• Oziq-ovqat mahsulotlarini zararsizlantirish
  • / - РДВ-100 rezinali idishlar tozalanadigan suvlar uchun; 2 - qol nasosi; 3 - to qima-ko mir jiltri; 4 - РДВ-100
  • O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati




    Download 5.01 Mb.
    bet33/36
    Sana15.03.2017
    Hajmi5.01 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

    Oziq-ovqatlarga zaharlovchi moddalarning singish darajasi

    T/r

    Mahsulotlar nomi

    Mahsulot chuqurligi, sm larda

    1.

    Sabzavotlar

    2

    2.

    Go'sht va baliq

    2-6

    3.

    Don va yormalar

    3-8

    4.

    Shakar va to`z

    8-10

    Ichimlik suvining zararlanishi qator sabablarga bog'liq bo'lishi mumkin. Ularning asosiysi, zaharlovchi modda turi, uning fizikaviy holati, gidrolizlanish qobiliyati, zaharlovchi moddaning miqdori va suv bilan ta'minlanish darajasi.

    Dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol qo'llanilgan taqdirda, oziq-ovqatlar va ichimlik suvining zararlanishi, ular ustiga mikrojonzotlar mavjud bo'lgan aerozollarning yog'ilishi zararlangan hasharotlar, kemiruvchilar, bemor kishilar bilan aloqada bo'lganda ko`zatiladi.

    Ko'pgina oziq-ovqatlar kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikrojonzotlar uchun yaxshigina yashash muhiti bo'la oladi. Mikrojonzotlar aytarli darajada o`zoq muddat mobaynida hayotiy jarayonlarini suvli muhitda ham saqlab qolishlari mumkin. Masalan, vabo qo'zg'otuvchisi 2-3 hafta, brutsellyoz (Bang kasalligi, Malta isitmasi, asosan nerv tizimi, tayanch, ichki va jinsiy a'zolarni shikastlaydi) alomatlari: isitmalash, bisyor terlash, darmonsizlik; mikroblar - 2 oy, tulyaremiya qo'zg'atuvchisi - 3 oy suvda saqlanishi mumkin.

    Odamlar zaharlanishining oldini olishda asosiy yo'nalishlardan biri bo'lib, oziq-ovqatlar va suvni ommaviy qirg'in qurollaridan ishonchli ravishda himoyalab, radiofaol va zaharlovchi moddalar hamda bakteriologik (biologik) vositalarni tashqi muhitda aniqlashni tashkil qilish hisoblanadi.

    Yaxshi yo'lga qo'yilgan bakteriologik ko`zatuv ishlari, havo, tuproq, suv, oziq-ovqatlarni doimiy tahlil nazorati radiofaol, zaharlovchi moddalar va bakteriologik (biologik) vositalarni o'z vaqtida aniqlashda birlamchi ahamiyatga ega bo'ladi. Natijada, ommaviy qirg'in qurollarining salbiy ta'sir o'tqazish darajasi pasayadi. Inshootlarda ko`zatuvlar shu yerdagi nazoratchilar tomonidan olib boriladi.

    Ko'pchilik hollarda ichimlik suvining zararlanganligini aniqlash maqsadida undan namuna olish va bakterial vositalar turini belgilash, uni radiofaol va zaharlovchi moddalar bilan zararlanganlik darajasini aniqlash uchun tahlilxonaga yetkaziladi. Radiofaol kimyoviy moddalar va bakteriologik (biologik) vositalar bilan zararlangan o'choqlarning vujudga kelishi paytida savdo qilish va ovqatlanish xizmati, zararlangan o'choqdagi oziq-ovqat mahsulotlari zahirasining zaharlanganlik darajasini va ularni tanovul qilish mumkinligini aniqlaydi.

    Har bir ovqatlanish inshootining oziq-ovqatlar omborxonasi, inshootdagi tibbiy xizmat kuchlari va nazorat guruhlari tomonidan hudud, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish - transport, omborxonalar, idish va buyumlar tekshirilib, dalolatnoma tuziladi. Tekshirish ishlari nihoyasiga yetgach, namunalar olinadi. Suv va suyuq mahsulotlar, dastavval obdan aralashtiriladi (36-jadval). Namunalar quruq mahsulotlar, zararlangan degan shubha tug'diruvchi mahsulotlarning yo`za qismlaridan olinadi. Har bir mahsulot guruhi yaxshilab ko'rikdan o'tqaziladi, idishlar tekshiriladi. Shundan so'ng, ayrim o'ramlar (упаковка) ochilib, ichidagi mahsulotdan tahliliy nazorat uchun namuna olinadi. Quruq mahsulotlar namunalar olinayotgan paytida aralashtirilmaydi. Olingan namunalar mahsulotlar turiga binoan, shisha yoki metall, qog'oz, sellofan idishlarga solinadi. Keyingi olingan namunalarni rezinkali qoplarga solib, qisqa muddat ichida yo'llanma qog'ozi bilan tahlilxonaga yetkaziladi. Yo'llanmada, inshoot turi, mahsulotni saqlash sharoiti, idishning ahvoli, mahsulot turi (suv manbasi nomi), tekshirishlar oldiga qo'yilgan vazifalar, maqsadi, namunalar olingan sana o'z ifodasini topadi.

