II. Shaharsozlik faoliyati sifati va xavfsizligini oshirish




Download 90.47 Kb.
bet11/14
Sana31.07.2021
Hajmi90.47 Kb.
#16273
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
II. Shaharsozlik faoliyati sifati va xavfsizligini oshirish

9.

Texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy hujjatlarni geologiya, tabiiy-iqlim, seysmologiya va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan xolda xorijiy normativ hujjatlar bilan uyg‘unlashtirish.

1. Xorijiy kompaniyani jalb qilish.

2021-yil yanvar

Shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni isloh qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Ramatov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik topshiriqlarni kelishish, shartnomalar tuzish.

2021-yil fevral

3. Jalb qilingan xorijiy kompaniya bilan birgalikda texnik tartibga solish sohasidagi milliy hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish hamda xalqaro normativ hujjatlar bilan solishtirish.

2024-yil oktyabr (doimiy asosda)

4. Xalqaro me’yorlarni texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativlarga implementatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2024-yil oktyabr

5. Texnik tartibga solish sohasidagi yangilangan milliy hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil dekabr

6. Yangilangan normativ bazani yaratish.

2025-yil davomida

10.

Bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish

1. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni tahlil qilish;

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Energetika vazirligi (A. Sultonov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (A. Maksudov) “O‘zstandart” Agentligi (D. Sattarov)

2. Bino va inshootlarning, shu jumladan tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda holatlardagi xavfsizligiga (yong‘in, mexanika, ekologiya va boshqa) doir talablarni o‘z ichiga oluvchi bino va inshootlar xavfsizligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha normativ huquqiy hujjatni ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

11.

Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitoring qilish tizimlarini joriy etish.

1. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitoring qilish tizimlarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlarini joriy etish bo‘yicha texnik normativlar va standartlarni ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

3. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlaridan foydalangan holda loyiha yechimlarini qo‘llash masalalarini loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish amaliyotiga joriy etish.

Doimiy ravishda

12.

Shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar, shu jumladan xorijiy normativ hujjatlar, ilmiy-texnik kutubxonasini tashkil qilish.

1. Ilmiy-texnik kutubxonani joylashtirish masalasini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shaharsozlik faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil aprel

3. Ilmiy-texnik adabiyotlarni sotib olishni moliyalashtirish masalasini ishlab chiqish.

2022-yil oktyabr

4. Milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar kutubxonasi fondini shakllantirish.

2023-2024-yillar

13.

Loyiha-qidiruv yoki qurilish faoliyatiga sug‘urta qilish tamoyillarini joriy etish.

1. Loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatida sug‘urta qilishni qo‘llashning eng yaxshi xalqaro tajribasini o‘rganish.

2021-yil aprel

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash hamda aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

14.

Davlat xizmatlarini hamda ruxsat berish tartib-taomillari, loyiha hujjatlar ekspertizasi, shuningdek, qurilish sohasidagi nazorat bilan shug‘ullanuvchi vakolatli organlar va tashkilotlarning xodimlarini davriy attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish.

1. Qurilish obyektlarining xavflilik toifalariga qarab attestatsiyadan o‘tkazishga nisbatan tabaqalashtirilgan talablarni ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tizimli ravishda, ikki yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkazishni amaliyotga joriy etish.

2022-yildan boshlab

3. Vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlarining yagona reyestrini tuzish va yuritish.

birinchi attestatsiyadan so‘ng, doimiy ravishda

15.

Etakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilgan xolda treninglar, seminarlar, mahorat darslari, o‘quv kurslarini tashkillashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarni, jumladan O‘zbekiston arxitektorlar kengashi va O‘zbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasining rolini oshirish.

Treninglar, seminarlar, mahorat darslari, o‘quv kurslarini tashkil etish uchun yetakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilish bo‘yicha 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov) O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), O‘zbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov)

16.

Loyiha va pudrat ishiga “ustoz — shogird” tamoyillarini tatbiq qilish.

1. Ustozlar tomonidan yosh arxitektorlar, loyihachilar va quruvchilarning ishlariga taqriz berish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi ustozlik tamoyillaridan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), O‘zbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov)

2. Ustozlikning mohiyatini tushuntirish uchun loyiha va qurilish pudrat tashkilotlari ishtirokida tematik seminarlar o‘tkazish.

2022-yil I yarim yillik

17.

Mahalliy dasturchilar tomonidan loyihalashtirish va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish sohasida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.

1. Etakchi IT-mutaxassislar va pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tuzish.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), loyiha tashkilotlari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilari

2. Mahalliy dasturchilar tomonidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil noyabr

18.

Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi.

1. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasiga (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganish va uning natijalariga ko‘ra asosli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

19.

Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish.

1. “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzish.

2021-yil may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (U. Egamberdiyev), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash:

qurilish tarmog‘ining barcha tashkilotlarida mehnatni muhofaza q�lish xizmatini tashkil etish, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassis lavozimi kiritish;

sohaga malakali kadrlar, muhandislar va texnik mutaxassislarni jalb qilish, ish joylarida xavfsizlik va gigiyena masalalari bo‘yicha xodimlar, ishlab chiqarish xodimlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirishni tashkil etish;

qurilish maydonchalarida potensial tahdidlarni aniqlash, kasbiy xavf-xatarlarni baholash, nazorat qilish va boshqarishni o‘z ichiga oluvchi Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga muvofiq mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi, ISO : 45001 xalqaro standarti qurilish tarmog‘i obyektlarida joriy etilishini ta’minlash.



2022-yil mart

20.

Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikka rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali kadrlarga investitsiya qilish, ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

ish joylarida xavfsizlik va gigiyena talablariga rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali motivatsiya tadbirlarini o‘tkazish;



Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni — 28-aprelda faxriy yorliqlar, ko‘krak nishonlari, mukofotlar, suvenirlar, sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanmalar topshirgan holda “Mehnat muhofazasida faol, ilg‘or va a’lo rahbar”, “Mehnat muhofazasida faol, ilg‘or va a’lo mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazishni amaliyotga kiritish.

2021-yil avgust

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish

21.

Tadbirkorlik faoliyati obyektlarini qurishga yer uchastkalarini sotish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va hujjatlarni tayyorlash muddatlarini qisqartirish.

1. Elektron auksionlarni o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash va kelishish, shu jumladan hujjatlarni kelishish muddatlarini tahlil qilish.

2021-yil mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ayrim ruxsat berish tartib-taomillari va hujjatlarni kelishish muddatlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

2021-yil noyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

22.

“Biznes yuritish” xalqaro indeksining (Doing Business Index) qurilishga ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction Permits) qismida O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash.

1. Qurilishga ruxsatnomalar olish jarayonini (muddatlar, tartib-taomillar soni, qiymat, sifat) takomillashtirish qismida xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ilg‘or xorijiy tajribani milliy tartib-taomillar bilan solishtirish.

2021-yil iyul

3. Takliflar va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

23.

Loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari)ning xaridi jarayonlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi xarid tartib tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha qarori loyihasini tasdiqlash:

elektron tender platformasini joriy etish;

xarid tartib-tamoyillariga sarflanadigan vaqtni ikki baravar qisqartirish;

elektron reytingni joriy etish hisobiga tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini baholash tartibini bekor qilish;

namunaviy xarid qilish hujjatlarini tasdiqlash.


2021-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

24.

Shaharsozlik subyektlari faoliyatidagi litsenziyalash va ruxsatnoma tartib-tamoyillarini tubdan takomillashtirish.

1. Xorijga xizmat safarlarini tashkillashtirish yo‘li bilan loyiha tashkilotlarni litsenziyalash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish;

2021-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish:

a) xavflilikning I toifasidagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini xabarnoma yuborish tartibiga o‘tkazish;

b) xavflilikning II, III, IV toifalaridagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashga asoslangan holda litsenziyalash tartibini joriy qilish va bunda quyidagilarni nazarda tutish:

bilim, tajriba va ish staji, loyihalashtirishning zamonaviy uslublari va texnologiyalarini qo‘llash va boshqa mezonlarni baholash;

loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni qayta attestatsiyadan o‘tkazish (5 yilda kamida bir marta) asosida ularni davriy sertifikatlash;

v) loyihalashtirish va qurilish sohasidagi sertifikatlangan mutaxassislarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, maxsus identifikatsiya kartalari va QR-koddan foydalangan holda ularning kasbiy faoliyatini kuzatib borish.



2022-yil may

Qurilish pudrat tashkilotlarini qurilish yo‘nalishlari va toifalari bo‘yicha, shuningdek, qurilish pudrat tashkilotlari elektron reytingiga bog‘lagan holda guruhlashni hisobga olib, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda faoliyatini litsenziyalashdan tashqari usullar bilan tartibga solish mumkin bo‘lmagan, qurilish-montaj ishlarining alohida turlari bilan shug‘ullanuvchi qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish:




Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

a) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish;

2021-yil yanvar

b) elektron reyting doirasida qurilish pudrat tashkilotlarining faoliyatini tahlil qilish hamda qurilish-montaj ishlarining turlari va/yoki qurilish obyektlarining xavflilik toifalari kesimida litsenziyalashga muayyan mezonlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

2021-yil mart

v) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil aprel

25.

Kafolat muddati tugagach kafolat summasini to‘lash miqdorini qayta ko‘rib chiqish.

1. Kafolat muddati tugagach obyektlarning xavflilik toifasiga qarab kafolat summasini to‘lash miqdorini aniqlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, uni to‘lash muddatlarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil sentyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2. Takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

2021-yil noyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

26.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini bosqichma-bosqich joriy etish va uning asosida shaharsozlik faoliyati subyektlari (buyurtmachi, loyihachi va pudratchi) tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishi.

1. Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini o‘rganish, zarur bo‘lganda, qurilishda xarid qilish uchun boshlang‘ich qiymatni aniqlashni, o‘zaro hisob-kitoblarning narx shakllanishini, hisobotlarni shakllantirish va moliyalashtirishni tahlil qilish uchun xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilish.

2021-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. O‘rganish asosida “resurs” va “hajm” uslublarini solishtirish.

2022-yil yanvar

3. “Hajm” uslubini joriy qilishni davom ettirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

4. Markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida “hajm” uslubini tajriba-sinov tarzida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

2022-yil mobaynida

5. Investitsiya dasturining kamida yuzta loyihasi bo‘yicha “hajm” uslubini kiritish.

2023-2024-yillar

6. Qurilish obyektlarining umumiy sonida “hajm” uslubi ulushini 50 foizgacha yetkazish.

2025-yil dekabr

27.

“Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasini joriy etish.

1. Elektron platformani joriy etish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov)

2. Ishchi guruh tomonidan Texnik topshiriq hamda vakolatli organlarning o‘zaro aloqa qilishi mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

3. Qurilish materiallariga mavjud standartlarni va statistik hisobotlar shakllarini xatlovdan o‘tkazish, yaratilayotgan klassifikatorning tuzilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2021-yil dekabr

4. Qurilish materiallari milliy klassifikatorini, shu jumladan har biriga individual kodlarni bergan holda qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflarini shakllantirish.

2022-yil iyul

5. Shu jumladan ishlab chiqaruvchilar dislokatsiyasi va logistika haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan elektron platformani tajriba-sinov tarzida ishga tushirish.

2023-yil fevral

28.

Q�rilish qiymatini aniqlashning bozor tamoyillari hamda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan muqobil mexanizmlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishga doir talablarni bekor qilish.

1. Bozor tamoyillari hamda shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachi va ishlar (xizmatlar) ijrochisi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan qurilish qiymatini aniqlash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

2. Qurilish vazirligi tomonidan loyihaoldi va loyiha hujjatlari smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishga doir majburiy talablarni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktyabr

29.

Davlat va unga tenglashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha qurilish sohasidagi texnik buyurtmachilar tizimini xususiy tadbirkorlik subyektlarini texnik buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirishga jalb qilish hisobiga tubdan isloh qilish.

1. Eksperiment tariqasida Toshkent shahrida buyurtmachi funksiyalarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi(A. Shin), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Toshkent shahrida qurilish-montaj ishlari tugallanguncha va tanlab olingan obyektlar foydalanishga topshirilguncha 10 ta loyihani amalga oshirishni boshqarish, shu jumladan “autsorsing” asosida injiniring xizmatlarini jalb qilish (mualliflik va texnik nazorat, loyihani boshqarish) bo‘yicha eksperiment o‘tkazish.

2022-yil dekabr

30.

Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini transformatsiya qilish

1. Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini moliyaviy va texnologik auditdan o‘tkazish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2021-yil yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

2. Har bir davlat loyiha instituti bo‘yicha rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini, shu jumladan texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. Investitsiyalar jalb qilish va (yoki) qurilish tashkilotlarining davlat loyiha tashkilotlari bilan kooperatsiyasini ta’minlash maqsadida investorlar qidirish hamda investorlar va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2022-yil yanvar

4. Muzo�aralar yakunlaridan kelib chiqib davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish, aksiyalarni qo‘shimcha emissiya qilgan holda (ustav fondini ko‘paytirgan holda) investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risida yoki boshqa kelishuvlarga ko‘ra bo‘yicha bitimlar tuzish.

Doimiy ravishda, bitimlar tuzish yakunlariga ko‘ra

5. Quyidagilar orqali loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatida davlat ishtiroki ulushini qisqartirish:

loyiha-qidiruv tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotish;



xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyalarini (ustav fondini oshirgan holda) qo‘shimcha emissiya qilish.

2021-2022-yillar

31.

Ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ipoteka obyektini rasmiylashtirish sharti bilan tijorat banklari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida beriladigan, qurilishning ulushli ishtirokchilari ipoteka krediti mablag‘lari hisobiga qurilish pudrat tashkilotlarini moliyalashtirishni tezlashtirish imkoniyatini ta’minlash.

1. Tijorat banklari tomonidan ulushli ishtirok etish asosida ko‘p kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida ipoteka kreditlari �osqichma-bosqich berilishini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil fevral

Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Ipoteka krediti va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil avgust

32.

Qurilish klastyerlarini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish, Ispaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarning qurilish klastyerlarini borib ko‘rish.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Muvofiqlashtiruvchi organni belgilash.

2021-yil oktyabr

3. Xorijiy tajribani o‘rganish asosida respublika hududlarining ehtiyojiga qarab klaster hamkorligi (ishlab chiqarish-qurilish, investitsiya-qurilish va loyiha-qurilish klastyerlari) uslubiyatini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

4. Klaster usulida tajriba almashish hamda qurilish-montaj jarayonlarining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ustalar va tor ixtisoslik mutaxassislarini o‘qitish tizimini kiritish.

2022-yil avgust

5. Ikkinchi bosqichda klaster hamkorlikni qurilish, loyihalashtirish va birgalikda investitsiyalash yo‘nalishlari bo‘yicha kengaytirish.

2023-yildan boshlab, doimiy ravishda

33.

Muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infrastrukturasining yetarli quvvati bilan ta’minlangan ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qo‘yish.

1. Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, quyidagilarni hisobga olgan holda respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini ishlab chiqish:

istiqbolda urbanizatsiyalashuv jarayonlari;

istiqbolda aholi tomonidan uy-joy mulkining sotib olinishiga prognoz ehtiyojni o‘rganish va tahlil qilish;

yetarli quvvatga ega bo‘lgan muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infrastrukturasining mavjudligi.



2021-yil noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Kadastr agentligi (X. Turaxujayev)

2. Respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirish konsepsiyalarining qoidalari va taqdimotlarini mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mobaynida

3. Investorlarni tanlashning aniq mezonlarini (“zamonaviy menejment” tizimining joriy etilganlik darajasi, ularning faoliyatini boshqarish tizimi, rejalashtirish samaradorligini baholash), tegishli investitsiya shartlarini bajarishga doir talablarni belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

4. Ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qo‘yish reja-jadvalini ishlab chiqish va sotish.

2024-2025-yillar

34.

Qurilishda an’anaviy loy g‘isht o‘rnini bosuvchi energiya tejamkor qurilish materiallarining yangi turlarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash:

mahalliy xomashyo asosida an’anaviy loy g‘isht o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarining yangi turlarini joriy etish masalasini ishlab chiqish;

ishlab chiqarish jarayonida mahalliy texnogen chiqindilarning qayta ishlanmalari va r�surs tejamkor texnologiyalar, tabiiy gaz o‘rnini bosuvchi yonilg‘i-energetika resurslarining qayta tiklanadigan va muqobil turlarini qo‘llash imkoniyatini o‘rganish.


2022-yil yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (A. Maksudov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Energetika vazirligi (A. Sultanov)

35.

Tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari zaxiralarining yangi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish.

1. Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturi doirasida tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari (granit, marmar, travertin, gabbro va boshqalar) zaxiralarining yangi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.

2021 — 2023-yillar

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B. Islamov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Har bir obyekt bo‘yicha quyidagilarga oid aniq muddatlar va chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi “tarmoq jadvallari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash:

geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga geologik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

prognoz resurslar va foydali qazilmalar zaxiralari o‘sishini hisoblagan holda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;

geologiya-qidiruv ishlarining natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish.



2021-yil fevral

36.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni qo‘llash amaliyotini kengaytirish.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan to‘ldirilgan sendvich panellar va boshqalar) qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Bino va inshootlarning energetika auditi tizimini keng joriy etish.

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Bino va inshootlarning energiya samaradorlik sinflari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Doimiy ravishda

38.

Kompleks qurilish sinov laboratoriyasini tashkil qilish.

1. Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi binosini qurish va asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini boshlash.

2021-yil sentyabr



Download 90.47 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 90.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Shaharsozlik faoliyati sifati va xavfsizligini oshirish

Download 90.47 Kb.