|
Kimyoviy nazorat qo'shin asbobi yordamida zaharlovchi moddalarni havoda xavfli va xavfsiz quyuqlikda (qonsentratsiya) aniqlash
|
bet | 38/123 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,55 Mb. | | #246168 |
Kimyoviy nazorat qo'shin asbobi yordamida zaharlovchi moddalarni havoda xavfli va xavfsiz quyuqlikda (qonsentratsiya) aniqlash. Zaharlovchi moddalarni havoda aniqlash uchun asbobning qopqog'i ochilib, ilgagi suriladi va so'rg'ich olinadi. Kassetadan 2 ta qizil xaqlali va qizil nuqtali indikator naychalari olinib, uchlari kesiladi va ochiladi. Indikator belgisiga mos kcladigan rangli ampula ochuvchi yordamida ikkala naychalarning yuqorigi ampulalari sindiriladi va ularni kuchli ravishda 2-3 marta silkitib (belgilangan uchlaridan ushlab), keyin so'rg'ichga 1 ta naycha belgilanmagan uchi bilan kiritiladi va 5-6 marta suriladi (2-naycha nazorat uchun ishlatiladi va u orqali havo so'rilmaydi). Ishlatilayotgan ampulaochgich yordamida ikkala naychaning pastki ampulalari sindiriladi. Ularni silkitiladi va ulardagi to'ldiruvchilarning (наполнители) rangi o'zgarishiga e'tibor beriladi.
Tajriba naychasining ichidagi to'ldiruvchi modda yuqori qavatining qizil rangga kirishi (nazorat naychasida o'sha vaqtda sariq tusning paydo bo'lishi) havo tarkibida zarin va Vi-IKS zaharlovchi moddalar mavjudligidan darak beradi.
Ayni moddalarni xavfsiz miqdorlarda aniqlash uchun, yuqoridagi xatti-harakatlar qilinadi. Ammo, silkitish 30-40 ta qilinib, pastki ampulalar birdaniga sindirilmay, havo surilgandan 2-3 daqiqa o'tgach, amalga oshiriladi.
Qizil xaqlali va qizil nuqtali naycha qanday natijani ko'rsatishidan qat'iy nazar, zaharlovchi moddalarni aniqlashni boshqa indikator naychalari yordamida - dastavval 3 ta yashil xaqlalar bilan, keyinchalik esa, bitta sariq xaqlali indikator bilan olib borish kerak.
Havo tarkibida fosgen, xlorsian, sinil kislotasini aniqlash uchun 3 la yashil xaqlali indikator naychasi ochilib, undagi ampula sindirilib, keyin uni so'rg'ichga tiqib, 10-15 marta silkitiladi.
So'ngra naychani so'rg'ichdan chiqarib, naychadagi to'ldirgich rangini kassetaga ishlangan andoza bilan solishtiriladi. Shundan keyin havo tarkibida iprit bug'lari borligi (bitta sariq xaqlali indikator naychasi yordamida) aniqlanadi. Buning uchun naycha ochilib, so'rg'ichga kiritiladi va 60 marta silkitiladi. So'rg'ichdan chiqarib, kassetada aks ettirilgan rang bilan solishtiriladi.
ZAHARLOVCHI MODDALARNI HAVO HARORATI PAST HOLLARDA ANIQLASH
Havo harorati past bo'lgan sharoitlarda indikator naychalarining sezgirligi susayadi. Qish oylarida ushbu naychalardan samarali ravishda foydalanish uchun isitgichlarni ishga solish alohida ahamiyat kasb etadi. Qizil xaqlali va qizil nuqtali atrof-muhit harorati 0°C va undan pastroq darajada bo'lganida, isitgich yordamida yoritiladi.
Sariq kalkali naychalar esa, havo harorati +15°C dan past bo'lgan vaqtlarda isitgichlardagi haroratni kimyoviy jarayonlar orqali saqlab turiladi.
ASBOBLARNI PARVARISH QILISH
Mazkur maqsadga erishish yo'nalishida asosiy qoidaga amal qilish kerak. Buning uchun ularni to'g'ri saqlash va ishlatish; ularni javonlar va tokchalarda, dala sharoitlarida esa, taxta tokchalarda, yog'ochdan yasalgan biron-bir taglik ustida saqlash lozim; shuning bilan birga ularga to'g'ridan to'g'ri, bevosita quyosh nuri tushmaslik amallarini bajarish zarur. Alohida e'tibor naychalarning yangiligi, kafolat muddatlariga qaratilishi shart. Vaqti tugagach, ishga yaroqli va yangilari bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
NURLI VA KIMYOVIY NAZORAT POSTLARI
Nazorat jarayoni va amali fuqarolar muhofazasi hatti-harakatlarining samarali bo'lishini ta'minlovchi muhim omillardan biridir.
Moijalga ko'ra, tarkibi, jihozlanishi va ta'mirlanishi masalalari ham ma'Ium darajada ahamiyat kasb etadi. Sanoat korxonalari, jamoa xo'jaliklarida, o'quv dargohlarida nurli va kimyoviy aniqlash maqsadida nurli va kimyoviy nazorat postlari tashkil etiladi. Ushbu postlarda nazoratchi uchun alohida joy ajratilib, yaxshilab zamona talablariga javob beradigan darajada jihozlanadi, shaxsiy tarkibni berkinchoqlarda joylashtirib, yashash va ishlash sharoitlari bilan ta'minlanadi. Nazorat uchun ajratilgan joy shunday bo'lishi kerakki, undan ko`zatilishi lozim bo'lgan yer va undagi inshootlarni imqoniyat boricha bemalol ko'rib turish zarur (shahardan tashqari joylarda ham ushbu qoidaga amal qilinishi kerak).
Nazoratchilar oldiga qo'yiladigan vazifalar inshootlarning fuqarolar muhofazasi boshliqlari tomonidan belgilanadi va ular quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: 1) nazoratchilarni joylashtirish amallari; 2) nazoratchi joyini (xonasi) jihozlash; 3) nazorat qilinishi zarur bo'lgan hududni aniqlash; 4) nazorat masalalari tarkiblari; 5) yadroviy qurol portlatilgandagi xatti-harakatlar tartibi; 6) yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollar bilan zararlanganlikni aniqlash; 7) ogohlantirish belgilarini hal qilish; 8) nazorat qilish natijalari haqida ma'lumotlarni yetkazish tartibi.
Ko`zatish natijalarini post boshlig'i maxsus ajratilgan daftarga tushiradi. Unda ko`zatish vaqti, joyi, natijalari majmuasi (nima ko`zatildi, nurlanish dozasining quvvati, zaharlovchi moddalarning xili, kuchli zaharlovchi moddalar).
GAZ ANIQLOVCHI TIBBIY ПХР-МВ ASBOBI
Mazkur asbob aslida kimyoviy dala nazorat asbobidan deyarli farq qilmaydi. Ammo uning imqoniyatlari ma'Ium darajada kengroq bo'lib, uning yordamida zaharlovchi moddalarni suvda, oziq-ovqat mahsulotlarida va yem-xashaklarda aniqlash mumkin. Uning haqida to'liq ma'lumot olish uchun asbobga taalluqli ko'rsatma bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi (26-rasm).
UYALI AVTOMAT GAZ ANIQLOVCHI ГСП-1 ASBOBI
U ni qo'llashdan maqsad o`zluksiz ravishda havo tarkibida zaharlovchi moddalarni va shu bilan birga ionlovchi nurlanishni ham aniqlash mumkin. Asbobni ishlatish jarayonida uning ichidan havo o'tqazilib, vaqti-vaqti bilan joyini o'zgartirib turuvchi va ho'llanuvchi indikator qog'ozi tasmasi bilan uchrashib turish ta'minlanadi. Mabodo, havo tarkibida zaharlovchi moddalar bo'lsa, u holda indikator o'z rangini o'zgartiradi. Indikator tasmasidagi bo'yalgan dog', yorugTik relesi va tovush berish moslamasiga ta'sir etuvchi fotovaraq (plyonka) tomonidan qabul qilinadi
Maso1adan turib boshqariladigan avtomat ГСП-11 gaz tahlil etish asbobi.
Ushbu asbob havo tarkibida, o`zluksiz ravishda ishlab, fosfor organiq moddali zaharlarni aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Asbob tarkibida fosfor organiq zaharlovchi moddalarni aniqlovchi 2 ta miqyos osti (poddiapazon) qism bilan ta'minlangan. 1-miqyos ostining ishlash davri 12 + 2 sekundni tashkil etadi, 2-miqyos ostining ishlash davri esa, 2 minut-u + 30 sekundga teng bo'ladi. Asbobning indikator tasmasini o'zgartirmay ishlash vaqti ko'p jihatdan miqyos osti xiliga bog'liq: I-miqyos osti bo'yicha 2 soat ishlasa, 2-miqyos ostiga ko'ra - 10-12 soat mobaynida o'z vazifasini ado etishi mumkin.
NURLI SHAROITNI BAHOLASH MASALALARI
1-masala. Ionlovchi nurlanish dozalari quvvatini (nurlanish darajasini) yadroviy portlash ro'y berganidan so'ng bir xil vaqtga keltirish.
Dastlabki ma'lumotlar: Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga qarashli shifoxona hududida yadroviy portlash ro'y berganidan 4 soat o'tgach, ionlovchi nurlanish dozasining quvvati (R) aniqlangan bo'lib, u 100 Rentgen/soatni tashkil qilgan.
Talab qilinadi, portlash yo`z berganidan 1 soat o'tgach, ionlovchi nurlanish dozasining quvvati nechaga teng bo'lgan?
Y e с h i s h: 15-jadvalning portlashdan so'ng o'tgan vaqt qatoridan 4 soat qarshisida turgan R()/R , raqamni aniqlaymiz. Bizning misolimizda u 5,28 ga teng.
Tenglama quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
X = = 5,28 , endi R() ni topish uchun
R tenglamani o'zgartiramiz:
R0 = R x 5,28 = 528 Rentgen/soat.
J a v о b: nurlanishning portlash yo`z bergandan keyin o'tgan dastlabki 1-soatda 528 Rentgen/soat ga teng bo'lgan.
2-masala. Radiofaol moddalar bilan zararlangan joylarda harakatlar qilinganda mumkin bo'lgan nurlanish dozasini aniqlash.
Odamlar radiofaol moddalar bilan zararlangan joylarda faoliyat ko'rsatganlarida yoki bo'lganlarida, qabul qilingan ionlovchi nurlanish dozalarini hisoblashdan maqsad dozaning kattaligini va ehtimoldan nurlanish oqibatlarini bilishdan iborat.
Nurlanish ta'sirida olingan shikastlanish ma'lum darajada nurlanish dozasi va ushbu dozani qabul qilingan vaqtning miqyosiga bog'liq.
Shaxsiy tarkibning qabul qilingan nurlanish dozasining jamini hisoblash chog'ida, odam tanasining ionlovchi nurlanish ta'sirida olgan shikastlarning ko'p qismini qaytadan tiklash qobiliyatiga ega ekanligi inobatga olinadi. Shuni unutmaslik kerakki, odam tanasi nurlanishga ro'baro' bo'lgandan so'ng, ya'ni nurlanishdan shikastlangandan keyingi dastlabki 4 kecha-kundo`z davomida ko'zga tashlanadigan qayta tiklanish alomatlari namoyon bo'lmaydi. Dastlabki 4 soat o'tgach, odam tanasida qayta tiklash jarayoni boshlanib, uning darajasi har kecha-kundo`zi 2,5-3,0 %ni tashkil qiladi. Shu boisdan ham har bir kecha-kundo`z o'tgan sari, aniqlangan nurlanish dozasi odam tanasidagi qoldiq nurlanish miqdorini ko'rsatadi.
Ionlovchi nurlanishning qoldiq dozasi - bu odam tanasi dastlab qabul qilgan nurlanish miqdoriga nisbatan kun sayin kamayib boruvchi nurlanish dozasini anglatadi (20-jadval).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kimyoviy nazorat qo'shin asbobi yordamida zaharlovchi moddalarni havoda xavfli va xavfsiz quyuqlikda (qonsentratsiya) aniqlash
|