O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik institut




Download 1.64 Mb.
bet14/18
Sana24.03.2017
Hajmi1.64 Mb.
#1472
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Tabiat muhofazasi va ekologiya
Hozirgi davrda insonyat oldida turgan muammolardan biri bu ekologiya muammolaridir. Har bir inson ekologiyani buzulishini oldini olish uchun fikirlash asosida ish qilish kerak. Ayniqsa ishgi yonuv dvigatellari o’rnatilgan traktor va avtomobilardan foydalanilganda ularning dvigatellari ishlaganda chiqadigan zaharli gazlarni miqdorini me’yoridan oshishiga yo’l qo’ymaslik uchun dvigatelning yoqilg’ini purkash burchagini aniq o’rnatish, silindr-porshen gruppasi va gaz taqsimlash mexanizmi detalarining ishga yaroqsizlarini o’z vaqtida almashtirilishini ta’minlash zarur. Iloji boricha oxirgi davrda fan yutuqlariga asosan ishlab chiqarilayotgan, yani yoqilg’ini purkalishini tirsakli valning aylanish chastotasiga va dvigatelning ish rejimiga asosan avtomatik ravishda o’zgartiradigan yoqilg’i nasoslaridan va dizel dvigatellardan foydalanishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Agar mumkin bo’lganda ekalogiyani buzmaydigan elektrodvigatelli traktor va avtomobilardan foydalinishni tashkil etish zarur, qishlok xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda agromostlardan foydalanishda yoki transport vositasi sifatida trolebus, tramvay va elektropoyezdalardan keng foydalanish zarur

Yoqilgi moylash materialaridan foydalanishda ularni suv havzalariga tuproqqa to’kilmasligini taminlash, foydalnishga yaroqsiz yoqilgi moylash materiallarini ekologiyaga zarar yetkazmaydigan qilib bartaraf etishni yo’lga qo’yish zarur.

Bizning fermerlar uyushmasida ekologiya muamolariga rioya qilinishini tahlil qiladigan bo’lsak, uyushmadagi ko’pgina traktor va avtomobilar dvagatellari ishlaganda chiqaradigan zaharli gazlar miqdori ruxsat etilganidan yuqori, bu esa atrof muhit sharoitiga salbiy tasir ko’rsatadi.

Shularni oldini olish uchun uyushmadagi barcha ichki yonuv dvigateli bilan ishlaydigan texnik vositalar yiliga har uch oyda (ekologiya muamolari asosida ) texnik ko’rikdan o’tkazishni yo’lga qo’yish ishlari olib borilmoqda.

Dvigatel ishlatilganda ishlagan gazlar bilan chiqadigan uglevod miqdori 1.5% dan oshsa bu texnik vositalarning buzulgan qisimlari tuzatilib kamchiligi bartaraf etilmoqda. Shundan so’ng ulardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Shu vaqtgacha yoqilg’i-moylash materialaridan foydalanilganda ularni tuproqqa suv xavzalariga to’kilmasligini taminlashni har bir tegishli ishchilardan talab etilayotganligiga qaramasdan baribir ko’pchilik shaxslar yoqilg’i moylash materiallarini tuproqqa to’kilishiga va bazi hollarda suv havzalariga ham to’kilishiga yo’l qo’ymoqda. Ayniqsa foydalanishga yaroqsiz bo’lgan yoqilg’i-moylash materiallarini bartaraf etish choralari to’la amalga oshirilmaydi. Natijada ular tuproqqa tushib uning ekalogiyasini buzilishiga sabab bo’lmoqda.

Tabiatni atrof muhidni zararli ximiyaviy brikmalar bilan ifloslanishidan muhofoza qilish:

Qishloq xo’jaligida o’simlik zararkunandalariga, kasaligiga va begona o’tlarga qarshi ishlatiladigan zaharli ximikatlar hayvonlar va inson organizmlari uchun ham zararlidir.

DDT, dieldrin kabi insektisidlar turpoqda juda uzoq vaqt yani 15 yildan 50 yilgacha saqlanishi aniqlangan. DDT tuproqda to’plandi, undan tuproq organizmlari (chuvalchang qurtlar)ga o’tib ular orqali boshqa hayvonlarga o’tadi va oqibatda ular zaharlanadilar. Hozirgi paytda bunday DDT ni ishlatish taqiqlangan.

MMTP xududida ekologiyani yaxshilash maqsadida o’tgan yili bohorda xududda joylashgan maktab va kollejdagi barcha ishchilar va o’quvchilar shu jumladar MMTP dagi barcha rahbarlar 20 donadan ko’chatlar o’tqazib ularning parvarishini ya’ni unub chiqishini ta’minladilar.





Download 1.64 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 1.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik institut

Download 1.64 Mb.