• O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish QOIDALARI 1-bob. Umumiy qoidalar
  • -rasm. Etalonlarning tasniflanish chizmasi




    Download 1.48 Mb.
    bet2/6
    Sana16.05.2023
    Hajmi1.48 Mb.
    #60203
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-laboratoriya ishi Raxmatov
    4. jahon mamlakatlarida qiyosiy pedagogika jamiyatlarining faoliyati va vazifalari, Azimov Jasurbek, matemtarixi, xitoy matematikasi
    1-rasm. Etalonlarning tasniflanish chizmasi.

    Birlamchi etalonlar birlikni takrorlaydi hamda saqlaydi, o‘lchamlarni o‘ta aniqlik bilan uzatadi. Birlikning o‘lchamini alohida sharoitlarda tiklovchi etalonlar maxsus etalonlar deyiladi (IYuCh, past va yuqori energiyalar, bosim, harorat va boshq.), birlamchi va maxsus etalonlar Davlat etalonlaridir.


    Ikkilamchi etalonlar etalon nusxa, taqqoslash etalonlari va ishchi etalonlardir.
    Etalon nusxa birlikning o‘lchamlarini ishchi etalonlariga uzatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, namuna va aniq ishchi vositalarini tekshirishda foydalaniladi.
    Taqqoslash etalonlari bir-biri bilan bevosita solishtirib bo‘lmaydigan etalonlarni o‘zaro taqqoslash uchun mo‘ljallangan.
    Tarkibiga ko‘ra etalonlar yakka va guruhiy bo‘lishi mumkin.
    Yakka etalon bitta o‘lchov asbobi yoki qurilmadir. Guruhiy etalon esa bir turdagi o‘lchovlar-o‘lchash qurilmalariga ega bo‘ladi.
    Milliy etalonlardan tashqari xalqaro etalonlar ham mavjud bo‘lib, ular davriy ravishda milliy etalonni xalqaro etalon bilan va ularni o‘zaro solishtirishda ishlatiladi.
    1983 yilgi o‘lchovlar va tarozilar bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada “Metr - yorug‘likni sekundning 1/299792548 qismida o‘tgan yo‘l uzunligidir” deb yangi ta’rif berildi.
    Hozirgi paytda vaqt, chastota va uzunlik birliklari uchun yagona etalon yaratish ustida ish olib borilmoqda.
    Standartlar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi Davlat etalonlarini yaratadi, saqlaydi va tasdiqlaydi. Ikkilamchi etalonlar esa vazirliklar tasarrufida bo‘ladi.

    1. O‘lchash vositalarini tanlashda ularning qanday majmuini hisobga olish zarur?

    O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish
    QOIDALARI
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Qoidalar o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish, o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash va tasdiqlangan o‘lchash vositalari turini O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritish tartibini belgilaydi.
    2. Ushbu Qoidalar talablari davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada o‘lchash vositalarini qo‘llaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
    Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari keyinchalik ularning turi tasdiqlagan holda davlat sinovlaridan o‘tkazilishi kerak:
    sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
    moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
    soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
    zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish;
    umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish;
    aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;
    sanoat xavfsizligini ta’minlash;
    davlat mudofaasini ta’minlash;
    mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
    sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
    geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
    o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
    foydali qazilmalarni qazib olish;
    rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
    mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
    3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:

    Download 1.48 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Etalonlarning tasniflanish chizmasi

    Download 1.48 Mb.