• 8-mashq. Gaplar tarkibidagi antonim so‘zlarni aniqlang.
  • -mashq. Quyidagi gaplar orasidan sinonim so‘zlarni topib




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/44
    Sana19.07.2023
    Hajmi1.24 Mb.
    #76940
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
    Bog'liq
    ona tili mashqlar to\'plami

    7-mashq. Quyidagi gaplar orasidan sinonim so‘zlarni topib, 
    sinonimik qatorni hosil qiling. 
    1. Bu ulkan lashkarning xatti-harakatlari go‘yo bulutdagidek 
    aniq bir qoidaga bo‘ysunardi. (A.S.Ekzyuperi.) 2. Shimoliy qutbdagi 


    17 
    yagona fonusni yoqishi lozim bo‘lgan charog‘bon bilan uning Janubiy 
    qutbdagi hamkasbiga hammadan ham mazza edi. (A.S.Ekzyuperi.) 3. 
    U fonusini yoqqan paytda go‘yo yana bir yulduz chaqnagandek, yoki 
    yana bir gul ochilgandek bo‘ladi. (A.S.Ekzyuperi.) 4. Bir marhamat 
    qiling, quyosh botsin, deb farmon bering. (A.S.Ekzyuperi.) 5. 
    Kechalari osmonga boqasan-u men yashaydigan, mening kulgim 
    yangrayotgan yulduzlarning barchasi jilmayib kulayotganini ko‘rasan. 
    (A.S.Ekzyuperi.) 6. Agar sen meni qo‘lga o‘rgatsang, qorong‘i 
    turmushimga nur kirardi. (A.S.Ekzyuperi.) 7. Bir lahzadan keyin ko‘z 
    o‘ngidagi narsalar tag‘in siyrak tumanlik ichida yo‘qoldi-yu , yana 
    alahlay boshladi. (O‘.H.) 
    8-mashq. Gaplar tarkibidagi antonim so‘zlarni aniqlang. 
    1. Xullas, g‘am bog‘ganda yig‘lamagandan yig‘lab o‘lgan 
    yaxshi emish!... (O.Y.) 2. Yana bilginki, tashqi dushmandan ham 
    ko‘ra ko‘proq ularning aravasiga minganlar yomon. (O.Muxtor.) 3. 
    Demak, bu tun o‘ylanadi, reja tuzadi. (T.Mal.). 4. Uch kun safarda 
    bo‘ldim. (X.Do‘stmuhammad.) 5. Shu boisdan ham sevishganlar 
    odamlarning nazariga tez tushadilar. (X.Do‘stmuhammad.) 6. Nilufar 
    lablari pirpirab, sekin burildi-da, olisroqda turgan yashil “Volga”ga 
    qarab ketdi. (O.Y). 7. Odamning yaxshi-yomonligi boylik-
    kambag‘allikka qaramaydi. (O.Muxtor) 8. Shunda, to‘rimda o‘tirmish 
    bir katta ko‘zlarini bet-boshim lo‘q etdi. (T.M.) 9. Qilich ikkinchi 
    piyoladagi choyni ichib ulgurmay eshik ochilib, jussasi kichik, eti 
    ustixoniga yopishgan, qaldirg‘och mo‘ylabi o‘ziga yarashgan odam 
    ko‘rindi. (T. Mal.) 10. Katta adibmi, kichik adibmi, bundan qat’iy 
    nazar xushyor bo‘lishi lozim, deb xulosa chiqargan va matbuotda o‘z 
    fikrini maqolalaridan birida bayon qilgan edi. (B.Nazarov.) 11.– Juda 
    xokisorsiz-da, ustoz. Betayin jiyanni qidirish bir, katta boshingizni 
    kichik qilib... (O. Muxtor.) 12. – Shu gapingga noma’qulni nonini 
    yebsan! Olib tush pastga! (T. M.) 13. Xiyobonning ikki tomonidan 
    ikki to‘p kishi baland tovushda gapirib, kela boshlashdi. (O. Muxtor.) 
    14. Qoramtir, keng dala etagida traktor turibdi. (Ch. A.) 15. Ular tor 
    ko‘cha boshidagi kattakon xarsangtosh oldida xayrlashdilar. (O‘.H.) 
    16. Buning ustiga dala, toza havo, tog‘asi bilan ovga chiqishi mumkin. 
    (O‘ Umarbekov.) 17. Nega desangiz, qipchoq degan iflos barchani 
    ham jonidan to‘ydirdi,-dedi va nosqovog‘ini qoqa-qoqa bitr otimini 
    tilining tegiga tashladi. (A. Qod.) 


    18 

    Download 1.24 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mashq. Quyidagi gaplar orasidan sinonim so‘zlarni topib

    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish