IV. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish




Download 90.47 Kb.
bet12/14
Sana31.07.2021
Hajmi90.47 Kb.
#16273
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
IV. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

39.

Joriy etilgan elektron platformalar ishlashini “Shaffof qurilish” MAT bilan qamrab olish.

1. Elektron platformalarni O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalar mutaxassislarini ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.

2020 �il dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘qitishni amalga oshirish va elektron platformalardan sinov tarzida foydalanish.

2021-yil fevral

40.

“Shaffof qurilish” MATning elektron platformalari va geoportalni idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.

1. “Shaffof qurilish” MAT va geoportalni boshqa axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2021-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Shaffof qurilish” MATning quyidagilar bilan integratsiya qilinishini ta’minlash:

elektron hukumat tizimlari;

yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazalari;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;



Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining axborot tizimlari.

2021-yil mart

3. Geoportalning “Yagona davlat kadastri tizimi” bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

2021-yil mart

41.

Geoportal ma’lumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining to‘liq kiritilishini ta’minlash.

1. Ma’lumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ma’lumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish.

Reja-jadvalga ko‘ra

42.

Ilmiy-texnik kutubxona negizida “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

3. Ma’lumotlar bazasini qurilish so�asidagi normativ hujjatlar bilan to‘ldirish.

2023-yildan boshlab doimiy ravishda

43.

Fuqarolarga qurilayotgan obyektlar to‘g‘risida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar ko‘rinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” tizimini yaratish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil aprel

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

3. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini sinov tarzida ishga tushirish.

2021yil noyabr

4. “Ogoh fuqaro” axborot tizimidan sinov tarzida foydalanish boshlanganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil yanvar

44.

Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash.

1. Xatlovdan o‘tkazish hamda zarur server va kompyuter asbob-uskunalari ro‘yxatini aniqlash.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olish bo‘yicha dastlabki hisob-kitob va buyurtmanomani tayyorlash hamda Moliya vazirligiga taqdim etish.

2021-yil aprel

3. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olishga pul mablag‘larini ajratish.

2021-yil iyun

4. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan ta’minlash.

2021-yil dekabr

45.

Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning internet resurslariga keng polosali kirish imkoniyati bilan qamrab olish.

1. Xatlovdan o‘tkazish va internet resurslariga keng polosali kirish darajasini aniqlash.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning internet resurslariga keng polosali kirishini ta’minlash uchun ro‘yxatni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etish.

2021-yil aprel

3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet-resurslarga keng polosali kirishni ta’minlash.

2022-yil iyun

46.

Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga o‘qitish.

1. Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga o‘qitish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, shu jumladan videokonferensaloqadan foydalangan holda o‘qitishni amalga oshirish.

2021-yil mart

47.

“Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

1. Press-reliz va taqdimot materialini ishlab chiqish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

2. “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Doimiy ravishda

48.

Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlarini geofond ma’lumotlar bazasiga kiritish.

Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlari bo‘lishi majburiyligiga doir talabni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

49.

Yer uchastkalari, istiqbolda, shuningdek, bino va inshootlar to‘g‘risida axborot olish funksionalini yaratish.

1. Geoportalni qurilish olib borish taklif qilinayotgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish qismida Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2021-yil iyun

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Geoportalni ko‘chmas mulkning manzilli reyestri bilan integratsiya qilish.

2021-yil avgust

50.

Qurilish sohasidagi organlar tomonidan taqdim etilayotgan, qurilish sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish.

1. Qurilish sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish.

2021-yil aprel

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi(R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini “Shaffof qurilish” MAT bilan integratsiya qilish.

2021-2022-yillar

51.

Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash.

1. Axborot xavfsizligi ta’minotini auditdan o‘tkazish.

2021-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (D. Chichenkov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriy etish.

2022-yil oktyabr

3. Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligi ta’minotini monitoring qilish.

Doimiy ravishda



Download 90.47 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 90.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

Download 90.47 Kb.