    Oziq-ovqat saqlanadigan inshootlarni tekshirish va u yerdagi mahsulotlar namunalarini olish maqsadida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlarini jalb qilish mumkin. Namunalar olayotgan shaxslar himoya kiyimlarini kiyadilar, ishdan keyin esa, albatta to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tishlari shart. Oziq-ovqat va ichimlik suvini tahliliy izlanishlarini amalga oshirish borasida, sanitar-epidemiologik muassasasi harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhni, ayrim hollarda esa, ayni inshootlardagi tahlilxonalarni ishga solishi mumkin.



    36-jadval



    t\r

    Mahsylot nomi

    O`lchov birligi

    1

    Mayonez

    15gr

    2

    Margarin

    15gr

    3

    Eritilgan yog'(.slivochnoe)

    15gr

    4

    Oshxona yog'i (кухонное)

    15gr

    5

    O'simlik yog'i

    15gr

    6

    Hayvon yog'i

    15gr

    7

    Quritilgan sutli mahsulotlar

    20gr

    8

    (qonserva. qurug'i

    25gr

    9

    Achitilgan qaymoq (smetana)

    30gr

    10

    Baliq tuxumi (ikra)

    30gr

    11

    Baliq mahsulotlari (dudlangan.

    30gr

    12

    Go'shtli pazandalik mahsulotlari

    30gr

    13

    Eritilgan pishloq

    100gr

    Shubha ostiga olingan mahsulotlar va ichimlik suvi tahlillari natijasini olinguncha. to'la holda saqlanishlari va shartli ravishda zararlanganlar qatoriga kirgizilib, tanovul maqsadlarida ishlatilishi mumkin emas. Radiofaol, kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar bilan zararlangan deb hisoblangan mahsulotlarni tarqatish masalasi, sanitar tekshirishlar o'tqazilgach. hal qilinadi. Sanitar tekshiruvchilar sifatida, sanitar epidemiologik muassasasi va harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhning shifokorlari qatnashishlari mumkin.

    Sanitar tekshiruvchisi oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini yaroqli deyishi uchun oziq-ovqat mahsulotlari inshootini tekshirish dalolatnomasi, tayyor ovqatlarda radiofaol moddalarning eng katta dozasi, zaharlovchi moddalar miqdori, keyinchalik pazandachilik va texnologik ishlov berishni talab qilmaydigan namunalarning tahliliy natijalari hamda o'choqni radiofaol, kimyoviy moddalar va bakteriologik vositalar bilan zararlanganligi haqidagi tuman (shahar) fuqarolar muhofazasi rahbariyatining (shtabi) axborotiga asoslanadi.

    Tekshiruv amallari asosan, zararlanganlik gumoni mavjud va zararsizlantirilgan oziq-ovqatlar va ichimlik suviga tegishli bo'ladi.

    Tekshiruv ishlarini olib borish, sanitar-epidemiologik muassasalarining ovqatlanish bo'limi va veterinar xizmatiga yuklatiladi. Qilingan ishlar natijalari quyidagi shaklli varaqalarda o'z ifodasini topadi:


    1. sanitar epidemiologik muassasaga oid;

    2. veterinar xizmatga taalluqli.

    Tahlilxonaga keltirilgan mahsulotlar sanitar-tekshiruv (ekspertiza) jarayonidan o'tqaziladi.

    Zararlangan o'choqdagi inshootlardan olingan oziq-ovqat va ichimlik suvi asosan tekshiruvning ikkinchi xiliga oid, ya'ni rejadan tashqari tekshiruv amalga oshiriladi. Tekshiruvning asosiy maqsadi, keltirilgan namunalar orqali oziq-ovqat mahsulotlarining oziqlik va biologik qiymatlarini tekshirishdan iborat bo'ladi.

    Oziq-ovqat mahsulotlarining sanitar epidemiologik tozaligini aniqlash natijasi, ularning zararsizlik darajasi yoki bo`zilganlik alomatlari mavjudligi haqida tushuncha bo'ladi. Odatda, oziq-ovqat mahsulotlari kasallik chaqiruvchi mikrojonzotlar va ularning zaharidan mikromitsetlarning zaharli turlari, zaharli moddalar, mexaniq zaharli qo'shimchalardan forig' bo'Iishi kerak.

    Oziq-ovqatlarda mikrojonzotli (chirish, bijg'ish, mog'orlash) va fizik-kimyoviy (oksidlanish, achib ketish, to`zlanish) bo`zilish alomatlari bo'lmasligi shart.

    Maqsaddan kelib chiqib, sanitar tekshiruvi turli aniq vazifalarni

    yechadi:


    1) oziq-ovqat mahsulotlarini sezgi a'zolari orqali aniqlash. ularning
    tavsifi va darajasi;

    2) mahsulotlar kimyoviy tarkibining o'zgarishi;



    1. bakteriyalar bilan ifloslanganlik darajasi va mikrojonzotlar tavsifi;

    2. pestitsidlar (o'simliklarni kasalliklardan saqlash va o'simliklarga. chorvachilikka zarar yetkazadigan zararkunandalarni yo'qotish uchun qo'llaniladigan kimyoviy moddalar ularning ko'pchiligi odamlar uchun zaharli bo'lganidan qo'llash paytida, qat'iy sanitar qoidalariga rioya qilish shart) bilan ifloslanganlik;

    5) oziqlik va zararli qo'shimchalarning me'yor darajasidan ortiqligi;

    1. korxonalarning ishlab-chiqarish sharoitini va sanitar tartibini aniqlash;

    2. mahsulotlarni tashish, saqlash va ishlatish sharoitlariga aniqlik kiritish.

    Oziq-ovqatlar sifati jihatidan 2 ta katta guruhga ajratiladi:

    1. tanovul qilishga yaroqli;

    2. iste'mol qilishga yaroqsiz;

    Yesa bo'ladigan oziq-ovqatlar o'z navbatida 2 xil bo'ladi:

    1) davlat ko'rsatkichlariga mos keladigan (andozaviy);

    2) davlat tomonidan belgilangan sifat ko'rsatkichlaridan chiqib
    ketgan;

    Keyingisi, nostandart mahsulotlar deb ataladi. Ulardagi aniqlangan epidemiologik ko'rsatkichlar yoki oziqlik qiymatlari o'zgargan bo'ladi. Bunday mahsulotlarni shartli ravishda tanovul maqsadida qo'llash mumkin yoki sifati pasayib ketganlar qatoriga kiradi. Ularni yeyish uchun maxsus ishlov berilishi kerak, shundagina ushbu mahsulot odam tanasining salomatligi uchun beziyon bo'Iishi mumkin.

    Sanitar tekshiruv (ekspertiza) taxminan 10 ta bosqichga ega:


    1. tayyorgarlik;

    2. mahsulot haqidagi ma'lumotlarni o'rganish;

    3. mahsulotlar guruhini (partiya) joyida ko'rish;

    4) o'ralgan mahsulotlarni o'ramdan olish va ularni sezgi a'zolari
    ko'rsatkichlari yordamida aniqlash;

    1. mahsulot guruhini ko'rganlik haqidagi hujjat;

    2. namunalarni olish va ularni tahlilxonalarga yuborish;

    3. mahsulotlarning tahliliy tekshiruvlari;

    4. natijalami qog'ozga bitish;

    5. olingan natijalar xulosasi;

    10) tekshiruvning tugallanganligi.

    Olib borilayotgan tahlil bosqichlarida, tekshirilayotgan mahsulot bo'yicha quyidagi savollarga e'tibor beriladi:

    1) joriydagi rasmiy me'yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqish; sifati,
    ishlab chiqish, saqlash, ishlatish jarayoni;

    2) davlat andozalari, texnik sharoitlar, texnologik tavsiyalar,


    me'yoriy hujjatlar (mahsulotni ishlab chiqarish talablari, qo'shimchalar,
    me'yor va boshqalar).

    Mahsulot haqidagi ma'lumotlar, yo'llanma hujjatdan shaxsni (bu mahsulot kimning ixtiyorida ekanligi) so'rab-surishtirib olinadi.

    Mahsulotlar guruhini ko`zatilganda saqlash tartibi va sharoitiga, uning miqdoriga, idishlaming ahvoliga e'tibor beriladi. O'ralgan mahsulotlarni ochilganda va ularni sezgi a'zolari ko'rsatkichlari yordamida aniqlash jarayonida, miqdoridan kelib chiqib, 5-10 %i ochiladi. Zarb yegan o'rovlarning hammasi ochilishi mumkin. O'ramdan olingan mahsulotlar sezgi a'zolari yordamida tekshiriladi. Bularga quyidagilar kiradi:


    1. idish va o'rovning ahvoli;

    2. mahsulotning tashqi ko'rinishi;

    3. mahsulotning rangi (sirtidan va ichkarisidan);

    4. mahsulotning qonsistensiyasi (yumshoq-qattiqligi);

    5. mahsulotning agregat holati (to'qiluvchan, oquvchan va h.k.);

    6. mahsulotning hidi;

    7. mahsulotning ta'mi;

    8) tajriba uchun ovqat tayyorlash (qaynatish, bug'lash, qovurish,
    dimlash).

    O'rov ahvoli quyidagi alomatlar bilan belgilanadi:



    1. ko'rinishi tavsifi, avra-astari nimadan qilingan (quti, quticha, halta, haltacha, o'rov, shisha, metall, qog'oz, karton idish, plyonka, zarqog'oz va boshq.);

    2. belgilash (markirovka), chiptasi (etiketka), mahsulot nomi yoki shifrli navi, ishlab chiqargan korxona, chiqarilgan sana, ruxsatnoma raqamlari (soni, sanasi, yili), saqlash muddati va saqlash sharoiti, tarkibi, ishlatish usuli, davlat andozasiga ishora, texnik sharoitlari va boshqalar;

    1. idishlarning butunligi, zich berkitilishi:

    2. ifloslanganligi;

    3. begona hid, uning tavsifi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi:



    1. shaklidagi kamchiliklar (qattiq mahsulotlar uchun - singan, yorilgan, ezilgan);

    2. yo`zasining ahvoli (ifloslangan, nam, quruq. rangi, turli dogiarning borligi, shilliqli, mog'or bosgan); (quruq, mahsulotlar uchun; ho'l mahsulotlar uchun esa, begona qo*shimchalar, ifloslangan, mog'or bilan qoplangan, loyqalangan, ichida narsalar so`zib yurgan, cho'kmasi);

    3. rangi o'ziga xos, bir tekisda, dog'-dog'li, har xil;

    4. hidi o'ziga xos yoki begona hidga ega;

    5. yumshoq-qattiqligi - o'ziga xos yoki xos emas;

    6. agregat holati - to'qiluvchan, oquvchan, egiluvchan;

    7. mazasi o'ziga xos yoki qo'shimcha ta'mli;

    Mahsulotning rangi kun yorug'ligida, hidi va ta'mi +22-24°C da aniqlanadi.

