• 20-mashq
  • 21-mashq. Gaplar tarkibidagi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling.
  • qatnashgan gaplarni aniqlang




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/44
    Sana19.07.2023
    Hajmi1.24 Mb.
    #76940
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
    Bog'liq
    ona tili mashqlar to\'plami

    qatnashgan gaplarni aniqlang. 
    1. Men ana ketdi, mana ketdi bo‘lib yotgan edim-da, o‘sha kuni 
    ertalab birov avtobusda yig‘lab ketayotgan bir bolani ko‘rib, mening 
    ukamga o‘xshatibdi-yu, shundan haligiday gap tarqalibdi. (A.Q.) 2. 
    Bu gap ham uning diliga tugildi. (T.M.). 3. Xo‘sh, o‘sha ellik uch 
    daqiqa nima qilinadi, keyin? (A.S.Ekzyuperi.). 4. Bu xotinning joni 
    bitta emas, ming bitta! – dedi, – hozir tugab qolgan shamday lipillab 
    yonayotgan joni basharti so‘ngan taqdirda ham, qolgan mingtasini 
    yoqib keyin so‘nadi. (A.Q.) 5. Agar biron kishinikiga mehmon kelib 
    qolsa, hammasi navbatma –navbat chaqirishadi. (O‘.U.) 6. Savodsiz, 
    o‘qimagan Shu menga boshliq,– alam bilan o‘yladi Sodiq.– Men esam 
    oliy ma’lumotli yurist. (Sh. X.) 7. Bu oyimga juda yoqardi, pishiq 
    bo‘lsin, yog‘ochdan boshqani bilmaydigan otasiga o‘xshamay, 
    ro‘zg‘or ishlariga aralashib ko‘zi pishsin, der edi. (Ch.A.) 8. 
    Seningcha bu olmosning bahosi qancha? (V.Sh.) 9. Jasur kapitan bu 
    dadil bolani yoqtirib qoldi. (J.Vern.) 10. Bu – hayot qonuniyati, biz 
    uni inkor etolmaymiz va inkor etishga haqqimiz ham yo‘q. 
    (I.A.Karimov.) 


    32 
    20-mashqO‘qing. Olmoshlarni aniqlab, ma’no jihatdan turini 
    ayting va jadvalga yozing. Ularni qatnashtirib misollar tuzing. 
    Olmoshlarning ma’nosiga 
    ko‘ra turlari 
    Misollar 
    Kishilik olmoshlari 
    Ko‘rsatish olmoshlari 
    So‘roq olmoshlari 
    Belgilash olmoshlari 
    O‘zlik olmoshi 
    Bo‘lishsizlik olmoshlari 
    Gumon olmoshlari 
    21-mashq. Gaplar tarkibidagi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni 
    topib tahlil qiling. 
    1.Pichir-pichir eshitaverib ko‘zim ketadi. (T.M.) 2. Oradan yillar 
    o‘tib, urushda mutlaq g‘olib bo‘ldim, degan to‘xtamga kelib qoldi. 
    (T.M.) 3. Uzr, “a’lo hazratingni” deyishim kerak edi, negaki, xudodan 
    senga marhamat bo‘lmaydi…(V.Sh.) 4. Esim qursin, ovqatga 
    unnamay o‘tirishimni qara. (O‘.U.) 5. – Bo‘shashma, kichkina bola
    oz qoldi! – deb qo‘yardi. Biroq o‘zi ham qattiq charchaganidan ovozi 
    bo‘g‘ilib chiqardi. (Ch.A.) 6. Shu-shu bo‘ladi- bobomiz dalasi yuzini 
    qaytib ko‘rmas bo‘ladi. (T.M.) 7. Negaligini xudo biladiyu dilimni 
    yana qo‘rg‘oshindek g‘ashlik qopladi. (A.S.Ekzyuperi.) 8. Ochiq 
    derazadari tip-tiniq osmonnin g bir chekkasi ko‘rinib turardi. (O‘.H.) 
    9. Kemada u dengizchilik hunarini o‘rgana boshladi. (J.Vern.) 10. 
    Bizning shefimiz o‘sha aytgan odamingiz bilan Muniraxon to‘g‘risida 
    gaplashgan ekan. (Sh. X.) 

    Download 1.24 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish