• 48-rasm. Shaxsiy boglov xaltachasi.
  • -rasm. Yurakni bevosita massaj qilish




    Download 2,55 Mb.
    bet27/179
    Sana15.03.2017
    Hajmi2,55 Mb.
    #82
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179
    Shaxsiy bog'lov haltachasi. Shaxsiy bog'lov haltachasi jarohatlarni, kuygan joylarni hamda ayrim xildagi qon ketishlarini bog'lash uchun ishlatiladi (48-rasm).

    Shaxsiy himoya vositalarini yig'ish, saqlash va berishni tashkil qilish tartibi

    Ro'yxatdagi himoya vositalari (табельные средства) sanoatda ishlab chiqariladigan himoya vositalaridan iborat bo'lib, xaql xo'jaligi inshootlariga markazlashgan holda keltirilib, asosan fuqarolar muhofazasining harbiylashmagan tuzilmalari, ishchilari va xizmatchilarini ta'minlash uchun beriladi.

    Shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash, mavjud bo'lgan qoidalarga ko'ra inshootdagi fuqarolar muhofazasi shtabi tomonidan ularga bo'lgan ehtiyoj asosida hisoblab chiqiladi. Bu amallarni bajarish uchun harbiylashmagan tuzilmalar, barcha ishchilar va xizmatchilarni ta'minlash me'yoridan kelib chiqib, tuman (shahar, markaz) fuqarolar muhofazasi shtabi tomonidan talabnoma tuziladi 48-rasm. Shaxsiy bog'lov xaltachasi.

    va yuqoridagi shtab taqsimiga ko'ra mazkur


    vositalar asosiy omborxonalardan olinadi.

    Xaql xo'jaligi insho-otdagi ishchilar va xiz-matchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash uchun uning zahiralari inshootlar hisobidan yangilari bilan to'ldiriladi. Bolalar havotozalagichlari yig'imi bolalar muassasalarida yoki unga yaqin joylarda tashkil etiladi.

    Oddiy himoya vositalari uy, mashg'ulotlar va

    fuqarolar muhofazasi mashqlari sharoitida, mustaqil yig'ish usulida ko'paytiriladi. Atom stansiyalari hududlariga yaqin joylarda yashovchi hamma aholi uchun yod moddasi zahirasi yaratiladi. Shaxsiy himoya vositalarini to'g'ri saqlashni tashkil qilish juda faol va muhim tadbir deb hisoblanadi. Ularni saqlash joylari ishchilar va xizmatchilarning ish joyiga hamda aholi turar maskanlariga iloji boricha yaqin bo'Iishi kerak va zarurat tug'ilgan paytlarda, ularni tarqatish eng qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi lozim. Har bir ish bo'limida (sex) fuqarolar muhofazasi mol-mulkining maxsus omborxonalarini yaratish aytarli darajada qulaylik tug'diradi. Garchi, bunday imqoniyat bo'lmasa, korxona omborxonasida saqlanadigan mol-mulk sexlar (bo'limlar), har bir sexda esa, navbatchi va guruhlar (brigada) bo'ylab taqsimlanishi zarur. Saqlash sharoitlari, ushbu mollarni saqlash talablariga javob berishi va uni texnik jihatdan sozlanganligini ta'minlovchi tasdiqlangan andozaviy (standart) qutilarda, havoni almashtirib turiladigan quruq xonalarda amalga oshirish tavsiya qilinadi.

    Ishlamaydigan aholidagi himoya vositalarini saqlash aholi turar joylarida hal qilinadi. Saqlashning quyidagi muddatlari belgilangan: Bolalar havotozalagichlari - 10 yil, shaxsiy havotozalagich (ИП-46) va fuqarolar (ГП-5) havotozalagichlari uchun - 5 yil, rezinkali matodan tayyorlangan terini saqlovchi himoya vositalari va respiratorlar uchun - 3 yil, shaxsiy doridonlar (АИ-2) uchun 4 yil kafolat muddati tugagach, byuymlarning yaroqliligi har yili tahlil yordamida aniqlanadi. Tinchlik davrida havotozalagichlar qismlarga ajratilgan ko'rinishda saqlanadi. Zich qilib, rezinkali tiqinchoq va qalpoqcha bilan berkitilgan so`zg'ich-yutish qutichasi qutining tagiga, quticha ustiga havotozalagich haltasi, uning ustiga esa rezinkali yo`z qismi joylashtiriladi.

    Aholini havotozalagichlar bilan ta'minlash quyidagi tartibda olib boriladi:



    1) barcha katta shahar va alohida turgan inshootlarning voyaga
    yetgan kishilari;

    1. qolgan shaharlar aholisi;

    2. qishloq manzilgohlari aholisi.

    Hamma kichik shaharlar, tuzilmalarga kirmagan qishloq aholisi va tuzilmalarning barcha shaxsiy tarkibi respiratorlar bilan ta'minlanadi.

    Bolalar havotozalagichlari bilan birinchi o'rinda, shahar va ishchilar bolalari, keyin esa, ular atrofida va alohida turadigan muhim inshootlardagi bolalarga beriladi.

    Aholining barcha qatlamlariga, dushman tajovo`zi e'lon qilingach, shaxsiy himoya vositalari beriladi. Tarqatish muddatlari imqon boricha qisqartiriladi, xaql xo'jaligi inshootlarida shaxsiy himoya vositalarini tarqatish sexlarda, bo'limlarda, navbat bo'yicha amalga oshiriladi. Mazkur davrda shaxsiy himoya vositalari berishga doimiy shay holda saqlanadi.

    Inshootlarda nafas a'zolarini himoyalovchi havotozalagichlari bo'lmaganida, korxonalarda ba'zi bir ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan zaharlovchi gazlardan himoya qilishga mo'ljallangan havotozalagichlardan hamda changga qarshi matoli niqoblardan (PTM-1) foydalanish mumkin.

    Qolgan aholiga ish, o'qish, turar joyida tartibli holda havotozalagichlar (respiratorlar) beriladi; aholi mustaqil ravishda changa qarshi matoli niqoblarni (PTM-1), doka-paxtali bog'lovlarni va boshqa oddiy nafas yo'larini himoyalovchi vositalarni o'zi tikib oladi, teri qavatlarini himoyalash uchun uy kiyimlariga oid turli narsalarni tayyorlab qo'yiladi, yaktak chopon (плащи), yopinchoq (накидки), rezinkali poyabzal va boshqalar.

    Kimyoviy asab-falaj xususiyatli zaharlovchi moddalar bilan zararlanganlikning dastlabki alomatlari namoyon bo'lsa, shaxsiy doridon (ShD-AI-2) dagi antidotdan - qarshi moddadan, tarendan foydalanish, teriga va kiyim-kechaklarga tomchi-suyuq zaharlovchi modda tushganda, ifloslangan joy larga qisman, shaxsiy kimyoga qarshi (ИПП-8) suyuqlik vositasida sovunli suv bilan sanitar ishlovini berish lozim.

    Zararlangan o'choqlarda uning qismlaridan (zona) chiqilgach ko'p hollarda (ba'zan hamma vaqt) atrof-muhit ham zaharlovchi kimyoviy moddalar bug'i bilan ifloslanganligi bois havotozalagichlarni ruxsatsiz, o'z boshimchalik bilan yechish mumkin emas.
    MUSTAQIL TAYORLANISH UCHUN USLUBIY KO'RSATMA


    Download 2,55 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179




    Download 2,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Yurakni bevosita massaj qilish

    Download 2,55 Mb.