• 10-mashq. Gaplar tarkibida qo‘llangan paronim so‘zlarni toping va ma’nolarini izohlang.
  • -mashq. Antonim so‘zlarni juftlang va ular ishtirokida gap




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/44
    Sana19.07.2023
    Hajmi1.24 Mb.
    #76940
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
    Bog'liq
    ona tili mashqlar to\'plami

    9-mashq. Antonim so‘zlarni juftlang va ular ishtirokida gap 
    tuzing. 
    Yaxshi, urush, xafa, avval, yo‘g‘on, kecha, ilgari, ozg‘in, 
    tinchlik, qora, ingichka, keyin, yolg‘onchi, xursand, dushman, yomon, 
    bugun, hozir, qisqa, oz, keng, yer, kun, qari, semiz, rostgo‘y, uzun, 
    ko‘p, tun, yosh, tor, osmon, do‘st, oq. 
    10-mashq. Gaplar tarkibida qo‘llangan paronim so‘zlarni 
    toping va ma’nolarini izohlang. 
    1. Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida 
    hamisha e’zozlab kelgan. (I.A.Karimov.) 2. Naql qilishlaricha, bir 
    yigit yov qo‘liga asir tushadi. (Ch.A.) 3.Vertolyot Ola Mo‘nguning oq 
    qorli, ko‘k muzli dovonidan oshib o‘tib, bulutlar ortida ko‘zdan g‘oyib 
    bo‘lgandan keyin ham Akbar yana anchagacha o‘ziga kelolmay, qalt-
    qalt titrab turdi. (Ch. A.) 4.1409-yilda Durbek o‘zining “Yusuf va 
    Zulayho” dostonini tugatadi va alohida devon sifatida turkiy xalqlar 
    orasida tarqalib ketadi. (Muxtor Shoxonov) 5. Ot egar-abzali og‘ib, 
    oyoqqa turdi. (Ch. A.) 6. Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan 
    afzal. (O.) 7. Ona quyosh dastlab qaldirg‘och qanotiga o‘xshab 
    ko‘rinadi-da, zum o‘tmay tog‘ning yassi cho‘qqisida qip-qizil mis 
    tovoqday tovlanib, vohaga ajib bir zar to‘kadi. (T.M.) 8. – Ana endi, 
    quyoshda mazza qilib, toblanib yotamiz. (T.M.) 9. Onamiz qalb amri 
    bilan paxtakorlarga yordam bergich onaxon bo‘lib surat tushar bo‘ldi. 
    (T.M.) 10. Buxoro amiri dorga torttirgan ziyo axli orasida Shoakbar 
    Zunnuniy ismli zotning buyuk salohiyat egasi bo‘lgani haqid atarix 
    kitoblarida bir qancha satrgina bor. (T.Mal.) 11. O‘n yildan beri kichik 
    ilmiy xodimlikdan bir enlik ham siljimabdi. (T.Mal.) 12.– Bundan 
    ellik yil burun Jazoirda yashar, davra ko‘rgan, erka, bedard edim. 
    (O.Muxtor.) 13. Zelixon sof ko‘ngilda to‘yona bergan bo‘lsa-da, 
    gaplaridagi ohangda biroz manmanlik, minnat sezilgan edi. (T.Mal.) 
    14.Oqpodsho qamchi sopini Ibodin soqov peshonasiga nuqilaydi. 
    (T.M.) 15. – Ollohdan qo‘rqinglar, bunday bema’ni urushga bel 
    bog‘lashdan tiyilinglar. (T.Mal.) 16. Loy urish oson, loy olib berish 
    qiyin. (T.M.) 17. Asar bugungi kitobxonni ham hayajonga solishi
    hayot va muhabbat degan sehrli narsa haqida o‘ylashga undashiga 
    umid qilaman. (O‘.H.) 18.Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm 
    deb yuritiladi. (M. Hamrayev) 19. Derazamning ro‘parasida bir tup 
    daraxt yaproqlari oltin tusda sarg‘ayibdi. (X.Do‘stmuhammad) 


    19 
    20.Yana bir payt tanbur chalganimdan keyin, yana og‘zini qulog‘im 
    tubiga keltirib: -Endi bas qilsang ham bo‘ladi,-dedi. (S.Ayniy) 

    Download 1.24 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mashq. Antonim so‘zlarni juftlang va ular ishtirokida gap

    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish