• Hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish hamda ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash
  • O‘zbekiston respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘G‘risida




    Download 90.47 Kb.
    bet10/14
    Sana31.07.2021
    Hajmi90.47 Kb.
    #16273
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    T/r

    Chora-tadbirlar

    Amalga oshirish mexanizmi

    Ijro muddatlari

    Mas’ul ijrochilar

    Hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish hamda ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash

    1.

    Respublika hududida joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish.

    1. Joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish uchun yetakchi, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

    2021-yil iyun

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

    2. Joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish bo‘yicha respublika ishchi guruhini tuzish.

    2021-yil iyul

    3. Loyihani 2022-yilgi Investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.

    2021-yil sentyabr

    4. Joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqishkonsepsiyasi, loyihalashtirishga topshiriqlar, boshlang‘ich-ruxsat berish hujjatlarini tayyorlash, muhandislik-texnik qidiruvlarni o‘tkazish.

    2022-yil aprel

    5. Joylashtirishning bosh sxemasi loyihasini ishlab chiqish hamda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

    2023-yil iyun

    6. Joylashtirishning bosh sxemasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

    2023-yil iyul

    2.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

    1. Hududlarni rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqish uchun yetakchi, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

    2022-yil dekabr

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

    2. Hududlarni rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha respublika ishchi guruhini tuzish.

    2023-yil yanvar

    3. Loyihani 2023-yilgi Investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.

    2023-yil mart

    4. Hududlarni rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqishkonsepsiyasi, loyihalashtirishga topshiriqlar, boshlang‘ich-ruxsat berish hujjatlarini tayyorlash, muhandislik-texnik qidiruvlarni o‘tkazish.

    2023-yil sentyabr

    5. Hududlarni rejalashtirish sxemalari loyihalarini ishlab chiqish hamda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

    2025-yil mart

    6. Hududlarni rejalashtirish sxemalari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

    2025-yil aprel

    3.

    Hududiy “Dizayn-kod”ni joriy etish.

    1. “Dizayn-kod”dan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

    2021-yil may

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

    2. Respublika hududlari shaharsozligining mahalliy xususiyatlarini o‘rganish.

    2021-yil noyabr

    3. “Dizayn-kod”ni qo‘llash bo‘yicha tavsiyaviy normativ hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish.

    2022-yil iyul

    4.

    Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish bo‘yicha standartlar majmuini joriy etgan holda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlaridan foydalanish.

    1. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish bo‘yicha standartlar majmuini ishlab chiqish.

    2021-yil iyun

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

    2. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish bo‘yicha standartlarni qabul qilish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    2021-yil dekabr

    5.

    Aholi punktlarining bosh rejalariga ommaviy hujjat maqomini berish.

    1. “Shaffof qurilish” MAT doirasida tegishli axborot portalini yaratish.

    2021-yil avgust

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

    2. Portalni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

    2021-yil dekabr

    3.Aholi punktlarining bosh rejalari axborot portalida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborotnikeng yoritish.

    2022-yil mart

    4. Aholi punktlarining bosh rejalarini jamoatchilik ishtirokida tizimli ravishda muhokama qilish.

    Doimiy ravishda

    6.

    2025-yilga borib shaharlarni bosh rejalar bilan to‘liq, shahar qishloqlarini 25 foizgacha qamrab olish.

    1. Respublika shaharlarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida shaharlar va shahar qishloqlarining 18 ta bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlash.

    2021-2022-yillar

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqarti�ish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

    2022-yil avgust

    7.

    Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llashning Yagona standartlarini yaratish.

    1. Qurilish hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, loyiha tashkilotlari xodimlari orasidan ishchi guruhi tuzish.

    2021-yil mart

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

    2. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llashning Yagona standartlarini ishlab chiqish.

    2021-yil dekabr

    3. Yagona standartlarni ta?diqlash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    2022-yil may

    8.

    Shaharni rejalashtirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi shaharni rejalashtirish sohasidagi xorijiy tajribalarni o‘rganish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:

    hududlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga jalb qilingan Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, loyiha tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruhini tashkil etish;

    xizmat safarlari jadvalini tuzish orqali chet el tajribasini o‘rganishni tashkillashtirish;

    mutaxassislarning malakasini oshirish tadbirlarini (ma’ruzalar, seminarlar, treninglar va hokazo) o‘tkazish uchun shaharlarni rejalashtirish sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

    har bir xizmat safari va (yoki) malaka oshirish tadbirlarining yakuni bo‘yicha shaharni rejalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash hamda Qurilish vazirligi hay’atida ko‘rib ch�qish va muhokama qilish uchun kiritish;

    Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga takliflarni kiritish.



    2021-yil fevral

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar



    Download 90.47 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 90.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘G‘risida

    Download 90.47 Kb.