• 8-mashq . Gaplardagi atoqli otlarni aniqlab, guruhlarga bo‘lib yozing. N a m u n a : Xuroson – joy nomi.
  • -mashq. O‘qing, So‘zlarning sintetik, analitik, juft va takroriy




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/44
    Sana19.07.2023
    Hajmi1.24 Mb.
    #76940
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
    Bog'liq
    ona tili mashqlar to\'plami

    7-mashq. O‘qing, So‘zlarning sintetik, analitik, juft va takroriy, 
    aralash hamda nol ko‘rsatkichli shakllarini aniqlang. Ularni 
    alohida-alohida ko‘chiring. 
    I. Egnida qizg‘ish, nim qora aralash matodan tikilgan 
    gimnastyorka, galife shim. Oyog‘ida chiroyli qora xrom etik. Boshida 
    qorako‘l telpak. Belida kamar, kamarida chiroyli jajji xanjar
    to‘pponcha, qora qosh, xushmo‘ylov, xushqomat, behad ko‘rkam 
    Haydarbek qurolli ikki yigiti o‘rtasida, qo‘li ko‘ksida, bosh egib, o‘ng 
    va so‘lida zanjirband odamlar orasiga kirib borardi. Uning jozibador 
    chehrasidagi alomat shodlikmi, qayg‘umi, payqab bo‘lmas edi. 
    II. Bizni Orzi amaki boshlab boryapti. Uning so‘ziga qaraganda, 
    qishloqning 
    kun 
    chiqish 
    tarafida 
    bir 
    oshnasi 
    bor 
    emish. 
    Mehmondo‘stlikda unga yetadigani yo‘qmish. Doim eshigi, dasturxoni 
    ochiqmish. Yuz-ko‘zi kulib turadigan, ko‘ngli ochiq odammish. Uning 
    suhbatida bo‘lgan kishi zerikmasmish, bama’ni gaplaridan kishining 
    miyasi to‘larmish. Tunashga joy bemalol, ot-eshaklarga ham yemish mo‘l 
    emish. Xayriyat, eson-omon qo‘nadigan yerga borib yetdik. (N. Safarov.) 


    27 
    8-mashq. Gaplardagi atoqli otlarni aniqlab, guruhlarga bo‘lib 
    yozing. 
    N a m u n a : Xuroson – joy nomi. 
    1. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o‘zga xalqlar ibrat ola 
    bilsinlar. (O.) 2. “Toshkent” mehmonxonasi, Navoiy teatri..., yigirma 
    qavatli bino – hammasi xuddi kaftda turgandek aniq ko‘rinadi. (P.Q.) 
    3. Ikki yildirki, Mosh ular xonadonining haqiqiy a’zosi bo‘lib 
    qolgandi. (S.A.) 4. Hali u stolni yasatib ulgurmagan ham ediki
    cho‘pon yigit “Moskvich”da to‘rxalta to‘la baliq olib keldi.(S.A.) 5. 
    Kasalxona hovlisiga kirishlari bilan mashina to‘xtab, Chuvrindi tushib 
    qoldi. (T.Mal.) 6. Juldur- juldur Ibodinsoqov chalpak bo‘lib uchadi. 
    (T.M.) 7. -Bo‘riqul, chang‘aroqni yop-e, oftob tushib qoldi! (T.M.) 8. 
    Suv yo‘q , Sharof Rashidovich, suv yo‘q! –dedi. (T.M.) 9.Abdulla 
    chamadonini yerga qo‘yib, rovonga ko‘tarildi. ( O‘.U.) 10.Mashhur 
    Yusufjon qiziqning o‘z shogirdi Oxunjon qiziqqa yutkazgan joyi ham 
    shu Mingbuloq bo‘lgan. ( O‘.U.) 

    Download 1.24 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mashq. O‘qing, So‘zlarning sintetik, analitik, juft va takroriy

    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish