|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti samarqand filiali kompyuter ijinjiniringi fakulteti
|
bet | 2/7 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 3,23 Mb. | | #251011 |
Bog'liq OxinjonUmumiy ma’lumot:
O‘zbekston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʻminlashni tashkil etish to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq 2006-2007 - o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» bakalavriat taʻlim yo‘nalishi ochildi.
2012-2013 - yildan boshlab, “Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi faoliyat yurita boshladi va “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” hamda “Elektron kutubxona va arxivlar” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 7 - iyundagi PQ 4354 - sonli "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" gi Qaroriga muvofiq hamda oliy taʻlim muassasalarida kutubxona faoliyati sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida, 2019-2020 - o‘quv yilidan boshlab, yangi "Kutubxona-axborot faoliyati" taʻlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
Kafedrada o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida t.f.d. prof. M.A. Rahmatullayev, p.f.n., professor B.I. Ganiyeva, t.f.n. dotsent U.F. Karimov, p.f.n. dotsent M.X. Maxmudov, t.f.n. dotsent A.M. Xundibayev, katta o‘qituvchi S.R. Arakelovlar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Kafedrada zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. O‘quv dasturlar yangilanib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi xorijiy davlatlar universitetlarining ish tajribalari o‘rganilib (Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya va boshqalar), yangi fanlar o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijda malakalarini oshirib, turli xalqaro seminar va konferensiyalarida faol qatnashib kelmoqdalar.
Kafedrada professional va ilmiy faoliyatni yirik va mashhur olimlar, professor-o‘qituvchilar ko‘rsatib kelmoqdalar, ulardan professor Raxmatullayev Marat Alimovich va Ganiyeva Barno Ilxamovna, PhD Rahimova Shaxnoza Anvarovna, katta o‘qituvchilar Arakelov Sergey Rubenovich, Ziyodullayeva Gulchiroy Erkinovna hamda bir nechta yosh assistentlar ish tajribalarni o‘rganishmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedra ochilishidan boshlab “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kutubxonachilik ishining an’anaviy ish uslubiyoti va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etilishiga qaratilgan yangi o‘quv fanlar kiritildi. Jumladan, 2015- yildan boshlab ingliz tili guruhlari tashkil qilindi va mutaxassislik fanlari to‘liq ingliz tilida o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi. 2018-2019 - o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishi “Kutubxona – axborot faoliyat (sohalar bo‘yicha)” nomi bilan qayta nomlandi.
Kafedrada mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalari taʻlim jarayonida qo‘llab kelinmoqda:
- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Kataloglashtirish va klassifikasiya” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 676-502);
- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Jahon axborot resurslari” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 676-503);
- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun hammualliflikda “Kutubxonashunoslik” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 1186-146);
- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun hammualliflikda “Jahon axborot resurslari” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 133-104);
- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborot kutubxona katalogi va fondi” o‘quv qo‘llanmasi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 434-070);
- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborot kutubxona katalogi va fondi” uslubiy qo‘llanmasi (TATU Kengashi tomonidan tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 9-659 2016-yil 2.06);
- oliy taʻlim muassasalari talabalari hamda Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari uchun “Авторские права на электронные издания” maʻlumot-uslubiy materiallar to‘plami (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʻlim, madaniyat va sport masalalari Qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan 2013-yil 4-yanvar №1-01-1 bayonnoma);
- oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik taʻlim yo‘nalishi bakalavrlarining bitiruv malakaviy ishlarini bajarishga qo‘yiladigan talablar” uslubiy qo‘llanmasi (TATU kengashi tomonidan tavsiya etilgan 2015-yil) kabi o‘quv adabiyotlari chop etildi.
Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Arakelov Sergey Rubenovich, Ziyodullayeva Gulchiroy Erkinovna, Sultanova Zuhra Shuhratovna, Abduzoirov Shaxobiddan Najmiddinovichlar mustaqil tadqiqotchi sifatida PhD dissertasiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Ахborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo‘yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Toshkentning kitob do‘konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o‘qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko‘rsatar edi.
Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an’anaviy, ya’ni qog‘ozda tashuvchi va elektron ma’lumotlardan iborat.
Kutubxona fondi bugungi kunda 351081 ming nusxa atrofida bo‘lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, disket va CD-ROMlar tashkil etadi. Fondning 61% o‘quv adabiyotlar 32% - ilmiy, 5% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 6 ming kitob oladi, 100 nomli jurnallar va 65 nomli gazetalarga obuna bo‘ladi.
Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:
oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi;
mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi;
har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o‘tkazadi;
1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko‘rish, ma’lumotli sharhlar olib boriladi;
RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo‘yicha 21 mavzuda va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an’anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo‘yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo‘yicha mavzuli kartotekalari bo‘yicha keng ma’lumot apparati mavjud.
Hozirgi kunda ARM 6800 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi.
ARM ning umumiy fondi 46028 nomda 351081 nusxadan bo‘lib, ulardan:
ilmiy adabiyotlar 26660 nom/116709 nusxa;
darsliklar 1542 nom/40096 nusxa;
o‘quv qo‘llanmalar 4822 nom/166532 nusxa;
badiiy adabiyotlar 11461 nom/17407 nusxani tashkil etadi
davlat tilida 7032 nom/93430 nusxada
shundan:
ilmiy adabiyotlar 22637 nom/19114 nusxa;
darsliklar 528 nom/16881 nusxa;
o‘quv qo‘llanmalar 1689 nom/42640 nusxa;
badiiy adabiyotlar 1776 nom/5703 nusxa
Elektron hujjatlar fondi 30088 nomda bo‘lib,
shulardan elektron darsliklar 4064,
elektron o‘quv qo‘llanmalr 8003,
elektron ilmiy adabiyotlar 16684,
elektron xorijiy adabiyotlar 7838.
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimi
Elektron kutubxonada oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining o'quv adabiyotlari, monografiyalari, dissertatsiyalari va ilmiy maqolalari jamlangan. Bu yerdan foydalanuvchi o’ziga kerakli adabiyotning elektron formatini topishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti samarqand filiali kompyuter ijinjiniringi fakulteti
|