda tutilgan xarajat va to‘lovlar bo‘yicha
ma’lumotlar ochilishi zarur.
«Majburiyatlar» qismida uzoq muddatli va joriy majburiyat-
lar bo‘yicha alohida ma’lumotlar ochilishi lozim. 
Majburiyatlar resurslar kelib tushishining tashqi manbalari
bo‘lib, ularga:
·
kredit va qarzga olingan resurslar;
·
mol yetkazib beruvchilar, xodimlar budjetli va budjetdan
tashqari fondlarning kreditor qarzlari;
·
boshqa kreditorlik qarzlari kiradi.
Majburiyatlarning asosiy tasnifnomasi xo‘jalik yurituvchi
subyekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga
egaligidir.
Majburiyatlar ustav yoki shartnomaning natijasi sifatida
kuchga kiritilishi mimkin. U qachonki aktiv olingan yoki xo‘jalik
yurituvchi subyekt aktivga ega bo‘lishga rozilik bergandan
keyingina paydo bo‘ladi. 
Majburiyatlar quyidagi usullar bilan bekor qilinishi mumkin:
·
to‘lovlar bilan;
·
boshqa aktivlar berilishi bilan;
·
xizmat ko‘rsatish bilan; 
·
bir majburiyatni boshqasiga almashtirish bilan;
·
majburiyatlarni aksiyaga almashtirish yo‘li bilan.
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


2.4. BUXGALTERIYA BALANSINING TURLARI
Buxgalteriya balansining bir necha turlari mavjud. Shundan:
·
qoldiqli (saldo);
·
aylanmali (aylanma);
·
boshlang‘ich;
·
yakuniy;
·
tugallanish (likvidatsiyali).
Qoldiqli balansda buxgalteriya hisobi ma’lum sanadagi pul
mablag‘lari qoldiqlari holatlari aks etadi.
Aylanmali balansda qoldiqliga qo‘shimcha ravishda schyot-
lar bo‘yicha mablag‘larning aylanishi, jihozlar, intellektual,
nomoddiy aktiv ko‘rinishidagi xususiy mulk kabilar haqidagi
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Aylanma balans
20
Schyotlar bo‘yicha aylanma balans tuzish
Aktiv
Passiv
Qatorlar
kodi
Hisobot
davri boshi
uchun
Schyotlar bo‘yicha
harakat (aylanma)
Ko‘payish Kamayish
Hisobot
davri
oxiri
uchun
Jami (balans)
debet kredit debet kredit debet kredit
Schyot ¹
Jami
(balans)
Saldo Oylik aylanish Saldo
www.ziyouz.com kutubxonasi


Boshlang‘ich balans yangi korxona tuzishda yoki harakatda-
gi korxonani qaytadan qurishda tuziladi.
Yakuniy balans korxona faoliyati yakunlanayotganda,
moliyaviy-xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha tuziladi. Yil davomida
oraliq balanslar (kvartal, yarim yillik, to‘qqiz oylik yakunlari
bo‘yicha) tuziladi. Yakuniy balans korxonaning xo‘jalik yuritish
va moliyaviy faoliyati haqidagi hamma ma’lumotlarni o‘zida
jamlaydi va yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks etadi.
Tugallash (likvidatsiya) balansi korxona faoliyati tugatilayot-
ganda uning mulkiy holati va manbalarining shu davrdagi ahvoli-
ni tasniflash uchun tuziladi. Likvidatsiya balansiga asosan likvi-
datsiya komissiyasi korxonani tugatish paytidagi kreditorlik va
debitorlik qarzlari miqdorini aniqlaydi. Keyin kreditorlar bilan
o‘zaro hisob-kitob qiladi, debitor qarzlarni undiradi. Korxonani
tashkil qilishda ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo‘shil-
gan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxonada qolgan mulklarni
uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlaydi, ya’ni o‘zaro hisob-kitob
qiladi.
2.5. JIHOZLARNI RO‘YXATGA OLISHNING MAZMUNI
(INVENTARIZATSIYA)
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona mol-mulkining
ahvoli va harakati, uning manbalari haqida aniq axborot berishi
lozim, hujjatlardagi ma’lumotlar mavjud aniq ma’lumotlarga
mos kelmog‘i shart. Biroq ayrim holatlarda ma’lum sabablarga
ko‘ra tafovutlar kelib chiqadi. Bu saqlashda yo‘l qo‘yilgan tabiiy
kamayish, hujjatlardagi xatolar, suiiste’molchilik, talon-taroj qi-
lish oqibatida yuz berishi mumkin.
Inventerizatsiya deb aniqlangan mavjud mol-mulklar va
moliyaviy majburiyatlarni ma’lum sanadagi buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari bilan solishtirish orqali aniqlashga aytiladi.
Inventarizatsiyaning maqsadi, uni o‘tkazish tafovutlarni tartibga
solish qoidalari va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish.
1999-yil 19-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan BHMS 19-son «Inventarizatsiyani
tashkil qilish va o‘tkazish» da belgilab qo‘yilgan.
Inventarizatsiya o‘tkazish uchun korxona rahbarining
buyrug‘i bilan inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasi tuziladi, uni
o‘tkazish muddati, obyekt va tartiblari belgilanadi. Inven-
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarizatsiya paytida qimmatbaho buyumlar mavjud bo‘lsa ular
majburiy hisob-kitob qilinadi, tarozida tortiladi yoki o‘lchanadi.
Aniqlangan va sanab (hisoblab) chiqilgan qimmatbaho
buyumlar maxsus inventarizatsiya ro‘yxatiga batafsil yoziladi.
Ro‘yxatga komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar
shaxslar qimmatbaho buyumlar ularning ishtirokida tekshirilgani,
komissiya a’zolariga e’tirozi yo‘qligi va ro‘yxatdagi sanab o‘tilgan
qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun javobgarligi haqida tilxat
beradilar.
Buxgalteriyada inventarizatsiya ro‘yxatidagi ma’lumotlar
hisobda ko‘rsatilgan qoldiqlar bilan solishtiriladi va aniqlangan
farq bo‘yicha qimmatbaho buyumlarning solishtirma qaydnomasi
tuziladi. Inventarlarni ro‘yxatga olishning namunali shakli
BHMS 19-sonning ilovasida berilgan. 
Nazorat savollari:
1. Buxgalteriya balansiga aniqlik kiriting.
2. Buxgalteriya balansini tuzishga nimalar asos bo‘ladi?
3. Buxgalteriya balansining qismlarini tushuntirib bering
4. Buxgalteriya balansining qanday turlari bor?
5. Inventarizatsiya nima? 
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 - B O B. XO‘JALIK YURITISH OPERATSIYALARI
3.1. XO‘JALIK YURITISHNING TA’RIFI
VA UNING TASNIFI
Korxonalarda har kuni turlicha xo‘jalik yuritish operatsiya-
lari amalga oshiriladi va korxona faoliyati ana shu operatsiyalar
yig‘indisidan tashkil topadi. Xo‘jalik yuritish vositalarining holati
va shakllantirish omillari xo‘jalik yuritish va moliyaviy faoliyat
natijasida o‘zgaradi.
Xo‘jalik yuritishdagi har qanday hodisa emas, xo‘jalik yuri-
tish vositalari tarkibiga yoki uning paydo bo‘lish manbalariga
o‘zgartirishlar kirita oladigan harakatlar yoki hodisalargina bux-
galteriya hisobiga kiritiladi. Ular xo‘jalik yuritish operatsiyalari
deyiladi.
Xo‘jalik yuritish operatsiyalarining alohida xususiyatlari:
1. Xo‘jalik yuritish operatsiyalari dastlabki buxgalteriya huj-
jatlarida o‘z aksini topa boshlagandan yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Belgilangan qoidalar asosida tayyorlangan dastlabki buxgalteriya
hujjatlarigina xo‘jalik yuritish operatsiyalari miqdorini buxgal-
teriya hisobida aks etishiga asos bo‘la oladi. Dastlabki buxgal-
teriya hujjatlari operatsiya amalga oshirilayotgan paytda yoki u
tugallanishi bilan rasmiylashtiriladi.
2. Xo‘jalik yuritish operatsiyalarida qayd qilingan o‘zgarish-
lar, vositalar va manbalar pul shaklida baholanadilar.
3. Har qanday xo‘jalik yuritish operatsiyasi xo‘jalik mab-
lag‘lari kamayishiga va moliyalashtirish omillarining ko‘payishi-
ga olib keladi, demak balans o‘zgaradi. Shu bilan birga umum-
lashtirilgan balans usullarini qo‘llash jamlangan aktiv va balans
passivlari tengligini ta’minlaydi.
Xo‘jalik yuritish operatsiyalari natijalarini balansga to‘g‘ri
kiritish uchun ularni tasniflash lozim. Bunday tasniflash o‘zgara-
digan balans moddalarini ajratib olishni ko‘zda tutadi.
Xo‘jalik yuritish operatsiyalarini tasniflash uchun bu opera-
tsiyalar natijalarini taqsimlash qonuni qo‘llaniladi.
Aktivni A passivni B xo‘jalik yuritish operatsiyalarini X deb
olamaiz. Barcha xo‘jalik operatsiyalari 4 ga bo‘lingan:
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


1. Aktiv ichidagi operatsiya. Mablag‘ aktivining bir bandidan
ikkinchisiga o‘tkaziladi:
A + X – X = P
Aktivda faqat X miqdorida xo‘jalik yuritish mablag‘larining
ko‘payishi yoki kamayishi yuz beradi.
Masalan: hisob raqamidan naqd pul olingan.
A(+) A(–)
naqd pul hisob raqami 
2. Passiv ichidagi operatsiya. Mablag‘ passivining bir bandi-
dan ikkinchisiga o‘tkaziladi:
A = P + X – X
Passivda faqat X miqdoridagina moliyalashtirish manbalari-
ning ko‘payishi yuz beradi.
Masalan, taqsimlanmagan foydaning bir qismi ustav kapita-
liga qo‘shiladi.
P(–) P(+)
taqsimlanmagan foyda ustav kapitali 
3. Aktiv passiv tur. Xo‘jalik mablag‘ va moliyaviy omillar
orasida faqat X miqdorning ko‘payishi.
A + X = P + X
Masalan ta’minotchilardan hisob-kitob qilinmagan material-
lar olinadi.
A(+) P(+)
«Ishlab chiqarish zaxiralari» «Ta’minotchilarning qarzi»
4. Aktiv passiv tur. Kamayish bilan moliyaviy manbalar-
ning xo‘jalik yuritish mablag‘laridan faqat X miqdorininggina ka-
mayishi.
A(–) P(+)
hisob raqami
«Ta’minotchilarning qarzi»
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aniqlangan xo‘jalik yuritish operatsiyalari va balanslaridan
kelib chiqib, har qanday xo‘jalik yuritish operatsiyasi balansi
bandlarining o‘zgarishiga olib keladi, demak bunda yangi balans
paydo bo‘ladi deb xulosa chiqarish mumkin.
Xo‘jalik yuritish operatsiyalari balanslarda qanday o‘zgarish-
lar sodir etishdan qat’i nazar, u faqat mulklarning bo‘linishi tar-
kibini yoki uning shakllanishi manbalarinigina o‘zgartirishi,
ularning miqdorini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mulkni, lekin
aktiv va passiv orasidagi muvozanatni buza olmaydi deb xulosa
chiqarishimiz mumkin.
Nazorat savollari:
1. Xo‘jalik yuritish operatsiyalarining turlarini aniqlang va ularning
alohida xususiyatlarini sanab o‘ting.
2. Xo‘jalik yuritish operatsiyalarining to‘rtta turi nima?
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


4 - B O B. BUXGALTERIYA SCHYOTLARI
4.1. BUXGALTEIYA SCHYOTLARINI ANIQLASH
Korxonaning buxgalteriya balansi ma’lum bir davrda buxgal-
teriya hisoblari bo‘yicha o‘tkazilgan xo‘jalik yuritish opera-
tsiyalarining jamlangan ma’lumotlarini o‘zida aks ettiradi. Biroq
faqat davriy ma’lumotlar bilan cheklanib qolish mumkin emas,
chunki buxgalteriya hisobi yaxlit va uzluksiz bo‘lishi kerak.
Balanslarda kundalik va joriy faoliyatning jamlangan raqam-
larini olish uchun korxonadagi xo‘jalik yuritish vositalarining
ahvoli va harakati haqidagi to‘liq ma’lumotlar aks etadigan
schyotlaridan foydalaniladi. Chunki u qo‘shilgan holda buxgal-
teriya hisobi schyotlarini tashkil qiladi.
Schyotlar tizimi – xo‘jalik yuritish operatsiyalarini aks ettirish
va joriy nazoratni amalga oshirish uchun buxgalteriya schotlarini
ularning iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash usulidir.
Buxgalteriya schyoti – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
iqtisodiy resurslarining harakati va holati, ularga bo‘lgan talablar
haqidagi buxgalteriya ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va
saqlash usuli.
Buxgalteriya hisobi schyotlari – mulklarning tarkibi va joy-
lashtirilishi, uning hosil bo‘lish omillari va bir turdagi opera-
tsiyalarni guruhlashtirish hamda tezkor nazorat qilishning joriy
hisobda aks ettirish usuli. Buxgalteriya hisobi obyektining har bir
turi uchun alohida schyot ochiladi va ularda mablag‘larning
tushum-debeti, chiqim-krediti aks etadi. Schyotlar bo‘yicha
yozuvlarni jami aylanma deb ataladi, schyotdagi aylanma va
debet bilan kredit o‘rtasidagi farq saldo (qoldiq) deyiladi.
Buxgalteriya hisobidagi har bir schyot bir turdagi xo‘jalik
yuritish operatsiyalari bo‘yicha harakatlarni aks ettirish va nazo-
rat qilishga mo‘ljallangan.
Jadval ko‘rinishidagi har bir schyot chap va o‘ng tomondan
iborat. Bunda chap tomon debet (D-t), o‘ng tomon esa kredit
(K-t) deb nomlanadi.
Balans bandlari uchun schyot jadvalini tuzish-schyot ochish
hisoblanadi. Shu tariqa, agar xo‘jalik yuritish operatsiyalari bux-
galteriya ma’lumotlarining yagona o‘lchovi bo‘lsa, schyot – bu
ma’lumotlarni saqlovchi yagona hujjatlardir.
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


4.2. BUXGALTERIYA SCHYOTLARINING TUZILISHI
Debet Schyotning nomi Kredit
Saldo Boshlang‘ich
Aylanmalar 
Debet bo‘yicha Kredit bo‘yicha
Jami Aylanmalar bo‘yicha 
Saldo Yakuniy 
Schyotning nomi balans bandlarini hisobga oladi va odatda
ularga mos keladi. Boshlang‘ich saldo (Bs) hisobot yuritilayotgan
sanalarga mos keladigan balanslar bandi miqdori. Shunday holat
ham yuz berishi mumkin: bandni o‘zgartiruvchi xo‘jalik yuritish
operatsiyalari mavjud boshlang‘ich balansda esa bandlar yo‘q. Bu
ushbu schyotning boshlang‘ich saldosi nolga tengligini bildiradi.
Aylanmalar — schyot jadvalida aks etgan xo‘jalik yuritish
operatsiyalarining miqdori. Debet bo‘yicha yozilgan hamma
miqdorlar debet bo‘yicha aylanmalar (Od) deyiladi. Kredit
bo‘yicha yoziladigan hamma miqdorlar kredit bo‘yicha aylan-
malar (Ok) deyiladi.
Aylanmalar bo‘yicha jami – debet va kreditga muvofiq yozil-
gan hamma xo‘jalik yuritish operatsiyalari (aylanmalar) miqdor-
larini qo‘shish natijasi.
Oxirgi saldo (Os) – hisobot davri oxirida qolgan qoldiq. Nol
qoldiq ham balans jadvaliga kiritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari tizimi. Schyotlarning 
turlari va ularning vazifalari.
Hamma buxgalteriya hisoblari balansga nisbatan quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
1. Doimiy schyotlar.
2. Aktiv schyotlar.
3. Passiv schyotlar.
4. Kontr-aktiv.
5. Kontr-passiv.
6. Tranzit schyotlar.
7. Balans orti schyotlari.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