    Tekshiruvlar nihoyasiga yetgach, hujjat (1-10 blankalar to'ldiriladi) tuziladi: undagi ma'lumotlar quyidagilardan iborat:



    1. bitiklar to`zilgan joy va sana;

    2. tekshiruvchining amali, ismi va sharifi;

    3. qatnashadiganlarning ismi va sharifi;

    4. tekshirish nimaga asoslanib bajarildi;

    5. mahsulotning guruhi haqidagi ma'lumot;

    6. tashqi ko'ruv natijalari;

    7. xulosa.

    Mahsulotlar sezgi a'zolari ko'rsatkichlari yordamida aniqlangach, tahlil etish jarayoni boshqa usullar: fizikaviy, kimyoviy, mikrobiologik, biologik usullar yordamida davom etadi. Ko'pincha, oziq-ovqat mahsulotlarining sezgi a'zoli ko'rsatkichlarini aniqlashning o'zi mahsulotni tanovul qilishga yaroqli yoki mumkin emasligi haqida xulosachiqarishga yetarli bo'Iishi mumkin.

    Unutmaslik kerakki, oziq-ovqat mahsulotlariga tushgan radiofaol va kimyoviy zaharlovchi moddalarning miqdor (qonsentratsiyasi) mumkin bo'lgan chegarada bo'lsa, u holda bunday mahsulotni ma'lum muddat mobaynida sog'lom odamlar tanovul qilishlari mumkin bo'lsa ham, ularni bolalar va shifo muassasalariga jo'natib bo'lmaydi. Yana shunday mahsulotlar bo'Iishi mumkin: ularni jamoa ovqatlanish tizimiga yuboriladi va u yerda pazandalik va texnologik jarayonlar ta'sirida ichidagi radiofaol va kimyoviy moddalar (mumkin chegara miqdorida bo'lganlarida) zararsizlantiriladi. Mahsulotlarni aytilgan tarzda qo'llash uchun sanitar tekshiruvchi ushbu mahsulotlardan tajriba uchun ovqat pishirishni - nazorat o'tqazishni buyuradi. Qaynab chiqqan mahsulot, qaytadan tahlildan o'tqaziladi va olingan natijalar asosida, ularni tanovul qilish mumkinligi masalasi yechiladi.

    Oziq-ovqat mahsulotlarining shaxsiy zahiralari, sanitar tekshiruvidan o'tmaydi, chunki uni amalga oshirish iqtisod jihatidan noqulay bo'Iishi mumkin. ammo bozor iqtisodi gurkiragan hozirgi paytda, bu masala unchalik muammoni tug'dirmaydi.

    Oziq-ovqat mahsulotlarining taqdiri masalasi, ayniqsa, radiofaol va kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar qo'llanilgan o'choqda har tomonlama mulohazadan o'tgandan so'ng hal bo'Iishi kerak. Bu paytda, mahsulotlarning nimalar bilan qay darajada zararlanganligi bilan birga, mahsulot miqdorini ham inobatga olish zarur.



    Oziq-ovqat mahsulotlarini zararsizlantirish tadbirlari ushbu inshootdagi fuqarolar muhofazasi boshlig'i tomonidan tashkil qilinadi. Amalga oshiriladigan tadbirlar ustidan nazorat ishlarini fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati olib boradi.

    Oziq-ovqat saroylari, omborxonalar, savdo-sanoat korxonalari va suv masalasi bilan shug'ullanadigan muassasalarda, oziq-ovqat mahsulotlari, oziqli xomashyolar va ichimlik suvini zararsizlantirish inshootlarida fuqarolar muhofazasi boshliqlari tomonidan uyushtirilib, inshootlardagi kuchlar (nazorat tizimi, zararsizlantirish guruhi va boshqalar) ishtirokida amalga oshiriladi. Zararsizlantirishga oid ishlar mahsulotning joyida yoki zararsizlantirish uchun maxsus tayyorlangan maydonlarda o'tqaziladi.

    Zararsizlantirish usullari ikkita katta guruhga ajratiladi: I) tabiiy va 2) sun'iy.

    Tabiiy usulda zararsizlantirish uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi o'z holiga ma'lum muddatga tashlab qo'yiladi. Bu muddat ichida mahsulot o'z-o'zidan vaqt o'tishi bilan zararsizlanadi (radiofaol va kimyoviy moddalar parchalanadi). Bu usulni, oziq-ovqat mahsulotlari va suvga zudlik bilan ehtiyoj bo'lmagan holatlarda amalga oshirsa. nafi katta bo'Iishi mumkin.

    O'z holiga tashlab qo'yilgan suv manbalari ustiga «Zararlangan» deb yozilgan taxtacha osib qo'yish mumkin va bu havzaning ustidan ko`zatuv va tahlil ishlari olib boriladi.

    Bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari termik qayta ishlovdan o'tkazilishi kerak.

    OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI VA ICHIMLIK SUVINI SUN'IY USULLAR YORDAMIDA ZARARSIZLANTIRISH

    Sanitar tekshiruvchi, radiofaol, kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari va suvni zararsizlantirish haqida xulosa chiqarar ekan, zararsizlantirish yo'li va usulini ko'rsatishi kerak.

    Oziq-ovqatlar turi, xili, navi, yangiligi, saqlanish sharoiti va muddati, ularga tushgan zaharlovchi moddalar guruhi, xili, miqdori, qaysi yo'llar orqali ifloslanganligiga qarab, 4 ta guruhga ajratilishi mumkin: 1) tanovul qilishga yaroqli; 2) ovqatlanish uchun shartli ravishda yaroqli; 3) odamlarning yeyishi uchun yaroqsiz; 4) oziq-ovqat mahsuloti tariqasida mutlaqo yaroqsiz.

    Oziq-ovqatlarni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish amallari ularning turlari (guruhlari), saqlanayotgan idishlari tavsifiga ko'ra quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    1) zich berqiladigan (germetik) idishlarni zararsizlantirish uchun
    idishning sirti toza suv yoki dezaktivatsiyalovchi moddalarning
    eritmalari bilan 3 marta artilib, keyinchalik cho'tka bilan yaxshilab
    yuvib yuboriladi;


    1. mahsulotlarni toza idishlarga ko'chirish;

    2. oziq-ovqat mahsulotlarining zararlangan qatlamini olib tashlash;



    1. suyuq mahsulotlar radiofaol moddalar bilan zararlanganda yo`za qismi to'kib tashlanadi;

    2. yuqori harorat ta'sirida ishlov berish (kimyoviy moddalar va bakteriologik moddalar bilan zararlanganda);

    6) ultrabinafsha nur bilan ta'sir o'tqazish (bakteriologik vositalar bilan).
    Keltirilgan usullarni alohida yoki kompleks holida qo'llasa bo'ladi.

    Albatta, kompleks holidagi usulning samarasi aytarli darajada yuqori bo'Iishi mumkin. Usullarni tanlash, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini zararlanganlik darajasi va tavsifiga hamda ular turiga ko'ra amalga oshiriladi.

    Oziq-ovqat mahsulotlari kimyoviy usullarda zararsizlantirilmaydi, chunki birinchidan, mahsulot sifati o'zgarishi mumkin (rangi, ta'mi va ularning oziqlik qiymatini keskin ravishda tushirib yuborishi); ikkinchidan esa, ular ko'pincha odam salomatligiga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi. Usullarning ayrim mahsulotlar bo'yicha qo'llanishi:


    1. qog'oz qopdagi un, shakar, yormalar va boshqa to'qiluvchan mahsulotlar yuqori qatlamlaridan forig' etiladi; matoli bir qavatli qoplardagi mahsulotlar silindr yordamida olinadi. Ayni maqsadda ishlatilishi kerak bo'lgan silindr diametri qop diametridan 4-5 sm kichikroq bo'Iishi kerak. Aks holda undan ushbu maqsadlarda foydalanib bo'lmaydi. Silindr yuqori qatlami olib tashlangan qopning ichidagi mahsulotga asta-sekinlik bilan kiritilib boradi va uning ichidagi mahsulot bosqichma-bosqich kurakcha yordamida olinib, boshqa toza idishga solinaveradi. Shu tariqa silindr tagiga 3-4 sm qolgunicha, tushirilaveradi. Bo'shagan qop esa, yo'q qilib yuboriladi yoki qayta sanitar ishlovidan o'tqaziladi. Qopdan olingan shakar, yaxshilab shamollatilib, 2 soat mobaynida obdan qaynatiladi (suvning shakarga nisbati 3:1);

    2. makaron mahsulotlari va yormalar havoda o`zoq vaqt shamollatilgach, 4 karra ortiq miqdordagi suvda pishiriladi.

    3. go'sht va baliqlar ko'p miqdordagi suv bilan yuviladi; suv qaynab chiqqach 2 soat mobaynida (bo'laklari 1 kg dan, yuqori haroratda pishiriladi; kolbasalar oldin yaxshilab suv bilan yuvilib, keyin po'sti shilinib olinadi;

    4. sariyog', pishloqlarning yuqori qatlamidan 2-3 mm qalinlikda ustki qismi kesib tashlanadi;

    5. qattiq yog'larning ustki qismidan 0,7-0,8 mm qalinlikdagi qismi kesib olib tashlanadi; 4 soat mobaynida suvda qaynatiladi (suv. qattiq yog'=4:1);

    6. baliqlar tangachalaridan tozalanib, suvda 1,5-2 soat davomida qaynatiladi

    7. sabzavotlar (lavlagi, sabzi, kartoshka, yangi o`zilgan karam, piyoz) va mevalar (olma, o'rik, shaftoli, olcha, gilos, anjir, anor, o`zum, jiyda) oldin shamolatiladi va keyinchalik ko'p miqdordagi suv bilan obdan yuviladi;

    8. zararlangan shakarni quyuq sharbat holiga kelguncha yaxshilab qaynatiladi yoki murabbo, jem, povidlo, meva qaynatmalarf uchun pishirishga ishlatiladi.

    Oziq-ovqatlarning radiofaol moddalar bilan zararlanganligini bilish uchun dozimetrik o'lchovlar amalga oshiriladi.

    Oshxona idish-tovoqlari va asbob-anjomlar dezaktivatsiyalovchi eritmalar bilan artiladi, toza suvda yuvilib, qaynatiladi.

