O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy




Download 2,03 Mb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi2,03 Mb.
#259274
1   2   3
Bog'liq
13-topshriq.1

13.4. Ishni bajarish tartibi


13.4.1. Cisco Packet Tracer 8 ni o‘rnatish va uni o‘rganish.
Cisco Packet Tracer 8 bepul taqdim etiladi va uni NetCad veb-saytidan yoki boshqa veb-saytlardan yuklab olish mumkin. Cisco Packet Tracer 8 ning so‘nggi versiyasini faqat NetCad veb-saytidan yuklab olish mumkin. Simulyatorning so‘nggi versiyasi bepul mavjud, ammo faylni rasmiy veb-saytdan yuklab olish va dasturni ishga tushirish avtorizatsiyani talab qiladi. Foydalanuvchi Cisco Networking Academy-da ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Jarayon ko‘p vaqt talab qilmaydi va standart sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Birinchidan, kerakli maydonlar to‘ldiriladi (elektron pochta, parol, shaxsiy ma’lumotlar) va ro‘yxatdan o‘tish tugmasi bosiladi. Keyin xatdagi havola orqali akkaunt faollashtiriladi.
Cisco Packet Tracer 8 ning birinchi ishga tushirilishida avtorizatsiya oynasi ko‘rsatiladi. Bunda Cisco Packet Tracer 8-ga 13.3-rasmda ko‘rsatilganidek, mehmon sifatida avtorizatsiyasiz kirish mumkin.

13.3-rasm. Dasturga birinchi kirish

Kengaytirilgan fizik muhit rejimiga o‘ting (13.4-rasm).

13.4-rasm. Kengaytirilgan fizik muhit rejimiga o‘tish

Yangi oynada yangi shahar, yangi binolar va jihozlarni o‘rnatish shkaflarini yarating (13.5-rasm).



13.5-rasm. Yangi jihozlarni o‘rnatish

Shaharga, keyin esa korporativ ofisga kiring. Masshtabni oshirish va kamaytirish orqali oyna ko‘rinishini optimallashtirish mumkin (strelka 1). Bir nechta kompyuterlar (strelka 2), kommutator va kontrollerdan iborat oddiy ofis tarmog‘ini yarating. Kommutator shkafga o‘rnatilishi kerak (Main wiring closet - strelka 3), kontroller esa boshqa xonada o‘rnatiladi (13.6-rasm).



13.6-rasm. Ofis tarmog‘i

Shkafning ustiga bosilganda (Main wiring closet), tarmoq uskunalarini o‘rnatish mumkin bo‘lgan muhit ochiladi. Tarmoq qurilmalari shkafda o‘rnatilganda ular ofisning o‘zida joylashgan kabinet belgisida ko‘rinmaydi, shuning uchun ularni ofisdagi kompyuterlarga ulash uchun ulashga mos kabelni tanlash, uni shkaf ustiga tortib kelish va ochilgan ro‘yxatdan kerakli qurilmani tanlash lozim (13.7-13.8 rasmlar).



13.7-rasm. Kabelni tortib kelish



13.8-rasm. Kabelni kerakli interfeysga ulash
Ulashlardan so‘ng, dastlabki sozlamalarni bajarish va qurilmalar o‘rtasida ping o‘tishiga ishonch hosil qilish lozim (Ushbu rejimda ping kompyuterlarning buyruq satri orqali tekshiriladi).
Kontroller tarmoq qurilmalariga kirish huquqiga ega bo‘lishi uchun barcha qurilmalar, shu jumladan kommutator ham, IP manzillariga ega bo‘lishi va SSH orqali ulanish sozlangan bo‘lishi kerak. Kommutator uchun 192.168.1.2 255.255.255.0 manzilini o‘rnatdik (13.9-rasm).

13.9-rasm. Kommutatorda IP manzil sozlamalari

SSHni sozlash 13.10-rasmda keltirilgan.





13.10-rasm. Kommutatorda SHH sozlamalari
E’tibor bering:
Kontroller bilan ishlash uchun marshrutizatorlar va kommutatorlar 15.0 dan yuqori operatsion tizim versiyasiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun, 2960 kommutatori yoki 2901 marshrutizator kabi eski qurilmalar kommutator tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Shuning uchun 3650 kommutatori yoki 4331 marshrutizatordan foydalanamiz. Boshqa tarmoq qurilmalarining kontroller tomonidan qo‘llab quvvatlanishini tekshiring.



Download 2,03 Mb.
1   2   3




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy

Download 2,03 Mb.