takkaburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi”. Muhammad al-
Xorazmiyning bu fikrlari bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini
yoritsa; ikkinchi tomondan, o’sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o’qitishning metod va
vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi.
Muhammad al-Xorazmiy
bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: sezgi
orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini
namoyon etadi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi
va ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini o’zining
ilmiy asarlarida asoslab bergan. Darhaqiqat, alloma qoldirgan boy ilmiy merosi o’zining
amaliy ahamiyatini yo’qotmagan.
Shuning uchun, mutafakkirning yoshlarga ta’lim-
tarbiya berishda va ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi qarashlaridan
unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
2-rasm. Abu Nasr Farobiy.
Yana bir sharq allomalarimizdan biri Abu Nasr Farobiyning ta’limiy-axloqiy
yo’nalishdagi qimmatli asarlari bizgacha yetib kelgan. Bular, “Baxt
saodatga erishuv
to’g’risida”, “Fozil odamlar shahri”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql to’g’risida risola”
kabi asarlarida asosan inson kamoloti to’g’risidagi ta’limotni ilgari suradi. Farobiy
ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo’lsa ham, ammo har
birining insonni kamolga yetkazishda o’z o’rni borligini alohida takidlaydi.
Alloma
inson kamolga yolg’iz o’zi erishib bo’lmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish,
ularning ko’maklashuvi va munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deydi. Farobiy “Ta’lim-
tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun
xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iboratdir.” - deya takidlaydi. Allomaning
bu qarashi hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning oldiga qo’yilgan asosiy vazifasini
ifodalaydi.
3-rasm. Abu Rayhon Beruniy.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik qarashlari metodologik asos bo’lib
xizmat qiladigan qomusiy olimimiz Abu Rayhon Beruniydir.
Uning ilmiy bilimlarni
egalash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U barcha
illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egalashda esa shaxsda intilish
va qiziqish, muhitning rolini alohida takidlaydi. Beruniy o’zining
asarlarida quyidagi
fikrlarni ilgari suradi, O’quvchiga bilim berishda:
O’quvchini zeriktirmaslik;
Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;
Uzviylik, izchillik;
Tahlil qilish va taqqoslash;
Ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;
Takrorlash;
Yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etishga e’tibor berish
kerakligini uqtiradi.
Beruniyning ushbu qarashlarida hozirgi kunda bizning ta’lim-tarbiya sohamizda
amal qilib kelinayotgan ta’lim tamoillarining bir nechtasi o’z ifodasini topganligini
ko’rishimiz mumkin. Demak, alloma 11 asr oldin tushungan va ilgari surgan qoidalar
hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotmaganligi uning o’tkir zehn sohibi, o’ta ilmli
kishi bo‘lganligini yana bir bor isbotlaydi.