    SUVNI ZARARSIZLANTIRISH
    Suvni zararsizlantirish 3 xildagi usullarni bajarishni talab qiladi: 1 )dezaktivatsiya; 2)degazatsiya; 3)dezinfeksiya. Suvni dezaktivatsiya qilish usullari:

    115-rasm. ТУФ-200 filtrining ishlash sxemasi: / - РДВ-100 rezinali idishlar tozalanadigan suvlar uchun; 2 - qo'l nasosi; 3 - to 'qima-ko 'mir jiltri; 4 - РДВ-100 rezinali idishlar tozalangan suv uchun.

    ionitlarni qo'llash (ion almashtiruvchi sun'iy mum) kationitlar va anionitlar - КУ-2, СБС, ЕДЕ-10 П, amberlit, permutit, daueks; ionitlar qatlamining qalinligi 40-50 sm boiib, suv dastavval kationit qavatdan, so'ngra anionit qatlamdan o'tqaziladi. Jarayon МАФС-6000 (7500) uskunasida amalga oshiriladi);


    1. koagulyatsiya usuli (suvni koagulyatsiya qilib, tindiriladi va karboferrogel-M orqali o'tqaziladi; karboferrogel 2 tarkibdan iborat; 1) temir moddasining ishlatilgan to`zlari; 2) faollashtirilgan ko'mir; qo'llaniladigan uskuna - МАФС-6000;

    2. xlorlash usuli (suv xlorlanib, tindirilib, ko'mirli so`zgich orqali o'tqaziladi; qo'llaniladigan uskuna-ТУФ-200. Mazkur uskuna orqali suv dezaktivatsiya qilinganida, ko'pincha suv xlorlanib, tindiriladi; zarur hollarda suv qo'shimcha ravishda koagulyatsiya jarayonidan o'tishi mumkin) (115-rasm).

    Nomlari zikr etilgan uskunalar МАФС-6000(7500) avtoso`zgichlash uskunasi bo'lib, 1 soat mobaynida 6000-7500 litr suvni tozalab beradi; ТУФ-200 uskunasi esa, suvni soatiga 200 litrdan tozalash qobiliyatiga ega.

    4) suvni tarkibiy qismlarga ajratish. Suvni degazatsiya qilish amallari:



    1. qaynatish (suv chidamsiz fosgen, sinil (bodom) kislotasidan 1 -2 soat ichida tozalanadi);

    2. sorbsiyalash - so'rib olish (ko'mir, torf, karboferrogel, taxta, ko'mir orqali o'tqazilib, МАФС-6000(7500), ТУФ-200, УНФ uskunalaridan so`zib olinadi;

    3. kimyoviy sorbsion (suvga kimyoviy degazatsion moddalar (eritma holida) qo'shiladi va karboferrogel yoki faollashtirilgan ko'mir orqali o'tqaziladi.

    Suvni dezinfeksiya qilish amallari:

    1) qaynatish (+60°C gacha isitishni 15 daqiqa ichida - qisqa


    muddatli pasterizatsiya deyiladi, +90°C gacha isitishni 10-30 daqiqa
    ichida - me'yordagi pasterizatsiya; +100°C gacha qaynatish ham
    pasterizatsiya hisoblanadi; bu paytda mikrojonzotlarning faqat
    hayotiy (vegetativ) shakllarigina nobud bo'ladi; sterilizatsiya jarayoni
    nafaqat hayotiy shakllardagi mikrojonzotlarni qiradi, balki spora
    shaklidagilarni ham nobud qiladi; chunki sterilizatsiya jarayonidagi
    ta'sir etuvchi omil harorati (suv) +120"C bo'lib, atmosfera bosimi esa,
    1,5 ga teng bo'ladi;

    2) xlorlash;

    Odamlarning suvga bo'lgan ehtiyoji ko'p jihatdan mintaqa iqlim sharoitiga bog'liq bo'ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari zararsizlantirilgandan keyin, tibbiy xizmat mas'uliyatiga tushuvchi, bakteriologik, kimyoviy va radiometrik nazorat amalga oshadi. Mabodo, oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanganlik darajasi mumkin bo'lgan me'yordan oshib ketmasa, u holda bunday mahsulotlarni tanovul qilish uchun ruxsat berish jarayonida, beriladigan yo'llanmaga va solingan idishi ustiga - R-RM yoki R-ZM; ularga R - ruxsat etildi; RM - radiofaol moddalar; ZM - zaharlovchi moddalar) yozib qo'yiladi. Bakteriologik vositalar bilan zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlari to'la-to'kis ravishda zararsizlantirilishlari kerak.

    Zararsizlantirish amallaridan so'ng ham tanovul maqsadida ishlatilib bo'lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi yoki yo'q qilib yuboriladi. Yeb bo'lmaydigan mahsulotlarni boshqa maqsadlarda qo'llash niyatidagi ishlov jarayoni mavjud bo'lgan ikqilamchi xomashyolarni qayta ishlaydigan yoki oldindan mo'ljallanib, kerakli uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday korxonalardagi ishchilar mazkur turdagi mahsulotlar bilan ishlash va xavfsizlik qoidalarini bilishlari zarur.

    Fuqarolar muhofazasi rahbariyati (shtabi) oldindan zararlangan va yeb bo'lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qaytadan boshqa maqsadlarda qo'llash uchun, korxonalarni ajratadi. Agar mahsulotlar qayta ishlovdan so'ng ham tanovul uchun yaramasa, u holda, ularni yo'q qilib tashlanadi.

