10
(I.A.Karimov.) 3. –Men seni birorta ham
kema yeta olmaydigan olis
manzillarga olib ketishim mumkin,-dedi ilon. (A.S.Ekzyuperi.) 4.
Ko‘cha eshik g‘iyqillab ochilib yopilganidan keyin, Alimardon o‘zini
yostiqqa tashladi. (O‘.H.) 5. Qishloq jimib qolgan, paxsa devorlar zax
bosib ketgan, hali ko‘milmagan toklar egri-bugri qizg‘ish gavdasini
yashirolmay, iymanganday osilib yotardi. (O‘.H.) 6. O‘tgan kuni
boshliq
Toshkentga ketar ekan, G‘iyosovni chaqirib: “Abbosovning
jiyani keladi. O‘zi, yaxshi bolamas”,- dedi... (Sh. X.) 7. Nega Nazarov
ishga qiziqib ketib, bironta aspiranturaga kirishni ham o‘ylamayapti?
(Sh. X.) 8. Nazarov dardiga doktorlar shifo topishi mushkul ekanini
anglagach, Bekat qayerdasan, deb yo‘lga chiqdi. (Sh. X.)
15-mashq. O‘qing. Assimilyatsiya, dissimilyatsiya va metatezga
uchragan so‘zlarni toping.
1. – Bo, zaril keptimi!-Lobar labini burdi.- Ishim boshimdan
oshib yotibdi. (H.G’.) 2.
Menga qara, Hojiakbarri o‘g‘lisan-a, ertaga
bir do‘ppi o‘rik beraman, mana shu xatti o‘qib ber. (S.A.) 3. O‘nta
qo‘yni qishdan omon chiqarsa, bitta qo‘zi ustama mukofot oladi. (Sh.
X.) 4. Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq
novvoylarga
un berib, ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z
zimmamga olurman! (P.Q.) 5. Tankka qarshi to‘plar, tanklarni yaqin,
go‘yo mana-mana sapchish bilan bosib, yanchib keta oladigan
masofaga
keltirib, omonsiz o‘tga tutardilar. (O.) 6. Elmurod… turli
noz-u ne’matlardan yeyotgan sallalilarga telmurdi. (P.T.) 7. - Sayr
qilsa arziydigan tun,-dedi Ketrin.-
Bevosh kecha, nimasini aytasiz.
(E.Xeminguey.) 8. Boshim aynaldi. U yo‘gini eslolmayman. (H.G’.)
9. Gulsinbibi qizi Gulnorni po‘rasiga o‘tqizdi, mahsini yeshtirdi. (O.)
10. Aytmoqchi, kechka yaqin yana kirib o‘tarsiz. (J.Abd.)