Schyotlarning bu guruhlari quyidagi qoidalarga amal qiladi:
1) Doimiy schyotlar – hisobot davri oxirida saldo qoladigan
hamda majburiyat va kapitallar buxgalteriya hisobida aks etadi-
gan aktivlar schyoti. Doimiy schyotlar aktiv va passiv, kontr-
aktiv va kontr-passivga bo‘linadi;
2) Aktiv schyot (A) – iqtisodiy resurslarning ko‘payishi
schyotning debeti bo‘yicha, kamayishi – kredit bo‘yicha aks
etadigan schyot;
3) Passiv schyot (P) – majburiyat va kapitalning ko‘payishi
schyotning krediti bo‘yicha, kamayishi — debeti bo‘yicha aks
etadigan schyot;
4) Kontr-aktiv (KA) schyot – moliyaviy hisobotlarda aks
ettirilgan aktivning sof qiymati aktiv schyot bilan bog‘liq saldo-
dan saldo hisoblaydigan schyot;
5) Kontr-passiv (KP) schyot – moliyaviy hisobotlarda aks
ettirilgan majburiyat yoki kapitalning sof qiymati passiv schyot
bilan bog‘liq bo‘lgan saldodan saldo hisoblaydigan schyot;
6) Tranzit schyot (T) – hisobot davrida foydalaniladigan
biroq hisobot davri oxirida berkitiladigan, qoldiqsiz. Moliyaviy
natijalar hisobotida aks etadigan foyda va chiqimlarning vaqtin-
chalik schyoti;
7) Balans orti schyotlari (BO) – aktivlarning mavjudligi va
harakati haqidagi ma’lumotlarni korxonaga taalluqli bo‘lmagan,
lekin vaqtincha uning ixtiyorida bo‘lgan shartli huquq va
majburiyatlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu
schyotlar boshqa schyotlar bilan korrespondensiyalanmaydi
(o‘zaro aloqasi yo‘q), xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy hisobotlarida aks ettirilmaydi.
4.3. AKTIV VA PASSIV SCHYOTLAR
Buxgalteriya schyoti o‘zida aks ettirilayotgan mablag‘larning
tarkibi va joylanishi hamda tashkil topish manbalariga qarab
aktiv va passiv schyotlarga bo‘linadi. Aktiv schyotlarda xo‘jalik
mablag‘larining tarkibi va joylanishi ko‘rsatilsa, passiv schyotlar-
da esa ularning tashkil topish manbalari ko‘rsatiladi. Aktiv
schyotlarda mablag‘larning ko‘payishi uning debet tomonida,
ozayishi esa kredit tomonida ko‘rsatiladi. Passiv schyotlarda esa
ko‘payishi kredit tomonida, ozayishi esa debet tomonida aks
ettiriladi. Schyotlarda aks ettirilgan mablag‘larning boshlang‘ich
va oxirgi qoldiqlari aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv
schyotlarda kredit tomonida ko‘rsatiladi. 
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aktiv schyotlarninig debetiga taalluqli bo‘lgan qoldiq, ba-
lansning aktiv tomonidagi moddalardan olinsa, passiv tomonida-
gi moddalardagi qoldiq passiv schyotlarning boshlang‘ich qoldig‘i
hisoblanadi. Agar aktiv schyotning boshlang‘ich qoldig‘i
bo‘lmasa, birinchi aks ettirilgan operatsiya schyotning debetida
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Passiv schyotda esa schyotning kredit
tomonida yozilgan bo‘lishi lozim.
Aktiv schyot bo‘yicha operatsiyalarning harakatlanish sxemasi
Debet Kredit
29
Oy boshidagi qoldiq mablag‘ (saldo)
Hisobot davrida mablag‘larning
ko‘payishiga sabab bo‘ladigan
xo‘jalik yuritish operatsiyalari (+)
Hisobot davrida kamayish keltirib
chiqaruvchi xo‘jalik yuritish ope-
ratsiyalari (–)
Xo‘jalik yuritish operatsiyalari
miqdori hisobot oyi uchun debet
schyoti bo‘yicha aylanma tashkil
qiladi.
Xo‘jalik yuritish operatsiyalari
miqdori hisobot oyi uchun kredit
bo‘yicha aylanma tashkil qiladi.
Oy oxiridagi qoldiq oy boshidagi
qoldiq plyus, debet bo‘yicha
aylanmaga minus kredit schyoti
bo‘yicha aylanmaga teng.
Passiv schyot bo‘yicha xo‘jalik yuritish operatsiyalari sxemasi
Debet Kredit
Hisobot davrida kamayish keltirib
chiqaruvchi xo‘jalik yuritish ope-
ratsiyalari (–)
Hisobot davrida mablag‘larning
ko‘payishiga sabab bo‘ladigan
xo‘jalik yuritish operatsiyalari (+)
Xo‘jalik yuritish operatsiyalari
miqdori hisobot oyi uchun debet
schyoti bo‘yicha aylanma tashkil
qiladi.
Xo‘jalik yuritish operatsiyalari
miqdori hisobot oyi uchun kredit
bo‘yicha aylanma tashkil qiladi.
Oy boshidagi qoldiq mablag‘ (saldo)
Oy oxiridagi qoldiq oy boshidagi
qoldiq plyus, debet bo‘yicha
aylanmaga minus kredit schyoti
bo‘yicha aylanmaga teng.
www.ziyouz.com kutubxonasi


5 - B O B. BUXGALTERIYA HISOBIDA IKKIYOQLAMA
YOZUVLAR TIZIMI
5.1. SCHYOTLARDAGI O‘ZGARISHLARNING 
BUXGALTERIYA YOZUVI
Buxgalteriya provodkasi deb amalga oshirilgan xo‘jalik yuri-
tish operatsiyalarining buxgalteriyada rasmiylashtirish usuliga
aytiladi. Buxgalteriya provodkasini tuzish amalga oshirilgan
operatsiya tufayli qaysi schyotlar debetlanadi, qaysi biri qanday
yig‘indida kreditlanishini ko‘rsatish demakdir. Buxgalteriya
provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Ikkita schyotga yozil-
gan tegishli yozuvlar oddiy, uch va undan ortiq schyotlarga
tegishli bo‘lsa murakkab bo‘ladi.
1-misol: Kassaga bankdagi hisob raqamidan 5000 so‘m kelib
tushdi. Natijada hisob raqamidagi pulning kamayishi kassadagi
pul miqdorining kamayishi yuz beradi. Ikkala schyotlar ham
aktiv. Shuning uchun 5000 so‘m 5010 «milliy valutadagi pul
mablag‘lari» schyotining debetiga va 5110 «hisob raqami» scho-
tining kreditiga yoziladi.
D-t 5010 (A)
K-t D-t 5110 (A) K-t
30
(+) 5000 kassadagi pulning
ortishi
(–) 5000 hisob raqamidagi pul-
ning kamayishi
2-misol: Ta’sischilardan biri ustav kapitaliga omonat pul
sifatida narxi 100000 so‘mlik kompyuter qo‘shdi. 
Bu holda asosiy mablag‘ ortadi va kapitali ko‘payadi. 0150
«kompyuter jihozlar»i schyoti aktiv, 8330 schyoti «Pay va
omonatlar» schyoti – passiv. Pulni 0150 «Kompyuter jihozlar»i
schyotining debeti, 8330 «Pay va omonatlar» schyotining kredi-
ti bo‘yicha yozish kerak.
D-t 0150 (A)
K-t D-t 8330 (P) K-t
(+) 100000 asosiy mablag‘ning
ortishi
(+) 100000 ustav kapitalining
ko‘payishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


4-misol. Mol yetkazib beruvchilardan 8 ming so‘mlik mate-
riallar olindi. Demak, ombordagi materiallar ko‘paydi, mol
yetkazib beruvchilarlarning qarzi ham kamaydi. 1010 «Xom-
ashyolar va materiallar» schyoti ombordagi mavjud materiallarni
hisobga oladi va aktiv. 4310 «TMS» ostida mol yetkazib beruv-
chilarlar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» schyoti ham aktiv.
Shuning uchun 8 ming so‘m 1010 «Xomashyolar va materiallar»
schyotining debetiga, 4310 «Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘langan bo‘naklar» schyotining kreditiga yozi-
ladi. 
D-t 1010 (A) K-t D-t 4310 (A) K-t
31
(+)
8000
Mol yetkazib beruvchi-
larning debitor qarzi
ortdi.
(–)
8000
Hisob
raqamidagi
pul kamaydi
3-misol: Mol yetkazib beruvchilarga oldindan to‘lov sifatida
hisob raqamidan 8000 so‘m miqdorida pul o‘tkazildi. Natijada
hisob raqamidagi pul kamaydi, mol yetkazib beruvchilarlarning
qarzi (debitor qarzi) ortdi. 5110 «Hisob raqami» schyoti aktiv,
4310 «TMS ostida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
beriladigan aktivlar» schyoti ham aktiv. Shuning uchun 8 ming
so‘m 4310 «TMS ostida mol yetkazib beruvchilar va pudratchi-
larga beriladigan bo‘naklar» schyotining 5110 «hisob raqami»
schyotining kreditiga yoziladi. 
D-t 4310 (A) K-t D-t 5110 (A) K-t
(+)
8000
Mol yetkazib beruv-
chilar omboridagi
materiallarning
ko‘payishi
(–)
8000
Debitor qarzlari-
ning kamayishi
5-misol. Hisob raqamidan a) qisqa muddatli ssuda uchun
bankka – 10 ming so‘m; b) korxona kassasiga – 15 ming so‘m.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jami 25 ming so‘m o‘tkazildi. Buxgalter quyidagi provodkalarni
qiladi:
D-t, 5110 (A) K-t D-t 6910 (P), K-t D-t 5010 (A) K-t
32
(–)
25000
Hisob raqamidagi
pulning kamayishi
(+)
15000
Kassadagi pulning
ortishi
(–)
10000
Bankka ssuda
bo‘yicha qarzning
kamayishi
Bu operatsiya natijasida hisob raqamidagi pul kamayadi, kas-
sada esa ortadi. Bir vaqtning o‘zida korxonaning bankka ssuda
bo‘yicha qarzi kamayadi. Ikkiyoqlama yozuv usuli muhim nazo-
rat ahamiyatiga ega, chunki bitta xo‘jalik yuritish operatsiyasi
teng miqdorda ikki marta – bir schyotning debetida, boshqasi-
ning esa kreditida aks etadi. Shuning uchun bir operatsiya miq-
dori ma’lumotlaridagi farq yo‘l qo‘yilgan xatoni bildiradi.
5.2. AKTIV VA PASSIV SCHYOTLARNI SALDOLASH
Hisobning har bir obyekti hamda mablag‘lar va manbalar-
ning har bir turi uchun alohida schyotlar ochiladi. Debet va
kredit bo‘yicha yozilgan muomalalar summalarining jami aylan-
ma (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd etil-
gan summalar bilan uning boshqa tomonida ko‘rsatilgan sum-
malar o‘rtasidagi farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi.
Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki aksinchami ekanligiga
qarab, debetli yoki kreditli bo‘lishi mumkin. Yangi qoldiqni
aniqlash uchun avval mablag‘larni ko‘payganligini ko‘rsatuvchi
aylanma summani boshlang‘ich qoldiqqa qo‘shiladi, so‘ngra
uning kamayishini aks ettiruvchi aylanma summasi ayirib tash-
lanadi. Agar qoldiq bo‘lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi.
Aktiv va passiv schyotlarning ta’rifi shaklini keltiramiz.
Aktiv schyot ta’rifining shakli
D-t K-t
Cb
+
Ay.d Ay.k
Co
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu yerda:
Cb-boshlang‘ich saldo
Ay.d-debetlik aylanma
Ay.k-kreditlik aylanma
Co = Cb + Ay.d – Ay.k
Passiv schyot ta’rifining shakli
D-t K-t
Cb
+
Ay.d Ay.k
Co
Co=Cb + Ay.k – Ay.d
Mablag‘lar va ularning manbalari qoldiqlarining o‘zgarishla-
rini schyotlarda aks ettirilishini (tarixiy shaklda) misollarda
ko‘rib chiqamiz. 
Misol. «Kassa» moddasi korxonaning naqd pullarini aks etti-
radi. Faraz qilaylik, kassada 200 so‘m bor. Xo‘jalik mablag‘lar
balansning aktivida ko‘rsatilgani bois, schyotlarda ularning
qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul qilingan. Demak, 200
so‘m qoldiqni «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak.
Shuningdek, korxonada shunday muomala sodir bo‘lganki,
ularning natijasida kassaga birinchi natija bo‘yicha 500 so‘m
uchinchi muomala bo‘yicha 3000 so‘m kelib tushgan; kassada
ikkinchi muomala bo‘yicha 600 so‘m va to‘rtinchi jarayon yuza-
sidan 2800 so‘m chiqib ketgan (sarflangan). Pullarning kelib
tushishi (ko‘payishi)ni «Kassa» schyotini debetiga, ularning chi-
qib ketishi (kamayishi)ni uning qarama-qarshi tomoniga – kre-
ditiga yozish kerak. Bu, kassadagi mablag‘lar harakatining
yakunlarini hisoblab chiqishda naqd pullarni kelib tushishini
qoldiqqa qo‘shish, chiqib ketishni esa ayirish uchun kerak.
Balans ikki qismga bo‘lingan jadval shaklida tuziladi. Chap
tomoni aktiv deyiladi — unda xo‘jalik mablag‘lar turlarining
holati aks ettiriladi.
33
2 – 3876
www.ziyouz.com kutubxonasi


O‘ng tomoni passiv deyiladi — unda mablag‘larning paydo
bo‘lish manbalari va qanday maqsadga ishlatilishi aks ettiriladi.
Balansning aktivida ham, passivida ham uchtadan bo‘lim
bor.
Aktiv:
Asosiy vositalar va qo‘yilmalar.
Zaxiralar va xarajatlar.
Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va har xil aktivlar.
Passiv: 
Korxona o‘z mablag‘larining manbalari. 
Kreditlar va boshqa qarzga olingan mablag‘lar.
Hisob-kitoblar va har xil passivlar.
1 - j a d v a l
BALANS
Aktiv
Passiv
34
Tartib
raqami
1
Xo‘jalik
mablag‘lari
va ularning
joylanishi
2
Jami
(ming
so‘m)
3
Tartib
raqami
4
Xo‘jalik
mablag‘larining
tashkil topish
manbalari
5
Jami
(ming
so‘m)
6
Buxgalteriya balansining ikkala tomoni ham bir qancha
moddalarga bo‘linadi.
Nazorat savollari:
1. Buxgalteriya hisobidagi ikkiyoqlama yozuvning mohiyati nimada?
2. Schyotlar korrespondensiyasi deb nimaga aytiladi? 
3. Xo‘jalik yuritish operatsiyasini schyotlarda ikkiyoqlama yozuv usuli
bilan ifodalanishiga misollar keltiring.
www.ziyouz.com kutubxonasi


