O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Xorijiy davlatlarning palatalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga talablar




Download 15.43 Kb.
Sana19.03.2017
Hajmi15.43 Kb.
#325

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Xorijiy davlatlarning palatalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga talablar
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga maxsus oliy ma’lumot va xorijiy, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan va chet tillarini biladigan shaxs tayinlanadi.
- Bo‘lim tadbirlarining yillik, yarim yillik rejalarini umumlashtirib, Palata rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi va uning ijro etilishini nazorat qiladi.

- Bo‘lim tomonidan o‘z faoliyatiga doir bo‘lgan Palata rahbariyatining topshiriqlari bajarilishini tashkillashtiradi, chiqish hujjatlari loyihalarini imzolaydi va zarur hollarda ular yuzasidan ekspert xulosalarini tashkillashtiradi va imzolaydi.

- O‘ziga ishonib topshirilgan yo‘nalish manfaatlarini taqdim etish uchun davra suhbatlari, konferentsiyalar, OAV vakillari uchun brifinglar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

- Palata rahbariyati tomonidan hamkorlik va boshqa tashkilotlarning vakillari bilan o‘tkaziladigan Bo‘lim faoliyati yo‘nalishlariga doir muzokaralar, uchrashuvlarda ishtirok etadi.

- Diplomatik korpus, xorijiy davlat, nodavlatnotijorat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, salohiyatli xorijiy investorlar, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan chet el kompaniya va firmalarining vakillari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yib, rivojlantiradi.

- Bo‘limning xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlariga doir masalalari bo‘yicha Palata hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi.

- Palata rahbariyatining topshirig‘iga binoan tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyaning yig‘ilishida ishtirok etadi.

- Xorijiy savdo-sanoat palatalar, tadbirkorlarning jamoat birlashmalari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik va o‘zaro munosabatlar masalalari bo‘yicha Prezident Apparati, Oliy Majlis, Senat, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, uyushmalar bilan o‘zaro hamkorlik olib boradi.

- Xorijiy ishbilarmon doira delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi hamda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining chet elga tashriflarining tashkiliy masalalarini hal qiladi (yashash dasturlarini tayyorlash va tasdiqlatish, viza ko‘magini ta’minlash va boshqalar).

- Xorijga safarlar chog‘ida O‘zbekiston ishbilarmon doiralari delegatsiyalariga rahbarlik qiladi.

Axborotga oid funktsiyalari:

- Palata a’zolariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va Palataning chet ellik hamkorlari orqali salohiyatli xoirjlik hamkorlarga oid ma’lumotni olishda yordam beradi.

- Xorijiy kompaniyalarga O‘zbekiston Respublikasida taqdimotlar o‘tkazishda va tashkiliy-texnik masalalarda ko‘mak beradi.

- Mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining xorijda taqdimotlar o‘tkazishida tashkiliy-texnik masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.



- Palataning xorijlik hamkorlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi yaratilishini tashkillashtiradi.
Bo‘lim boshlig‘i quyidagilarni bilishi zarur: «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi Qonun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni; xorijiy davlatlar, xorijiy davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishga doir qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar, metodik materiallar; O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi qonunchiligi; Palata tuzilmasi va uning ustuvorliklari; Palata strategiyasi, Respublikaning iqtisodiy va investitsiyaviy siyosati; bayonnoma tadbirlarini tashkillashtirish va bayonnoma tuzish tartibi, viza ko‘magini amalga oshirish tartibi, chet ellik delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turishi dasturini tayyorlash tartibi; Palata va xorijdik hamkorlar o‘rtasida imzolanadigan bitimlar, o‘zaro anglashuv memorandumlari va boshqa xalqaro hujjatlarning loyihalarini tuzish; O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari; EDO, «Microsoft Word», «Microsoft Excel», «Microsoft Outlook Express», «Microsoft Power Point» kompьyuter dasturlaridan foydalanish qoidalari; xavfsizlik texnikasi va orgtexnikadan foydalanish qoidalari.

Download 15.43 Kb.




Download 15.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Xorijiy davlatlarning palatalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga talablar

Download 15.43 Kb.