Go’daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan
davr.
Bog’chagacha bo’lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha.
Maktabgacha ta’lim yoshi - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar -7-11-12 yoshgacha.
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) - 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu
juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi
kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi
tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu
yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. Bolalar qiziqishini
qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish
zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli
bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga
qiziqadilar.
O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli
o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham
deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir
etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi.
Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni
yuqori saviyada tashkil
etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya,
turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi.
O’z-o’zini anglash,
baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan
solishtira
boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qaramaqarshiliklar
ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir
faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh xususiyatning
yangidan
boshlanishi
sanaladi.
Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz
o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi.
Boshqalarining uchta yoki
ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan.
Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari,
shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir
qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida
sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q.