• O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
  • V. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish




    Download 90.47 Kb.
    bet13/14
    Sana31.07.2021
    Hajmi90.47 Kb.
    #16273
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    V. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish

    52.

    Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarini “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash.

    1. “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulanadigan arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

    2023-yil iyun

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

    2. Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarini server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash.

    2023-yil dekabr

    3. Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarini “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash bo‘yicha ijrochilarning qo‘shma qarorini qabul qilish.

    2024-yil yanvar

    53.

    Arxitektura va qurilish sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish.

    1. Etakchi xorijiy, xususan Yaponiya, Turkiya, XXR oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish.

    2021-2022-yillar

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

    2. Quyidagilar bo‘yicha kelishuvlar tuzish:

    O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochish;

    xorijiy arxitektorlar va muhandislarni o‘qitishga jalb qilish;

    talab eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom bergan holda qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish.



    Muzokaralar yakunlariga ko‘ra

    3. Toshkent arxitektura-qurilish institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma qarorini ishlab chiqish va qabul qilish:

    milliy reytingdagi pozitsiyalarini oshirishni ta’minlash;



    uning xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga (TOP-1000) kirishi.

    2021-yil avgust

    54.

    Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalari negizida o‘qitishning zamonaviy va innovatsion uslublarini qo‘llash.

    1. Kasb-hunar ta’limi muassasalarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qamrab olishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

    2021-yil fevral

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

    2. O‘qituvchilarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha turkum dasturlar ishlab chiqish.

    2021-yil may

    3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan eng tajribali xodimlar orasidan o‘qituvchilar tanlab olinishini ta’minlash.

    Doimiy ravishda

    4. Qurilish sohasidagi riv?jlanish tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda yangi avlod tarmoq darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini tayyorlash.

    2022-yil sentyabr

    5. Arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda o‘qitishning innovatsion uslublarini qo‘llash.

    2023-yildan boshlab

    55.

    Respublikaning arxitektura-qurilish kollejlarida kouchinglar o‘tkazishni joriy qilish.

    1. Professional yuqori malakali kouchlarni taklif qilgan holda trening �a seminarlar o‘tkazish orqali o‘qituvchilarni kouching tamoyillari va ko‘nikmalariga o‘qitish.

    2021-yil mobaynida

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

    2. Kollejlarni rivojlantirish strategiyasini (kouch uslubidagi pedagogik kengash) ishlab chiqish.

    2022-yil may

    3. O‘qitishdagi innovatsion yondashuvni aprobatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha pedagoglarning tajriba almashishini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarga kouching yondashuvini joriy etish.

    2022-yil oxirigacha

    4. Imtihonlarga tayyorlanishda, o‘z maqsadlarini belgilashda va kasbga yo‘naltirishda psixologik-pedagogik kuzatuv ostida ta’lim olayotganlar uchun kouching-sessiyalar o‘tkazish.

    2023-yildan boshlab, doimiy ravishda

    5. Pedagogik kengash, ijodiy guruhlar yig‘ilishlari, laboratoriyalar ishini olib borishda kouch uslubidan foydalanish.

    2023-yildan boshlab doimiy ravishda

    56.

    Qisqa muddatli kurslar doirasida qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini o‘qitish.

    1. Ishlab chiqarish ta’limining malakali ustalari va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish uchun jalb qilish.

    2020-2021-yillar

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

    2. Qisqa muddatli kurslarni joriy etish va qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini o‘qitish.

    2021-yil yanvar

    3. Ta’lim oluvchilarning tanlangan kasbga muvofiq mutaxassisligini identifikatsiya qiluvchi maxsus kasbga muvofiqlik sertifikatlarini berish.

    Kurslar tugagandan so‘ng

    4. Sertifikatlarning QR-kodi va ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish yo‘li bilan mutaxassislarni aniqlab olish tizimini yaratish.

    2021-yil dekabr

    57.

    Moslashtirish markazlarini hamda texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilishni rivojlantirish.

    Quyidagilarni nazarda tutgan holda 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash:

    ilm-fan va real sektorning samarali o‘zaro aloqasi mexanizmlarini shakllantirish;

    qurilish tarmog‘i ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma va texnologik yechimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini muntazam ravishda monitoring qilish;

    arxitektura va qurilish sohasida olib borilayotgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish.



    2021-yil mart

    Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

    58.

    Iste’dodli yoshlarni arxitektura va qurilish fanlari sohasidagi ilmiy va ijodiy faoliyatga jalb etishni rag‘batlantirish tizimini yaratish.

    1. Yosh olimlar uchun kasbiy tanlovlar tizimini joriy etish.

    2021-yil mart

    Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

    2. Suhbat o‘tkazish hamda iste’dodli mutaxassislarni loyiha va qurilish pudrat tashkilotlariga ishga joylashtirish choralarini ko‘rish.

    Doimiy ravishda

    59.

    Arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy salohiyat natijadorligini oshirish.

    1. O‘zaro manfaatli xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy olimlar va tashkilotlarning xalqaro ilmiy uyushmalar va boshqa professional birlashmalarda ishtirok etishini ta’minlash tizimini yaratish.

    2022-yil may

    Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

    2. Arxitektura va qurilish sohasidagi jurnallar reytingini oshirish choralarini ko‘rish.

    Doimiy ravishda

    60.

    Kadrlarni boshqarish tizimini rivojlantirish hamda qurilish organlari va muassasalari tizimiga malakali xodimlarni jalb qilish.

    1. Boshqarish, malaka talablari asosida kadrlarni tanlab olishning zamonaviy uslublarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

    2021-yil iyun

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

    2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatni ishlab chiqish:

    NR-menejment tizimini joriy qilish, shu asosda Qurilish vazirligining ijobiy imijini, kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish;

    kadrlarga oid marketing tizimini faollashtirish, malakali kadrlarni jalb qilishga qaratilgan rekrutmentning yangi uslublarini (onlayn-rekrutment, faol xedxanting) joriy etish;

    kadrlarga oid kontrolling tizimini (o‘zini o‘zi nazorat qilish tizimini) rivojlantirish;

    Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimini joriy etish.


    2021-yil avgust

    3. Quyidagilar bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish:

    qurilish organlari va muassasalari xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminarlar, mahorat darslari va o‘quv kurslarini tashkil etish;

    qonun hujjatlaridagi yangiliklar va dolzarb muammolarni hisobga olgan holda Qurilish vazirligi tizimi xodimlari uchun o‘quv dasturlarini yaratish va yangilash;

    mehnat jamoasini professionalizm, xodimlarning yangiliklarga (stress-menejment, taym-menejment, timbilding va boshqalar) intiluvchanligi va moslashuvchanligiga erishish maqsadida ijtimoiy jihatdan rivojlantirish.



    2021 — 2023-yillar

    61.

    Xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish.

    Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi KPI tizimini joriy qilish:

    xodimlarga sifat va son jihatidan talablar va ko‘rsatkichlar qo‘yish, ularning manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash;

    ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijro intizomini baholash;

    kadrlar malakasini oshirish tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish;



    ish haqi to‘lashning yangi uslublarini joriy qilish (xodimlar faoliyati samaradorligining reyting tizimi mezonlarini, idoraviy rag‘batlantirish dasturlarini yangilash).

    2021-yil avgust

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

    62.

    Axborot-tahliliy markaz tuzish orqali tahlil va statistik hisobot tizimini isloh qilish.

    1. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini jalb qilgan holda axborot-tahliliy markazini tuzish masalasini ishlab chiqish.

    2021-yil iyun

    Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

    2. Moliyalashtirish va o‘zaro aloqa qilish sxemasini aniqlash.

    2021-yil sentyabr

    3. Markazning asosiy vazifalari etib shaharsozlik faoliyati statistikasini to‘plash (asosan avtomatik rejimda) va uni tahlil qilish, prediktiv modellarni qurish imkonini beruvchi takliflarni ishlab chiqishni belg??agan holda markazni tuzish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish.

    2022-yil oktyabr

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga
    3-ILOVA

    O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha

    MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR



    Download 90.47 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 90.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish

    Download 90.47 Kb.