Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar




Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/129
Sana21.06.2022
Hajmi3.34 Mb.
#24126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Bog'liq
O‘zbеkistоn rеspublikаsi
4-амалий машғулот мавзуга оид назорат саволлари ва топшириқлар 91bb701bdf9595b8901e9cb1e701bf65, Taqdimot (1), @Matematik Shofirkon test 5
Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar: Bakalavr “O‘zbek tilining 
sohada qo‘llanishi” fani bo‘yicha - bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir 
talaba o‘zbek tilining yozma ilmiy nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi, ilmiy uslubning 
terminlaridan to‘g‘ri foydalana bilishi zarur. Shunga ko‘ra, talabalar “O‘zbek tilining 
sohada qo‘llanishi” fanidan: 
- o‘zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini; 
- o‘zbek tilining gap stilistikasini; 
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; 
- annotatsiya matnining tuzilishini; 
- referatning zaruriy qismlarini; 
- ilmiy maqolaga; 
- ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; 
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 


- kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko‘nikmalarini o‘quv faoliyatiga erkin 
tatbiq eta bilishi; 
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va 
ko‘nikmalarini qo‘llashi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini asosli bayon qilish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. 
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy uslubda to‘gri 
qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; 
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi 
mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; 
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular 
yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi: 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir 
qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani, avvalo, til fani bilan bog'liq bo'lib, ilmiy 
nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi 
bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan 
holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi. 
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi 
mumkin. Ularning mohiyati, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi 
huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum 
bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan 
terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu 
jihatdan qaraganda O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ixtisoslik fanlari bilan ham 
aloqada ekanligi kelib chiqadi. 

Download 3.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar

Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish