ZARARLANGAN O'CHOQLAR PAYDO BO'LGANIDA TIBBIY SHAROITNI BAHOLASH USLUBI




Download 2,55 Mb.
bet111/179
Sana15.03.2017
Hajmi2,55 Mb.
#82
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   179
ZARARLANGAN O'CHOQLAR PAYDO BO'LGANIDA TIBBIY SHAROITNI BAHOLASH USLUBI

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i faoliyatining qismlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: 1) yo`zaga kelib chiqqan sharoitni odilona hisobga olish; 2) uni to'g'ri baholash. Shundagina qabul qilinadigan qaror atroflicha va asosli bo'lishi ko`zatiladi.

Tibbiy sharoitni baholash fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati faoliyatiga ta'sir etuvchi taktik, muhandislik, yong'inli, radiatsiyaviy (kimyoviy) sharoitlar va boshqa omillarga asoslanib, amalga oshirilishi kerak. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining boshlig'i shikastlangan o'choqlarning tibbiy-taktik tavsifini yaxshi bilishi zarur.

Boshliq dushman tomonidan ommaviy qirg'in quroli ishlatilgandan keyin vujudga kelgan tibbiy sharoitni to'g'ri baholash uchun fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga oid ishlarni sharoitni hisobga olgan holda tashkil etishi va quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim: 1) aholining zichligi va ishchilar hamda xizmatchilar soni; 2) ularning qayerlarga joylashgani; 3) aholini himoya qurilmalari bilan ta'minlash darajasi; 4) ularni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash hajmi; 5) fuqarolar kuchlari va vositalarining mavjudligi va ularning joylashgan manzilgohlari; 6) zararlangan joyning relyefi (baland-pastligi, o'nqir-cho'nqirligi); 7) ob-havo sharoiti (harorati, bosimi, nisbiy namligi, quyosh nurlanishi, shamol tezligi, «shamollar atir guli», inversiya); 8)faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xususiy tizimlar soni va zichligi; 9) arrof-muhitning yashillik va ekologik holati; 10) mavjud transportlar turlari va soni; 11) yo'llarning transportlar va piyoda harakatlanuvchilarni qabul qilish darajasi va ularning bir-biriga nisbatan joylashuvi.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i dushman tomonidan ommaviy qirg'in quroli qo'llanilganidan keyin, sharoitni tibbiy jihatdan baholash uchun fuqarolar muhofazasi shtabidan quyidagi ma'lumotlarni olishi lozim: 1) yadro quroli portlatilgan joy, uning turi va quvvati; 2) ob-havo ma'lumotlari (shamolning yo'nalishi va tezligi, havoning avzoyi); 3) yo'llar, ko'priklar, o'tish joylarining holati; 4) radiatsiyaviy sharoit; 5) yadroviy shikastlanish o'chog'idagi binolarning bo`zilib ketgan shahar qismi.

Radiatsiyaviy sharoit haqidagi ma'lumotlarni radiatsiya va kimyoviy zaharlovchi moddalarga qarshi himoyalovchilardan, shahar ichidagi bo`zilishlar to'g'risida axborotni esa muhandislik xizmatidan olinadi.

Radiatsiya va kimyoga qarshi hamda muhandislik xizmatidan olingan ma'lumotlar haritada ifodalanib, shahar (tuman) chizmasiga (plan) kiritiladi.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i radiatsiyaviy bulutni shamol tezligida tarqalishini inobatga olgan holda, dastavval to'g'ri baholashi zarur: 1) radiatsiyaviy bulut taxminan yetib boradigan hududlardagi radiatsiyaviy sharoitni; 2) ushbu yerlardagi tibbiy

xizmat kuchlarini himoya qilish qarorini qabul etishni; 3) yadroviy shikastlangan o'choqdagi sharoitni baholashga o'tish.

Shikastlangan o'choqlardagi sharoitni baholash jarayonida quyidagi amallar bajariladi:

1) xaql xo'jaligi inshootlari va butun tuman (shahar) bo'ylab
vujudga kelishi mumkin bo'lgan sanitar yo'qotishlarni hisoblash.

Shahar chizmasida (plan) xaql xo'jaligi inshootlarining oldindan aks ettirilishi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'iga, shahar qurilishining qaysi qismida ekanliklarini tezda aniqlash imqonini beradi. Har bir inshootdagi ishchi va xizmatchilar soni, ularning himoyalanish darajasi (miqdori, himoya yerto'lalarini baholash) va hajmi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lib, himoyalangan va himoyalanmagan aholi orasidagi vujudga keladigan sanitar yo'qotishlarni jadvallar yordamida aniqlab, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i har bir inshootdagi taxmin qilinadigan yo'qotishlarni hisoblab chiqishi, olingan natijalarni qo'shib, umumiy yo'qotishlar (shu qatorda sanitar) sonini aniqlashi mumkin;

2) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan dastlabki tibbiy
va hamshira hamda 1-shifokor yordamini ko'rsatish uchun zarur
bo'lgan kuchlar va vositalarning mavjudligi, talabga ko'ra javob bera
olishini aniqlash.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlarini aniqlash dastlabki tibbiy va 1-shifokor yordamini amalga oshirish maqsadida olib boriladi. Ayni maqsadda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sanitar guruhlari (SD-sanitar drujinalar) va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi (DTYKG) imqoniyatlari, dastlabki tibbiy yordamni amalga oshirish muddati qutqaruv ishlarini bajarish uchun kerak bo'lgan ishchi va xizmatchilarning navbatchilik sonini bilishi kerak. Zarur bo'lgan sanitar guruhlari (drujinalari) va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi (DTYKG) sonlari, ^asosan sanitar yo'qotishlar miqdori va mazkur tuzilmalarning imqoniyatlari bilan belgilanadi;

3) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalarida kelib
chiqqan yo'qotishlarni baholash:

4) kuchlarni kiritish yo'nalishlarini va shikastlanganlarni


ko'chirishni baholash;

Buning uchun fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i radiatsiyaviy. muhandislik va yong'inli sharoitlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim.

5) shikastlanganlarni ko'chirish maqsadida kerak bo'lishi mumkin
bo'lgan transport vositalariga talabni bilish. Bu paytda ularning
imqoniyatlarni aniqlash va ishlatish tartibi belgilanadi. Fuqarolar
muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sharoitni aniqlab bo'lgach,
fuqarolar muhofazasi rahbariga shikastlangan o'choqda aholi uchun
tibbiy yordamni tashkil etish haqida taklif tayyorlaydi.

Kimyoviy zararlangan o'choqlar vujudga kelganida, tibbiy sharoitni baholash maqsadida, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i quyidagi ma'lumotlarga oldindan ega bo'lishi kerak: 1) aholining ishchi va xizmatchilar soni; 2) ularning himoya qurilmalari (himoya yerto'lalari) bilan ta'minlanganligi; 3) aholining shaxsiy himoya vositalariga bo'lgan ehtiyoji qondirilganligi; 4) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalari soni hamda ularning joylashuvi; 5) yo'llarning mavjudligi va ular holati; 6) joyning baland-pastligi, o'nqir-cho'nqirligi (relyefi); 7) suv manbalarining boriigi va ular ahvoli; 8) hammomlar soni va ularning joylashuvi; 9) dush (suv purkagichlari ostida yuvinish) va sanitariya-gigiyena xonasining mavjudligi va joylashuvi; 10) zaharlovchi moddalar qo'llanilgan joy va ularning turi; 11) zaharlovchi kimyoviy moddalar bilan zararlangan joyning maydoni; 12) shamolning yo'nalishi va uning tezligi hamda boshqalar.

Mavjud dastlabki ma'lumotlarga ko'ra fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqdagi aholi orasida bo'lishi mumkin bo'lgan yo'qotishlarni hisoblab aniqlashi mumkin bo'ladi. Sanitar yo'qotishlar darajasiga quyidagi omillarning dushman tomonidan kimyoviy zaharlovchi moddalar qo'llanilgani haqida o'z vaqtida ogohlantirish, aholi tomonidan himoya yerto'lalaridan o'z vaqtida va to'g'ri foydalanish. shaxsiy himoya vositalari va tibbiy shaxsiy himoya vositalaridan to'g'ri va o'z vaqtida foydalanish ta'sir etishini inobatga olish lozim.

Kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqlarda taxminan sanitar yo'qotishlari hisoblab chiqilgach. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i


shikastlanganlarga dastlabki tibbiy va 1-shifokor yordamini ko'rsatish uchun quyidagi narsalarni aniqlaydi:

1) shikastlangan o'choqqa sanitar guruhlarini (drujinalarini) kiritish tartibini; 2) dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining (DTYKG) ishlash joyini; 3) shikastlanganlarni ko'chirish uchun kerak bo'ladigan transportlar sonini; 4) shikastlanganlarni dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi (DTYKG) tomon ko'chirish yo'llarini; 5) shikastlanganlarni shahardan tashqariga ko'chirish maqsadida qo'llanilishi mumkin bo'lgan yo'nalishlarni.

Sanab o'tilgan amallar bajarilgandan so'ng fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i fuqarolar muhofazasi rahbari nomiga kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqda aholini tibbiy jihatdan ta'minlash taklifini tayyorlaydi.


Download 2,55 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   179




Download 2,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ZARARLANGAN O'CHOQLAR PAYDO BO'LGANIDA TIBBIY SHAROITNI BAHOLASH USLUBI

Download 2,55 Mb.