6 - B O B. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING 
TASNIFLASH ASOSLARI
Schyotlar tizimi deb xo‘jalik yuritish operatsiyalarida ifo-
dalash va joriy nazorat o‘tkazish uchun buxgalteriya schyotlarini
iqtisodiy belgilariga ko‘ra guruhlash usuliga aytiladi.
Schyotlar buxgalteriya hisobining asosiy elementlaridan
biri bo‘lib, uning iqtisodiy obyektlarini guruhlash, moddiy va
pul mablag‘lari harakatini aks ettirish, ularning hosil bo‘lish
mahbalarining xo‘jalik yuritish operatsiyalarini bajarishdagi
ahvolini buxgalteriya hisoblarida aks ettirish usulidir. Iqtisodiy
mohiyatiga ko‘ra schyotlarni tasniflash ular (berilgan schyot-
larda) hisobga olinishini ko‘rsatadi (6.1-sxema).
6.1. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING TIZIMI.
SCHYOTLARNING TURLARI VA ULARNING TAYINLANISHI
Buxgalteriya schyotlari — xo‘jalik obyektlarining xo‘jalik
jarayonidagi harakatini tartibga solib, hisob olish va nazorat qi-
lish usulidir. Amalda schyotlar jadval, kartochka yoki daftar
varag‘i shaklida bo‘lib, u ikki qismga bo‘linadi. Uning chap qismi
«Debet», o‘ng qismi esa «Kredit» deb ataladi. 
Debet so‘zi lotincha «debet» so‘zidan olingan va tarjimasi «u
qarzdor» degani.
Kredit so‘zi «kredit» — «ishondi» degani.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini quyidagicha tarzda ifodalash
mumkin:
D-t schyotning nomi K-t
Hisobot davrining boshiga ma’lumotlar balansning aktiv
va passiv qismlarining moddalaridan olib yoziladi. Bular
schyotlarning boshlang‘ich saldosi (qoldig‘i) deyiladi. Hisobot
davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarining summasini
hisobga olgan schyotlarning debet tomonidagi jami «Debet
bo‘yicha oborot», kredit tomonidagi jami «Kredit bo‘yicha
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


oborot», umuman schyotlar bo‘yicha jami esa «Oborotlar»
deb ataladi.
Buxgalteriya schyotlari aktiv va passiv schyotlarga bo‘linadi. 
Aktiv schyotlarda xo‘jalik mablag‘lari aks ettirilsa, passiv
schyotlarda ularning manbalari aks ettiriladi. 
Aktiv schyotlarning debetida xo‘jalik mablag‘larining ko‘pa-
yishiga olib keluvchi xo‘jalik operatsiyalari ko‘rsatiladi, kreditida
ularning kamayishiga olib keluvchi operatsiyalar ko‘rsatiladi.
Passiv schyotlarda esa aksi bo‘ladi.
Aktiv schyotlarda qoldiq har doim uning debetida bo‘lsa
(debetli qoldiq), passiv schyotlarda uning kreditida (kreditli
qoldiq) bo‘ladi.
Aktiv schyotlarda boshlang‘ich qoldiq bo‘lmasa, u holda eng
avval debetda aks ettirilgan operatsiya yozilishi kerak. Passiv
schyotlarda esa avval kreditda aks ettirilib, so‘ngra debetiga yozi-
ladigan operatsiyalar aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari o‘zlarining tayinlanishi va
tuzilishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Asosiy schyotlar.
Tartibga soluvchi schyotlar.
Taqsimlovchi schyotlar.
Kalkulyatsiya schyotlari.
Taqqoslovchi schyotlar.
Balansdan tashqaridagi schyotlar.
1. Asosiy schyotlar.
Korxona qanday mablag‘larga ega va ular qanday manbalar-
dan tashkil topganligi hamda hisob-kitob munosabatlari haqida-
gi ma’lumotlar bilan ta’minlashi uchun asosiy schyotlar kerak.
Asosiy schyotlar, o‘z navbatida, korxonaning mehnat vositalari,
aylanma mablag‘lari va muomala munosabatlarini hisobga olish
schyotlariga bo‘linadi.
Masalan: «Materiallar» A;
«Nizom fondi» P;
«Zaxira fondi» P;
«Qisqa muddatli qarzlar» va h.k.
«Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar»
schyoti — aktiv-passiv schyot.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Tartibga soluvchi schyotlar boshqa buxgalteriya schyot-
larida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarni tartibga solish uchun xiz-
mat qiladi. Ular ikki guruhga: kontrar schyotlar va to‘ldi-
ruvchi schyotlarga bo‘linadi.
Kontrar schyotlar ham ikki guruhga: kontraktiv schyotlar va
kontrpassiv schyotlarga bo‘linadi.
Kontraktiv schyotlar balansning passiv qismida aks ettirilgan
xo‘jalik mablag‘larining summasini tartibga soladi. Kontraktiv
schyotlarga «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy
aktivlarning eskirishi» va «Kam baholi va tez ishdan chiqadigan
buyumlarning eskirishi» schyotlari kiradi.
Kontrpassiv schyotlar balansning aktiv qismida alohida mod-
dalar sifatida ko‘rsatilib, balansning passivida aks ettirilgan
ma’lum schyotlarning qoldiqlarini tartibga soladi.
Masalan: «Foydani ishlatish» schyoti. Bu passiv schyoti
«Hisobot yilining foydasi» ga qarshi turadi. 
To‘ldiruvchi schyotlar ma’lum xo‘jalik operatsiyalarini alohi-
da-alohida hisobga olib, keyinchalik asosiy schyotlardagi ma’lu-
motlarga qo‘shish uchun xizmat qiladi.
3. Taqsimlovchi schyotlar, korxonaning ba’zi bir xarajatlarini
hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davr-
lari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi.
Taqsimlovchi schyotlar o‘z navbatida yig‘ib taqsimlovchi schyot-
larga bo‘linadi.
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi
xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqti-
sodiy mazmuniga qarab guruhlash va ularni kalkulyatsiya obyekt-
lari o‘rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan
mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi. 
Bu schyotlarga «Umumishlab chiqarish xarajatlari», «Umum
xo‘jalik xarajatlari» va boshqa aktiv schyotlar kiradi.
Bu schyotlarda qoldiq bo‘lmaydi va ular buxgalteriya balan-
sida alohida moddalar sifatida aks ettirilmaydi.
Hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlovchi schyotlar ma’lum
xo‘jalik jarayonida qilingan xarajatlarni hisobga olish va kelgusi
oylar yoki yillar ichida bu xarajatlarni teng summalarda taqsim-
lash yo‘li bilan ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shish uchun xiz-
mat qiladi.
4. Kalkulyatsiya schyotlari ishlab chiqarilgan mahsulot,
bajarib topshirilgan ish va qilgan xizmatlarning tannarxini
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


aniqlash maqsadida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni
umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Qoldiq bu schyotlarning
faqat debetida bo‘ladi.
Kalkulyatsiya schyotlariga «Asosiy ishlab chiqarish», «Yor-
damchi ishlab chiqarish», «Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va
xo‘jaliklar» hamda boshqa schyotlar kiradi.
Bu schyotlarning (D-t)ida ishlab chiqarishga qilingan
turli-tuman xarajatlar yoziladi, (K-t)da ishlab chiqarishdan
olingan mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi, ish-
lab chiqarishdan foydalanilmagan moddiy qiymatlarning
omborga qaytarib olinishi va boshqalar aks ettiriladi.
5. Taqqoslovchi schyotlar muayyan jarayonni xarak-
terlovchi ikkita har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun xiz-
mat qiladi. Bu «Mahsulot (ish, xizmat)ni sotish», «Ishlab
chiqarishdagi yaroqsizlik (brak)», «Foyda va zararlar» va
boshqa schyotlardir.
Agar korxonaning hisobot yili ichida olgan foyda sum-
masi ko‘rgan zararlar summasidan ko‘p bo‘lsa, u holda
«Foyda va zararlar» schyoti passiv bo‘lib, uning qoldig‘i ba-
lansning passiv qismida «Hisobot yilining foydasi» deb atal-
gan moddada ko‘rsatiladi. Agar korxonaning hisobot yili ichi-
da olgan foyda summasidan ko‘rgan zararlari summasi ko‘p
bo‘lsa, u holda bu schyot aktiv bo‘lib, uning qoldig‘i ba-
lansning aktiv qismida «Hisobot yilining zararlari» moddasi-
da ko‘rsatiladi.
6. Balansdan tashqaridagi schyotlar. Korxonaning vaqtin-
cha ixtiyorida turgan mol-mulkni hisobga olish uchun bux-
galteriya hisobida bu schyotlar qo‘llaniladi. Bu schyotlarda
yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. Ular hech qanday schyot-
lar bilan aloqa qilmaydi. Bu schyotlarda ijaraga olingan
asosiy vositalar, mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar,
montajga qabul qilingan asbob-uskunalar, zararga o‘tkazilgan
to‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning qarzi va boshqalar hisob-
ga olinadi.
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


Schyotlarni tuzilish belgilari bo‘yicha guruhlashda har bir
schyotda debet va kredit ifodalanishi, uning qoldiqlari xarakteri
aks etadi.
39
Ishlab chiqarish
xarajatlari, zaxiralari
va asosiy vositalar 
schyoti
Tayyor mahsulot va
sotish, pul
mablag‘lari
(Debitor qarzlar)
schyoti
Moliyaviy natijalar,
zaxiralarni
moliyalashtirish,
Mablag‘lar
va jarayonlar 
schyoti
Buxgalteriya
hisobi
schyoti 
Mablag‘lar
manbalari
schyotlari
Ishlab
chiqarish
jarayoni 
schyoti 
Muomala 
jarayoni 
schyoti 
Taqsimlash
jarayoni 
schyoti 
Pul
mablag‘lari
manbalari
schyoti
Jalb qilin-
gan vosita-
larning
manbalari
schyotlari
6
6
6
6
6
6
6
6
6
6
6
6
Kredit, kreditorlik
qarzlari, majburiyat-
larni taqsimlash
bo'yicha schyotlari
6
6.2. SCHYOTLARNI IQTISODIY MOHIYATIGA 
KO‘RA TASNIFLASH
6.1-sxema
www.ziyouz.com kutubxonasi


Schyotlarni joylashish strukturasi bo‘yicha tasniflash.
6.2-sxema
40
6
6
6
6
6
6
6
6
6
6
Asosiy
schyotlar
Inventarli fond
hisob-kitoblari
qoniqarli 
qo‘shimchali,
kontrar
qo‘shimchali
Boshqaruvchi
schyotlar
Balanslashgan
Moliyaviy 
natijalangan
Kalkulyatsiya
schyoti
Xo‘jalik
mablag‘lari
schyotlari
Xo‘jalik
jarayonlari
schyoti
Buxgalteriya hisobi
Taqsimlash
schyotlari
Yig‘uvchi
taqsimlanuvchi
schyotlari,
budjet
taqsimlanuvchi
Xo‘jalik (yuritish) mablag‘lari schyoti.
Asosiy schyotlar xo‘jalik yuritishning mavjud mablag‘lari
harakatlari va ularning manbalarini hisobga olishga mo‘ljallan-
gan.
Inventar schyotlar — moddiy va pul mablag‘larining
harakati va nazoratini debetda ularning tushushini, kreditga-
chiqishining mavjudligini ifodalash uchun xizmat qiladi. Qoldiq
korxonada mablag‘ mavjudligini ko‘rsatadi. Inventar schyotla-
rining alohida xususiyatlari har qanday ma’lumot schyotlaridagi
qoldiqni inventarizatsiya yo‘li bilan tekshirish mumkinligidir
(natura hamda qayta hisoblash) – 0110–0199; 5010–5020; 5110.
Jamgarma schyotlaridan korxona jamgarmalari ahvoli va
o‘zgarishlarini hisoblashda foydalaniladi – 8300–8910;
9010–9910.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hisob-kitob schyotlari korxonaning debitorlar va kreditorlar
bilan hisob ishlarini olib borishga xizmat qiladi. Aktiv va passiv
hisob-kitob schyotlari bo‘ladi.
Aktiv hisob-kitob schyotlari korxonaning debitorlar bilan
hisob ishlarini olib borishi uchun xizmat qiladi. Bu schyotlarga
debet bo‘yicha debitor qarzdorlik miqdorining oshib borishini,
kredit bo‘yicha esa ularning kamayishi miqdorlari yoziladi. Bu
schyotlarda qoldiq korxona Debitorlarining qarz miqdorlarini
ifodalaydi — 4800.
Passiv hisob-kitob schyotlari korxonaning kreditorlik qarzlari
yoki majburiyatlarini hisob-kitob qilishga mo‘ljallangan. Kredit
bo‘yicha bu schyotlarga qarzlar yoki majburiyatlarning ortishi
kredit bo‘yicha esa to‘langanligi uchun qarzlar yoziladi –
6900–7900.
Boshqaruvchi (tartibga soluvchi) schyotlar korxonadagi vosi-
talarning qiymatini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu schyotlarni
qo‘llash asosiy vositalarning nafaqat boshlang‘ich qiymatini balki
qoldiq qiymatini ham aniqlashga imkon beradi – 0211–0299;
0510–0590.
Xo‘jalik jarayonlari schyotlari.
Taqsimlash schyotlari korxonaning ayrim sarf-xarajatlarini
nazorat qilish va ularni taqsimlash uchun mo‘ljallangan. Ular
yig‘uvchi taqsimlanuvchi va budjet taqsimlanuvchi bo‘ladi.
Yiguvchi taqsimlanuvchi schyotlar keyinchalik kalkulatsiya
obyektlariga taqsimlash maqsadida xo‘jalikda birorta ish yuritish
jarayoni bo‘yicha chiqimlarni yig‘ishga mo‘ljallangan.
Kalkulyatsiya schyotini tayyorlangan materiallar, ishlab
chiqilgan va sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
xizmat tannarxini hisoblab chiqish maqsadida xo‘jalik jarayonlari
bilan bog‘liq chiqimlarni aks ettirishga xizmat qiladi. Bu schyot-
larning hammasi aktiv – 2110; 2310; 2510.
Moliyaviy natijalangan schyotlar xo‘jalik faoliyatining
moliyaviy natijalarini aniqlashga mo‘ljallangan 9000–9900.
6.3. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING REJASI
Buxgalteriya hisobiga tegishlicha tashkil qilish uchun kor-
xonada moliya xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari
rejasida, uni amalda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalardan to‘g‘ri
foydalanish juda katta ahamiyatga ega. 
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


Buxgalteriya hisobi schyotlari rejasida moliyaviy element-
larga muvofiq ruhlantirilgan schyotlarning aktivlar, majburiyat-
lar, kapital tushum va chiqimni umumlashtiradi.
2002-yil 23-oktabrda 1181-sonli raqami bilan ro‘yxatga olin-
gan 21-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartlariga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasida 2002-yilning 1-yanvarida yangi
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya xo‘jalik faoliyatining bux-
galteriya hisoblari schyotlarining rejasi» bosqichma-bosqich
amalga oshirilmoqda. Bu O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga
o‘tish yo‘lidagi oxirgi yakunlochi qadamidir. Bu standart O‘zbe-
kiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun-
ning 5-moddasiga mos holda ishlab chiqilgan. 
Buxgalteriya hisobi schyotlarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsat-
malar xo‘jalik yuritish operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuri-
tish qoidalariga mos ravishda buxgalteriya schyotlarida aks
ettirishni belgilaydi, shuningdek, schyotilarning iqtisodiy maz-
muni va vazifalariga qarab, ular bo‘yicha tavsiflar keltiradi. Har
bir schyot uchun buxgalteriya schyotlari bilan korresponden-
siyalar keltirilgan. 
Buxgalteriya hisobi schyotlarining namunalari rejasiga asosan
korxonaning bosh buxgalteri ushbu korxonada foydalanish uchun
schyotlarning ish rejasini tuzadi. Bu reja korxonaning hisob
schyot bo‘yicha buyruqdan o‘tkazilib, tasdiqlanadi. Schyotlar-
ning ish rejasida schyot oz yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Biroq
guruhlashtirilgan schyot korxona faoliyatiga mos holda barcha
xo‘jalik yuritish operatsiyalarining hisobini ta’minlashi kerak. 
Buxgalteriya hisobi schyotining rejasi budjetdagi muassasalar
bank tizimidan tashqari xususiylik shaklidan qat’i nazar xalq
xo‘jaligi tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik hisobidagi
korxonalar uchun majburiy hujjatdir. 
Schyotning yangi rejasining 1–8-qismlarida doimiy yoki ba-
lans 9-tranzit yoki vaqtinchalik schyotlari joylashtirilgan (1–8-
qismlar balans qurilishiga mos ravishda, 9-moliyaviy natijalar
hisobotlarga mos holda). Schyot to‘rtta belgili raqamlardan ibo-
rat bo‘lib, korxona iste’molchilarning talabi bilan yangi schyot
bilan to‘ldirish imkoni berilgan. 
Schyotlarning yangi rejasini quyidagi holda tasavvur qilish
mumkin:
1-qism. Bu bo‘lim schyotlari quyidagilar haqidagi ma’lumot-
larni umumlashtirishga bag‘ishlangan:
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


— o‘rnatilgan tartibga muvofiq asosiy mablag‘larga kiruvchi
korxonaga taalluqli va mehnat vositalarini moliyaviy lizingi
bo‘yicha shartnoma bilan olingan mavjud bo‘lgan, harakatlar va
eskirganlik;
— nomoddiy aktivlarga egalik huquqi bo‘yicha korxonaga
tegishli mavjud, harakatdagi va eskirganlik;
— qurilmalardagi mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqaril-
gan mavjud (asbob-uskunalar) va ularning harakati;
— tarmoq assotsiyalashgan korxonalar va tobe jamiyatning
qimmatbaho qog‘ozlardagi uzoq muddatli investitsiyalari;
— sarflangan mablag‘larning hamma turlari;
— olingan veksellar bo‘yicha hisobotlarning uzoq muddatli
qismlari, moliyaviy lizing olish uchun schyot, tushum uchun
kechiktirilgan soliqlar, bo‘lg‘usi davr uchun chiqimlar va boshqa
debitorlik qarzlari.
2-qism. Mavjud bo‘lgan va harakatdagi ma’lumotlarni
umumlashtirish ko‘zlangan:
— ishlab chiqarish jarayonida yoki ish bajarish, xizmat
ko‘rsatishga mo‘ljallangan xomashyo zaxiralari, materiallar, xari-
dorga yarim fabrikatlar, komplekslovchi buyumlar, yoqilg‘i,
ehtiyot qismlar boshqa materiallar arzon va tez eskiradigan pred-
metlar.
3-qism. Mazkur hisobot davrida umumlashtirilgan biroq kel-
gusi hisobot davrining joriy qismiga taalluqli chiqimlar haqidagi
umumlashtirilgan ma’lumotlar. Bu schyotda qisman quyidagilar
bilan bog‘liq chiqimlar aks etishi mumkin:
— davriy matbuot nashrlari uchun yillik obuna miqdori;
— jihozlarning yillik sug‘urta to‘lovi;
— kelgusi davr uchun ijara haqi badallari va kelgusida tan-
narxga taalluqli bo‘lgan boshqa xarajatlar.
4-qism. Xaridorlar va buyurtmachilardan debitor qarz sifati-
da olingan veksellar va turli jismoniy va yuridik shaxslarga beril-
gan bo‘naklar, shuningdek, bo‘linmalardan alohida balanslarda
ajratilgan va olish haqidagi schyot, xodimlarning, ta’sischilarning
va boshqa turli debitorlarning qarzlari.
5-qism. Ushbu qism schyotlari korxonadagi mavjud va
harakatdagi milliy va chet el valutasidagi valutalar, kassalarda,
hisob raqamlarida, mamlakatimiz va chet ellardagi hamda
boshqa banklar schyotlaridagi qisqa muddatga qo‘yilgan qim-
matbaho qog‘ozlar, shuningdek, to‘lov va pul hujjatlari haqidagi
ma’lumotlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan.
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


6-qism. Ushbu qism hisob schyoti korxonaning turli yuridik
va jismoniy shaxslar bilan hamma turdagi majburiyatlari haqida-
gi ma’lumotlarni umumlashtirishga qaratilgan. 
Majburiyat – hisobot va kelgusi davrlarda kelib chiquvchi
kreditorlik va boshqa qarzlardir. Uning tugatilishi (tartibga soli-
nishi) iqtisodiy foydani, ya’ni aniq aktivlarni kamaytirishga olib
keladi degan fikrlar bor. Majburiyatlar korxona tomonidan turli
bitimlar tuzish natijasida paydo bo‘ladi va kelgusida tovarlar
to‘lovlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun yuridik
asos bo‘lib hisoblanadi. 
1-sonli buxgalteriya hisobining umumiy standartlariga
(BHMS) «Hisob schyoti va moliyaviy hisobot»ga ko‘ra majburi-
yatlarga berilgan asosiy baho aktivlar paydo qilgan tannarx yoki
qiymatdir. 
Majburiyatlar qisqa muddatli (joriy) va uzoq muddatli
bo‘lishi mumkin. Joriy majburiyat kreditorning talabi bilan bir yil
ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatdir. To‘lash muddati
bir yildan oshgan majburiyatlar uzoq muddatli deyiladi. 
7-qism. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga quyida
ko‘rsatilganlar uchun uzoq muddatli majburiyatlarni umum-
lashtiruvchi ma’lumotlar haqida:
— korxonaga taqdim etilgan, lekin haqi to‘lanmagan tovar-
moddiy boyliklar, xizmatlar yoki asbob-uskunalar uchun;
— hisob-kitob rejali to‘lov asosida amalga oshiriladigan
tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar;
— qabul qilish paytida ortiqchaligi ma’lum bo‘lgan moddiy
boyliklar uchun;
— tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan ta-
riflarning to‘lamaganlik yoki keragidan ortiq to‘laganlik va aloqa
xizmatlarining barcha turlari uchun. 
8-qism. Bu qismdagi schyotlar korxonaning qonunchilikka
muvofiq yoki ta’sischilik hujjatlari bilan tashkil qilingan
jamg‘arma va zaxiralarini qo‘shgan holdagi xususiy kapitalining
ahvoli va harakati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga
mo‘ljallangan. 
Xususiy kapital aktivlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt
majburiyatlarining farqlarini namoyon etadi. O‘z navbatida
xususiy kapital 2 toifaga bo‘linadi. Bular investitsiyalangan
(qo‘yilgan) kapital va taqsimlanmagan foydadir. Xusuiy kapital
egasi tomonidan ishlab chiqilgan yoki qo‘shilgan faoliyatlar
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo‘shimcha investitsiyalar evaziga ham ko‘payishi yoki kamayishi
mumkin.
9-qism. Tayyor mahsulot va tovarlarni sotishdan olingan
foyda haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish. Bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmat shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi,
sotuv va narxdan chegirmalar haqida.
Asosiy faoliyat (operatsiyalar) hisobi mos keluvchi schyotlari
sotish bo‘yicha sof daromad (foydalar) tarzida ifodalanadi:
— sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalar ishlab
chiqargan xususiy tayyor mahsulotlari va yarim fabrikatlari;
— sanoat xarakteridagi ishlar va xizmatlar bo‘yicha;
— sanoat xarakterida bo‘lmagan ishlar va xizmatlar;
— sotib olingan buyumlar (komplektlash uchun sotib olin-
gan);
— qurilish, montaj, loyiha, qidiruv, ilmiy-tadqiqot va boshqa
ishlar;
— savdo, ta’minot va tarqatish bo‘yicha tovarlar uchun;
— korxona transportlarida yuk va yo‘lovchilarni tashish xiz-
matlari;
— yengil avtomobillarni ijaraga berish va avtomobillarni olib
kelish (peregon) xizmatlari uchun;
— transport-ekspeditsiya va yuk tashish-tushirish opera-
tsiyalari;
— aloqa korxonasi xizmati va boshqalar.
Nazorat savollari:
1. Buxgalteriya hisobi schyotlari qaysi belgilari bo‘yicha tasnif qilinadi?
2. Buxgalteriya ma’lumotlari sintetik hisobining mohiyati va ahamiyati
nimadan iborat?
3. Buxgalteriya hisobi rejasining qismlariga qisqacha tafsifnoma bering.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


7-B O B. HISOB REGISTRLARI VA TIZIMLAR
7.1. BOSHLANG‘ICH HUJJATLAR
Buxgalteriyada boshlang‘ich kuzatishlar xo‘jalik yuritish
operatsiyasi (XYO) dagi kuzatilayotgan faktlar haqidagi ma’lu-
motlarni qayd etish va navbatdagi ishlovlar uchun o‘tkaziladi.
Kuzatishlar jarayonida:
— xo‘jalik yuritish jarayoni faoliyatidagi faktlar ta’riflanadi;
— moddiy va elektron tarqatuvchilardagi ular haqidagi ma’-
lumotlar qayd etiladi;
— ma’lumotlarga kelgusida yana ishlov berish uchun buxgal-
teriya hisobi tizimiga beradi.
Buxgalteriya kuzatuvining boshlang‘ish birligi — korxona
mablag‘larining tafsifnomasini va ularning omillarini o‘zgartirish
orqali xo‘jalik-huquqiy munosobatlarning paydo bo‘lishiga,
o‘zgarishi yoki tugallanishiga olib keluvchi faktdir.
Xo‘jalik faoliyati fakti haqidagi axborotli ma’lumotlar bosh-
lang‘ich, ikkilamchi (jamlanma), ma’lumot tarqatuvchi turli
mashinalar, maxsus ro‘yxatdan o‘tkazuvchi apparatlar va boshqa
ko‘rinishlarda buxgalteriyaga kelib tushishi mumkin.
7.2. HISOB REGISTRLARI
Hisob registrlari — hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishga
mo‘ljallangan maxsus shakldagi jadvallardir. Ularda buxgalteriya
hisoblari va hisobotlarida aks ettirilishi lozim bo‘lgan
boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlar to‘planadi va tartibga
solinadi. Kompyuterdan foydalanganda tartiblash texnikasi
kompyuterda o‘tkazilib uning xotirasida saqlab qolinadi. Zarurat
tug‘ilganda ular qog‘ozga tushuriladi.
Hisob registrlaridagi yozuvlardan korxonaning xo‘jalik yuri-
tish faoliyatini nazorat qilishda, ishlab chiqarishni boshqarishda,
keyingi iqtisodiy tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish
bo‘yicha tavsiyalar tayyorlashda foydalaniladi.
Hisob registrlarida hujjatning raqami va operatsiyaning
qisqacha mazmuni ko‘rasatiladi, boshlang‘ich hujjat hisob re-
gistriga yopishtirib qo‘yib saqlanadi.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hisob registrlari ma’lumotlari bo‘yicha balans va hisobot
kalkulyatsiyalari qo‘shilgan holda buxgalteriya hisobi tayyorlana-
di. Hisobotlar hisob registrlari bo‘yicha to‘g‘riligini tasdiqlaydi-
gan boshlang‘ich hujjatlarga asoslanib yozilgan bo‘lsagina
ishonchli hisoblanadi.
Hisob yozuvlari xarakteri bo‘yicha hisob registrlari xrono-
logik (ro‘yxatga olish jurnali) va sistematik (sklad hisobi kar-
tochkasi, kassa daftari v.b)ga bo‘linadi.
Xronologik yozuv — XYO tugagandan keyingi, ko‘proq huj-
jatlar buxgalteriyaga kelib tushgandan keyin jarayon haqida izchil
va mufassal yozuvlar. Ular hisoblarning to‘liqliligini bir oylik
umumiy aylanmani aniqlash va hujjatlarni saqlanishini nazorat
qilish ahamiyatiga ega.
Sistemali (tartibli) registrlar xo‘jalik yuritish operatsiyalarini
ma’lum bir tartibga solish (guruhlash)ga mo‘ljallangan. Masalan,
asosiy kitobga schyot korrespondentsiyalari ko‘rsatilgan holda
hamma sintetik schyotlar yoziladi.
Registrlar mazmuni, hajmiga ko‘ra sintetik va analitik (re-
gistrlar) bo‘linmalariga ajraladi.
Sintetik hisob registrlari XYO larni umumlashtirilgan va
faqat pul shaklida (tushuntirish matnsiz, faqat buxgalteriya
provodkalarining sanasi, nomeri va miqdori ko‘rsatiladi) gi ifo-
dasidir.
Tahlily hisob registrlaridan bir xil ko‘rinishdagi opera-
tsiyalarni pul va natural shaklda alohida tahliliy schyotlarda aks
ettirishda foydalaniladi. Tahliliy registrlarda yozuvlar batafsil,
bunda esa qisqacha mazmuni keltiriladi.
Tuzilish shakliga qarab biryoqlama, ikkiyoqlama va shaxmat
ko‘rinishidagi registrlar farqlanadi.
Biryoqlama registrlar — moddiy boyliklar, hisob-kitob va
boshqa operatsiyalar uchun turli kartochkalar. Ularda debetli va
kreditli yozuvlarning alohida banklari qo‘shiladi.
Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
47
Sana
Operatsiya
nomeri
Yozuvlar
mazmuni
Tushum,
so‘m
Chiqim,
so‘m
Qoldiq,
so‘m
Registrning ikkiyoqlama shaklida yozuvlar alohida— chapga
tushum, o‘ngga chiqim bo‘yicha xarajatlar yoziladi.
Yozuvlarning alohida bo‘lishi tushum va chiqim miqdorini
www.ziyouz.com kutubxonasi


