8-mashq. O‘qing. Gaplarni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib, bo‘g‘inlarning turi va tuzilishini ayting. 1. Murotali uning so‘zlarini chidam bilan tinglab, uncha ham
ishonmaganday boshlarini chayqardi. (Sh.R.) 2. Ayvonda bosma gulli
bo‘z ko‘rpa yopilgan pastakkina tanchada qizlar o‘tirardi. (O.) 3.
To‘g‘ri, o‘tgan kuni saharda rasadxonaga kirib kelgan ustod bu
to‘g‘rida so‘z ochmadi. (O.Y.) 4. Salohdor fonusni baland
ko‘targancha ro‘paradagi eshikni ochib unga yo‘l berdi. (O.Y.) 5.
Ummatali boshqa gap so‘ramadi. Ishini bitkazib egarga mindi-yu,
xayr ham demay jo‘nab ketdi. (S.A.) 6. – Ishing bo‘lmasa kitob o‘qi,
husnixat ol: sen kulolning qizi emassanki... (A.Qod.)
9-mashq. Quyidagi topshiriqlarni bajaring. 1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring. Har bo‘g‘in tuzilishiga ko‘ra
to‘rtta misol keltiring.
2-topshiriq. So‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzing.
Bo‘g‘in tuzilishi Misollar unli+undosh (VC)
undosh+unli (CV)
unli+undosh+undosh (VCC)
undosh-unli-+undosh (CVC)
undosh+unli+undosh+undosh (CVCC)
undosh-unli+undosh+undosh+undosh
(CVCCC)
10-mashq. Urg‘u tushgan bo‘g‘inlarni aniqlang. 1. To‘riga quyma tilladan yasalgan o‘ymakor kursi o‘rnatilgan
salomxona nimqorong‘i edi. (O.Y.) 2. U, usta Hazratqul bilan
xayrlashar ekan, qurilish materiallari olish uchun yordam qilishga
va’da berdi. So‘ngra, epchillik bilan Boychivorga mindi-yu,
Oltinsoyga qarab yo‘l oldi. (Sh.R.) 3. Lekin u otlanib, uyiga
qaytayotganda sal hovuridan tushdi-yu, Uzun Hasan aytgan so‘nggi
gaplarda achchiq bir haqiqat borligini sezdi. (P.Q.) 4. Xobgohdan ikki
xona narida hashamatli tanobiy uyda allaqachon tuzib qo‘yilgan