• MUSTAQIL ISHI
  • O`zbekiston respublikasi oliy va




    Download 371.29 Kb.
    bet1/5
    Sana09.05.2023
    Hajmi371.29 Kb.
    #57906
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Domilla pedagog
    Excelда ишлаш, Jaloliddin Rumiy. Qalb ko\'zingni och, Хисоб усуллари Математика 4, Ahrorbek M va MX


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
    O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


    Buxoro davlat pedagogika instituti
    Matematika va informatika
    yo`nalishi 2MI-22IM guruh talabasi
    Eshonqilov Ilhomning
    “Umumiy pedagogika” fani
    “Tarbiya san`ati va texnologiyasi
    mavzusida tayyorlagan
    MUSTAQIL ISHI

    Mavzu:Tarbiya san`ati va texnologiyasi .


    Reja:
    1. Tarbiya san`ati va texnologiyasi
    2. Tarbiya texnologiyasi asoslari
    3.Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati
    4.Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish

    Tarbiya san`ati va texnologiyasi


    Kishining maqsadga muvofiq harakati shu faoliyatdan olinishi mumkin bo’lgan natijalarni rejalashtirilishiga bog’liqligi oldindan aniqlangan. Asrlar davomida pedagog o’zining kundalik ta’lim berish va tarbiyalash amaliyotida turli-tuman qarorlarni qabul qilishga to’g’ri kelgan va bu aynan uning shu kabi qarorlarning oqibatlarini yakka tartibda rejalashtirishiga, uning oldingi amaliy tajribasi ostida ishlab chiqilgan kasbiy his-tuyg’usiga asoslangan. O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarining asarlarida, jumladan, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiylarning asarlarida, shuningdek, qadimgi yunon faylasuflari Aristotel, Sokrat, Platonning asarlarida, hozirgi kunda ham biz uchun g’oyat darajada qiziqarli bo’lgan, xususan, ta’lim - tarbiyaning maqsadi va vazifasi, mazmuni va usullariga oid tashhisiy mulohazalar va fikrlar mavjud. Abu Ali ibn Sino, ulug’ qomusiy olim, inson mohiyati va mohiyaviy kuchi muammosini tadqiq qilar ekan, abstrakt narsalarning g’oyaviy etilish ma’no-sini “hayotiy narsalarni fikran qarash” sifatida aniqladi. SHunga ko’ra odam uchun bilim atrof dunyoda mo’ljalni to’g’ri olish uchun, hodisalarni tushuntirish va oldindan ko’rish uchun, faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish va boshqa bilimlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’ladi. Bilim - voqelikni o’zgartirishning juda muhim quroli. U tez rivojlanayotgan o’zgaruv-chan tizimdan iborat, uning o’sishi hozirgi sharoitda o’zining sur’ati bo’yicha boshqa har qanday tizimning o’sishiga qaraganda jadalroqdir. Kishilarning qayta o’zgartuvchi amaliyfaoliyatida bilimlardan foydalanish qoidalarning maxsus guruhi bo’lishini taqozo qiladiki, bu qoidalar qanday holatda, qaysi vosita yordamida va qanday maqsadlarga erishish uchun u yoki bu bilim zarur bo’lishini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, bilim faoliyat tizimiga kiradi va maxsus shakl sifatida namoyon bo’ladi, uning asosida esa faoliyatdagi ish tartibi bayon etiladi. O’zining falsafiy qarashlarida mashhur matematik faylasuf Abu Nasr Forobiy pedagogikaning fan sifatidagi ayrim muhim vazifalarini ko’rsatib o’tadi. “Tarbiyalash san’ati tamoyili shundayki, - degan u,- tarbiyalash uchun reja tuzadigan kishilarning ko’z oldidan quyidagilar ketmasligi kerak va bu shunday: bolalar faqat hozirgi kungina emas, balki kelajak uchun xam tarbiyalanishlari lozim, ya’ni, odamzod mafkurasi uchun va uning umumiy burchi uchun tarbiya olishlari kerak”. Ulug’ matematik, astronom Mirzo Ulug’bek o’z shogirdlariga teztez shunday deb turgan: “Agar Erdagi voqelikni yaxshitushunishni istasang, kelajakni yaxshi rejalashtira ol”. Astronomiya, matematika, fizika, tibbiyot, geografiya, tarix va ling-vistikaga oid ko’plab asar yozgan buyuk mutafakkir Abu Rayhon al-Beruniy ta’kidlagan: “Aqlli kishi kelajak avlod uchun foyda keltirib, u aql va idrok bilan hammani mushohada eta olsagina, ruhan qanoat hosil qilgan”. Vatanimizda faol ijtimoiy -pedagogik tafakkur rivoj-lanishiga Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashid-xonovlar katta hissa qo’shdilar. Ularning asarlarida kelajak kishi siymosini yaratish g’oyasi muammosi alohida o’rin egallaydiki, unga erishish yo’lida tarbiyaning tegishli tizimi barpo bo’lishi lozim edi. Mashhur o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’z asarlarida ko’p marta o’z diqqatini pedagogikaning vazifalarini tahlil qilishda, uning tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaviy faoliyatning san’at sifatidagi ahamiyatini yoritishga qaratdi. Abdulla Avloniyning fikricha, «tarbiya san’atlarning oliysidir, san’at esa hali mavjud bo’lmagan tomon intiladi, uning oldida ijodiyotining kelajakdagi maqsadi va g’oyaviy siymosi gavdalanadi».
    1.Tarbiya texnologiyasi asoslari
    Bizga yaxshi ma'lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta'lim texnologiyasi o‘quvchining ta'lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqyeyini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta'lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi. O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi.
    Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
    Tarbiya jarayoni:
    — maqsadga yo‘nalganlik;
    — ko‘p omillik;
    — jo‘shqinlik;
    — davomiylik;
    — uzluksizlik;
    — komplekslilik;
    — variantlilik;
    — ikki tomonli xarakter;
    — natijalarning olisligi.

    Download 371.29 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 371.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va

    Download 371.29 Kb.