48
Sana
Opera-
tsiya ¹
Yozuv
maz-
muni
Miqdor,
so‘m
Sana
Opera-
tsiya ¹
Yozuv
maz-
muni
Miqdor,
so‘m
Tushum
Chiqim
Registrning shaxmat ko‘rinishdagi shakli quyidagi ko‘ri-
nishda bo‘ladi va unda gorizontal bo‘yicha debetlanadigan, ver-
tikal bo‘yicha kreditlanadigan schyotlar joylashadi.
Schyotlar
debeti
Schyotlar krediti
1010
2010
4010
5110
6010
v.b
1010
2010
80000
4010
150000
5110
v.b.
hisoblashda yengillik tug‘diradi, biroq bu holda chiqim bo‘yicha
yozuvlar tushumga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Ikkiyoqlama registr quyidagi shaklda bo‘ladi.
Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi bo‘yicha kartochkalar,
kitob (daftar) lar, mashinogramma v.b. ga tasniflanadi.
Kartochkalar qog‘oz yoki yupqa kartondan tayyorlanadi,
guruh va kichik guruhlarga ajratilib, alohida kartoteka qutilarida
saqlanadi.
Kitoblar ip bilan tikilgan va sahifalari maxsus grafalarga
bo‘linib, raqamlangan bo‘ladi. Uning hamma sahifalari oldindan
raqamlanib, oxirida necha sahifaligi ko‘rsatiladi va rahbar bilan
bosh buxgalter imzo qo‘yadi.
Yig‘ma varaq alohida yoki skrepkalangan bir necha varaqda
bo‘lib, papkalarda saqlanadi.
Mashinogrammalar – kompyuter texnikasida yozilgan hisob
registrlari. Ba’zan yig‘indilarni noto‘g‘ri hisoblash, raqamlarni
noaniq yozish tufayli hisob registrlarida xatolarga yo‘l qo‘yilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


mumkin. Bunday xatolarni to‘g‘rilash zarur. Xatolarni tuzatish-
ning bir necha usuli mavjud.
Korrektlash usuli registrda umumiy jamlanma qilingunga
qadar xato aniqlanganda qo‘llaniladi. Xato yozuvning ustiga
chiziq tortilib, uning ustiga to‘g‘ri miqdor yoziladi. Bunda
o‘chirilgan yozuv aniq, o‘qiladigan holda ko‘rinib turishi kerak.
Xato to‘g‘rilanganligi uni to‘g‘rilagan shaxs imzosini tasdiqlovchi
hujjat bilan, hisob registrlarida esa to‘g‘rilagan shaxs imzosi bilan
tasdiqlanadi. Izoh hisob registrlarining chetiga, yozuvi to‘g‘rilan-
gan qator to‘g‘risiga yoziladi.
Qo‘shimcha yozuv usuli schyot korrespondensiyalari buzil-
magan, lekin zarur bo‘lganidan kam yozuv yozilganda qo‘llani-
ladi. Bunday hollarda to‘g‘ri va noto‘g‘ri miqdor orasidagi farq
bo‘yicha ana shu korrespondensiyaga qo‘shimcha yozuv yoziladi.
«Qizil alanga (srochno)» usuli schyotlarning noto‘g‘ri kor-
respondensiyasini to‘g‘rilash yoki to‘g‘ri miqdor xato miqdordan
kam bo‘lganda qo‘llaniladi. Bunda xatoni to‘g‘rilash uchun ikki-
ta schyot korrespondensiyasi qilinadi. Bitta provodkada qizil
siyoh bilan noto‘g‘risi yoziladi. (Qizil siyoh bilan yozilishi izohni
bildiradi). Agar qizil siyoh bo‘lmasa, noto‘g‘ri miqdor chiziq
bilan o‘rab qo‘yiladi. Umumiy miqdor yozilganda qizil siyoh
bilan yozilganlar qo‘shilmaydi. To‘g‘ri yozuv oddiy siyoh bilan
bajariladi va umumiy yig‘indiga qo‘shiladi.
7.3. BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI
Buxgalteriya hisobi shakllarida o‘zaro aloqador hisob reyestr-
lari va buxgalteriya hisobi obyektlarining yig‘ilgan tartibda aks
ettirish tizimidir. Buxgalteriya hisobi shakllari uchun sintetik va
analitik schyot registrlarining tuzilmasi va o‘zaro aloqasi, XYO
larning davomiyligi va ularni ro‘yxatga o‘tkazish usullari bilan
xarakterlanadi.
Ayni paytda Respublikamiz korxonalarida buxgalteriya
hisobining soddalashtirilgan, memorial-orderli, jurnal-orderli,
avtomatlashtirilgan shakllari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi haqida»gi
qonunining 16-moddasiga muvofiq kichik va xususiy tadbir-
korlik subyektlari buxgalteriya hisoblarini soddalashtirilgan
shaklda yuritishlari mumkin. Kichik tadbirkorlik subyektlarining
hisob yuritishlari va hisobot tuzishlari tartibi Moliya vazirligi
tomonidan 23-noyabr 1999-yilda 87-raqam bilan tasdiqlangan
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


va BHMSda 20-son bilan belgilangan «Kichik tadbirkorlik
subyektlarining hisob-kitob yuritish va hisobot tuzishning sod-
dalashtirib olib yuritishlari haqida»gi qonunda belgilab qo‘yil-
gan.
Boshlang‘ich hujjatlarga asosan hamma XYO lar o‘z re-
gistrlarida quyidagi shaklda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yuritish operatsiyalari(XYO) reyestlari
50
t.r. Sana
Debet
Kredit
Boshlan-
g‘ich hujjat-
ning nomi va
tartib raqami
Operatsiya
mazmini
Miqdor
Schyotlar korres-
pondensiyasi
Keyin reyestr ma’lumotlari bo‘yicha XYO ning registratsiya
daftari to‘ldiriladi. U bog‘langan, nomerlangan va rahbar hamda
bosh buxgalterning imzosi bilan mustahkamlangan bo‘lishi
lozim.
Daftar har bir schyot bo‘yicha alohida hisob bilan hisobot
davridagi qoldiqlarni yozib ochiladi. 4-«Operatsiyalar mazmuni»
bandiga oy va xronologik davomiylikda har bir hujjatning kelib
tushishiga qarab operatsiya mazmuni yoziladi. Shu bilan birga
daftarning «Nazorat miqdor» bandida ro‘yxatga olingan har bir
miqdor bo‘yicha miqdorlar «Ikkiyoqlama yozuv»da ifodalanadi
va bir vaqtning o‘zida «Debet» va «Kredit» bandlari bo‘yicha
mol-mulkning turlari va ularning manbalari yoziladi.
Boshlang‘ich hujjatlardagi yoki XYO registratsiyasidagi
ma’lumotlar mos obyektlar hisobida BHMS 20-ilovasida kelti-
rilgan tarzda yoziladi:
— moliyaviy investitsiyalar hisobi (V-1);
— pul mablag‘lari hisobi (V-2);
— mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish bo‘yicha
hisob (V-3);
— hisobot beruvchi shaxslar bilan hisoblashuv (V-4);
— tovar moddiy zaxiralarni hisobga olish (V-5);
— mehnatga haq to‘lash hisobi (V-6);
— hisobot davri xarajatlari hisobi (V-7);
— asosiy vositalarning eskirishi va Nomoddiy aktivlar (V-8)
— xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashuv (V-9);
— jamlanma (V-10);
— sof daromad hisobi (V-11);
www.ziyouz.com kutubxonasi


Har bir XYO ikkitaga: biri schyotning debeti, ikkinchisi kre-
diti bo‘yicha yoziladi. Bularda, shuningdek, taxminiy hisob ham
yuritiladi.
Memorial-order shakli boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumot-
larni memorial-orderlarda aks ettiriladi.
2003-yil mart oyi uchun memorial-order
51
Yozish uchun
asoslar
Schyotning
debeti bo‘yicha
Schyotning krediti
bo‘yicha
Miqdor
Memorial-orderlar iloji boricha operatsiyalar tugaganligi
haqidagi boshlang‘ich hujjatlar asosida yoki ularni oldindan
yig‘ma tuzish yo‘li bilan guruhlashdan keyin tuziladi.
Memorial-order ma’lumotlari registratsiya jurnalida umum-
lashtiriladi.
Registratsiya jurnali 2005-y. mart uchun
Memorial-orderlarning
tartib nomerlari
Order sanasi
Miqdor
Keyin memorial-orderlar asosoiy kitob (daftar)ga yoziladi.
Asosiy kitob (daftar) yoyma, ikkiyoqlama jadval ko‘rinishda
bo‘ladi.
Asosiy kitob (daftar)
Debet
Schyot 5010 «kassa»
Kredit 
Sana
Memorial-order
nomeri
6990
5110
6520
6990
Debet bo‘yicha
jami
Sana
Memorial order
nomeri
5110
6710
4220
6990
Kredit bo‘yicha
jami
Schyotlar krediti
Debetlar krediti
Asosiy kitob bo‘yicha aylanmalar registratsiya jurnalidagi
hamma memorial-orderning jami yig‘indisi bilan solishtiriladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jurnal-order shaklidagi asosiy kitob quyidagicha ko‘rinishda
bo‘ladi. 
52
Jurnal-order shakli o‘zida kredit belgilari bo‘lgan ma’lumot-
larni to‘plashga, ya’ni oy davomida kredit bo‘yicha amalga
oshiriladigan barcha operatsiyalar yoki schyotlar guruhi bo‘yicha
ma’lumotlarni yig‘ishga asoslanadi. 
Jurnal-order shakli uchun ro‘yxatga olishning shaxmat
tarzidagi yozuvdan foydalanish xarakterlidir. Ayrim jurnal-
orderlarda sintetik hisob analitik hisob bilan qo‘shilib ketadi
(6-sonli jurnal-order, 7-sonli jurnal-order).
Schyotnng jurnal-order shaklida asosiy kitobda debet schyot-
lar va umumiy miqdor bo‘yicha schyot kreditlari bo‘yicha aylan-
malar yoyilgan holda ifodalanadi. Chunki kredit aylanmalarining
batafsil sharhi jurnal-orderning o‘zida berib bo‘lingan.
Oy
Debet
Kredit 
Debet bo‘yicha
aylanmalar
Debet
bo‘yicha
jami
Kredit
bo‘yicha
aylanmalar
Saldo
Asosiy kitob va boshqa buxgalteriya hisobi registrlari asosida
balans tuziladi. Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanmali tuzilmaydi.
Xo‘jalik amaliyotida elektron hisoblash mashinasining va
kompyuter texnikasining qo‘llanilishi buxgalteriya hisobining
yangi shakli «xotira»sida hisob ma’lumotlarini juda tez ishlash
jarayonini vujudga keltiruvchi, qog‘oz uchun ketadigan sarf-
xarajatlarini qisqartiruvchi avtomatlashtirishning usuli paydo
bo‘ldi.
Ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan shaklda XYO haqidagi
ma’lumotlar yo ish joylariga o‘rnatilgan periferik qurilmalarga
kelib tushadi yoki oddiy hujjatlar va hisob blankalarida bo‘ladi.
Yig‘ilgan ma’lumotlar kompyuterga kiritilib, ishlov beriladi va
umumlashtiriladi. Ma’lumotlarga ishlov berish xarakteri bu
jarayonni boshqaruvchi dastur bilan ta’minlanganlik va uning
to‘g‘riligini avtomatik tarzda tekshirishiga bog‘liq. Ishlov beril-
gan ma’lumotlar EHMga hisob uchun talab qilinadigan
mashinogramma tarzida kiritiladi.
Hisoblashning avtomatik usulidan foydalanish kam miq-
dordagi buxgalteriya xodimlaridan foydalanilgan holda qisqa
muddatda zarur ma’lumotlarni olish imkonini beradi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


53
Eng keng tarqalgan kompyuterdagi buxgalteriya dasturi
«1-S buxgalteriya»dir. Ayni kunlarda yana 8 ta tahlil ishlab
chiqarilgan.
Buxgalteriya hisobi hujjatli hisobdir. Schyotlarda yozilmagan
hujjatsiz qoidalar ham buzilishi mumkin emas.
Hujjat — amalga oshirilgan buxgalteriya hisobiga yuridik
kuch beruvchi xo‘jalik yuritish operatsiyalari haqidagi yozma
guvohnomadir.
Quyidagi sabablarga ko‘ra hujjatlarning ahamiyati juda katta:
— hisob yozuvchilarining manbayi hisoblanadi;
— XYO larning qonuniyligini va maqsadga muvofiqligining
nazorati uchun xizmat qiladi;
— ularning yordamida moddiy javoblar shaxslar faoliyatining
to‘g‘riligi nazorat qilinadi;
— korxonalar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida chiqqan nizo-
larni ko‘rishda guvohlik qiladi.
Hujjat oboroti — buxgalteriyaga tushuvchi boshlang‘ich huj-
jatlar tuzilishidan tortib to arxivga topshirilguniga qadar tekshirib
ko‘rishlar va ishlab chiqishlarni tashkil qiluvchi hisob tizimi.
Hisobga faqat to‘g‘ri to‘ldirilgan o‘rnatilgan standartlar
bo‘yicha hamma rekvizitlar to‘ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi.
Bunday rekvizitlar quyidagilardir:
— ko‘rxonaning nomi va rekvizitlari (manzili h/r xizmat
ko‘rsatuvchi bank, INN, OKNH);
— hujjatlar nomi;
— uning nomeri va sanasi;
— XYOning hujjatlariga javobgar mansabdor shaxsning ism
familiyasi, otasining ismi;
— XYO ma’lumotlariga javobgar shaxslarning shaxsiy
imzosi;
— XYO ning xarakteriga texnologiyasiga bog‘liq holda bosh-
lang‘ich hujjatlardagi hisob ma’lumotlarga ishlov berish boshqa
zarur rekvizitlarga ham kiritilishi mumkin.
Hujjatlardagi birinchi navbatdagi talablar:
— o‘z vaqtida tayyorlash;
— to‘liqlik va ishonchlilik;
— sifat va aniqlik.
Boshlang‘ich hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslar ro‘yxati rahbarining imzosi va buyrug‘i bilan rasmiy-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lashtiradi. Pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalarning hujjat-
larga korxona rahbari va bosh buxgalter yoki shu shaxslar
tomonidan vakolat berilganlar imzo qo‘yadilar.
Boshlang‘ich hujjatlar XYO shu yuz berayotgan paytdan uni
tugashi bilan tuzilishi kerak.
Hujjatlarning tasniflanishi
1) tuzilishining o‘rni bo‘yicha:
·
tashqi chiquvchi rasmiylashtirilgan va ta’minotchilardan,
buyurtmachilardan, soliq inspeksiyalari va boshqa tashkilot
hamda muassasalaridan;
·
ichki — korxona o‘zi ichida rasmiylashtirilgan.
2) vazifasi bo‘yicha:
·
boshqaruvchi — mazmunga ko‘ra idora qiluvchi ko‘rsatma
beruvchi, biror-bir XYOni bajarish bo‘yicha buyruqlar;
·
aralash (kombinatsiyali)— mazmuniga ko‘ra boshqaruvchi
va oqlash xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar;
·
buxgalteriya ijro hujjatlari — buxgalteriya xodimlari tomo-
nidan xo‘jalik yuritish operatsiyalarini buxgalteriya xizmat-
larini rasmiylashtirishda tuziladi.
3) qamrab olish xususiyati bo‘yicha:
·
bir martalik hujjatlar — XYO bir martagina amalga oshirib
yakunlanganda tuziladi;
·
jamlangan hujjatlar — hisobning bir obyektiga XYO
bo‘yicha hujjatlarni bir davrda yig‘ish yo‘li bilan tuziladi.
4) xo‘jalik yuritish operatsiyalarini aks ettirish hajmi bo‘yi-
cha:
·
yagona hujjatlar — bir operatsiya bo‘yicha, u yakunlangan-
dan keyin tuziladigan hujjatlar;
·
jamlanma (qo‘shilgan) — hujjatlar hisobning birgina obyek-
tiga taalluqli yagona hujjatlarni yig‘ib guruhlari va tizimi
bo‘yicha tuziladigan hujjatlar;
5) xo‘jalik yuritish operatsiyalarining mazmuniga ko‘ra:
·
moddiy hujjatlar — korxonadagi tovar-moddiy boyliklar-
ning harakati bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar;
·
pul hujjatlari — korxonadagi pul mablag‘larining harakati
bo‘yicha tuziladi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan boshlang‘ich hujjatlar mazmu-
ni, shakli va arifmetik hisob-kitoblarning to‘g‘riligi bo‘yicha tek-
shiriladi va ma’lum tartib bo‘yicha guruhlanadi.
54
www.ziyouz.com kutubxonasi


55
Mazmuniga ko‘ra tekshirish — xo‘jalik yuritish operatsiya-
lar rasmiylashtirilgan hujjatlar, qonunchilik, tartib-qoidalar,
me’yorlar, smetalarga mos kelishi.
Shakliga ko‘ra tekshirish — barcha rekvizitlar, imzolar, matn
va raqamlarning aniqligi bo‘yicha o‘rnatilgan to‘liqlik (mukam-
mallik) va to‘g‘rilik bo‘yicha tekshirib ko‘rish.
Arifmetik hisob-kitoblar — umumiy yig‘indilarning tekshiri-
lishi.
Belgilamoq — xo‘jalik yuritish operatsiyalarining hujjatlarda
qayd etilgan bahosini belgilash.
Keyin belgilari bo‘yicha bir turdagi hujjatlar guruhlanadi,
guruhlar bo‘yicha jamlanmalar yig‘indilarga yoziladi.
Hujjatlar ustida ishlash operatsiyalar bo‘yicha korresponde-
tsiya schyotlarni o‘rnatish yakunlanadi.
Hujjatlarga buxgalteriya qoidalariga ko‘ra ishlov berilgandan
keyin tikiladi va saqlanishini ta’minlaydigan joriy arxivga top-
shiriladi. Korxonaning boshlang‘ich hujjatlari, buxgalteriya
hisobotlari va balanslari ular uchun buxgalteriya muassasalari
belgilangan muddatgacha saqlanadi, keyin yo‘q qilinadi yoki
markaziy arxivga beriladi. Buxgalteriya hisobotlarini saqlash
muddati O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
haqida»gi qonuni va arxiv ishlariga doir qonunchilik hujjatlari
asosida belgilanadi.
7.4. BUXGALTERIYA HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH
Buxgaltåriya hisobi usuli elåmåntlaridan biri hujjatlashtirish
bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni
oqilona tashkil etishda, shuningdåk hisob ishlarini yuritish oldiga
qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob bårishda zarurdir.
Hujjatlar O‘zbåkiston Råspublikasi statistika tashkiloti ishlab
chiqqan va tasdiqlagan maxsus blankalarga ro‘y bårgan yoki
sodir etilishi kårak bo‘lgan. 
Xo‘jalik jarayonlarini hamma råkvizitlarni aks ettirilgan
holda tuziladi. Bundan tashqari korxona maxsuslashtirib ishlab
chiqqan blanka shakllari ham qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab
chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan tas-
diqlanishi kårak. Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi
uchun quyidagi majburiy råkvizitlarga ega bo‘lishi zarur:
·
hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;
·
tuzilgan muddati;
www.ziyouz.com kutubxonasi


·
xo‘jalik jarayonining mazmuni;
·
xo‘jalik jarayonining summasi (so‘zda va sonda);
·
xo‘jalik jarayoni uchun mas’ul shaxslar nomi, 
·
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishga javobgar shaxs nomi
va imzosi.
Zaruriy hollarda hujjatlarda qo‘shimcha råkvizitlar ham aks
ettirilishi mumkin. Masalan, hujjat tartib raqami, korxona nomi
va manzili, jarayonni sodir etilishi uchun asos, hujjatlashtirila-
yotgan jarayonni aniqlashga mo‘ljallangan boshqa råkvizitlar.
Buxgaltåriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlar
råkvizitlari kod ko‘rinishida aks ettirilishi mumkin. Hujjatlardagi
råkvizitlar aniq va to‘g‘ri holda, kimyoviy qalamda, sharikli, si-
yohli ruchkada, yozuv mashinalari orqali aks ettirilishi mumkin.
Hujjatlardagi yozuvlarni oddiy qalamda yozishga ruxsat etil-
masligiga sabab, hujjatlarni arxivlarda uzoq saqlanishi davomida
yozuvlarni to‘liq saqlanishini ta’minlashdir. Hujjat davomida
blankalardagi maxsus qatorlarda bo‘sh qolgan qatorlarga albatta
chiziq tortilishi kårak, bu bilan mumkin bo‘lmagan yozuvlar oldi
olinadi.
Hujjatlarda albatta, ulardagi yozuvlar haqiqiyligini tasdiqlash
huquqiga ega shaxslar bo‘lib, ular soni, ro‘yxati korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanadi. Qimmat va juda kamyob moddiy boy-
liklar bårilishi rasmiylashtiriladigan hujjatlarga imzo chåkish
huquqiga ega shaxslar chågaralangan bo‘lishi kårak.
Hujjatlarda o‘chirib yozishlar bo‘lishi mumkin emas,
zaruriyat tug‘ilib qolganda esa, tuzatish imzo va so‘z bilan tas-
diqlab qo‘yilishi shart. Hujjatlarda bo‘yab, noaniq yozuvlar
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kårak. Kassa jarayonlari aks ettiril-
gan hujjatlarga tuzatishlar kiritish mumkin emas. Buxgaltåriyaga
kålib tushgan hujjatlar majburiy tåkshiruvdan o‘tishi kårak.
Hujjatni tåkshirishda quyidagilarni e’tiborga olish kårak bo‘ladi:
— Shakl nuqtayi nazaridan (hujjat to‘g‘ri to‘ldirilganligi,
hamma råkvizitlar mavjudligi, to‘liqligi).
Mazmun nuqtayi nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon
qonuniyligi, iqtisodiy mazmunga ega ekanligi alohida ko‘rsat-
kichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmåtik xatolar yo‘qligi).
Iqtisodiy mantiqsiz, qonunga xilof hujjat jarayonlari aks etti-
rilgan hujjatlar rasmiylashtirishga va jarayonni bajarilishiga qabul
qilinmaydi. 
Bunday hujjatlar tågishli qaror qabul qilish uchun korxona,
boshqarma buxgaltåriyalariga topshirilishi shart.
56
www.ziyouz.com kutubxonasi


7.5 BUXGALTERIYA HUJJATLARINI SAQLASH
Dastlabki hujjatlar, hisob vådomostlari, buxgaltåriya hisobot-
lari va balanslari arxivga topshirilishi majburiydir. Hujjatlar ar-
xivga topshirilgunga qadar buxgaltåriyada maxsus binoda yoki
korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs mas’ulligida
qulflanadigan shkaflarda saqlanadi. 
Qat’iy hisobdagi blankalar esa, ular saqlanishini ta’minlaydi-
gan såyflarda, måtall shkaflarda, maxsus binolarda saqlanadi.
Aniq bir, hisob vådomostiga taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan
dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga ma’lumot-
noma bilan uzatiladi.
Kassa ordårlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari
ular ilovalari bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxlana-
di. Ba’zi bir hujjatlar taxlanmasligi mumkin, ammo ular yo‘qoti-
lishi yoki suiistå’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob rågistrlarini, hisobot-
larni saqlash tartibi O‘zbåkiston Råspublikasi arxivi bosh
boshqarmasini matåriallarini saqlash ko‘rsatmasiga ko‘ra,
o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgaltåriyadan va arxivdan boshqa tarmoq
xodimlariga bårilishi korxona bosh buxgaltåriya ruxsati bilan
amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tårgov,
prokuratura va sud tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchi-
likga javob bårgan hollardagi qarorlariga asosan olinishi mumkin.
Hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir nus-
xasi korxona tågishli mas’ul xodimiga imzo bilan båriladi. Hujjat
olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tågishli mas’ul xodim
olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsati-
lishi va olingan muddati ko‘rsatilishi kårak.
Nazorat savollari:
1. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanmasi deb nimaga
aytiladi?
2. Buxgalteriya hisobi hujjatlari va qaysi belgilariga qarab tasniflanadi?
3. Hisob-registr nima va ulardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
4. Hisob registlari qaysi belgilariga ko‘ra tasniflanadi?
5. Hisob registrlaridagi xatolarni to‘g‘rilashning qanday usullari bor?
6. Hozirgi paytda Respublikamiz korxonalarida buxgalteriya hisobining
qanday shakllaridan foydalaniladi?
57
www.ziyouz.com kutubxonasi


8 - B O B. FOYDALARNING MOHIYATI
8.1. BUXGALTERIYA HISOBIDA FOYDA VA ZARAR
Foyda va zarar haqidagi hisobotlar «Foyda olish» yoki «Kor-
xonaning operatsiyalari» deb nomlanuvchi uchastkalarga taal-
luqli.
Hisobot ikki element (unsur)dan tashkil topadi. Bir element
aktivlarning ko‘payishi (tashkil topishi)ni ifodalaydi, ya’ni
buyurtmachilarga ko‘rsatilgan xizmat yoki tovarlarni sotish oqi-
batida paydo bo‘ladigan pul mablag‘lari yoki ularni olish uchun
berilgan schyotlarni bildiradi. Bu miqdorlar foydalar deyiladi.
Ikkinchi element oqib ketish (iste’mol qilish) deyiladi. U foyda
olish uchun zarur bo‘lib, bu miqdorlar xarajatlar deb ataladi. 
Tushum – xarajatlar miqdoridan ortib ketgan foyda yig‘indi-
sidir. 
Faoliyat yuritayotgan korxonaning konsepsiyasiga ko‘ra
xo‘jalik korxonasining ish davomiyligi vaqt jihatidan chekla-
masligiga yo‘l qo‘yiladi. Biroq hisobot tuzish uchun hisobli deb
ataluvchi ma’lum davrni belgilash talab etiladi. Bu odatda kalen-
darga mos keluvchi moliyaviy yil bo‘ladi.
Foyda – subyektning odatdagi faoliyati hisobot davri davo-
midagi aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarining kamayishi
ko‘rinishidagi iqtisodiy manfaatlarning yalpi ko‘payishidir.
Standartlar daromadni: 1) operatsion (amalga oshirilayot-
gan) faoliyatdan tushgan; 2) operatsiyasiz (faoliyat bajarilmas-
dan) olingan foydaga bo‘ladi. Bunda: 
1. Korxonaning bosh yoki asosiy faoliyatining natijasi. 
2. Faoliyat yuritmasdan yoki tasodifan kelgan, kapital ortishi
(sof aktivlar) ikkinchi darajali yoki tasodifiy operatsiyalar nati-
jasida kelgan foyda deb tavsiflanadi.
Davr uchun tushum taqsimlanmagan tushumdagi o‘zgarish-
lar bilan bog‘liq, lekin shu davrdagi pul mablag‘larining o‘zga-
rishiga nisbatan aloqador bo‘lishi shart emas. 
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari tushum va
chiqimni tan olishni, ya’ni xo‘jalik yuritish operatsiyalarini va
holatlarini ularning tashkil etilgan paytidan emas, pul mab-
58
www.ziyouz.com kutubxonasi


lag‘larini olingan yoki ularga pul mablag‘lari to‘langan paytdan
tan olishni talab qiladi. Shu tamoyillarga asoslangan moliyaviy
hisobotlar iste’molchilarga nafaqat to‘lov va pul mablag‘larini aks
ettiruvchi o‘tib ketgan operatsiyalar haqida emas, kelgusida oli-
nadigan pul mablag‘lari va to‘lov haqidagi majburiyatlar bo‘yicha
ham ma’lumot berishlari lozim.
Tushum hisobidagi asosiy masala uning tan olingan paytini
aniqlashdan iborat. Hisob tamoyillari tan olish bandlarini
moliyaviy hisobotlarga qo‘shish jarayoni sifatida belgilaydi.
Tushum kelajakda iqtisodiy daromadlar aniq bo‘lgandagina tan
olinadi. Tushum ishlar topilmagan yoki sotish qilinmaguncha tan
olinmaydi. 
Bu tushum quyidagi hollardagina tan olinishini bildiradi: 
·
xo‘jalik yurituvchi subyekt shartnoma shartlariga mos ra-
vishda foyda olish huquqini beruvchi ish hajmini bajar-
ganda;
·
tovar yoki xizmat yoxud aktivlarning boshqa turlari pul
mablag‘lariga sotilgan yo pul bo‘lmagan resurslarga
almashtirilgan bo‘lsa.
Foyda va zarar (xarajat)larni e’tirof etishda muvofiqlik
tamoyillarini hisobga olish zarur. Muvofiqlik tamoyillari bir
xo‘jalik yuritish operatsiyalari (XYO)ga mansub va o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan foyda va xarajatlar bir (e’tirof etishni ) vaqtda tan olish-
ni talab qiladi. Foydani e’tirof etish buxgalteriya hiobida foyda
va zararni ro‘yxatga olish tartibini belgilovchi belgilar bo‘yicha
amalga oshiriladi. Foyda miqdori daromad miqdorini oldindan
belgilab qo‘ygani uchun u ishlab topilgan va sotishdan keyingina
e’tirof etilishi kerak. 
Foyda quyidagi hollarda e’tirof etilishi mumkin:
1. Tovarlarni yetkazib berish va xizmat paytida.
2. Tovarlarni yetkazib bergan va xizmat ko‘rsatilgandan keyin.
Qo‘shib yozish tamoyillarining quyidagi tamoyillari belgi-
langan:
1. Operatsiyani amalga oshirilayotgan paytda e’tirof etish
talab qilinadi.
2. Bu pul mablag‘larini yoki buxgalteriya balansida kelgusida
pul mablag‘larini oshirish aktivi tarzida yozilgan boshqa
resurslarni olish huquqini beradi.
3. Bu balansda majburiyat sifatida aks etgan pul mablag‘lari-
ni to‘lash yoki xizmat ko‘rsatishga majbur qiladi.
59
www.ziyouz.com kutubxonasi


60
4. Hisoblarda daromad va xarajatlar ular yuz bergan davrda-
gina aks ettiriladi.
5. Qo‘shib yozish tamoyillari muvofiqlik tamoyillari bilan
kelishadi, yani daromadlar pulning qay paytda olinishidan
qat’i nazar, tovarlar sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan payt-
dan boshlanadi.
6. Xarajatlar, pul mablag‘lari qachon to‘lanishidan qat’i
nazar daromadlar bilan aloqadorligi e’tirof etilgan payt-
dagina tan olinadi.
Umuman olganda mahsulotlarni sotish yoki xizmat ko‘rsa-
tish tufayli olinadigan daromadlar ular buyurtmachilarga taqdim
etilgan paytdan boshlab e’tirof etiladi. Ko‘pincha pul mablag‘la-
rini tovar yetkazib berilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan paytda
oladilar. Bu – daromad ishlab topilganidan dalolat beradi. Biroq
pul daromad e’tirof etilganidan yoki oldin yoki keyingi davrda
ham olinishi mumkin.
Masalan mijoz kompaniyaga u xizmat ko‘rsatmasidan oldin
haq to‘laydi. Bunday hollarda olingan pullar daromad deb emas
majburiyat sifatida kelgusi daromad deb rasmiylashtiriladi.
Kreditga sotilganda mijoz mahsulot va ko‘rsatilgan xizmat
uchun ular aniq olingan yoki amalga oshirilgandan keyingina
haq to‘lashga rozi bo‘ladi. Daromad sotuv amalga oshgandan
keyingina e’tirof etiladi. Agar to‘lov kelgusi davrgacha amalga
oshirilmasa, joriy davrning oxiridagi balansga aktivning «Olish
uchun» schyotlar «bandi, yoziladi va schyot to‘langanda, olingan
miqdor daromad hisoblanmaydi. Shunchaki, pul mablaglari
ortadi va debitor qarz kamayadi.
Xarajat – xarajatlar ko‘zda tutiladigan davrni aniqlashda
quyidagi tushunchalardan foydalaniladi.
Chiqim (narx)— biror maqsadda foydalaniladigan resurslar
miqdorini pul birligidagi o‘lchami.
Sarf-xarajat – aktivlarning kamayishi (odatda pullar) yoki
majburiyatlarning (to‘lov uchun schyotlar) ortishi bo‘lib, chiqim
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Sarf-xarajatlar davri ushbu hisob
davrida sotib olingan barcha tovar va xizmatlar qiymatlariga
teng.
Xarajatlar – joriy hisob davriga taalluqli chiqimlar bandla-
ridir. Chiqimlar o‘zida joriy davrda ishlab topish uchun
resurslarni ifodalaydi. Agar sarf-xarajatlar qilinsa, paydo bo‘l-
gan chiqimlar yoki aktivlarga yoki sarf-xarajatlarga taalluqli
bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chiqimlar – kelgusida daromad keltirish hususiyatiga ega
bo‘lsa aktivlarni ko‘paytiradi. Aks holda ular xarajat hisoblanib,
joriy davr tushumlarini qisqartiradi.
To‘lovlar – pul mablag‘larini to‘lashdir.
8.2. BOSHQA DAROMAD VA XARAJATLAR
Tasdiqlanmagan foyda – nafaqat tovarlarni sotish va kom-
paniyaning xizmat ko‘rsatishi tufayli olingan daromadlar, balki
asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy faoliyat sababli
ham ortib borishi mumkin.
Bunday daromad va xarajatlar boshqalar yoki faoliyatdan
tashqari (operatsion emas) deb ataladi.
Masalan bozorga tegishli qimmatbaho qog‘ozlar uni sotib
olinganiga nisbatan ancha qimmatga sotilib olingan daromad
yoki yong‘in tufayli aktivlarning yo‘qolishi.
Korxonaning daromad va xarajatlari, moliyaviy natijalarining
shakllanishi va ulardan foydalanish yangi N:N 9000–9900
schyotlar rejaning oxirgi, to‘qqizinchi bo‘limi schyotlarida amal-
ga oshiriladi.
9000 – asosiy faoliyatlardan olingan daromadlarning
schyotlari, muqobil schyotlarning eski rejasi bo‘yicha 46-
schyotda (D-t provodkasining kredit qismi, schyot 62, K-t
schyot 46).
9100 — schyotlarning eski rejalarida muqobili bo‘lmagan,
sotilgan mahsulotlar tannarxining hisob schyoti.
9200 – asosiy aktivlar va boshqa mablaglarning chiqib keti-
shi schyotlari, muqobili 47,48 schyotlarining eski rejasi bo‘yi-
cha (provodkaning D-t schyot 62, K-t. 47,48)larning kredit
qismlari. 9300 – asosiy faoliyatdan tashqari hisoblar schyot-
lari, muqobil schyotlarning eski rejasi bo‘yicha 80.3 schyot-
lar.
9400 – davr xarajatlari schyotlari, schyotlarning eski rejasi
bo‘yicha 26-schyot.
9500 – moliyaviy faoliyatlardan olingan daromadlar schyot-
lari, muqobil schyotning eski rejasi bo‘yicha schyot 80.4 (kredit
qismi).
9600 – moliyaviy faoliyat bo‘yicha qilingan xarajatlar
schyoti, muqobil schyotining eski rejasi bo‘yicha 80.4 (debet
qismi).
61
www.ziyouz.com kutubxonasi


9700 – favqulodda tushum (zarar) hisobining schyoti,
muqobili schyotlarining eski rejasi bo‘yicha schyot 80.5.
9800 – soliqlarni to‘lash va yig‘imlar uchun daromaddan
foydalanish hisobi schyotlari, muqobili schyotlarning eski rejasi
bo‘yicha schyot 81.
9900 – tugallangan moliyaviy natijalarni hisobga olish
schyoti, muqobili schyotlarning eski rejasi yo‘q.
Bu schyotlar tranzit (vaqtinchalik) bo‘lib, hisobot davrining
oxirida (9200 schyotdan tashqari) hammalari moliyaviy nati-
jalarning oxirini aniqlash uchun 9910 schyot bilan berkitiladi. 
Asosiy mablag‘lar va boshqa aktivlarni sotishda (chiqarishda)
9200 schyot yoki 9310, 9320 (daromad bo‘lganda) yoki 9430
(zarar ko‘rilganda) bilan yopiladi.
Schyotlarni joylashtirish tartibi bo‘yicha yangi rejaning bu
qismi 2-forma «Moliyaviy natijalar haqida hisobot» ga mos kela-
di. Bu formaning birinchi qatorlarida MDS aksiyalarisiz va
boshqalar shu 9000 schyotga sotishdan olingan sof daromad ifo-
dalanadi. 
Mahsulotlarni (tovarlar, ish) sotishdan tushgan 
daromadlar hisobi
Tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotish, bajarilgan ish,
ko‘rsatilgan xizmat, olingan foydalardan, shuningdek, sotilgan
tovarlarning qaytarilishi va quyidagi schyotlarda ifodalangan che-
girmalar: 
9010 — «Tayyor mahsulotlar sotilishidan olingan daromad-
lar»;
9020 — «Tovarlarni sotishdan tushgan daromadlar»;
9030 — «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan
daromadlar»;
9040 — «Tovarlarning sotilishi»;
9050 — «Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegir-
malar»;
Sotish tufayli olingan daromadlar hisobida dastlabki band
bo‘lib, boylikka aylanish davriga muvofiq huquq konsepsiyasi
ifodalanadi. Shu tarzda ko‘proq sotish tufayli keladigan daro-
madlar tovarlarni tushirish paytida boshlanadi. Biroq jo‘natish
paytida daromadlarni e’tirof etish mumkin bo‘lmagan holatlar
ham yuz beradi.
62
www.ziyouz.com kutubxonasi


63
Xo‘jalikning asosiy faoliyatidan olingan daromad quyidagi
holatlar yuz berganda ifodalanadigan paytlar ham bo‘ladi:
1) iqtisodiy foydalar egalik qiluvchi subyektga kelgusida kelib
tushadi;
2) bu foydalar ishonchli va aniq o‘lchangan (hisoblangan)
bo‘lishi mumkin.
Daromadlar hisobida bu ikki shartga amal qilish birdek
muhim, lekin ulardan biri bo‘yicha hech qanaqa savollar
tug‘ilmasa, ikkinchisini albatta aniqlash kerak.
Masalan, agar xaridor shartnomada tovarlarni aniq bir mud-
dat ichida qaytarib berishga kelishgan bo‘lsa bu davr ichida qay-
tariladigan tovarlar soni bo‘yicha noaniqlik mavjud bo‘ladi,
demak, olinadigan daromad ham aniq emas. Ya’ni tovarlar
sotish paytidan daromadni e’tirof etish shartlariga amal qilin-
mayapti.
Tovarlarni qaytarish huquqi g‘arb mamlakatlarida keng tar-
qalgan va oldi-sotdi shartnomalarida ishlatiladi. Qaytarish davri
bir necha kundan (tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari
uchun) bir necha yilgacha bo‘lishi mumkin. Qaytarish huquqi
mavjud ekan, uning hajmi ham tabiiy bo‘lishi mumkin. Sotuvchi
o‘zi sotgan mahsulotning qaytarilish tavakkalini o‘ziga oladi.
Bunday holatda foyda kelishi tugallangan deb bo‘lmaydi, oli-
nadigan hamma foyda yig‘indisini ishonch bilan kreditga (yoki
qisman oldindan pul to‘lash) sotishga kafolatlash mumkin.
Bunday holatlarda 2-sonli BHMS ga muvofiq, foyda xari-
dorning tovarni tushirib olgan paytidan qaytarish muddati tuga-
guncha qadar e’tirof etilishi mumkin. Sotish payti 5230 —
«Boshqa kechiktirilgan daromadlar schyoti»da ifodalanadi. Bu
yerda soliq to‘lovlari maqsadida daromadni tovarlarni sotish
paytidan e’tirof etish zarurligini ta’kidlash kerak. 
Konsignatsiya savdosida xaridor tovarlarni yuk jo‘natuvchi-
ning (sotuvchi) nomidan sotish bo‘yicha majburiyat oladi.
Bunda daromad yuk jo‘natuvchi tomonidan yuk tushirilgan
paytdan emas, oluvchi tomonidan uchinchi xaridorga sotilgan-
dan keyin e’tirof etiladi.
Mahsulotning sotilishi narxiga sotilgandan keyingi ma’lum
yig‘indi ham qo‘shilsa, bu yig‘indi kechiktirilishi va xo‘jalik
faoliyatining asosiy daromadi sifatida e’tirof etilishi zarur.
www.ziyouz.com kutubxonasi


9 - B O B. XARAJATLAR HISOBI
9.1. DAROMAD OLISHGA
XARAJATLARNING TA’SIRI
Har qanday hisobotlarning ish bajarishdan maqsadi orasida-
gi farqlar va xarajatlar yoki chiqimlar bilan bog‘liq foyda
olishdir.
Mahsulot birligini tayyorlash ish bajarish va xizmat ko‘rsatish
uchun sarflangan xarajatlarni aniqlash bir necha sabablarga ko‘ra
asosiy masalalardan biri hisoblanadi:
·
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar raqobatbardosh,
adolatli sotuv narxini belgilashda muhim ko‘rsatkich
bo‘ladi;
·
qiymat (tannarx) haqidagi ma’lumotlar bashoratlash va ish-
lab chiqarish xarajatlarini boshqarish asosida yotadi; 
·
xarajatlar haqidagi ma’lumotlardan moddiy schyotlar
qoldiqlarini aniqlashda foydalaniladi.
Xarajatlar hisobdagi eng noaniq so‘zdir. Tannarx yoki xara-
jatlarni umumiy aniqlash odatda quyidagicha ifodalanadi:
·
xarajatlar resurslardan foydalanish yo‘li bilan aniqlanadi va
ularning soni, nomlarini aniqlaydi;
·
foydalanilgan resurslarning o‘lchami ko‘rinishida bo‘ladi.
Pul o‘lchov birligini ta’minlaydi va turlicha resurslarni jam-
laydi.
Tannarx (xarajat)ni aniqlash hamisha aniq maqsad va vazi-
falarga bog‘liq.
Xarajatlar tasnifini turli asoslar bo‘yicha amalga oshirish
mimkin. Ayrim xarajatlar ma’lum buyumlar yoki buyumlar par-
tiyasiga (turkumiga) tegishli bo‘lishi mumkin. Boshqa xarajat-
larni darhol aniq buyumlar yoki ishlar bilan bog‘lash mumkin
emas. 
Sotish tannarxi — ega bo‘lish yoki sotish uchun mahsulot
tayyorlash yoki bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat uchun sarflan-
gan xarajatlar miqdori. 
Mahsulot tannarxiga (ish, xizmat) ishlab chiqarish jarayoni-
da sarflangan hamma harakatlar qo‘shiladi: tabiiy resurslar, xom-
64
www.ziyouz.com kutubxonasi


ashyo materilallar, yoqilg‘i, energiya, uzoq muddatli aktivlar,
mehnat resurslar ularni ishlab chiqarish hamda sotish uchun
sarflangan boshqa xarajatlar. 
Xomashyo va mahsulotlar uchun qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri
xarajatlar deb ularga ega bo‘lish uchun ketgan tannarxga aytila-
di. Har bir ishlab chiqarilgan mahsulot biron-bir materiallardan
tarkib topadigan materiallar tayyor mahsulotning bir qismiga
aylanadi. Shuning uchun bu materiallar tannarxini ishlab chiqa-
rishda sarflangan mahsulotlar tannarxiga qo‘shish mumkin. 
Mehnatga sarflangan to‘g‘ridan to‘gri xarajatlar — ishlab
chiqarishdagi to‘lanadigan ish haqi, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari.
Ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq mutaxassislar-
ning mehnatlari, ularni sotish yo‘li bilan sarflangan xarajatlarni
qoplash uchun mahsulot tannarxiga qo‘shilishi kerak. Bu xara-
jatlarning ko‘pchiligini aniq mahsulotlarga bog‘lash qiyin.
Mehnatga sarflangan umumiy xarajatlardan aniq mahsulot ishlab
chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ridan to‘gri xarajat
sifatida ishchilarning ish haqi xarajatlari miqdori ajratiladi.
9.2. QO‘SHIMCHA XARAJATLARNI 
TAQSIMLASH USULLARI
Qo‘shimcha (egri) xarajatlar – aniq mahsulot bilan to‘gri-
dan to‘g‘ri bog‘lab bo‘lmaydigan, lekin ishlab chiqarish jarayoni
bilan bog‘liq xarajatlar. Ular aniq mahsulotga bevosita bog‘liq
bo‘lishlari mumkin. Bunday xarajatlarning miqdori hisoblab
chiqiladi va tanlangan usul bilan mahsulotlar bo‘yicha taqsim-
lanadi.
Qo‘shimcha xarajatlat xizmat ko‘rsatish yoki ish bajarish ish-
lab chiqarish bilan bevosita bo‘g‘liq o‘zgaruvchan va doimiy
qo‘shimcha xarajatlardan tashkil topadi. 
Ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan qo‘shimcha xarajatlari—
yordamchi materiallar, elektr energiyasi, suvlarning narxi yor-
damchi va yollanma ishchilarga to‘langan ish haqlari (ta’sischi-
lar, farroshlar) ijtimoiy sug‘urtaga ajratilgan pullar. 
Ishlab chiqarishning doimiy qo‘shimcha xarajatlari deb —
aniq mahsulotga mansub bo‘lmagan asosiy fondlar va ishlab
chiqarishga berilgan material bo‘lmagan aktivlarning amortiza-
tsiyasi, ish haqi va ishlab chiqarish bo‘linmalari boshqaruv
xodimlarning ijtimoiy sug‘urtasi ajratilgan xarajatlarga aytiladi.
65
3 – 3876
www.ziyouz.com kutubxonasi


Moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqarish tannarxlarga mansub
xarajatlarni anglatadi va «Tovar-moddiy zaxiralar» asosini tash-
kil etadi.
Muomalada bo‘lmagan xarajatlarga korxonaga olib kelish
lozim bo‘lgan, lekin tovar-moddiy zaxiralari tannarxiga kirmay-
digan hamma xarajatlar kiradi. Ularga sotish uchun ilmiy ishlab
chiqarishlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar, kreditlar bo‘yicha
foiz to‘lovlari kiradi.
Agar korxona ishlab chiqarish hajmini oshirsa, ortib bora-
yotgan mahsulot sonini ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan
resurslar soni ham ortishi kerak. Ishlab chiqarish hajmining
ortishi xarajatlarning ham o‘sishiga olib keladi.
O‘zgaruvchan xarajatlar— ishlab chiqarish hajm o‘sishiga
proporsional ravishda o‘zgarib boradigan umumiy miqdor safi.
O‘zgaruvchan xarajatlarga tipik misol qilib sarflanadigan material
va xomashyolarni, elektr energiyasiga talab qilinadigan stanok-
larga to‘lanadigan to‘lovlarni (ishlatilgan stanoklar mashina soat-
lari soniga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi), mehnatga
davriy haq to‘lash va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
O‘zgaruvchan xarajatlarni aniqlashda ishlab chiqarish
hajmining proporsional ravishda o‘zgartiruvchi yagona o‘lchov
birligini topish lozim.
9.3. MAHSULOT BIRLIGIGA XARAJATLARNI 
TAQSIMLASH TIZIMLARI
Ishlab chiqarish hajmi ortib borganda o‘zgaruvchan xarajat-
larning umumiy miqdori ham ortadi, shu bilan birga mahsulot
birligi uchun qilingan xarajat miqdori o‘zgarmaydi.
o‘zgaruvchan mahsulot birligi bir birlik uchun
xarajatlarning umumiy = miqdori
×
sarflangan mahsulot 
miqdori miqdori
66
Ishlab
chiqarish
tannarxi
Muomalada
emas,
ma’muriy
6
6
6
To‘liq tannarx
www.ziyouz.com kutubxonasi


Doimiy xarajatlar — bir qismi ma’lum davr uchun xara-
jat, qolgan qismi bu davrda o‘zgarmaydigan va umumiy miq-
dori mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham o‘zgar-
maydi. «Doimiy» so‘zi ular ishlab chiqarish hajmi o‘sishi
bilan avtomatik ravishda o‘zgarmaydigan boshqa tashqi ta’sir-
lar tufayligina o‘zgarishi mumkin degan ma’noda qo‘llani-
ladi.
Doimiy xarajatlarga ishlab chiqarish binosi uchun ijara puli,
menejerlarning ish haqi kabilar misol bo‘la oladi. Doimiy xara-
jatlarning umumiy miqdori ma’lum bir davr mobaynida o‘zgar-
maydi, biroq mahsulot chiqarish o‘zgarganda doimiy xarajatlar
miqdori mahsulot birligiga kamayadi, mahsulot chiqarish kamay-
ganda, aksincha, ortadi.
Mahsulot birligiga Doimiy xarajatlarning Mahsulot birligi 
doimiy xarajatlar miqdori umumiy miqdori miqdori
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘zaro nisbati kor-
xona xarajatlarining tuzilishi deyiladi.
Misol.1 ta monitor ishlab chiqarish uchun 4 dollar sarflana-
di. Doimiy xarajatlar miqdori 300 dollar. 
Tenglama quyidagi ko‘rinishga ega:
Xarajatlar = 300 + 4 
×
X, bunda X ishlab chiqarish monitor-
lari miqdori. 
67
=

doimiy xarajatlar
o‘zgaruvchan xarajatlar
Ishlab chiqarish hajmi (dona)
30
20
10
300
500
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mahsulot birligiga xarajatlar o‘zgarishi o‘lchami hamma
xarajatlar miqdori o‘zgarishidan farqli usulda o‘zgaradi. 
Ishlab chiqarish hajmi o‘sganda doimiy xarajatlarning umu-
miy miqdori o‘zgarishsiz qoladi, o‘zgaruvchan xarajatlarning
umumiy miqdori ortib boradi. Ishlab chiqarish hajmi ortganda,
mahsulot birligi bo‘lgan o‘rtacha xarajat o‘lchami o‘zgaruvchan
uchun o‘zgarmas bo‘ladi, doimiy uchun kamayadi.
Mahsulot birligi uchun xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga
bog‘liq. Agar ishlab chiqarish va mahsulot birligini xarajat uchun
15 dollarni tashkil qilsa, «Bu tannarx ishlab chiqarishning qan-
day hajmida paydo bo‘ldi» degan savol tug‘iladi. 
Mahsulot birligi xarajatlarning Ishlab chiqarish 
uchun xarajatlar umumiy miqdori hajmi
«Xarajatlar – hajmi» o‘zaro aloqador grafigini foyda (daro-
mad) bildiradigan kishilik grafik bilan to‘ldirish mumkin.
Daromad grafigi xarajatlarning umumiy miqdori va mahsu-
lot birligini sotish narxi doimiy bo‘lganda turli hajmdagi ishlab
chiqarish daromadlari o‘rtasidagi kutilgan o‘zaro aloqadorlikni
ko‘rsatadi.
Foydaning umumiy 1 birlikning sotish 
miqdori sotilish narxi miqdori 
Foydalanish umumiy shu miqdordagi mahsulot ishlab
xarajatlarining miqdori chiqarishning umumiy miqdori
Aytaylik mahsulot sotish narxi 8 dollarni tashkil qiladi.
Rentabellikni baholash uchun tenglik nuqtasi aniqlanadi; Bunda
xarajatlarning umumiy miqdori foydaning umumiy miqdoriga
teng bo‘lishi lozim.
Tenglik miqdoridan past realizatsiya hajmida korxona zarar
ko‘radi, hajmi nuqtadan katta bo‘lgan foyda oladi. 
X nuqta = doimiy xarajatlar / (bir birlik sotilish narxi – bir
birlik o‘zgaruvchan xarajatlari)
Y = 300 / (8-4) = 75 (mahsulot birligi)
75 
×
8 = 600 dollar 75 mahsulot birligini realizatsiya qilish-
dan tushgan foyda 
300 + 75 
×
4 =600 dollar 75 mahsulot birligini ishlab chiqa-
rish uchun umumiy xarajatlar miqdori
68
·
=
=
=

www.ziyouz.com kutubxonasi


Yalpi daromad – asosiy faoliyat turlarini realizatsiya qilish-
ning moliyaviy natijasi bo‘lib realizatsiyadan olingan xarajatlar
bilan realizatsiya tannarxi miqdori o‘rtasidagi farq sifatida
ko‘satiladi. Shu bilan birga, realizatsiya daromadlari va tan-
narxlari o‘zaro solishtirilishi lozim (muvofiqlik tamoyili).
Xarajatlar va foyda orasidagi aloqadorlikdan foydalanib,
mahsulot birligining o‘rtacha daromadi hajm o‘zgarishi bilan
o‘zgarishini isbotlash mumkin.
Qo‘shimcha xarajatlarni taqsimlash masalasi jiddiy muammo
hisoblanadi. Bu xarajatlarning o‘lchami har oyda o‘zgarib turadi,
ularning doimiy qismi hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlanishi
kerak. Asosiy muammo hisobot davrining oxirigacha xarajatlarni
taqsimlash usullarini topishdir.
Ko‘pincha har bir bo‘linma uchun qo‘shimcha xarajatlarni
normativ koeffitsientlari hisob-kitobi usuli qo‘llaniladi. Bu koef-
fitsient qo‘shimcha xarajatlarning bir qismini mahsulot yoki ish-
ning alohida turiga o‘tkazish xususiyati sifatida belgilanadi. U
ayni payt uchun prognozlashtirilayotgan xarajatlar o‘lchovini va
ko‘zda tutilayotgan tayyor mahsulot hajmini chiqarishda foy-
dalanilgan.
Taqsimlash jarayoni quyidagilarga bog‘liq:
·
xarajatlarning ma’lum davrda o‘sishi asosida prognozlash-
tirish ahamiyatiga;
·
xarajatlarning umumiy miqdoriga;
·
taqsimlash bazasini tanlashga.
Odatda bu ishlab chiqarish faoliyati o‘lchovlardan birortasi:
69
Ishlab chiqarish hajmi (dona)
foyda
tushum
xarajatlar
muvozanat
nuqtasi
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ishlab berilgan soatlar, ish haqi, miqdori, mashina-soat miq-
dori, chiqarilgan mahsulot miqdori bo‘lishi mumkin. Asos sifati-
da qo‘shimcha xarajatlar o‘lchamiga kuchli darajada ta’sir qiluv-
chi ko‘rsatkichlarni tanlab olish muhim. 
Qo‘shimcha xarajatlarning = qo‘shimcha xarajatlarning
proghozlashdagi ahamiyati / asosiy 
Me’yoriy koeffitsientlari parametrlarni prognozlashdagi aha-
miyati 
Hisobda xarajatlarni ko‘chirishning ikki xil tizimi mavjud:
buyurtma va jarayon.
Buyurtma bo‘yicha xarajatlarni aniqlash tizimi hisobot davri-
dan mustaqil ravishda har bir buyurtma uchun xarajatlar belgi-
laydi.
Buyurtmaninig tannarxi bajarish paytida sarflangan hamma
xarajatlar miqdori sifatida belgilanadi.
Xarajatlarni jarayonlarga nisbat berish tizimi hisobot davrida
ishlab chiqarishda bo‘lgan barcha mahsulotlarga ketgan xarajat-
larni belgilaydi.
Mahsulot birligi tannarxi xarajatlarning umumiy miqdorini
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning qo‘shimcha xarajatlarini (ICHQX)
taqsimlash. Bitta turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilganda
(bir turdan ortiq ish bajarilganda) tannarxni hisoblab chiqish
uchun ICHQXini taqsimlash bazasining birorta usuliga asos-
lanib, mahsulotlar turi orasida taqsimlanishi zarur.
Har bir xarajat moddasining o‘z qo‘shimcha xarajatlarni
taqsimlash hisob-kitob bazasi bo‘lishi mumkin. Masalan, amor-
tizatsiya uchun asbob-uskuna tannarxi, ijara va kommunal xiz-
mat ko‘rsatish uchun bino maydoni va boshqalar.
Biroq ko‘proq asos sifatida vaqt olinadi:
Mehnat-soat (asosiy ishchilar) – sermehnat jarayonlari
uchun;
Mashina-soat – mashinada bajarilgan ishlar uchun.
ICHQXni taqsimlash me’yori quyidagi tartibda bo‘ladi:
Umumishlab chiqarish qo‘shimcha xarajatlari; 
Ishning umumiy soatlari (odam yoki asbob-uskuna);
70
www.ziyouz.com kutubxonasi


9.4. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDA 
TANNARXNI AKS ETTIRISH
Sotilgan tayyor mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni umum-
lashtirish quyidagi hisob varaqalarda amalga oshiriladi:
9110 — realizatsiya qilingan tayyor mahsulotlar tannarxi;
9120 — realizatsiya qilingan tovarlar narxi;
9130 — bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi kor-
xonada amalga oshirilgan yuklangan mahsulotlar ish va xizmat-
lar tannarxi kreditdan olib tayyor mahsulotlar hisobi hisob
varaqasining (2800) asosiy ishlab chiqarish (2010) va boshqa
(2110,2310) hisob varaqalariga 9110, 9130 larni debet hisob
varaqalarga yoziladi. Masalan, tayyor mahsulotni realizatsiya qi-
lish aks ettirilgan:
Debet 9110 — «realizatsiya qilingan tayyor mahsulotlar tan-
narxi»;
Kredit 2810 — «ombordagi tayyor mahsulotlar».
Qurilish tashkilotlarida 9130 «bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
xizmatlar tannarxi» hisob varaqalarining debeti bo‘yicha topshi-
rilgan ishlarning haqiqiy tannarxi asosiy ishlab chiqarish 2010
korrespondensiyalar hisob varaqalari bo‘yicha hisoblanadi.
Masalan, bajarilgan ish tannarxi hisobiga olindi:
D-t 9130 — bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi;
K-t 2010 — asosiy ishlab chiqarish. 
Savdo ta’minlash va o‘tkazish korxonalarida 9120 realiza-
tsiya qilingan tovarlar narxi hisob varaqasining debeti bo‘yicha
tovarlar va korrespondensiyalarning tannarxi 2900 hisob varaqa-
lardagi tovarlarni hisobga olgan holda ifodalanadi. Masalan, rea-
lizatsiya qilingan tovarlar tannarxi hisoblanadi:
D-t 9120 — «sotilgan tovarlar narxi»;
K-t 2910 — «ombordagi tovarlar».
Hisobot davri oxirida 9110 «sotilgan tayyor tovarlar tan-
narxi» hisob varaqasi bo‘yicha, 9120 «sotilgan tovarlar tan-
narxlari», 9130 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi»
schotlari bo‘yicha debet aylanmalar 9910 «Oxirgi moliyaviy nati-
jalar» hisob varaqasining debetiga yoziladi.
9040 va 9050 «Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» va
«Iste’molchi va buyurtmachilar uchun chegirmalar» hisob
varaqalari realizatsiya qilinib, qaytarilgan tovarlarni, sotuv va
shartnoma talablariga ko‘ra narxlarga, shuningdek, realizatsiya
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilingan tovardagi nuqson aniqlanganda qo‘yilgan chegirmalarni
hisobga olish uchun belgilangan.
Bu hisob varaqalar asosiy faoliyatdan kelgan daromadlar
(9010, 9020, 9030)ga qarshi kontrhisob varaqalar bo‘lib, ularning
debetli aylanmalari «Moliyaviy natijalar haqida hisobot» dagi
yalpi mahsulot sotilishi miqdoridan olib hisoblanadi. Debet
bo‘yicha 9040 va 9050 schyotlarda qaytarilgan tovarlar tannarxi
yoki korrespondensiyalardagi chegirmalar hisobning muvofiq-
lashtirilgan schyotlari bilan yoziladi:
·
pul mablag‘lari (5010, 5110) – iste’molchi va buyurt-
machilarga qaytarilgan tovarlar qiymati qaytarilganda;
·
olish uchun schyotlar (4010, 4110, 4120) – qaytarilgan
tovarlar bo‘yicha bekor qilingan debitorlik qarzlari miq-
dori.
Shu bilan birga ilgari soliqqa qo‘shimcha tarzda hisoblangan
qiymat debet bo‘yicha schyotning 6410 – budjetga to‘lovlar
bo‘yicha qarzdorlik hisobiga va pul mablag‘lari schyotining kre-
ditga olish schyotlariga yoziladi.
Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlar tannarxi «qizil alanga»
usuli bilan muvofiqlashtirilgan tovarlar hisobi schyotga kredit
bo‘yicha (2800, 2900) yoki qarama-qarshi provodka bilan sotil-
gan mahsulotlar hisobiga yoziladi.
Agar sotishdan olingan daromad korxonada aks ettirilgan
bo‘lsa, qaytarilgan tovarlar ham yangitdan ifodalanadi.
«Teskari provodka» deb nomlanuvchi provodka ayrim mam-
lakatlarda (masalan AQSH da) shunday hollarda qo‘llaniladi.
Bizning odatdagi «alanga» provodkamiz bu yerda mosroq, ular
aniq kelib tushgan va hisobdan chiqarilganlarni aks ettiradi va
hisob varaqalar bo‘yicha soxta axborotlar keltirib chiqarmaydi. 
Shu bilan birga tovarlarning qaytishini, ishlab chiqaruvchi
(ta’minotchi) ilgari ishlab chiqargan tovarlari bo‘yicha iste’-
molchilar hisob varaqa-fakturalar taqdim etadi. Bunday hollarda
tovarlarni qaytarilishi bo‘yicha operatsiya mos hujjatlar bilan
(solishtirish aktlari, nakladnoylar) rasmiylashtiriladi. Ishlab
chiqaruvchi (ta’minotchi):
·
tovar to‘liq hajmda qaytarilganda ilgari taqdim etilgan
hisob varaqa-fakturani yo‘q qilishi;
·
qisman qaytarilganda – ilgari taqdim etilgan va yo‘q qili-
nishi lozim bo‘lgan hisob varaqalar-faktura o‘rniga yangisi-
ni berishi; yangi hisob varaqa-faktura qo‘shilgan miqdor
bo‘yicha soliqlarni tartibga solishga xizmat qiladi;
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


·
yangi hisob varaqa-fakturalar ishlab chiqaruvchiga tovar-
larni realizatsiya qilish va QQS miqdori bo‘yicha (xizmat,
ish) asos bo‘ladi;
·
21-sonli BHMSga muvofiq «Hisob varaqalar rejalarini
qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma...» – chegirma va tovarlarni
qaytarish hisobi hisob varaqasiga ko‘ra (9040, 9050) shu
qismning boshqa hisob varaqalari qatori 9910 hisob varaqa-
da yopiladi.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


10 - B O B. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) quyidagi belgilar javob be-
ruvchi egalik qiluvchi subyektlarning xususiy mulki hisoblanadi:
— moddiy, ya’ni miqdorlari bo‘yicha hisob yuritishga imkon
beruvchi moddiy mujassamlikka ega;
— ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmat ko‘rsatishda
xomashyo sifatida yoki material ko‘rinishida sotish yoxud foy-
dalanishga mo‘ljallangan;
— doimiy ravishda xarajat qilinadi va yangisi bilan almashti-
riladi;
TMZning quyidagi tasniflari ko‘zda tutiladi:
— ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida foy-
dalanish uchun xomashyolar va materiallar;
— tugallanmagan ishlab chiqarish;
— tayyor mahsulot;
— sotib olingan va qayta sotish uchun saqlanayotgan to-
varlar.
Tayyor mahsulot – buxgalteriya balansida faktik yoki ishlab
chiqarish jarayonida asosiy mablag‘, xomashyo materiallar,
yonilg‘i, energiya, mehnat resurslari va mahsulot ishlab chiqarish
uchun qilingan xarajatlardan foydalanganlik xarajatlarini
qo‘shgan holda yoki xarajatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri bandlari
bo‘yicha me’yoriy ishlab chiqarish tannarxi bo‘lib ifodalanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini quyidagicha klassifikatsiyalash
(tasniflash) mumkin:
·
yagona ishlab chiqarish;
·
mayda seriyali ishlab chiqarish;
·
uzluksiz ishlab chiqarish;
·
to‘xtovsiz ishlab chiqarish;
Yagona ishlab chiqarish – ma’lum bir buyurtmalarni baja-
rish. Masalan, zargarlik buyumlarini, noyob mebellar tayyorlash,
individual loyiha bo‘yicha uy qurilishi.
Mayda seriyali ishlab chiqarish – bir bo‘linma tomonidan
ishlov berilib, keyin boshqasiga beriladigan bir xildagi buyumlar

Download 0.69 Mb.
  1   2




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish