|
II BOB. ma’lumot uzatish tarmoqlarining qurilish tamoyillari
|
bet | 4/9 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #131510 |
Bog'liq 1685449028 (3)II BOB. ma’lumot uzatish tarmoqlarining qurilish tamoyillari
2.1. Ma’lumot uzatish tarmog`ining tasnifi
Ma’lumot - bu uzatish va qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan axborotning bir ko‘rinishidir. Shu bilan birga axborotning bunday ko‘rinishi yordamida axborotni saqlash va qayta ishlash amallarini bajarish mumkin. Demak, axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasiga qaraganda umumiyroq.
Axborot – bu uzatish, tarqatish, o‘zgartirish, saqlash yoki bevosita ishlatish ob’ekti bo‘lgan ma’lumotdir. Axborot deganda qabul qiluvchiga kelib tushadigan har xil ma’lumot tushuniladi. Bu o‘lchash natijalari qandaydir ob’ektni kuzatish haqidagi ma’lumot bo‘lishi mumkin.
Xabar - axborot taqdim qilish shakli hisoblanadi. Bitta xabar bir qancha shaklda taqdim qilinishi mumkin. Masalan, telefon orqali berilayotgan axborot uzluksiz ko‘rinishda yoki telegramma ko‘rinishida, ya’ni diskret ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkin. Telegraf orqali ma’lumot uzatilganda, axborot harflar yig‘indisi, ya’ni so‘z ko‘rinishida va sonlarda taqdim qilinadi.
Xizmat - yuqori pog‘ona komponentlari ixtiyoriga beriladigan joriy pog‘onaga tegishli funksional imkoniyatlar to‘plamidir.
Interfeys - ikkita qurilma yoki tizimlar chegarasida ularning to‘liq birga ishlashini ta’minlovchi qurilmalar va protseduralar to‘plami.
Axborot kommunikatsiya sohasida protokol atamasi ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish kabi jarayonlarni belgilovchi qoidalar to‘plamiga aytiladi.
Protokollar - bu qoida va texnik protseduralar bo‘lib, bir nechta qurilma yoki dasturlarni ishlash jarayonida ularni bir-biri bilan muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi.
Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat mavjud:
Bir qancha protokollar mavjud bo‘lib, bularning hammasi turli aloqalarni ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir protokol maqsadga ko‘ra har xil topshiriqlarni bajaradi.
Protokollar OSI modelining turli pog‘onalarida ishlaydi. Protokolning vazifasi uning ishlash pog‘onasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Bir qancha protokollar birgalikda ishlashi mumkin. Ular protokollar steki yoki protokollar to‘plami turkumida bo‘ladi.
Protokollar stekining pog‘onalari OSI modelining pog‘onalari bilan mos keladi. Alohida vazifalarni boshqarish uchun har bir pog‘onada har xil protokollar ishlatiladi. Har bir pog‘onaning o‘zida qoidalar to‘plami bo‘ladi.
Protokollar shartli ravishda quyidagicha tasniflanishi mumkin:
internet tarmog‘ining asosiy protokollari: IP, ICMP, TCP, UDP;
transport protokollari: RTP, RTCP;
signal protokollari: SIP, H.323, SIGTRAN, MEGACO/H.248, MGCP, RSVP, SCTP, ISUP, BICC, SCCP, INAP;
marshrutizatsiya protokollari: RIP, IGRP, OSPF, IS-IS, EGP, BGP;
axborot xizmatlari va boshqaruv protokollari: SLP, OSP, LDAP;
xizmat protokollari: FTP, SMTP, HTTP, G.xxx (kodeklar uchun), H.xxx. Aloqa kanalida ma’lumot uzatish avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanib,
bu ma’lumotli hujjatlarni xat tashish yo‘li (yoki pochta bilan) va ko‘chirish yo‘li bilan tizim ma’lumotini boshqarib turadi. Ma’lumot uzatishga xizmat qiladigan idora (muassasa) hujjatlarini tarqatishga mexanik va qo‘l yordamida ko‘chirishlardan foydalaniladi. Bunday xizmatlar kichik kapital (mablag‘) yordamida ma’lumotni ohirigacha aniq hujjatlarni uzatishni qayd qiladi va o‘rta pog‘onali punktda ro‘yxatga olib, uni tekshirib (nazorat qilib) turadi. Past operativ (tezlikda) uzatish – foydalanish talablariga javob bera olmaydi. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan ma’lumot uzatish tizimidan foydalanib ma’lumotni operativ yetkazib beradi.
Vositalar to‘plami, ma’lumot uzatishga xizmat qilish uchun ma’lumot uzatish tizimini chaqirib beradi.
Uzatish tizimida ma’lumotni bevosita iste’molga va manba uzatish tizimida abonentlar, kompyuterlar, marshrutizatorlar, ma’lumot saqlash qurilmalari, telefon apparatlari, peydjerlar, ajratib turuvchi datchiklar, bajaruvchi qurilmalar va odamlar bo‘lishi mumkin.
Uzatish tizimini tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin (1.1-rasm):
Uzatish kanali (AK – aloqa kanali);
Ma’lumot uzatuvchi qurilmalar;
Ma’lumot qabul qiluvchi qurilmalar.
2.1-rasm. Ma’lumot uzatish tizimi
2.2– rasm. Ma’lumot uzatish tarmoqlarining tasniflanishi
2.3 – rasm. OSI modelining pog‘onalari
|
| |