• O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
  • -bob. Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini monitoring qilishni ta’minlash




    Download 90.47 Kb.
    bet9/14
    Sana31.07.2021
    Hajmi90.47 Kb.
    #16273
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    4-bob. Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini monitoring qilishni ta’minlash

    Qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga o‘z vaqtida erishish maqsadida Strategiyaning quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarini ta’minlash zarur:

    2025-yil oxiriga borib “Biznes yuritish” xalqaro indeksida (Doing Business Index) “qurilishga ruxsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;

    O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 2025-yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish;

    2025-yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish;

    2025-yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha to‘rtta elektron platforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;

    2025-yilga borib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obyektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;

    2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga (TOP-1000) kirishi.

    Qurilish vazirligi o‘z vakolatlari doirasida Strategiyani amalga oshirishni tizimli monitoring qiladi, umumiy muvofiqlashtiradi, qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ravishda ko‘rib chiqadi va hal etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga


    2-ILOVA

    O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha

    “YO‘L XARITASI”



    Download 90.47 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 90.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini monitoring qilishni ta’minlash

    Download 90.47 Kb.