    Zararli oziq-ovqat mahsulotlarini yo'q qilish maqsadida, ular yo yoqib yuboriladi, yoki yerga ko'mib tashlanadi. Mahsulotlarni yoqish amali ataylab ajratilgan joylarda bajariladi. Yoqib bo'lmaydigan mahsulotlarni yer qa'riga 1,5 metr chuqurlikka ko'mishdan oldin, ularga neft, lizol, xlorli, oxak, kerosin, benzin, solyarka va boshqa moddalarga yaxshilab qoriladi. Qayta ishlash va yo'qotish zaruriyati bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, maxsus ajratilgan, usti yopiq, avtotransportlar orqali bajariladi. Bo'shagan avtotransport, sanitar ishloviga ro'para qilinadi.

    Oziq-ovqat inshootining boshlig'i, zararli oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash yoki yo'q qilish uchun ruxsatni bevosita rahbaridan yoki yuqoridagi fuqarolar muhofazasi rahbariyatidan (shtabidan) oladi.

    Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini, zararsizlantirish, ularni qoidalar asosida tashish, saqlash, boshqa maqsadlarda qo'llash yoki yo'qotish jarayonlari ustidan nazorat amallarini olib bora.di. Ammo, savdo qilish va ovqatlanish xizmatining tinchlik va urush davridagi asosiy ko'radigan tadbiri, fuqarolar muhofazasining shaxsiy tarkibi va aholini ommaviy qirg'in qurollari ta'siridan avaylab-asrash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini zararlanib qolmasligini oldini olishga qaratilgan bo'ladi.

    Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini himoyalash tadbirlari bo'yicha mas'uliyatni Respublika, Avtonom Respublika, o'lka, viloyat, vazirliklar, korxonalar tarmog'i, fuqarolar muhofazasi rahbarlari olib boradi. Ular, mazkur tadbirlarni rivojlantirib, ularni amalga oshirish maqsadida moddiy vositalar ajratib, ko'zda tutilgan amallarni belgilangan muddatlarda bajarilishini tashkil etadi.

    Turli oziq-ovqat mahsulotlarini avaylab-asrash jarayoni asosan 3 xil yo'nalishda amalga oshiriladi:



    1. tashkiliy tadbirlarni o'tqazish;

    2. muhandislik-texnik choralarni ko'rish;

    3. sanitariya-gigiyena amallarini bajarish.

    Tashkiliy tadbirlar qatori quyidagi amallar ham bajariladi:

    1. dushman hujumi xavfi bo'lgan davrda, oziq-ovqat mahsulotlarini shahardan tashqarida tarqoqlashtirish;

    2. ovqat ishlab chiqarish inshootlari ishchilari va xizmatchilarini oziq-ovqatlar va ichimlik suvini himoyalash hamda ularni zararsizlantirish bo'yicha tadbirlarni o'tqazishga tayyorlash;

    3. sanitar-epidemiologik muassasa, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh tahlilxonalarini; radiofaol va kimyoviy moddalarni hamda bakteriologik vositalarni aniqlash (indikatsiya), oziq-ovqatlarni va ichimlik suvini radiofaol va kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar bilan zararlanganligi bo'yicha sanitar tekshiruvi (ekspertiza)ni amalga oshirish;

    4) zararsizlantiruvchi vositalar jamg'armasini yaratish.
    Muhandislik-texnik choralar quyidagi ishlarni bajarishga

    mo'ljallangan



    1. yangi oziq-ovqatli mahsulotlari omborxonalari, elevatorlar, go'shtxona majmualarini quris.h va esqilarini ommaviy qirg'in qurollari ta'siridan himoya qila olish talablariga javob beradigan holat darajasiga keltirish maqsadida yaxshilab ta'minlash;

    2. omborxonalar va ishlab chiqarish xonalarini zichlashtirish (герметизация), xonalarni samarali tozalash va zararsizlantirish uchun sharoit yaratish bo'yicha tegishli amallarga qo'l urish;

    3. oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash maqsadida zichlashtirilgan uskunalar va idishlarni hayotga tatbiq etish;

    4. suv olinadigan joylarni va suv quvurlari tizimlarini soz holida va ichimlik suvini saqlash maqsadida hajmiy (обёмные) idishlarni -xumlarni yaratish.

    Sanitariya-gigiyena tadbirlari quyidagi vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi:

    1. oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlash, suv manbaalarini sanitar me'yorlar va talablarga raonand holda bo'lishini tashkil etish;

    2. oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari joyini va xonalarini orasta tutib, o'z vaqtida tozalash;

    3. oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari hududida hasharotlar va kemiruvchilarni qirish bo'yicha amallarni bajarish;

    4. oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari ishchilari va xizmatchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi va jamoa ovqatlanish korxonalari, oziq-ovqatlarni texnologik va pazandalikning sanitar me'yorlari va qoidalarining jiddiy ravishda amalga oshirilishi.

    Oziq-ovqat mahsulotlarini radiofaol va kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalardan himoyalanishini kafolatlovchi idishlarga joylashtirishga erishish zarur. Yuqori darajali quvvatga ega bo'lib, o`zoq muddat mobaynida saqlanishga mo'ljallangan mahsulotlarni zich (герметик) idishlarga joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, sifatli qotirilgan sut, baliq va go'sht mahsulotlari (seld, sardinalar, dudlangan go'sht va qazilar). Oziq-ovqat mahsulotlari shisha idishlar. metall xumlar (bochka), sisternalar, qonteynerlar, sovitkich xonalari, metalli bir butun yaxlamalarda ishonchli ravishda saqlanadi. Oddiy kartonli qutilar, yog'och xo'ppozlar, polietilen haltalar, oziq-ovqat mahsulotlarini radiofaol moddalar va bakteriologik vositalardan yaxshi saqlasa-da, kimyoviy zaharlovchi moddalarga nisbatan qarshilik ko'rsata olmaydi.

    Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun usti yopiq transportlardan va zich berqiladigan qutilardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayni maqsadlarni amalga oshirish avtotransportli va vagonli refrejeratorlar, «un» tashish avtotransportlari tomonidan bajariladi.

    Oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli himoya qilish va shaxsiy oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun zich idishlar va o'rovlarning (упаковка) yangilarini zamon talablariga javob beradigan xillarini yaratish va ularni ishlab chiqarish jarayonini yo'lga qo'yish alohida ahamiyat kasb etadi.

    Shaxsiy oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi tahlil tekshiruvlaridan o'tmasligini inobatga olib, ulardan foydalanish uchun ularni zararlanmaganligiga to'la-to'kis ravishda ishonch hosil qilish kerak. Zararlangan va zararlanganlikka shubha qilingan oziq mahsulotlarining zahirasi, odatda yo'q qilinadi.


    MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN USLUBIY KO'RSATMALAR

    Mavzuni o'rganish borasida talabalar qo'lidan kelishi kerak:



    1. bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqlar paydo bo'lganda tibbiy sharoitni baholash;

    2. bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqqa barham berish maqsadida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining kerakli miqdordagi kuchlari va vositalarini hisoblash;



    1. radiofaol va zaharlovchi kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlariga, mustaqil ravishda tekshiruv natijalarining xulosasini berish;

    2. bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqlarga nuqta qo'yish maqsadida o'tqaziladigan tibbiy tadbirlarni aniq o'tqazilishi jarayonida, shaxsiy mas'uliyatni anglab yetish sezgilarini o'zida tarbiyalash;

    Mustaqil tayyorgarlik jarayonida talab qilinadi:

    1. asosiy nazariy masalalarni aniqlash va nazorat savollariga javob berishga tayyor bo'lish;

    2. daftarda «Radiofaol, kimyoviy moddalar va bakteriologik vositalar tomonidan oziq-ovqatlarni zararlanish darajasiga ko'ra guruhlarga ajrata bilish» chizmasini tushirish;



    1. tushunish qiyin bo'lgan savollarni mashg'ulotlar paytida o'qituvchidan so'rab bilib olish uchun ularni aniq qilib ifodalash;

    2. bakteriologik zararlangan o'choqni uyalash va yo'qotish masalalarini hal etish jarayonidagi ketma-ketligiga oydinlik kiritish.

    Bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshliqlarining xatti-harakatlari ketma-ketligi:

    1. bakteriologik vositalarni qo'llanilganligini tasdiqlash;

    2. aholini yo`zaga kelib chiqqan vaziyat bo'yicha ogohlantirish;

    3. observatsiya va karantin tadbirlarini joriy etish;

    4. bakteriologik ko`zatuvni, o'choqning epidemiologik tekshiruvini, atrof-muhit inshootlari va boshqa narsalardan namunalar olish va ularni sanitar-epidemiologik muassasaga yoki harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhga yetkazish, namunalarning tahlili, qo'zg'otuvchi turini, bemorlarni, zararlangan hudud chegarasini faol harakatlar orqali aniqlash, ularni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish, yuqumli kasalga duchor bo'lganlar bilan muloqotda bo'lgan kishilarni ajratish;

    5. hududni zararsizlantirish chora-tadbirlarini tashkil qilish va aholini to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tqazish;

    6. tezkor nomaxsus muhofaza amallarini bajarish;

    7. aholini oziq-ovqat mahsulotlari va dastlabki talabgor narsalar bilan ta'minlash;

    8. sanitar-oqartuv ishlarini yo'lga qo'yish.

    Oziq-ovqat mahsulotlari tekshiruviga taalluqli masalalarni hal etishda harakatlar ketma-ketligini aniqlab olish zarur.

    Sanitar tekshiruv (ekspertiza) harakatining ketma-ketligini eslab qoling:

    1) fuqarolar muhofazasi rahbariyatidan (shtabi) yadroviy, kimyoviy
    va bakteriologik qurollar qo'llanilganligi haqida ma'lumotlarni olish;

    2) oziq-ovqat mahsulotlari namunalarini tayyorlash;



    1. oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish inshootlari, hudud va omborxonalarning tekshiruvi vaqtida bitilgan dalolatnomani talab qilish;

    2. oziq-ovqat mahsulotlari miqdori, ularni saqlash, namunalar olingan joy, vaqti, namunalarni olishdan maqsad va soni (miqdori) ifoda etilgan yo'llanma qog'ozini olish;

    3. oziq-ovqat mahsulotlarining tahlilini o'tqazish va ularning zararlanish darajasini aniqlash;

    4. oziq-ovqat mahsulotlarini mumkin bo'lgan katta miqdorlarda radiofaol va kimyoviy moddalar bilan zararlanganliklari haqida ma'lumotlarga ega bo'lish;

    5. zararsizlantirish imqoniyatlarini aniqlash (qaysi usulda, qanaqangi vositalar bilan);

    6. oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatish, zararsizlantirish, boshqa maqsadda qo'llash yoki ularni yo'qotish tartibini oydinlashtirish.

    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36


    Download 5.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

    Download 5.01 Mb.