359
ularning tadqiqot-lariga ko‘ra, banklar iqtisodiyotning zaif (inqirozli)
holatida kredit shartlarini oshirish (og‘irlashtirish)ga moyildirlar.
Muqobil moliyalashtirish bozori manbalarining kengayishi va
ular rivojlanishining asosiy sababi moliyaviy-iqtisodiy
inqirozdan
keyingi zaif (nochor) iqtisodiy holatdir. G.Bruton va boshqalar esa
muqobil moliyalashtirish manbalarining kengayishi va shunday
bozorning tarkib topishi va o‘sishini an’anaviy
moliyaviy tizim
tomonidan moliyalash-tirishning cheklanganligi bilan izohlaydilar .
Bundan tashqari, muqobil moliyalashtirish tashabbuslari, asosan,
onlayn tarzda rivojlanadi. Internet esa bu orqali o‘zini
innovatsion
platforma sifatida namoyon etadi.
R.Vardop
va
boshqalarning
fikricha,
an’anaviy
moliyalashtirishdan farqli o‘laroq, moliyalashtirishning muqobil shakl
(variant)lari qarz beruvchi va qarz oluvchilar uchun potensial foyda
keltiradi
.
Umuman
olganda
esa,
kreditor
(biznes
yoki
iste’molchi)lardan olingan daromad (qaytgan pul) an’anaviy moliyaviy
institutlar taqdim etadigan foiz stavkalariga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Shu bilan birga, risklilik va foyda
nuqtai nazaridan muqobil
moliyalashtirishning foydaliligi hali yetarli darajada aniq emas.
Shunga qaramay, moliyalashtirishning muqobil shakl (variant)lari
sarmoyadorlar va qarz beruvchi (korxonalar va iste’mol-chi)larga
qo‘shimcha investitsiya va kredit berish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Bir paytning o‘zida, an’anaviy tijorat banklaridan kapital (mablag‘,
resurs)ni jalb qilish uzoq davom etadigan jarayon bo‘lishi mumkin.
Holbuki, turli muqobil moliyalashtirish manba (mablag‘)lari
o‘zlarining ko‘rib chiqish tezligi bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, darslikda muqobil moliyalashtirish bozorining
rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan P.Pinotti , N.Allen
va boshqalarning ham nazariyalari o‘rganilgan va ular asosida tegishli
xulosalar shakllantirilgan. Ulardan kelib chiqadigan va prinsipial
ahamiyatga ega bo‘lgan xulosa quyidagidan iborat: O‘zbekistonda
muqobil moliyalashtirish bozorini rivojlantirish: a)
ijtimoiy-iqtisodiy
muhitning yaxshilanishiga; b) moliyalashtirishdagi muammolarni,
ma’lum darajada, ijobiy tomonga hal bo‘lishiga olib keladi va u
bozor
iqtisodi barcha sub’ektlarining manfaatlariga birdek xizmat qiladi.