• 12-mashq . Ko‘chiring. Yasama sifatlarni aniqlang. Ularni morfemalarga ajrating. Qolgan sifatlarni alohida yozing.
  • -mashq. Berilgan gaplardan sifatning ma’no turlarini




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/44
    Sana19.07.2023
    Hajmi1.24 Mb.
    #76940
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
    Bog'liq
    ona tili mashqlar to\'plami

    11-mashq. Berilgan gaplardan sifatning ma’no turlarini 
    aniqlang. 
    1. Odam to‘g‘rilik va mo‘minlik yo‘li bilangma katta va yop-
    yorug‘ yo‘lga chiqib oladi.(S.A.) 2. O‘sha mayib turna cholning 
    qo‘lida shifo topib, yana o‘z karvoniga qo‘ shilganini bilarmikin 
    (S.A.) 3. Mo‘minning chog‘roqqina hovlisi. Bu yerda hamma narsa uy 
    egasining kamtar hayotiga mos, Oldingi qatorda peshayvon, eski 
    ko‘rpachalar solingan. (E.V.) 4. Domla shunaqa ishonuvchan, sodda, 
    laqillatish oson odam edi. (S.A.) 5. Tabiat qo‘pol tushmasa, bu go‘zal 
    qiz och ra’no gulning tusida yoki oq-sariq tusda yaratilgan edi. 
    (A.Qod.) 6. -Nafasingni sovuq qilma!Qora bo‘lsa, o‘zimizga o‘xshar 
    ekan-da. (O‘.U.) 7. Mirrahimov jussasi kichkina bo‘lgani bilan tovushi 
    juda yo‘g‘on va buning ustiga sekin gapirolmas edi. (A.Q.) 8. 
    Poygakdagi karavotda kitob o‘qib yotgan Hoji aka degan xasta 
    yo‘g‘on gavdasiga nomunosib chaqqonlik bilan boshini ko‘tarib, 
    ko‘zidan oynagini oldi. (A.Q.) 9. Hoji aka dardga bu qadar bardoshli 
    ayoldan ham ko‘ra bunchalik vafodor erni ko‘rishga ishtiyoqmand 
    bo‘lib qoldi-yu, xalatining belbog‘ini mahkam bog‘lab, shippagini 
    kiydi. (A.Qah.) 10. Palata eshigi oldida bizni hindiga o‘xshagan qop-
    qora, katta-katta ko‘zlari yonib turgan bir yigit, aftidan, Masturaning 
    eri kamoli ehtirom bilan kutib oldi va har qaysimizga ayrim 
    minnatdorchilik bildirib, ichkariga yo‘lladi. (A.Qah.) 
    12-mashq. Ko‘chiring. Yasama sifatlarni aniqlang. Ularni 
    morfemalarga ajrating. Qolgan sifatlarni alohida yozing. 
    1. Numonjon yumshoq ko‘ngil, qizdekkina yigit ekan. (S.A.) 2. 
    Uning arslonday ko‘rkam gavdasi, keng peshonasi, chuqur samimiyat 


    29 
    ifodasi bilan to‘la yirik ko‘zlari... unga yoqadi (O.) 3. Nihoyat 
    Azizbek ham yonidagi 45050 sodiq kishilar bilan qochib, o‘rdaga 
    qamalishga majbur bo‘ldi. (A.Qod.) 4. Xatiga qaraganda vafodor 
    qizga o‘xshaydi. (I.Rahim.) 5. - O‘zingiz ham ilon po‘st tashlaydigan 
    gap qildingiz-da,-dedi u xushomadgo‘ylik qilib. (I.Rahim.) 6. Yakka 
    chinor qishlog‘i yangi kelgan kishiga ko‘rimsizroq, betartibroq 
    ko‘rinadi.( O‘.U.) 7. Binoyi kiyingan, xushsurat bu yigit kirib 
    kelganida tabib boshining tosh yuragi yumshagan edi. (T.M.) 8. 
    Jamila sarvqomat, bejirim ayol edi. (Ch.A.) 9. Etagini qistirib olgan, 
    uning bug‘doyrang chiroyli oyoq muskullari tarang tortilib, paylari 
    uzulib ketgudek bo‘ladi. (Ch.A.) 10. Ochig‘ini aytsam, do‘xtir zotiga 
    tobim yo‘q. (T.M.) 

    Download 1.24 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mashq. Berilgan gaplardan sifatning ma’no turlarini

    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish