|
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining
qarori
|
bet | 9/9 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #113137 |
Bog'liq 1-mustaqil ish R.KO‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining
qarori
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikat-siyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provaydyerlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
davlat organlariga axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
|
| |